THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
117
OLAMNING LISONIY MANZARASINI HOSIL QILISHDA KOGNITIV-
SEMANTIK VOSTILARNING ROLI
Barotova Nigina Sharofovna
Buxoro davlat universiteti
2-bosqich tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15657443
Til — bu nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkurining ko‘zgusi, dunyoni
idrok etish va baholash vositasidir. Lisoniy manzara deganda til orqali
ifodalangan va ongda shakllangan voqelik tasavvurlari majmui tushuniladi.
Mazkur manzaraning shakllanishida konnotativ so‘zlar, frazeologizmlar,
mifologemalar, metaforalar muhim rol o‘ynaydi. Biz ularni adabiy janrlarda
ko’rganizmizda badiiy vositalar deb o’rganganmiz, ammo ular tilshunoslik
sohasida kognitiv-semantik vositalar sifatida qaraladi. Ushbu maqolada biz bu
birliklarning olamning lisoniy manzarasini yaratishda asosiy vosita sifatida
qaralishini tahlil qilib, kognitiv tilshunoslik nuqati nazaridan misollar bilan
boyitamiz.
Asosiy qism
“Olam manzarasi” - bu bizning haqiqat haqidagi g‘oyamiz, insonning barcha
ma’naviy faoliyatining natijasi bo‘lgan dunyoning yaxlit, global qiyofasi,
shuningdek, insonda uning dunyo bilan barcha aloqalari va dunyo haqidagi
g‘oyalari davomida paydo bo'ladigan birlikdir. Agar dunyo inson va ularning
o‘zaro ta’sirida atrof-muhit bo‘lsa, u holda dunyo manzrasi atrof-muhit va shaxs
haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash natijasidir
1
”. Shunday ekan,
“
Dunyo
tasviri” yoki “dunyo manzarasi” tushunchalarini insonning haqiqat haqidagi
tasavvuri, uning barcha ma’naviy faoliyati asosida shakllanishini va bu tasvir
inson ongida dunyo bilan bevosita va bilvosita o‘zaro aloqalari davomida paydo
bo‘lishini anglashimiz lozim. Ya’ni inson atrofidagi muhitni kuzatadi, tahlil qiladi
va o‘z tajribasi orqali uni anglaydi va natijada, inson ongida dunyoning yaxlit,
ichki modeli – ya’ni dunyo tasviri vujudga keladi. Olamning lisoniy manzarasi
inson tafakkurining til orqali ifodalanish shakli sifatida turli obrazli va
emotsional boyliklar bilan mujassamdir. Bu manzara nafaqat oddiy semantik
birliklar orqali, balki aforizmlar, mifologemalar
,
metaforik iboralar
,
o‘xshatishlar
,
konnotativ so‘zlar
,
madaniy stereotiplar
,
timsol (ramz)lar va
boshqa poetik vositalar orqali ham yuksak darajada ifodalanadi
2
. Bu vositalar
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
118
orqali til egasining dunyoni qanday idrok etishi, uni qanday baholashi va
tasniflashi ochib beriladi va ulardan biri konnotativ so‘zlar hisoblanadi.
Konnotativ birliklar olamning lisoniy manzarasini yaratishda inson kognitiv
xaritasining ifodasi sifatida qaraladi. Ular yordamida inson o‘z idroki va bahosini
tilga ko‘chiradi. Konnotativ ma’no — bu so‘zning asosiy (denotativ)
ma’nosidan tashqari, ungayuklangan emotsional, baholovchi yoki madaniy
ma’nolar majmui
3
. Masalan: “ona” so‘zining denotativ ma’nosi farzand tug‘ib,
uni tarbiyalagan ayol bo‘lsa, konnotativ ma’nosida esa uning mehr, fidoyilik,
muhabbat timsoli ekanligi ham anglashiladi. Olamning lisoniy manzarasini aks
ettirishda konnotativ so‘zlarning o‘rni nihoyatda muhim, chunki konnotatsiya til
vositalariga subyektiv, emotsional va madaniy rang-baranglik baxsh etadi. Bu
xususiyatlar insonning dunyoni qanday his qilishi, baholashi va tasvirlashi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lib, lisoniy manzaraning antropotsentrik va madaniy
xususiyatlarini ochib beradi. Har bir til va madaniyat uchun o‘ziga xos
qo‘shimcha ma’nolarning- konnotatsiyalarning vujudga kelishi xarakterlidir.
Ularning paydo bo‘lishi mazmunlarning ayrim aspektlari kuchayishi bilan
bog’liq. Bunda ayrim assotsatsiyalar ( tasavvurlar) konnotatsiyalarning vujudga
kelishi uchun daliliy asoslarni tashkil qiladi, so‘zning asl ma’nosi esa bu yerda
ko‘chma ma’noga nisbatan ichki shakl yuzasida maydonga chiqadi. Odatda
denotatdan alohida hususiyatlar ajralib chiqib, ularning obrazi konnotativ
so‘zning ichki shaklida gavdalanadi
4
. Konnotatsiya — insonning dunyoni qanday
his qilishi va shaxsiy bahosi orqali vujudga keladi. Masalan, “qora kun” iborasi
kunning qoraligini, ya’ni qorong‘ulik ma’nosiga ega emas. U insonning ruhiy
tushkunligi, yo‘qotish, umidsizlik holatini anglatadi. Bu orqali so‘z subyektiv
tajriba, madaniy stereotip (qora — salbiylik ramzi) va emotsional bahoni o‘zida
jamlaydi.
Demak, konnotativ so‘zlar orqali til insoniyatning emotsional va madaniy
olamiga kirib, ular nafaqat voqelikni ifodalaydi, balki uni baholaydi, tasniflaydi
va tasvirlaydi, bu esa lisoniy manzaraning boy, ko‘p qirrali va insoniy xarakterga
ega ekanini isbotlaydi. Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazelogizmlar
ham alohida rol o‘ynaydłi. Ular “xalq hayotining ko‘zgusi” dir”
5
. Frazeologik
birliklarning tabiati til egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda
so‘zlashuvchi xalqning madaniy tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘łiqdir.
Ularning semantikasi insoniy faoliyat, his-tuyg‘ular, ijtimoiy munosabatlar
hamda axloqiy me’yorlarni ifodalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, tilning kognitiv va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
119
madaniy funksiyalarini yaqqol namoyon etadi. Frazeologizmlar orqali
shakllangan lisoniy manzaraning tahlilida uning antropotsentrik xususiyatini
alohida ta’kidlash zarur. Chunki tilning zamonaviy tafakkur paradigmasida inson
markaziy figura sifatida namoyon bo‘ladi. Antropotsentrik paradigma til va
tafakkur munosabatlarida insonni mezon, baholovchi va idrok qiluvchi subyekt
sifatida qaraydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, frazeologik birliklar — bu
nafaqat tayyor til birikmalari, balki inson tajribasi, emotsiyasi, hissiy holati va
ijtimoiy munosabatlarining obrazli ifodasidir.
Frazeologik birliklarning mazmuniy yo‘nalishi asosan insonga qaratilgan
bo‘lib, ular inson tafakkuri va hayotiy tajribasini markazga qo‘yadi. Masalan,
o‘zbek tilidagi
“ko‘ngli tog‘dek”
(xotirjam, yengil tortgan holat), “
og‘zi qulog‘ida”
(shodlik holati) yoki
“yuragi orqaga tortdi”
(qo‘rquv, xavotir) kabi
frazeologizmlar insonning ichki kechinmalari va ruhiy holatlarini jonli, obrazli
shaklda aks ettiradi. Bunday birikmalar til orqali inson ongi qanday faoliyat
yuritishini, hissiyotlarni qanday kodlashini yaqqol ko‘rsatadi.
Shu tariqa, frazeologizmlar lisoniy manzaraning antropotsentrik asosda
shakllanishiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ular orqali til
nafaqat aloqa vositasi, balki insonning dunyoni idrok etish, baholash va
tasvirlash vositasi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Til har bir xalqning tarixiy-madaniy xotirasini, qadriyatlar tizimini, urf-odat
va dunyoqarashini saqlovchi va uzatuvchi asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.
Ayniqsa, mifologemalar til orqali xalq tafakkurida saqlanib qolgan qadimiy
manzarani, arxetipik obrazlarni va ularning milliy ma’naviy mazmunini o‘z
lisoniy manzarasida yaratadi va nutqida aks ettiradi. Har bir xalqning mifologik
obrazlari ularning milliy tafakkur mahsuli bo‘lib, tegishli olam manzarasida joy
oladi va bu obrazlar orqali tilning milliylik darajasi aniq namoyon bo‘ladi.
