THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
111
THE ROLE OF THE PHENOMENON OF BILINGUALISM IN THE
DEVELOPMENT OF HUMANITARIAN SCIENCES
Babajanov Khusan
UzSWLU, Senior teacher of
the first faculty
https://doi.org/10.5281/zenodo.13836466
Annotation:
In the past decade, research investigating bilingual effects on
cognitive and linguistic development has increased significantly. Bilingualism is
a field of continuous growth that covers a broad range of mental and linguistic
achievements. Through most of the 20th century, bilingualism was assumed to
threaten normal language development and impair cognitive achievement.
Key words
: bilingualism, trend, socio-linguistic, to socio-psychological,
lexicon, automation.
Sharq xalqlarida azaldan ko‘p tillarni bilish, boshqa millat vakillari bilan
o‘sha millat tilida muloqotga kirishish ajdodlardan meros bo‘lib qolgan. O‘z ona
tili imkoniyatlarini chuqur o‘rganish boshqa chet tillarini o‘zlashtirishda yuqori
samara beradi. Chunki qiyoslash, chog’ishtirish asosida egallangan bilim
mustahkam bo‘ladi.
Shuningdek, tillar lug’at tarikibining o’zlashmalar asosida boyishi boshqa
tillardagi leksik birliklar hisobiga bo’ladi. So’nggi paytlarda, ba’zi tilshunoslar
nolisoniy omillar sirasida so’z o’zlashtirishning ijtimoiy-psixologik sabablari
haqida ham fikr yuritmoqdalar.
1
Xususan, V.G.Kostamarov rus tiliga inglizcha
leksik birliklarning shiddat bilan kirib kelishini ijtimoiy-psixologik omillar bilan
izohlaydi. Uning ta’kidlashicha, xorijiy tilardan so’z o’zlashtirishda o’ziga yarasha
lisoniy “moda” paydo bo’lgan. Hozirgi davrda lisoniy “moda” so’z o’zlashtirishda
asosiy omil bo’lmoqda. Sotsiolingvistikadagi muhim hodisalardan biri bilingvizm
hodisasidir. U ikki tilda muloqot qilish qobiliyatiga ega bo’lishni bildiradi. O’rta
Osiyo hududida azaldan kishilar turkiy til bilan bir qatorda arab, fors tillarini
yaxshi bilishgan va bemalol muloqot qilishgan. XIX asrga kelib rus tilining
ommalashishi natijasida O’zbekistonda rus va o’zbek tilida muloqot qila oladigan
qatlam shakllandi. Bugungi kunga kelib esa ingliz tili nufuzining jahon
miqiyosida ortib borishi natijasida ingliz va o’zbek tillarida muloqot qila
oladigan aholi qatlami shakllanmoqda.
Xususan, bilingvizm o’zbek millati uchun tarixiy davrlardan beri mavjud
bo’lgan va turli tillar ishtirokida borgan.
1
Sirojiddinov Sh. So‘z o‘zlashtirish omillari xususida// O‘zbek tili va adabiyoti, 2017. – № 4. – Б.85.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
112
XXI asr insoniyat tarixida globallashuv, axborot asri bo’ligina qolmay,
barcha fanlar taraqqiyotidagi yuksalish asri ham hisoblanadi.
Fanlar doirasidagi yangidan yangi yo’nalishlarning vujudga kelishi,
muammolar yechimiga oid tadqiqotlarning turli uslublarini ishlab chiqish va
ularni amalga tatbiq qilish kelgusi davr ilm-fan rivoji uchun asos vazifasini
o’taydi.
O’zining boy o’tmishi, ilm-fani, madaniyati bilan jahon tamadduniga
ulkan hissa qo’shgan O’zbekiston bugungi kundagi keng ko’lamli islohotlari,
ma’naviyat va yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko’targanligi bilan
dunyoning rivojlangan mamlakatlariga o’rnak bo’lib kelmoqda. Davlatimiz
rahbarining yoshlarga bildirayotgan ishonchi, ularda yurtimizning porloq
kelajagi qiyofasini ko’rishlari yoshlarga millatning mustahkam tayanchi
bo’lishdek mas’uliyat yuklaydi.
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tilini o’qitishni
takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2014-yil 6-fevraldagi “Yoshlarga
doir davlat siyosati to’g’risida”gi qarorlari mamlakatimizda chet tillarini
o’rganishning yangi davrini boshlab berdi.
