TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA ZAMONNAVIY TEXNIKA VOSITALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI

Аннотация

Maqolada ayrim xorijiy davlatlarda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini tergov qilishda qo’llanilayottgan ayrim zamonaviy texnika vositalari borasida muallifning fikr-mulohazalari bayon etilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Majidov , J. . (2025). TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA ZAMONNAVIY TEXNIKA VOSITALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(15), 34–38. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/103921
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada ayrim xorijiy davlatlarda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini tergov qilishda qo’llanilayottgan ayrim zamonaviy texnika vositalari borasida muallifning fikr-mulohazalari bayon etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

34

TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN

FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH

JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA ZAMONNAVIY TEXNIKA

VOSITALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI

Majidov Jamshed Abdulla o’g’li

https://doi.org/10.5281/zenodo.15624337

Annotatsiya.

Maqolada ayrim xorijiy davlatlarda transport vositalari

harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlarini
tergov qilishda qo’llanilayottgan ayrim zamonaviy texnika vositalari borasida
muallifning fikr-mulohazalari bayon etilgan.

Tayanch so’zlar:

surishtiruvchi, tergovchi, hodisa sodir bo’lgan joy,

ko’zdan kechirish, shaxsning huquqlari, shaxsning erkinliklari, transport
vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi, yo’l-transport hodisasi.

Аннотация.

В статье изложены мнения автора о некоторых

современных технических средствах, применяемых в отдельных
зарубежных государствах при расследовании преступлений, связанных с
нарушением правил безопасности дорожного движения или эксплуатации
транспортных средств.

Ключевые слова:

дознаватель, следователь, место происшествия,

осмотр, права личности, свободы личности, безопасность дорожного
движения и эксплуатации транспортных средств, дорожно-транспортное
происшествие.

Abstract.

The article presents the author's views on certain modern

technical means used in some foreign countries in the investigation of crimes
related to violations of road traffic or vehicle operation safety rules.

Keywords:

Inquirer, investigator, crime scene, inspection, individual rights,

individual freedoms, road traffic and vehicle operation safety, road traffic
accident.

Bir qator mamlakatlarda YTH natijasida o‘lim holatlari aholi sonining

qisqarishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti tomonidan yuritiladigan va har 3-5 yilda bir marta e’lon qilinadigan
“Dunyoda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha hisobot” (“Global Status Report on
Road Safety”)ga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha har 100.000 nafar aholiga
nisbatan YTH oqibatida vafot etganlar nisbati 17 nafar shaxsni tashkil qilmoqda.
YTH natijasida halok bo‘lganlar ulushi AQShda har 100 ming nafar aholiga –
11,1, Rossiyada – 11,2, Germaniyada – 3, Buyuk Britaniyada – 2,8, Yaponiyada –
2,2, Tojikistonda – 19,4, Turkmanistonda –15,5, Qirg‘izistonda – 13,8,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

35

Qozog‘istonda – 12,8 nafarni tashkil etmoqda. Yil sayin yo’l transport
hodisalarining jadal suratda ko’payib, turli xil usullarda sodir etilayotgani
davlatlar tomonidan milliy qonunchilikni rivojlantirish va YTH bilan bog’liq
jinoyatlarni samarali ochish va tergov qilishni yanada takomillashtirishga
qaratilgan qator chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Jahonda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini

buzish jinoyatlarini tergov qilishda qilmishga to’g’ri huquqiy baho berish,
xususan, aybning shakli, shikastning xususiyati, sodir etilgan qilmish bilan kelib
chiqqan oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishning mavjudligini aniqlash,
murakkab ob-havo sharoitida hodisa joyidagi dalillarni yo’q bo’lib ketishini
oldini olish maqsadida hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda
zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish,
haqiqiy aybdorlarni fosh etishda maxsus bilim va kriminalistik uslublardan
foydalanish, isbotlanishi zarur bo’lgan holatlar doirasini aniqlash va ular
bo’yicha o’tkazilishi talab etilgan tergov va protsessual harakatlar ketma-ketligi
(algoritmi)ni ishlab chiqish, tergov harakatlarini o’tkazishning yangi taktik usul
va imkoniyatlaridan samarali foydalanish jinoyatlarni tergov qilish faoliyatining
samarali tashkil etilishiga to’sqinlik qiluvchi amaldagi qonunchilikdagi
bo’shliqlarni bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamizda yildan-yilga o‘lim va og‘ir tan jarohati olish bilan bog‘liq

transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini
buzish jinoyatlari oshib borayotgan va turli xildagi dvigatel sig’imi va ot kuchiga
ega bo’lgan transport vositalarining yurtimizga kirib kelishi natijasida mazkur
turdagi jinoyatlarning sodir etish usullari ham yuqorida ko’rsatilgani kabi
o’zgarib borayotgan bir vaqtda, bu sohada yuritilayotgan jinoyat ishlarining
an’anaviy usulda tergov qilib kelinayotganligi, xususan, maxsus bilimlardan
etarlicha foydalanilmasligi, ishga oid dalillarni to’plashdagi kamchiliklar, ekspert
oldiga hal qilinishi uchun ishga ahamiyatli savollarning qo‘yilmasligi, hodisa
sodir bo’lgan joyni ko‘zdan kechirishda axborot texnologiyalaridan hamda
zamonaviy innovatsion texnik vositalardan samarali foydalanish yo’lga
qo’yilmaganligi natijasida oqlov hukmlarining soni ortib borayotganligi (2021-
yilda 6 ta, 2022-yilda 8 ta, 2023-yilda 9 ta, 2024 yilda 14 ta) ushbu turdagi
jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish naqadar zarurligini taqozo
etmoqda.

Agar Toshkent shahri kabi tirbandlikka tez-tez duch kelinadigan shahar

ko‘chalarida YTH yuz beradigan bo‘lsa, tergovchi yoki surishtiruvchining
oldidagi eng muhim masala o‘ta qisqa vaqt ichida hodisa sodir bo‘lgan joyni


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

36

ko‘zdan kechirish va yo‘lni boshqa transport vositalari erkin harakatlanishlari
uchun bo‘shatish hisoblanadi. Biroq hodisa joyini o‘ta qisqa vaqt ichida sifatli
ko‘zdan kechirishning jismoniy imkoniyati mavjud emas. Misol uchun o‘lchov
ishlarining o‘zi bir necha o‘n daqiqa vaqt oladi. Bilamizki, so‘nggi bir necha o‘n
yilliklarda YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda asosan lentadan o‘lchov
vositasi sifatida foydalanib kelganmiz. Biroq, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirishda an’anaviy o‘lchash usuli ham, biroz yangiroq boshqa usullar ham
ko‘plab kamchiliklarga ega. Masalan, yo‘lning serqatnovligi, hodisa joyiga
ko‘plab xodimlar va fuqarolarning kirib-chiqishi, ob-havo va boshqa omillar
o‘lchov ishlarini to‘liq, aniq va sifatli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari,
agar YTH sodir bo‘lgan joy tozalangandan keyin noto‘g‘ri yoki etishmayotgan
ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, bu usullarning barchasini dastlabki natija bilan qayta
tekshirib bo‘lmaydi. Ushbu masalalar 3D skanerlash texnologiyasini joriy etish
naqadar muhim va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatmoqda.

Hozirgi vaqtga kelib, zamonaviy kompyuter va zamonaviy foydalanuvchi

interfeysining paydo bo‘lishi fotogrammetriyani yirik muassasalar va tadqiqot
muassasalaridan tashqarida va kengroq foydalanuvchilar doirasini qamrab
olishiga imkon berdi .

Fotogrammetriya - fotosuratlarni tahlil qilish va sharhlash orqali ma’lumot

olish texnologiyasi (uch o‘lchovli ma’lumotlar yoki sifatli ma’lumotlar)
hisoblanadi. Ko‘pgina nashrlar YTHni tergov qilishda yaqin masofali
fotogrammetriyani qo‘llash haqida gapirgan. Konner va Uolton tomonidan olib
borilgan tahlillar Texas transport departamenti va politsiya idoralari hodisa
sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda fotogrammetriyadan qanday
foydalanishi mumkinligini o‘rganib chiqdi .

Wang va Zhang esa YTH sodir bo‘lgan joyni tekshirishda

fotogrammetriyadan foydalanishning rivojlanishi va aniqligini muhokama qilgan
bo‘lsa, LU va LIU o‘lchov nuqtalarini qayta qurish uchun ikki yoki undan ortiq
fotosuratlardan foydalanish usulini o‘rganadilar . Bundan tashqari, Guang-quan
and Xu, Hong-guo, Li, Yi-bing, Zhou, Li, Tian, Jian, Li, Jiang and Ding, Tongqiang,
Ya-qiao, Shiyan and Su, Shilin va boshqalar tomonidan kamerani kalibrlash
uchun mos yozuvlar nuqtalarini avtomatik aniqlash bo‘yicha bir vaqtning o‘zida
tasvirni qayta ishlash usullaridan foydalanadigan ko‘plab tadqiqotlar olib borildi

Shuningdek, ayni vaqtda G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ham YTH sodir

bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda 3D skanerdan foydalanish bo‘yicha ko‘plab
ilmiy izlanishlar olib borilgan va hozirgi kunda amaliyotga keng joriy qilinishiga
erishilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

37

Shuningdek, ayni vaqtda G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ham YTH sodir

bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda 3D skanerdan foydalanish bo‘yicha ko‘plab
ilmiy izlanishlar olib borilgan va hozirgi kunda amaliyotga keng joriy qilinishiga
erishilgan.

Darja Topolšek, Elvis A. Herbaj va Marjan Sternad kabi olimlar tomonidan

ilgari surilgan fikrlarga ko’ra “YTHni qayta tiklashning maqsadi to‘qnashuv
dinamikasini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan hodisani qayta tiklashdan iborat
bo‘lib, bu sud ishlarida dalil sifatida foydalaniladi. YTHni qayta qurish va
hodisani namoyish qilish hodisa joyini o‘lchashga oid aniq ma’lumotlarni talab
qiladi. Biroq, YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq individual
o‘lchash vositalari va usullari o‘rtasida farqlar mavjud, xuddi ulardan
foydalanish darajasi va o‘lchash aniqligi o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganidek.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan usul o‘lchov lentasi bo‘lib, undan keyin umumiy
stantsiyalar va lazer diapazoni o‘lchagichlar bilan o‘lchovlar o‘tkaziladi,
fotogrammetriya ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsiy vositalar
va usullarning afzalliklari va kamchiliklari tadqiqotchilarning kerakli soniga,
ko‘chirishga, o‘lchash diapazoniga, yorug‘lik va ob-havo sharoitlariga qarab
qo‘llanilishiga, masofadan o‘lchash imkoniyatiga, ma’lumotlarni yig‘ish vaqtiga,
ko‘lamiga, keyinchalik qayta ishlash imkoniyati, to‘plangan ma’lumotlar va
birinchi navbatda, barcha to‘plangan ma’lumotlarning aniqligi va hajmiga ta’sir
qiladi. Ikkinchisi sudda YTH ishtirokchilarining aybdorligini yoki aybsizligini
isbotlash uchun juda muhimdir, chunki noto‘g‘ri ma’lumotlar adolatsiz hukmga
olib kelishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan vositalar va usullardan foydalangan
holda o‘lchashning aniqligi, shuningdek, qaysi biri ishlatilganiga, shuningdek,
boshqa omillarga qarab farq qiladi” .

Bundan tashqari, S.N. Dumnov aytganidek 3D skaner yordamida jinoyat

sodir etilgan joyni skanerlash uchun ketadigan vaqt an’anaviy yozib olish
vositalariga nisbatan ahamiyatsizdir .

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytadigan bo‘lsak, nazarimizda agar

ko‘plab moddiy izlar (yo‘l-transport hodisalari, samolyot halokatlari, zo‘ravonlik
jinoyatlari va boshqalar) bilan tavsiflangan jinoyatlar tergov qilinsa 3D
skanerlarni joriy etish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3D
skanerlash texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha xorijiy tajriba, bizning
fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari
faoliyatida, ayniqsa, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish
xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari va boshqa jinoyatlar bo‘yicha hodisa


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

38

sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish kabi tergov harakatlarini amalga
oshirishda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin