OBRAZ TUSHUNCHASINING BADIIY TALQINI (“HAJ DAFTARI”MISOLIDA)

Abstract

Mazkur maqolada “obraz” tushunchasining badiiy adabiyotdagi keng ma’nodagi talqini tahlil qilinadi. Xususan, Abdulla Oripov ijodiga mansub “Haj daftari” turkumidagi she’rlar asosida obrazlarning diniy, falsafiy va ijtimoiy yuklamalari ochib beriladi. Shoir lirik qahramon kechinmalari, xalq dardiga hamdardlik, insoniy kamolot, tavba, najot, hidoyat kabi tushunchalarni chuqur poetik obrazlar vositasida ifodalaydi. Tadqiqotda Ka’batulloh, Muhammad (s.a.v.) va Shayton obrazlari tahlil etilib, ularning ma’naviy-estetik funksiyalari yoritiladi. Maqola adabiy tahlil orqali obraz tushunchasining g‘oyaviy-estetik imkoniyatlarini ochib beradi hamda zamonaviy o‘zbek she’riyati misolida bu tushunchaning badiiy mohiyatini anglashga xizmat qiladi

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
28-32
14

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rajabov , E. . (2025). OBRAZ TUSHUNCHASINING BADIIY TALQINI (“HAJ DAFTARI”MISOLIDA). Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(13), 28–32. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/98800
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada “obraz” tushunchasining badiiy adabiyotdagi keng ma’nodagi talqini tahlil qilinadi. Xususan, Abdulla Oripov ijodiga mansub “Haj daftari” turkumidagi she’rlar asosida obrazlarning diniy, falsafiy va ijtimoiy yuklamalari ochib beriladi. Shoir lirik qahramon kechinmalari, xalq dardiga hamdardlik, insoniy kamolot, tavba, najot, hidoyat kabi tushunchalarni chuqur poetik obrazlar vositasida ifodalaydi. Tadqiqotda Ka’batulloh, Muhammad (s.a.v.) va Shayton obrazlari tahlil etilib, ularning ma’naviy-estetik funksiyalari yoritiladi. Maqola adabiy tahlil orqali obraz tushunchasining g‘oyaviy-estetik imkoniyatlarini ochib beradi hamda zamonaviy o‘zbek she’riyati misolida bu tushunchaning badiiy mohiyatini anglashga xizmat qiladi


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

OBRAZ TUSHUNCHASINING BADIIY TALQINI

(“HAJ DAFTARI”MISOLIDA)

Rajabov Eliyor Xoliyorovich

Qarshi xalqaro universiteti o‘qituvchisi

elyorrajabov67@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15516781

Annotation:

This article explores the literary interpretation of the concept of the

“image” (obraz) in artistic expression, with a particular focus on the poetic
works of Abdulla Oripov. Specifically, it analyzes the series of poems in The
Pilgrimage Notebook (Haj daftari), examining the religious, philosophical, and
social dimensions of the imagery employed. The study highlights how the poet
conveys spiritual struggle, repentance, divine guidance, and human compassion
through rich symbolic representations. Key images such as the Kaaba, the
Prophet Muhammad (peace be upon him), and Satan are interpreted in terms of
their spiritual and aesthetic functions. The analysis demonstrates how these
images serve broader ideological and artistic purposes, offering deeper insight
into the thematic and emotional layers of contemporary Uzbek poetry.

Keywords:

image, poetic expression, artistic interpretation, symbolic

meaning, spirituality, ideology, Uzbek literature, The Pilgrimage Notebook,
literary analysis.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada “obraz” tushunchasining badiiy adabiyotdagi keng

ma’nodagi talqini tahlil qilinadi. Xususan, Abdulla Oripov ijodiga mansub “Haj
daftari” turkumidagi she’rlar asosida obrazlarning diniy, falsafiy va ijtimoiy
yuklamalari ochib beriladi. Shoir lirik qahramon kechinmalari, xalq dardiga
hamdardlik, insoniy kamolot, tavba, najot, hidoyat kabi tushunchalarni chuqur
poetik obrazlar vositasida ifodalaydi. Tadqiqotda Ka’batulloh, Muhammad
(s.a.v.) va Shayton obrazlari tahlil etilib, ularning ma’naviy-estetik funksiyalari
yoritiladi. Maqola adabiy tahlil orqali obraz tushunchasining g‘oyaviy-estetik
imkoniyatlarini ochib beradi hamda zamonaviy o‘zbek she’riyati misolida bu
tushunchaning badiiy mohiyatini anglashga xizmat qiladi

Kalit so‘zlar:

obraz, badiiy ifoda, san’atkorona talqin, ramziy ma’no,

ma’naviyat, g‘oya, o‘zbek adabiyoti, “Ziyorat daftaridan”, adabiy tahlil.

