THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
75
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA
FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA
METODLARDAN FOYDALANISH
Xoʻshboqova Mehriniso Gulmurod qizi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi
27-sonli maktab geografiya fani oʻqituvchisi
mehrinisoxoshboqova726@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16735072
Annotatsiya.
Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiya fanini
o'qitishda innovatsion texnologiyalar va metodlardan foydalanishning asosiy
masalalari yoritib berilgan. Dars jarayonini tashkil etishda interaktiv metodlarni
qo'llash, oʻquvchilarning bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ularni mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni rejalashtirish haqida fikr borgan. Umumiy
o‘rta taʼlim maktablarida geografiya fanini o‘qitishda zamonaviy, innovatsion
yondashuvlardan foydalanishning afzalliklari, ularning taʼlim sifati va
samaradorligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar
asosida dars jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
interfaol metodlar, o‘quv jarayoni, raqamli resurslar, elektron
doska, gamifikatsiya, multimedia vositalari, video va animatsiyalar, kompyuter
sinflari.
Abstract.
The article highlights the main issues of using innovative
technologies and methods in teaching geography in general secondary schools.
The article discusses the use of interactive methods in organizing the teaching
process, planning the formation of students' knowledge and skills, and the
development of their independent thinking abilities. The advantages of using
modern, innovative approaches in teaching geography in general secondary
schools, their impact on the quality and effectiveness of education are analyzed.
Recommendations are also given for organizing the teaching process based on
innovative technologies.
Keywords:
interactive methods, learning process, digital resources,
electronic whiteboard, gamification, multimedia tools, video and animations,
computer classes.
Bugungi kunda fan va texnologiyalarning jaʼdal surʼatlarda rivojlanib
borishi pedagoglar oldiga qator yangi vazifalarni qo'ymoqda. Oʻquv jarayonida
axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanish orqali dars jarayonini
sifatini yaxshilash, o'quvchilarning yuqori darajada bilim va ko'nikmalarini
shakllantirish, o'quv jarayonining asosiy vazifalardan biriga aylangan. Taʼlim
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida o‘quvchilarni mustaqil
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
76
fikrlashga, muammolarni tahlil qila olishga va zamonaviy texnologiyalar bilan
ishlay olishga o‘rgatib borish muhim vazifa sifatida belgilangan. Ayniqsa, tabiiy
fanlar - jumladan, geografiya fanini o‘qitishda bu talab yanada dolzarbdir.
Geografiya fani nafaqat tabiiy jarayonlarni, balki insoniyatning ularga taʼsirini,
global muammolarni va ularning yechimlarini tushuntirishda muhim rol
o‘ynaydi. Shu bois, bu fan bo‘yicha darslarni interfaol va innovatsion usullar
bilan boyitish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda
globallashuv, ekologik muammolar, demografik o‘zgarishlar va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish masalalari butun dunyo miqyosida dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Aynan geografiya fani ushbu muammolarni tahlil qilish,
ularning sabablari va oqibatlarini anglash, shuningdek, ekologik va ijtimoiy
ongni shakllantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda, geografiyani zamonaviy, interaktiv va texnologik yondashuvlar
orqali o‘qitish zarurati ortib bormoqda. Bundan tashqari, yosh avlodning
texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, darslarda ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning faolligini oshiradi,
mustaqil fikrlash va izlanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa nafaqat o‘quv
jarayonini modernizatsiya qilish, balki ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Shuningdek, geografiya fanini faqat nazariy emas, balki amaliy
jihatdan o‘rgatish ham o‘quvchilarga real hayotdagi vaziyatlarni modellashtirish,
tahlil qilish va ularga to‘g‘ri yechim topa olish imkonini beradi. Bunda sun’iy
yo‘ldosh tasvirlari, dron orqali olingan xaritalar, onlayn atlantar va interaktiv
o‘yinlar kabi zamonaviy texnologik vositalar keng qo‘llanilishi mumkin.
Ishning asosiy maqsadi va vazifalari. -
Geografiya fanini oʻqitishda
innovatsion texnologiyalar va interfaol metod vositalaridan samarali foydalanish
tizimni joriy etish;
- nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish (dala tatqiqotlari,
ekskursiyalar tashkil etish); oʻquvchilarni fanga boʻlgan qiziqishlarini inobatga
olib, dars ishlanmalari ishlab chiqish;
- mavzularni chuqurroq tushuntirish va tahlil etish, oʻquv jarayoni
mazmuni va mohiyatini yoritib berish;
- oʻqituvchi va oʻquvchilar orasida oʻzaro hamkorlik muhitini tashkil etish;
oʻquv jarayoni sifatini oshirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash ishning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Asosiy qism.
Taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim
tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish - zamonaviy pedagogikaning
eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon ayniqsa geografiya fani
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
77
kabi vizual va amaliy bilimlarga boy bo‘lgan fanlar uchun alohida ahamiyat kasb
etadi.
Geografiya
fanini
oʻqitishda
ilgʻor
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanish o‘quvchilarda fan bo‘yicha
chuqur tushunchalarni shakllantirish, ularning mintaqaviy va global miqyosdagi
jarayonlarni idrok etish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Ilg‘or
texnologiyalar, xususan, interaktiv xaritalar, GIS (geografik axborot tizimlari),
virtual laboratoriyalar, 3D-modellashtirish va multimedia resurslari orqali
geografik bilimlarni vizual tarzda taqdim etish darslarning mazmunini boyitadi
va o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Shuningdek, masofaviy
ta'lim, elektron platformalar va mobil ilovalar orqali geografik bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni yanada moslashuvchan va samarali tus oladi. Shu sababli,
geografiya fanini oʻqitishda ilgʻor texnologiyalardan foydalanish nafaqat fan
mazmunini zamon talablariga moslashtirish, balki o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlash, muammolarni tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, O'quv
jarayonida, oʼqitishning zamonaviy metodlaridan oqilona foydalana olish
pedagog mahorat va malaka amaliyotini talab etadi. Oʼquv jarayonini tashkil
etayotgan har bir pedagog - oʼqituvchi, eng avvalo, chuqur bilim va malakaga ega
bo'lishi, o'quvchilarning fikrlarini oldindan ko'ra bilishi va oʼquvchilarga to'g'ri
yoʼnalish ko'rsata olishi lozim. O'quv jarayonni sifatini yaxshilashda, interfaol
metod vositalaridan foydalanish orqali dars jarayonining sifatini oshirishga
erishish mumkin. Dars jarayonining sifatini yaxshilash maqsadida, dars
jarayonining maqsadi va vazifalarni aniq belgilanishi, har bir dars uchun mos
metod va usullardan foydalanish, interaktiv metod vositalaridan foydalanish
o'quvchilarni mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga o'rgatish, baholash
tizimini takomillashtirish, o'quv muhitini yaxshilash, o'qituvchining professional
rivojlanishi va ota-onalar bilan uzviy hamkorlikni to'g'ri tashkil etish lozim. Dars
jarayonini yuqori saviyali muhitda tashkil etish maqsadida, o'qituvchilarning
pedagogik mahorat va malakasini oshirish va dars jarayonini texnologik jihozlar
va interaktiv metodlardan foydalanish, oʻquv jarayoni muhitini yaxshilash
maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida geografiya fanini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini yanada samarali, qiziqarli va amaliy darajada tashkil etish imkonini
yaratadi. Bu yondashuvlar o‘quvchilarni faollashtirib, ularning geografik
ma’lumotlarni tushunishi, tahlil qilishi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
78
Innovatsion texnologiyalar qatoriga geografik axborot tizimlari (GIS),
raqamli kartografiya, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, 3D modellashtirish, virtual va
kengaytirilgan reallik (VR va AR) kabi vositalar kiradi. Masalan, GIS
texnologiyasi o‘quvchilarga geografik ma’lumotlarni interaktiv tarzda ko‘rish,
tahlil qilish va joylashuvni aniqlash imkonini beradi. Bu usul yordamida
geografik jarayonlar va hodisalar yanada yaqqol, aniq ko‘rsatiladi, murakkab
mavzularni oson tushuntirish imkonini beradi.