Masalan, O’zbek xalqining sevimli dostonidagi qahramon “Alpomish” — o‘zbek
xalqi ongida jasorat, vatanparvarlik, oilaparastlik, sadoqat kabi milliy qadriyatlar
timsolidir. Bu obraz orqali nafaqat qahramonlik konsepti, balki o‘zbek xalqining
tarixiy, ijtimoiy va axloqiy ideallari ifodalanadi. Alpomish — bu o‘zbek xalqi
milliy ongidagi ideal erkak, xalq himoyachisidir. Shuningdek, “Zumrad va
Qimmat” — bu ertak obrazlari o‘zbek xalqining axloqiy qadriyatlari (haqiqat,
adolat, hurmat, mehr, g‘amxo‘rlik, yovuzlikning jazosi) bilan bog‘liq. Bu
mifologema orqali xalq pedagogikasi, ma’naviy saboq va ijtimoiy stereotiplar
tilga singdiriladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
120
Bu misollardagi mifologik obrazlar orqali o‘zbek xalqining milliy tafakkuri,
qadriyatlari va orzu-umidlari ifodalanadi, ya’ni olamning milliy lisoniy
manzarasi yaratiladi.
Ingliz tilidagi mifologemalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, “Pandora’s box” —
bu obraz yunon mifologiyasidan olingan bo‘lib, u kutilmagan, nazoratdan
chiqqan muammolar manbai sifatida ishlatiladi. Bu mifologema orqali xavf-
xatar, bilimsizlikning oqibati yoki insonning qiziqishi natijasidagi zararli
oqibatlar ifodalanadi. Bu ingliz tilidagi yovuzlik va ogohlantirish metaforasidir.
Yoki yana bir mifologik birlik “Achilles’ heel” — bu ibora zaif nuqtani bildiradi.
Ingliz zabon xalq lisoniy tafakkurida bu obraz inson har qancha qudratli bo‘lsa
ham, muqarrar zaiflikka ega ekanini anglatadi. Bu esa inson kamchiliklarini
anglash va realistik dunyoqarash bilan bog‘liq. Bu mifologemalar orqali ingliz
tilining G‘arbiy madaniyatga asoslangan tarixiy-tarbiya modeli, realistik va
analitik tafakkuri namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, mifologemalar ham xalq
tafakkuri va tarixiy xotirasining lingvistik modeli sifatida namoyon bo‘lib, ular
olamning milliy lisoniy manzarasini shakllantirishda konseptual va semantik
asos vazifasini bajaradi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz kerakki, olamning lisoniy manzarasi
inson tafakkurining va tilning o‘zaro integratsiyalashgan mahsuli sifatida
shakllanadi va uni shakllantirishda mifologemalar, konnotativ so‘zlar va
metaforalar asosiy semantik-kognitiv vositalardan biri sifatida muhim rol
o‘ynaydi. Mifologemalar
xalq ongida tarixiy-madaniy xotira va arxetipik
obrazlarni saqlagan holda, qadimiy dunyoqarashni til vositasida ifodalashga
xizmat qiladi. Konnotativ so‘zlar esa nafaqat denotativ ma’noni, balki shu
ma’noga bog‘liq ijtimoiy, madaniy, hissiy qiymatlarni ham uzatib, tilning
emotsional-estetik qirralarini boyitadi. Metaforalar esa inson tafakkurining
asosiy obrazli mexanizmi sifatida, abstrakt tushunchalarni konkret obrazlar
orqali ifodalab, dunyo tasvirining gumanitar-falsafiy mohiyatini aks ettiradi. Bu
vositalar, ya’ni mifologik asos, konnotativ boylik va metaforik ifoda — orqali til
dunyoning milliy, madaniy va kognitiv xususiyatlarini mujassamlashtirib, lisoniy
shaxs ongida olam manzarasining obrazli, mazmunli va o‘ziga xos shaklini
yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Цивьян Т. В. Лингвистические основы балканской модели мира. М, ,
1990, с 5
2. A.A. Haydarov Konnotativ ma’noning fonetik vositalarda ifodalanishi Filol.
fanlari nomzodi diss. Avtoreferati T.-2009
3. A.Ma’matov “Zamonaviy lingvistika”, Toshkent “Tafakkur avlodi”,2020
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
121
4. Sh.Usmanova “Lingvokulturologiya” darslik, Toshkent 2019
5.
Баротова,
Н.
(2025).
Анализ
причин
возникновения
антропоцентрической
парадигмы
в
современной
лингвистике.
Лингвоспектр,
5(1),
141–146.
извлечено
от
https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/827