Bundan qariyb bir asr muqaddam jaded adabiyotining yorqin
namoyondasi Mahmudxo’ja Behbudiy o’zining “Ikki emas to’rt til lozim”
maqolasida turkistonliklarning ko’p til bilishi lozimligini aytgandilar: “…sanoat
va mamlakat ishlari, millatg'a xidmat ilmsiz bo'lmaydur,…to'rt tilga tahrir va
taqrir etguvchilar kerak”. Tilni bilish barcha davrlarda elni bilishga yo’l ochib
kelgan. Chet tillarini o’rganishning amaliy ahamiyati quyidagilarda yaqqol
ko’rinadi:
*
o’zga millat madaniyati va ma’naviy qadriyatlari bilan yaqindan
tanishish, o’zi mansub bo’lgan xalq madaniyati, ma’naviyatini qiyosiy o’rganish
va tahlil qilish;
-
dunyoda ro’y berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
ilm- fan sohasidagi so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish;
-
dunyoqarashning kengayishi, mustaqil fikrli shaxs bo’lib
shakllanish;
-
boshqa tillarda ham o’z imkoniyatlarini ko’rsata bilish
ko’nikmasining shakllanishi;
-
til o’rganish orqali aqliy faoliyatning rivojlanishi;
-
jahon ilm-fani va texnikasini puxta o’rganish, yangiliklar yaratish;
-
til o’rgatish bo’yicha turli dasturlarning yaratilishi orqali
texnologiyalarning takomillashuvi va boshqalar.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
113
Chet tilini o’rganish aniq va tabiiy fanlar doirasida amaliy ahamiyatga
egadir. Bu o’z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini, tibbiyotini rivojlantiradi va
aniq fanlar borasidagi salohiyatining o’sishiga zamin yaratadi.
Chet tilini o’rganishning ijtimoiy sohadagi ahamiyati esa bir muncha
kengroq va murakkabroqdir.
Bu, avvalo, shaxs ma’naviyati rivoji uchun yordamchi vosita bo’lishdek
vazifani bajaradi. Hech kim o’z ona tilini yaxshi bilmay, uning imkoniyatlarini
puxta o’zlashtirmay turib o’zga millat tilini mukammal o’rgana olmaydi. Chet
tillarini o’rganishning ijtimoiy-gumanitar fanlar taraqqiyotidagi ahamiyatiga oid
quyidagilarni qayd etish mumkin:
*
jahon adabiyotining nodir namunalari bilan tanishish, bu orqali
umuminsoniylik tamoyillarini chuqur his qilish;
*
tarjimachilik borasidagi yangi yo’nalishlarni vujudga kelishi;
*
huquqshunoslik bo’yicha jahon mamlakatlarining ilg’or tajribalari
bilan yaqindan tanishish, muhim o’rinlarini o’rganish va amalga tatbiq qilish;
*
tarixga doir ko’plab manbalar bilan tanishish;
*
qiyosiy tilshunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik bo’yicha olib
boriladigan tadqiqotlar ahamiyatining ortishi;
*
millatlar o’rtasidagi madaniyat va qadriyatlarning mushtarak va
farqli jihatlarini o’rganish, tilde madaniyatning aks etishi (lingvokultura) bilan
aloqador tomonlarini tahlil etish;
*
lisoniy imkoniyatlarning kengayishi;
San’at ma’naviyatni shakllantiruvchi dastlabki omillardan biri hisoblanadi.
Chet tilini o’rganish chet millat san’at namunalari bilan jonli muloqot qilish
imkoniyatini yaratadi. So’z san’ati eng qudratli san’at ekanligini inobatga olsak,
chet tilini bilish san’atlar o’rtasidagi, jumladan, adabiyotlar o’rtasidagi ko’prik
vazifasini bajaradi.
Shuningdek, XXI asrga kelib, axborot asrida kompyuter texnologiyasidan
quyidagi maqsadlarda til o’qitishda keng foydalanish yo’lga qo’yildi:
*
ona tili sifatida o’zbek tilini, chet tili sifatida o’zbek tilini va chet
tillarini o’qitish jarayonida kompyuterning dasturlaridan foydalanish;
*
kompyuter ma’lumotlaridan tilning grammatikasi, fonetikasi va
leksikasini o’qitishda foydalanish;
*
o’zbek tili va chet tillari bo’yicha olingan bilimlarini baholash
maqsadida kompyuter dasturidan foydalanish kabilar.
Bu hodisa kompyuter lingvistikasida til o’qitishni avtomatlashtirish
yo’nalishining paydo bo’lishiga olib keldi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
114
Xulosa qilib aytganda, chet tillarini o’rganish, ikki va undan ortiq tilda muloqot
qila olish ko’nikmasi barcha amaliy va nazariy sohalarning, jumladan, gumanitar
fanlar taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega
References:
1. Sirojiddinov Sh. So‘z o‘zlashtirish omillari xususida// O‘zbek tili va adabiyoti,
2017. – № 4. – Б.85.
2. Крысин Л.П. Иноязычное слово в контексте современной общественной
жизни. 1994. – С.60. XV Пейпей. Английские неологизмы-заимствованиния
в русском и китайском языках. КД. – Москва, 2012. – С.42; Богаченко Н.Г.
История восточноазиатских заимствований в английском языке (на
материале Большого Оксфордского словаря). КД. – Владивосток, 2003. –
С.22-23.
3. .The Concise Oxford Dictionary of Current English, ed. by Fowler H.W. and
Fowler F.G., based on The Oxford English Dictionary, 4th ed., London, Oxford
University Press
4.
Appel, R., & Muysken, P. (1996). Bilingüismo y contacto de lenguas.
Barcelona: Ariel. (Original work published 1987
5.Auer, P., & Wei, L. (Eds.). (2007). Handbook of multilingualism and
multilingual communication. Berlin - New York: Mouton de Gruyer.
6.Baetens Beardmsore, H. (1982). Bilingualism: Basic principles. Clevedon:
Multilngual Matters.
7.https://www.studysmarter.co.uk/explanations/english/international-
english/bilingualism/