Interfaol usullar esa o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan metodlarni o‘z
ichiga oladi. Jumladan, guruh ishlari, muammoli vazifalar, rol o‘yinlari,
muhokamalar, onlayn viktorinalar va interaktiv taqdimotlar dars jarayoniga
kiritiladi. Ushbu usullar orqali o‘quvchilar mavzuni chuqurroq o‘zlashtiradi, o‘z
fikrlarini erkin ifoda etadi hamda hamkasblari bilan muloqotda bo‘lib, ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Geografiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va interfaol
usullardan samarali foydalanish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini
oshirish, ularning bilimlarini amaliyotga bog‘lash va zamonaviy hayot talablariga
tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda, Sherobod tumanida 70 ga
yaqin umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyat koʻrsatmoqda. Birgina 27 sonli
umumiy oʻrta taʼlim maktabida, soʻnggi yillar davomida, oʻquvchilarning
geografiya faniga boʻlgan qiziqishlari ortishi, ularning bilim va koʻnikmalarining
oshishiga erishilgan. Sherobod tumani 27 sonli maktabida geografiya fanini
oʻqitishda innovatsion texnologiyalar va interfaol usullar joriy etilishi ta’lim
sifatini yaxshilash imkonini bergan. Maktabda olib borilayotgan geografiya
darslarida: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, interaktiv
doskalar, multimedia taqdimotlar, GIS dasturlari va onlayn o‘quv platformalari
keng qo‘llanilmoqda. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, 27-maktabda geografiya
fanidan o‘quvchilarning o‘rtacha bahosi 4,2 dan 4,7 gacha oshdi. Bu
ko‘rsatkichning yaxshilanishi aynan interfaol ta’lim usullarining keng joriy
etilishi bilan bog‘liq. Shuningdek, maktabda oʻtkazilgan so‘rovnoma natijalari
shuni ko‘rsatdiki, 85% o‘quvchilar darslarda interaktiv texnologiyalar
qo‘llanilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu ularning fanga qiziqishini oshirganini
ta’kidlashadi. Maktabda geografiya darslari davomida “Google Earth” va “ArcGIS
Online” kabi raqamli kartografiya vositalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bu
esa o‘quvchilarga geografik hududlarni real vaqt rejimida kuzatish va tahlil
qilish imkonini berdi. Natijada, o‘quvchilar murakkab mavzularni (masalan,
tabiiy resurslar taqsimoti, iqlim o‘zgarishlari) yanada yaxshi tushunishga
erishmoqda. Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
79
kuzatuvlarga ko‘ra, interfaol guruh ishlari va muammoli vazifalar o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga, o‘zaro hamkorlik qilishga va geografik masalalarni
yechishga jalb etishda muhim vosita hisoblanadi. Bu metodlarning joriy qilinishi
bilan sinflardagi faol qatnashuv darajasi 30% ga oshgan. Umuman olganda,
Sherobod tumani 27-maktabida geografiya fanini oʻqitishda innovatsion
texnologiyalar va interfaol usullarni qo‘llash nafaqat ta’lim sifatini yaxshiladi,
balki o‘quvchilarning fan bo‘yicha mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shmoqda. Sherobod tumani 27-sonli
maktabida so‘nggi uch yil ichida geografiya fanini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalar va interfaol usullarni joriy etish borasida sezilarli natijalar qayd
etildi. 2022-2024-yillar oralig‘ida maktabda quyidagi o‘zgarishlar va yutuqlar
kuzatildi:
- O‘quvchilarning o‘rtacha bahosi: 2022-yilda geografiya fanidan o‘rtacha
ball 4,1 bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4,8 ga ko‘tarildi. Bu
ko‘rsatkich o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilim darajasining yaxshilanishidan
dalolat beradi.
- O‘quvchilarning fan bo‘yicha faolligi: Maktabda o'tkazilgan monitoring
natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol ta’lim metodlari joriy etilganidan so‘ng,
darslarda o‘quvchilarning faol ishtiroki 65% dan 90% gacha oshdi.
- Texnologiyalardan foydalanish darajasi: 27-maktabda geografiya
darslarining 85% da interaktiv doskalar va multimedia materiallari
qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, 75% darslarda “Google Earth”, “ArcGIS Online”
kabi raqamli geografik tizimlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘qituvchilarning malaka oshirishlari: Maktab o‘qituvchilarining 95% i
so‘nggi 3 yil ichida AKT bo‘yicha kamida 2 ta malaka oshirish kursida
qatnashgan. Bu esa innovatsion usullarni samarali qo‘llash imkonini yaratib
bergan.
O‘quvchilarning fikri: O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 92% o‘quvchi
interfaol metodlar orqali geografiyani o‘rganishni an’anaviy usullarga qaraganda
qiziqarli va oson deb hisoblaydi. Innovatsion texnologiyalar qo‘llanilgan
sinflarda o‘quvchilarning mustaqil loyiha va tadqiqot ishlari soni 40% ga oshgan.
Bu esa o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda
muhim omil hisoblanadi. Maktabda tashkil etilgan geografiya faniga oid tanlov
va viktorinalarda 27-maktab o‘quvchilari tuman miqyosida 1-2-o‘rinlarni
muntazam egallab kelmoqda, bu o‘z navbatida innovatsion usullar
samaradorligini ko‘rsatadi. Maktabda joriy qilingan elektron platformalarda
geografiya bo‘yicha darsliklar, video darslar va interaktiv testlar mavjud bo‘lib,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
80
o‘quvchilar 70% holatda o‘z vaqtida uy vazifalarini onlayn bajarishmoqda. Bu
esa darsdan tashqari vaqtda, oʻquvchilarni berilgan topshiriqlarni mustaqil
bajarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganligini koʻrsatadi. Yuqoridagi
raqamlar asosida, geografiya fanini oʻqitishda innovatsion texnologiyalar va
interfaol usullardan foydalanish ta’lim jarayonining sifatini oshirayotganini
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa nafaqat o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, balki
ularning fan bo‘yicha mustaqil va ijodiy yondashuvlarini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Maktabda, hozirda 5 nafar pedagog faoliyat koʻrsatib, ularning 1 nafari oliy
toifali pedagog, 1 nafari birinchi darajali mutaxassis, 3 nafari mutaxassis kadrlar
sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
2025-yilda Sherobod tumani 27-maktab geografiya fanidan olimpiada
oʻyinlarida ishtirok etgan oʻquvchilar reytingi
O‘quvchi ismi
Sinf Olimpiada bosqichi
Olingan o‘rin
Ballar
(100 balldan)
Jasur Qodirov
10. Tuman 1-o‘rin
95
Dilnoza Sobirova 11 Tuman
2-o‘rin
90
Anvarbek To‘raev 9
Tuman
3-o‘rin
87
Nodira Xasanova 10
Tuman
4-o‘rin
83
Sardorbek Mirzayev
11
Tuman
5-o‘rin
80
Bu jadval maʼlumotlaridan biz koʻrishimiz mumkinki, geografiya fanini
oʻrganishda oʻquvchilar asta - sekin natijaviylikka erisha boshladilar. Kelgusida
ularni, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirokini
taʼminlash, ularning bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish lozim.
Umuman olganda, 27 sonli oʻrta ta’lim maktabida geografiya fanini
o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali bir qator ijobiy
natijalarga erishildi. Avvalo, dars jarayonlariga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) kiritilishi o‘quvchilarning fan bo‘yicha qiziqishini
oshirdi va ularning bilimlarini mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib xizmat
qildi. Multimedia vositalari, interaktiv xaritalar, virtual sayohatlar, Google Earth
kabi dasturlar, onlayn test tizimlari va taqdimot texnologiyalaridan foydalanish
o‘quvchilarda mavzuni chuqurroq anglashga, tasavvurlarni kengaytirishga
yordam berdi. Dars jarayonida ,,klaster”, ,,akvarium”, ,,aql charxi”, ,,bumerangʼʼ,
,,gamifikatsiya (oʻyinlashtirish)ʼʼ kabi metodlardan foydalanish o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashini rivojlantirdi va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini oshirdi.
Innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan darslar natijasida:
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
81
O‘quvchilarning geografiya faniga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi sezilarli
darajada oshdi;
Fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yaxshilandi;
Yil davomida geografiya fanidan olimpiada va tanlovlarda ishtirok etgan
o‘quvchilar soni ortdi;
Darslarda o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi, interaktiv muloqot
muhitiga erishildi;
Geografiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash natijasida,
27-sonli maktabda o‘quv jarayonining sifatini oshirishga xizmat qildi va o‘qitish
samaradorligini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu yondashuv kelajakda boshqa
fanlar uchun ham namunaviy model bo‘la oladi desak xato boʻlmas edi.
Xulosa. Umumiy oʻrta taʼlim maktabida, geografiya fanini oʻqitishda yuqori
natijalarga erishish, saviyali dars muhitini tashkil etish maqsadida quyidagi
ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻlar edi:
- innovatsion va interaktiv metodlarni keng joriy etish;
- O‘quvchilarning faolligini oshirish (savol - javoblar, testlar, krassvord,
masalalar bajarish);
- Mavzularni chuqurroq tushuntirish va tahlil etish, misollar yordamida
izohlash;
- Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish (dala tatqiqotlari,
ekskursiyalar tashkil etish);
- Darslarni vizual va interaktiv shaklda tashkil etish (koʻrgazmali yoki
multimedia vositalaridan samarali foydalanish);
- axborot - kommunikatsiya texnologiyaridan foydalanish (Google Earth,
Google online ilovalaridan foydalanishni oʻrganish);
- geografik laboratoriya burchagi va geografiya xonasini tashkil etish;
- olimpiada va tanlovlarga tayyorgarlik kursini kuchaytirish;
- fanlararo integratsiyani yoʻlga quyish (tabiiy fanlar orasida oʻzaro
hamkorlik aloqalarini tashkil etish);
- pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. l.Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. Toshkent.O'zbekiston, 2016.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2021 - 2023-
yillarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanini kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
82
3. Sh.Ortiqova ,,Sherobod tumani iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish masalalariʼʼ ilmiy
maqolasi.
4. Qurmanova Qundiz Ergaliyevna, Shrazov Adilbay Shamsitdinovich ,,TA’LIM
TIZIMIDA
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN
DARS
JARAYONIDA
FOYDALANISHʼʼ ilmiy maqolasi.
5. Ulasheva Aziza Sherboy qizi, Olloqulova Farzona Umedillayevna ,,TA’LIMIDA
TIZIMIDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATIʼʼ.
6. Arxiv.uz.
7. Surxon.stat.uz.
