Ushbu maqola patent va litsenziyalardan kelib chiqadigan eksklyuziv huquqlarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Intellektual mulkning ushbu turdagi aktivlari korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bozor ustunligini ta'minlash va innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada eksklyuziv huquqlarning iqtisodiy mohiyati, ularni aktiv sifatida tan olish tamoyillari, amortizatsiya qilish jarayoni va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish usullari batafsil yoritiladi. Shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) va milliy normativ talablar asosida patent va litsenziyalarni hisobga olishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari patent va litsenziyalarni hisobga olishning samarali usullari korxonalar uchun intellektual mulkdan iqtisodiy foyda olish imkoniyatini oshirishini ko‘rsatadi. Ushbu maqola intellektual mulk hisobining amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Abstract views:
Downloads:
hh-index
Citations
inLibrary — is a scientific electronic library built on the paradigm of open science (Open Science), the main tasks of which are the popularization of science and scientific activities, public quality control of scientific publications, the development of interdisciplinary research, a modern institute of scientific review, increasing the citation of Uzbek science and building a knowledge infrastructure.
CONTACTS:
Republic of Uzbekistan, Tashkent, Parkent street 51, floor 2