BIRIKTIRUVCHI TÓQIMLARNING GISTOMORFOLOGIK TUZILISHI.

Аннотация

Biriktiruvchi to‘qimalar organizmda juda keng tarqalgan bo‘lib, umumiy manba - mezenximadan taraqqiy qilishi, himoya, trofik, tayanch va mexanik vazifalarni bajarishi bilan umumiy guruhga (himoya - trofik - tayanch to‘qimalar)ga birlashtiriladi. Bu to‘qimalarni, ayniqsa, qon, limfa va biriktiruvchi yumshoq to‘qimani organizmning ichki muhiti, deb hisoblanadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
7-11
52

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Muratbava, B., Kuanishbaeva , G. ., & Tlepova , Úmida . (2024). BIRIKTIRUVCHI TÓQIMLARNING GISTOMORFOLOGIK TUZILISHI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(17), 7–11. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51228
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Biriktiruvchi to‘qimalar organizmda juda keng tarqalgan bo‘lib, umumiy manba - mezenximadan taraqqiy qilishi, himoya, trofik, tayanch va mexanik vazifalarni bajarishi bilan umumiy guruhga (himoya - trofik - tayanch to‘qimalar)ga birlashtiriladi. Bu to‘qimalarni, ayniqsa, qon, limfa va biriktiruvchi yumshoq to‘qimani organizmning ichki muhiti, deb hisoblanadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

7

BIRIKTIRUVCHI TÓQIMLARNING GISTOMORFOLOGIK TUZILISHI.

Muratbava Biybimaryam Jalǵasbay qizi

Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik

va Biotexnologiyalar Universtiteti oqituvchisi.

Kuanishbaeva Gùlbazar Baxtiyarovna

Xojeli tumani 29-maktab biologiya pán oqituvchisi.

Tlepova Úmida Polat qizi

Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi Chorvachilik

va biotexnologiyalar Universtiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13852518

Biriktiruvchi to‘qimalar organizmda juda keng tarqalgan bo‘lib, umumiy
manba - mezenximadan taraqqiy qilishi, himoya, trofik, tayanch va mexanik
vazifalarni bajarishi bilan umumiy guruhga (himoya - trofik - tayanch
to‘qimalar)ga birlashtiriladi. Bu to‘qimalarni, ayniqsa, qon, limfa va biriktiruvchi
yumshoq to‘qimani organizmning ichki muhiti, deb hisoblanadi.
Mezenxima sinsitiy holida tuzilgan, embrionning yuqori sur`atlar bilan
o‘sishi va rivojlanishi natijasida tabaqalanib, biriktiruvchi to‘qimalarga
aylanuvchi embrional to‘qimadir. Somitlar, xususan miotomlarning ventro-
medial qismi (sklerotom), lateral qismi plastinkasi (dermotom) va boshqalar
mezenximaga aylanadi. Morfologik jihatdan biriktiruvchi to‘qimalar hujayralar
va hujayraaro moddalardan tuzilganligi bilan xarakterlanadi.
Birinchi qarashda qon va limfa bilan suyak hamda tog‘ay to‘qimalari
o‘rtasida mutlaqo o‘xshashlik yo‘qdek ko‘rinishi mumkin. Lekin bu to‘qimalar
kelib chiqishi (genezi)ning umumiyligi, tuzilishi (hujayralar va hujayra aro
moddalar mavjudligi) va bajaradigan vazifasidagi o‘xshashliklari bilan bir-biriga
yaqin turadi va umumiy guruhga kiritiladi. Hujayraaro moddaning tuzilishi ko‘p
jihatdan to‘qimaning fizik (agregat) holatini: qonning suyuqligini, suyakning
qattiqligini, payning tolador tuzilishini belgilaydi. Ko‘p turlari mavjud bo‘lgan va
keng tarqalgan biriktiruvchi to‘qimalarni ma`lum darajada shartli bo‘lsa ham
ikki guruhga: himoya-trofik guruh - qon, limfa, endoteliy, biriktiruvchi yumshoq
va to‘rsimon to‘qimalar; tayanch-mexanik guruh - biriktiruvchi zich to‘qimalar,
tog‘aylar va suyaklarga bo‘lish mumkin.

QON

Qon shaklli elementlar va plazmadan tashkil topgan suyuq to‘qimadir.
Eritrotsitlar, leykotsitlar, qon plastinkalari shaklli elementlardir (51- rasm).
Suyuq konsistensiyaga ega bo‘lgan plazma qon to‘qimaning hujayraaro
moddasidir. Uning asosiy qismi suv bo‘lib, oqsillar (albuminlar, globulinlar,
fibrinogen), tuzlar va boshqa moddalarga ega. Plazmani biokimyoviy-fiziologik


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

8

o‘rganish tegishli fanlarning vazifasidir. Bu erda esa bevosita mikroskopda
ko‘rish va o‘rganish mumkin bo‘lgan qon shaklli elementlarining morfologik
hamda ayrim fiziologik xossalari bilan tanishamiz.
Eritrotsitlar (erythros-qizil) yoki qonning qizil hujayralari umurtqalilarda
qizil rangli oqsil birikma (xromoproteid) - nafas olish pigmenti - gemoglobinga
ega hujayralardir. (II tabl.).

Eritrositlar soni va diametri

V.N.Nikitin bo‘yicha

Hayvonning turi 1mm3 qondagi Eritrotsitlarning
eritrotsitlar diametri
(mkm)
(mln dona)
Otlar 7,0-9,5 5,6
Qoramollar 6,0 5,1
Cho‘chqalar 6,0 5,0-6,0
Qo‘ylar 9,4 4,3
Echkilar 14,5 4,0
Uy quyoni 5,0 6,0
Tovuqlar 3,5 12,0X7,5
O‘rdaklar 3,2 13,8X6,6
Baqalar 0,38 22,8X15,8
Odamlar:
Erkaklar 5,0 7,3 - 7,5 mkm
Ayollar 4,5

Yuqoridagit jadvaldan ko‘rinadiki, sut emizuvchilarning 1 litr qonidagi
eritrotsitlar soni 5.1012dan 14,5.1012 gacha bo‘ladi.
Oqirligi 500 kg keladigan ot qonidagi eritrotsitlarning soni 436,5 trillion;
agar soniyasiga bir eritrotsit sanalsa, bunday ot eritrotsitlarini sanab chiqish
uchun 14 ming yil kerak bo‘lar edi. Agar eritrotsitlarni ket-maket bir qator qilib
terish mumkin bo‘lsa edi, hosil bo‘lgan zanjir er sharini ekvator bo‘ylab 68 marta
o‘rab chiqishga etgan bo‘lardi.
1 ml qondagi eritrotsitlar soni bir turga mansub hayvonlarda organizmning
yoshi, jinsi, mahsuldorligi va ekologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Eritrotsitlar yuqori darajada tabaqalangan, gazlar tashishga ixtisoslashgan
bo‘lib, sut emizuvchilarda hatto o‘zakka ham ega emas. Qushlarning eritrotsiti
o‘zakli bo‘lib, oval shaklidadir (II-tabl.). Ko‘pchilik sut emizuvchilarning


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

9

eritrotsiti ikki tomondan botiq disk shaklida (buni ayniqsa rastrlovchi elektron
mikroskop yaxshi ko‘rsatadi). Shimol bug‘usi, tuya va lamalarda eritrotsit oval
shaklga ega. Eritrotsitlarning o‘ziga xos shakli etilish paytida, o‘zakning
yo‘qolishi oqibatida yuzaga kelib, gemoglobinning kislorod bilan oson
to‘yinishini ta`minlaydi. Sut emizuvchilarda eritrotsitlar bir turga mansub
hayvonlar qonida doimiy kattalik va shaklga ega. Tuban umurtqalilarda turli
kattalikdagi (anizotsitoz) va har xil shakldagi (poykilotsitoz) eritrotsitlarni
uchratish mumkin.
Eritrotsitlarning yuqori tabaqalanganligini hatto sitoplazmatik to‘rga ham
ega emasligi ko‘rsatadi. Ularning faqat qobig‘i mavjud bo‘lib, ichida yarim suyuq
massa joylashadi. Yosh (retikulyar) eritrotsitlarda ribosomalarning qoldiqlari,
sitoplazmatik to‘r va mitoxondriyalarni uchratish mumkin. Bunday holat klinik
ahamiyatga ega: qonda retikulyar eritrotsitlarning ko‘payishi organizmda
eritrotsitlarning ko‘plab emirilayotganligidan dalolat beradi.
Eritrotsitning atsidofil (oksifil) bo‘yalishiga sabab gemoglobindir.
Bo‘yalishning intensivligiga qarab eritrotsitning gemoglobinga boyligi darajasini
aniqlash mumkin.
Eritrotsitlar muhitning tuzlar konsentratsiyasi o‘zgarishiga juda sezgirdir.
Tuzlar konsentratsiyasi eritrotsitlar ichidagi va qon plazmasining tuzlar
konsentratsiyasi bilan teng bo‘lgan eritma fiziologik eritma deyiladi. Eng oddiy
fiziologik eritma osh tuzining 0,85% li eritmasidir. Eritrotsitlarning eritmadagi
tuzlar konsentratsiyasi o‘zgarishiga chidash qobiliyati ularning rezistentligini
(chidamliligini) belgilaydi. Yuqori darajada ixtisoslashgan va o‘zagi yo‘q bo‘lgan
eritrotsitlar 100-120 kun yashaydi. Emirilayotgan eritrotsitlar o‘rniga qizil ilikda
tinimsiz ravishda yangilari hosil bo‘lib, sirkulyatsiyaga chiqib turadi.
Leykositlar (leikos-rangsiz) - qonning oq hujayralari - eritrotsitlardan farq
qilib, doimo o‘zakka, organoidlarga ega; ko‘pincha leykotsitlarda glikogen (ot va
cho‘chqada), yog‘ kiritmalari va fermentlar uchrab, bu hol ularning moddalar
almashinuvida faol qatnashuvini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik leykotsitlar trofik vazifa
bilan bir qatorda himoya vazifasini ham bajaradi. O‘z-o‘zidan ravshanki,
leykotsitlarning xilma-xil vazifalarni bajarishi ular tuzilishining turlicha
bo‘lishini taqozo qiladi. Veterinariya vrachi uchun leykotsitlarni xatosiz aniqlay
bilish katta ahamiyatga ega. Shunga e`tibor qilish kerakki, leykotsitlar qonda
eritrotsitlarga nisbatan ancha kam (1 litr qonda 3.109-18.109; qushlarda
30.109gacha) uchraydi. Leykositlar morfo-fiziologik xossalariga ko‘ra bir necha
xil bo‘ladi. Turli leykotsitlarning o‘zaro foiz nisbatini (leykoformula) va 1 mm3


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

10

qondagi absolyut sonini (leykoprofil) bilish ham klinika uchun katta ahamiyatga
egadir.
Leykositlarning morfologik turlarini o‘rganish uchun qon surtmalarini
maxsus aralashma (eozin va metilin ko‘ki) bilan D.L.Romanovskiy (1891 y.)
usulida bo‘yash yoki bu usulning turli modifikatsiyalari qo‘llaniladi.
Sitoplazmasida maxsus donachalari bo‘lgan leykotsitlar granulotsitlar,
bunday donachalari bo‘lmaganlari agranulotsitlar deyiladi. Granulotsitlar esa
donachalarning bo‘yalishiga ko‘ra bazofillar, eozinofillar va neytrofillarga,
agranulotsitlar limfotsitlar va monotsitlarga bo‘linadi.
Granulotsitlar ko‘payishga, o‘z strukturasini o‘zgartirishga layoqatsiz va
ma`lum turdagi hayvonlar uchun kattaligi nisbatan doimiy, ya`ni yuqori darajada
tabaqalangan hujayralardir. Etuk granulotsitlarning o‘zagi bo‘g‘imlarga bo‘lingan
(segmentlangan) bo‘lib, bunday o‘zak katta solishtirma yuza (yuzaning massaga
nisbati)ga ega va bu hol moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq.
Granulotsitlarning o‘zagi xromatinga boy, sitoplazmasida kam sondagi
mitoxondriyalar, pufakchalar shaklidagi sitoplazmatik to‘r, spetsifik donachalar,
oksidlanish fermentlari (m., oksidaza) mavjud.
Bazofillarning diametri 8-14 mkm (52-rasm), yirik-yirik donachalari
ishqoriy bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Ko‘k bo‘yoq donachalarni binafsha-och qizil
rangga bo‘yaydi. Bo‘yalganda bo‘yoq rangining bunday o‘zgarishi, ya`ni
metaxromaziya donachalar tarkibidagi glikozaminoglikanlarga bog‘liq.
Donachalarning geparin saqlashi bazofillarninrg biriktiruvchi to‘qima
labrotsitlari

(geparinotsitlar)ga

yaqinligini

ko‘rsatadi.

Bazofillarning

sitoplazmasi binafsha-och qizil rangga bo‘yaladi. Bazofillar barcha
leykotsitlarning 01,-2%-ini (qushlarda 3-4%-ini) tashkil qiladi. Donachalarning
geparin va gistamin saqlashi bazofillar allergik reaksiyalarda va qon ivishining
sekinlashishida ishtirok qilishini ko‘rsatadi.
Eozinofillar (atsidofillar) (53-rasm) 8-20 mkm kattalikda bo‘lib, yirik-
yirik va keskin oksifil bo‘yaluvchi donachalarga ega. Submikroskopik sitokimyo
donachalarda kislotali fosfataza (gidrolitik ferment) mavjudligini ko‘rsatadi. Bu
ferment donachalar emirilganda faollashadi. Eozinofillarning sitoplazmasi biroz
oksifil, o‘zagi noto‘g‘ri shaklda va ko‘pincha ikki bo‘g‘imli. Qonda 3-5% (ba`zan
10%) gacha eozinofillar bo‘lib, ular organizmga kiruvchi yot oqsillar va kasallik
paytidagi buzilgan to‘qimalarning oqsillarini zararsizlantirishda ishtirok qiladi.
Ko‘pchilik kasalliklarning boshlanishida bu xil leykotsitlar soni kamayib, tuzalish
paytida esa ko‘payadi. Ayrim parazitar kasalliklarda eozinofillarning soni keskin
(qoramolda 40% gacha) ortadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

11

Neytrofillarning kattaligi 7-15 mkm (II-tabl.). Hozirgi paytda “neytrofil”

tushunchasi eskirgan hisoblanib, gematologlar “geterofil”, (maxsus leykotsit)
terminlarini qo‘llashni taklif qilmoqdalar. Neytrofillarning donachalari juda
mayda, primatlar, it, cho‘chqa va mushukda och qizil-binafsha rangga, ot va
kavsh qaytaruvchilarda ham kislotali, ham ishqorli bo‘yoqlarga, quyonda -
atsidofil bo‘yaladi. Qushlar neytorofillarining sitoplazmasida atsidofil
tayoqchalar mavjud. Donachalar gidrolitik fermentlarga ega lizotsomalar bo‘lib,
ularning hosil bo‘lishi plastinkali kompleks bilan bog‘liqligi zamonaviy
tekshirish usullari bilan aniqlangan. Neytrofillarning sitoplazmasi kuchsiz oksifil
bo‘yaladi, uning zichligi hujayra yoshi kattalashishi bilan oshib boradi.

Foydalanilgan ádabiyotlar:

1.

Shodiyev N.Sh., Dilmuradov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya»

Darslik. Cholpan nomidagi nashiryot –matbaa ijodiy uyi.Toshkent, 2015yil.
2.

Tóxtayev Q.R., Azizova F.X., Abduraxmonov M., va b. «Sitologiya,

gistologiya va embriologiya» Darslik . Taffakur-bóstoni nomidagi nashiryot –
matbaa ijodiy uyi.Toshkent, 2018yil.
3.

Ibrohimov Sh.I., Shodiyev N.SH., Isayev M., Daminov A .S.

4.

«Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik .Toshkent,2006 yil

5.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi Ózbekistoning Erkin va farovon

yashaylik , ‘’Tahkent,Tasvir’’ nashriyat uyi,2021 yil.- 52 bet.
6.

Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik –milliy

g’oyamizning poydevoridir. Toshkent, ‘’tasvir ‘’ nashiriy uyi,2021 yil .-36 bet

Библиографические ссылки

Shodiyev N.Sh., Dilmuradov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik. Cholpan nomidagi nashiryot –matbaa ijodiy uyi.Toshkent, 2015yil.

Tóxtayev Q.R., Azizova F.X., Abduraxmonov M., va b. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik . Taffakur-bóstoni nomidagi nashiryot –matbaa ijodiy uyi.Toshkent, 2018yil.

Ibrohimov Sh.I., Shodiyev N.SH., Isayev M., Daminov A .S.

«Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik .Toshkent,2006 yil

Mirziyoyev Sh.M. Yangi Ózbekistoning Erkin va farovon

yashaylik , ‘’Tahkent,Tasvir’’ nashriyat uyi,2021 yil.- 52 bet.

Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik –milliy g’oyamizning poydevoridir. Toshkent, ‘’tasvir ‘’ nashiriy uyi,2021 yil .-36 bet