Obraz

- timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng

ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot
manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini
ifodalaydi. Biz bu o‘rinda timsol tushunchasining keng ma’nosi haqida fikr


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

29

yuritamiz. Abdulla Oripov o‘zining “Haj daftari” turkum she’rlariga timsol qilib
olgan obrazlar judayam rang-barang ekanligi bilan ajralib turadi. Quyida shoir
badiiy obrazlarni lirik tasvirlagan holatlarini tekshirib, tahlil qilib boramiz. “Haj
daftari” turkumidagi birinchi she’r Ka’batullohga bag‘ishlangan. Ammo, unda
Ka’batulloh madhi emas, balki, butunlay boshqa bir dardli haqiqat yoritilgandir.
U shunday satrlar bilan boshlanadi:

Hanuz biri ikki bo‘lmagan eldan,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.
Bag‘ri xun, tolei kulmagan eldan,
Keldim madad bergil, yo Ka’batulloh.
Ko‘rinib turibdiki, shoir bunda yurt va millat dardini birinchi o‘ringa

qo‘yayotir. Ya’ni bundagi obrazda vatanparvarlik hissi yetakchilik qiladi. Bu
narsa “Hanuz biri ikki bo‘lmagan”, “Bag‘ri xun, tolei kulmagan el” tarzidagi
ifodalardanoq anglashiladi. Lirik qahramon Ka’batullohda turib bir zamonlar
zehni va fikrati dunyoni yoritgan el va bandi bo‘lgan ulug‘ yurtining yaqin
o‘tmishdagi qismatini xayoldan o‘tkazadi va deydi:

Qay zamon odamlar bad fe’lin sezdim,
Vafoli do‘st izlab dunyoni kezdim.
Topmadim, topmadim, baridan bezdim,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.
Biri ikki bo‘lmagan bag‘ri xun, tolei kulmagan el - ulusning bir vakili bo‘lib

yashash ham oson kechadigan ish emas. Chunki, bunday yurtda va muhitda
ko‘pdan-ko‘p ma’naviy-axloqiy muammolar tug‘ilishi tabiiydir. Shoir o‘zi-ning
yolg‘izligi va yolg‘izlanishi haqida so‘zlarkan, ayni paytda har bir kishi -ning fikr
darajasi va saviyasiga qarab ham qullik va tobelik sharoitidagi inson qismati,
xususan, ijodkor tolei xususida o‘ylashga ham go‘yo da’vat qiladi. To‘g‘ri, hamma
yetuk shoirlar ham odamzodning yomon fe’l atvoridan, vafoli do‘st topa
olmaganligidan nolib o‘tishgan. Aks holda Alisher Navoiy “Mehr ko‘p ko‘rguzdim,
ammo, mehribone topmadim” deb, Bobur esa “Jonimdin o‘zga joni vafodor
topmadim” deb yozmagan bo‘lar edi. Lekin, Abdulla Oripovning Ka’batullohga
borib iltijo qilishida juda muhim bir ma’no yashiringan. Bu ma’no esa, dindan
ajratilgan xalq ahvoliga kuyunish va uning hidoyat yo‘liga yuz burishidan keyingi
hayotiga ishonchdir:

Shukrona ayturman o‘zingga, yo Rab,
Yuz burdik hidoyat yo‘liga qarab.
Haq degan yurtimning baxtini so‘rab
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

30

“Hikmat sadolari” tub mohiyati bilan Hazrati payg‘ambarning aql, tafakkur

va ko‘ngil sadolaridir. Shuning uchun ularning deyarli har birida “Rasululloh
dedi, Rasululloh demish”, “Rasul amr qildi”, “Rasululloh demishku ul dam”
singari ta’kidli iboralardan foydalanilgan. Shu bilan birgalikda turkumdagi
mavzularning asosida ham janob payg‘ambarimiz turadi. Mavzularning asosiysi
sifatida “Haj daftarida ” payg‘ambar obrazi haqida ham so‘z yuritsak, tahlil qilsak
maqsadimiz bir qadar oydinlashadi. Ma’lumki, payg‘ambarimiz Muhammad
(s.a.v) ning sifatlari, xulqlari, fazilatlari Oisha onamiz, sahobalar tomonidan
keltirilgan hadislarda, tarixiy kitoblarda yaqqol aks etgan.

Diniy va tasavvufiy asarlarda shaytonning ishlari, makr va hiylalari

to‘g‘risida juda ko‘p bahs yuritilgan. Shu ma’noda Shaytonni adabiyotdagi asosiy
timsollardan biri deyish mumkin. Shaytonga xos yomonlik va hiyla nayranglar
inson tabiati va faoliyati orqali yuzaga chiqadi. Shuning uchun shayton bilan
kurashish insondagi yomonlik, yovuzlik, johillik, hiylakorlik, makkorlikka qarshi
kurashmoq ma’nosi bilan deyarli teng turadi. Haj safari – shaytonni la’natlash va
uni tosh bo‘ron etish safari hamdir. Shuning uchun ham Abdulla Oripov
Shaytonga bag‘ishlangan she’rida:

Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron,
La’natga ko‘mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin.
Haqiqatda ham “Shuncha yukning ostida Shayton ming yillar” davomida

chiqolmay yotishi mumkinmi? She’r so‘ngida shoir ushbu savolga oddiy
kitobxon kutmagan bir javobni topadi:

Shodumon yo‘l oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda – chohda.
Manzilga qaytgandik Shayton voajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.
Demak, shaytonning hunari bu - insonning hunari. Shuning uchun ham

inson istasa bir-biriga “Sallani paytava qilib o‘ratgay”.

Agar sidqidildan ko‘rsatsa nayrang,
Nodonni shoh qilib yurtni so‘ratgay.
Xullas, har bir kishi o‘zidagi Shaytoniy xususiyat va sifatlarni bilmaguncha

Shayton qiyofasini aniq tasavvur qila olmaydi. “Shayton” she’rida ilgari surilgan
bosh maqsad ham ana shu edi. “Haj daftari”da o‘rtaga tashlangan fikr va
tuyg‘ularning bir qanchasi Abdulla Oripovning “Hikmat sadolari” turkumida ham
davom ettirilib, yanada rivojlantirilgan. Buni Ona, Shayton va Ka’baga


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

31

bag‘ishlangan she’rlardan ham bilish mumkin. “Shayton” deb nomlangan
ikkinchi she’rda shoir go‘yo tayyoragohda duch kelgan “Shayton” yolg‘iz
emasligini isbotlab:

U goho xojadur, gohida dastyor,
U goho paridur, sochlari sumbul.
Goho do‘stman deb so‘z boshlar sekin,
Lutfi g‘oyat shirin totli zaboni.
-deydi. Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda shaytondan qutulishning bir

qancha choralari ko‘rsatib berilgan. Muhammad alayhissalom bir hadislarida
“Men tushlaringizda ko‘rsalaringiz, shaytonni tush ko‘rmaysizlar. Chunki
shayton hech qachon mening qiyofamga kira olmas”

1

degan ekanlar. Abdulla

Oripov she’r xotimasida, aynan, shu hadisni asos qilib olgan:

Tushingda Rasulni ko‘rdingmi - quvon.
Demak, ibodating yerda qolmaydi.
Rasululloh demish: - Shayton hech qachon,
Mening qiyofamga kira olmaydi.
Yana muhim obrazlardan biri bu

Ona

siymosidir. Muqaddas kitobimiz

Qur’oni karimda hamda hadislarda ham bu zotga ehtirom ko‘rsatish haqida juda
ko‘plab so‘z boradi. Ona ayol kabi tushunchalar naqadar qadrli biz uchun. Olloh
taolo nozil qilgan kitob Qur’oni karimning Surai “Niso” “Nur” “Taloq” kabi
suralar boshdan oyoq ayollarga oid masalalarni qamrab olgani bizga ma’lum.
Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi:
“Rasulullohdan: “Ey, Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?” – deb
so‘radim. “Onangga” ,dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham,
Rasululloh: “Onangga”,deyaverdilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda:
“Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, dedilar.

2

Payg‘ambarimiz

sallollohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalari asosida yozilgan sheʼr badiiy
jihatdan ham g‘oyatda taʼsirli:

Kimdir savol berdi: – Аytgil Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota onamgami yoxud bolamga?
Sheʼr hadisning talqini ekanligi uchun ham shoir juda ehtiyotkorlik bilan

so‘z tanlaydi. Hadis va diniy bilimdan uzoqroq odam sheʼrni o‘qiganida onaga



background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

32

yaxshilik qilish majburiy ekan deb islom dini va Rasulullohdan og‘rinmasligi
uchun asosiy mezonni sheʼrda ham aniq belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oripov A. Tanlangan asarlar. 3-tom. T. Adabiyot va san’at, 2001. 382-b

2.

Oripov A. Tanlangan asarlar. 4-tom. T. Adabiyot va san’at, 2001.381- b

3.

Orif A. Haj daftari. T. Murod firmasi . Mirzo Akbar nashr bo‘limi, 1992.

4.

Ernazarova G.H. XX asr o‘zbek poeziyasida milliy tafakkur va uning badiiy

talqini (Cho‘lpon, G‘.G‘ulom A.Oripov she’riyati misolida ). NDA, Toshkent, 2001,
30-bet.
5.

Egamqulova N.B. “Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik tahlili”

nomli dissertatsiyasi

References

Oripov A. Tanlangan asarlar. 3-tom. T. Adabiyot va san’at, 2001. 382-b

Oripov A. Tanlangan asarlar. 4-tom. T. Adabiyot va san’at, 2001.381- b

Orif A. Haj daftari. T. Murod firmasi . Mirzo Akbar nashr bo‘limi, 1992.

Ernazarova G.H. XX asr o‘zbek poeziyasida milliy tafakkur va uning badiiy talqini (Cho‘lpon, G‘.G‘ulom A.Oripov she’riyati misolida ). NDA, Toshkent, 2001, 30-bet.

Egamqulova N.B. “Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik tahlili” nomli dissertatsiyasi