PATENT VA LITSENZIYALARDAN KELIB CHIQADIGAN EKSKLYUZIV HUQUQLAR HISOBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

N.D. Maxmudova

Ushbu maqola patent va litsenziyalardan kelib chiqadigan eksklyuziv huquqlarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Intellektual mulkning ushbu turdagi aktivlari korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bozor ustunligini ta'minlash va innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada eksklyuziv huquqlarning iqtisodiy mohiyati, ularni aktiv sifatida tan olish tamoyillari, amortizatsiya qilish jarayoni va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish usullari batafsil yoritiladi. Shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) va milliy normativ talablar asosida patent va litsenziyalarni hisobga olishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan.  Tadqiqot natijalari patent va litsenziyalarni hisobga olishning samarali usullari korxonalar uchun intellektual mulkdan iqtisodiy foyda olish imkoniyatini oshirishini ko‘rsatadi. Ushbu maqola intellektual mulk hisobining amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.       

30

Koʻrishlar

13

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos