IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK XIZMAT VA UNING AMALIY AHAMIYATI

Аннотация

Mazkur maqolada iqtidorli bolalar bilan ishlashning psixologik asoslari, ularning rivojlanish xususiyatlari va ta'lim jarayonida ular bilan individual yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
19-23
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xudoyberdiyev , S. . (2025). IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK XIZMAT VA UNING AMALIY AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(19), 19–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/120802
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada iqtidorli bolalar bilan ishlashning psixologik asoslari, ularning rivojlanish xususiyatlari va ta'lim jarayonida ular bilan individual yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

19

IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK XIZMAT VA

UNING AMALIY AHAMIYATI

Xudoyberdiyev Shuhrat Ramazonovich

Xalqaro innovatsion universiteti

“Magistratura” bo‘limi boshlig‘i

Email: shuhratxudoyberdiyev76@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15826501

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtidorli bolalar bilan ishlashning psixologik asoslari,

ularning rivojlanish xususiyatlari va ta'lim jarayonida ular bilan individual
yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.

Shuningdek, iqtidorli bolalarning psixologik ehtiyojlarini aniqlash, ularni

qo'llab-quvvatlash usullari va samarali pedagogik mexanizmlarи, iqtidorli
bolalar bilan ishlashda mavjud muammolar hamda ularning yechimlariga oid
masalalar keltirilgan.

Аннотация

В статье описываются психологические основы работы с одаренными
детьми, особенности их развития, специфика индивидуального подхода к
ним в образовательном процессе.
Также в статье рассматриваются вопросы, связанные с выявлением
психологических потребностей одаренных детей, методы их поддержки и
эффективные педагогические механизмы, а также существующие
проблемы в работе с одаренными детьми и пути их решения.

Kalit so‘zlar:

psixologik xizmat, shaxs kamoloti, intellekt, aql, psixologik tashxis,

psixologik maslahat, iqtidorli bolalar, qobiliyat va qiziqish, psixolog o’qituvchi,
ijtimoiy-psixologik muommolar, ijodkorlik, muloqot qobiliyati, pedagogik
yondashuvlar.

Ключевые слова:

психологическая служба, личностное развитие,

интеллект, психика, психологическая диагностика, психологическое
консультирование, одаренные дети, способности и интересы, педагог-
психолог,

социально-психологические

проблемы,

креативность,

коммуникативные навыки, педагогические подходы.

Mamlakatimizda yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar barcha sohalarga,

shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimida ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’lim jarayonida shaxsni kamol toptirish shart-sharoitlarini yaratish ta’lim
muassasalarida ishlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi bevosita psixologik xizmatni
to‘g‘ri tashkil etishga ham bevosita bog‘liqdir. Ta’lim tizimida psixologik
xizmatning tashkil etilishi tarbiyalanuvchi, o‘quvchining individual-psixologik


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

20

xususiyatlarini o‘rganish asosida uning shaxsi har tomonlama kamol topishi,
ham ma’naviy, jismoniy, axloqiy, ham aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi va
qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ta’lim-tarbiyaviy hamda ma’naviy-
ruhiy sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Ma’lumki, keyingi yillarda ta’limni
isloh qilishda, milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi,
umumbashariy qadriyatlarning ustivorligi asosida ta’limning barcha darajalari
va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini
rivojlantirish jarayonida ta’lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni
ma’naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat
tashkilotlari mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish
yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlari
jadal suratlar bilan olib borildi. Darhaqiqat, davlat taraqqiyoti, jamiyat ravnaqi
ko’p jihatdan uning intellektual potensiali bilan o’lchanadi. Chunki ilmiy
dunyoqarashi yuqori darjada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo
ilg’or bo’lishi shubhasiz.

Bugungi kunda olib borilayotgan ijodiy intellektual salohiyatni

rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasi deb ayta
olmaymiz. Shu jihatdan jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib,
yoshlarni ta’lim jarayonida intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini
muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashni, zamon talabi darajasida o‘quv-tarbiya jarayoniga
innovatsion texnologiyalarni joriy etishni talab qiladi. Har bir o‘quvchiga, uning
shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning intellektual ijodiy salohiyatini
rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki
pedagogik uslubni qo‘llash murakkab jarayondir. Aynan bu davr talabi sifatida
ta’lim maskanlarida tahsil oldayotgan bolalar orasidan iqtidorli yoshlarni kashf
etish, ularni aniqlash va qobiliyatlarini rivojlantirish zarur pejagogik
mexanizmlardan biri ekanligi hammamizga ayon hodisadir [1]. Demak, jamiyat
taraqqiyotining bugungi kuni iqtidorli bolalar bilan bog‘liq ekan, ularni bilim
ko’lamini yanada kengaytirsh, har sohada qobiliyatli qilib tarbiyalash, nafaqat
oila, balki, ta’lim tizimining ham katta vazifasi sanaladi.

Avvalo, iqtidorli bola bu - umumiy va maxsus qobiliyatlarni o’zida

mujassam etgan, ko’p jihatdan boshqa bolalardan ajralib turadigan bolalar
hisoblanadi. Ta’lim jarayonida bunday bolalar bilan o’qituvchi-psixolog
shug’ullanadi va bu alohida e’tiborni talab qiladi. Vaholanki, psixolog iqtidorli
bolalarni aniqlab, ularni chuqur o’rganishi, o’qituvchi bilan hamkorlikda uni
rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Chunki bugungi


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

21

shiddat bilan o’zgarib borayotgan jamiyat iqtidorli o’quvchilarni yanada
ko’paytirishni taqozo qilmoqda.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda umumiy bolalarning 20-

25% iqtidorli deb tasniflangan. Ammo iste’dodlarni rivojlantirish uchun kerakli
yordamni ololmasliklari natijasida atigi 2-5% o’quvchi chinakam iqtidorli bo’lib
qolarkan. Ya’ni, rivojlantirish va o’qitish jarayonidagi sustkashlik, e’tiborsizlik
kabi muommolar mamlakat potensial iste’dodining 90% ini yo’qotar ekan.
Jumladan, Yevropa mamlakatlarida o’quvchilarning sust rivojlanishi va
qobiliyatsizligi sababli, maktabdan haydalgan 30% ga yaqin o’quvchi aslida
iqtidorli va hatto qobiliyatli ekanligi aniqlangan [2]. Aslida, bunday
o’quvchilarga boshqalardan farq qiladigan fikr va nuqtai nazar bilan amaliy
vakolatli yordam ko’rsatish kerak. Ammo ko’rib turganimizdek, bolalar iqtidori
o’z vaqtida to’liq aniqlanmaganligi, o’rganilmaganligi ko’plab salbiy natijalarga
olib keladi. Shunday ekan har bir ta’lim muassasasida psixologik xizmatning
yaxshi yo‘lga qo‘yilishi maktab o‘quvchilarilari orasidan qobiliyatli, iqtidorli
yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va iste’dodlarni rivojlantirish
uchun muhim omil hisoblanadi. Tabiiyki, bu jarayonda savol tug‘iladi. Psixolog
bu jarayonni qanday tashkil qilsa bo’ladi?

Binobarin, iqtidorli bolalarni aniqlash davomiy jarayon bo’lib, bu shaxsning

rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog’liq. Jumladan, psixolog bunda
quyidagi yo’nalishda ish boshlasa ma’qul:

1. Psixologik tashxis.
2. Psixologik profilaktika.
3. Psixologik maslahat.
4. Psixologik ta’lim.
5. Psixologik salomatlik.
6. Iqtidorli bolalarni qo’llab-quvvatlash.
Tashxis ishida, dastlab bolani kuzatish, iqtidorli bolani portretini tuzish,

uning motiv va qiziqishlarini o’rganish. Uni qaysi sohada qobiliyati bor va
qiziqishlari nimada ekanini aniqlash. Profilaktika ishida esa psixolog o’qituvchi,
ota-ona va bolalar o’rtasida psixologik madaniyatni shakllantirishi ko’zda
tutiladi. Psixologik maslahat jarayonida bolani kattalar va tengdoshlari o’zaro
to’g’ri munosabatni shakllantirishga harakat qilishi, iqtidorli bolaga tengqurlari
va jamoa o’rtasida o’zini erkin tutishga o’rgatishi lozim. Psixologik ta’limda
iqtidorli bolalar va kattalarni psixologik bilimlar bilan tanishtirishga qaratilgan
ishlar olib boriladi. Psixologning vakolatiga, shuningdek, bolani psixofiziologik


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

22

sog’lig’ini saqlash, ularda ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish, ularning
o’quv faoliyat sifatini yanada oshirish kiradi.

Iqtidorli bolada ko‘plab ijtimoiy-psixologik muommolar ham mavjud.

Jumladan, iqtidorli bolalarning aqliy intellektual rivojlanishi yuqori bo‘lganligi
sababli ular o‘z tengdoshlariga qaraganda materialni tezroq va chuqurroq
o‘zlashtira oladilar, ularga bir oz boshqacha o‘qitish usullari kerak bo‘ladi. Ushbu
muammolarni hal qilish usullaridan biri boyitish va tezlashtirish bo‘lishi
mumkin. Iqtidorli o‘quvchilarni rivojlantirish amaliyoti iqtidorli bolalarni
ijodkorlik, muloqot qobiliyatlarini o‘rgatish, ijodiy shaxsning kelajakda ijtimoiy
ro‘yobga chiqishiga hissa qo‘shadigan yetakchilik va boshqa shaxsiy fazilatlarni
shakllantirishga qaratilgan maxsus dasturlar va o‘quv materiallarini ishlab
chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Mana shu kabi muammolarni
o‘rganish, ularni hal etish yo‘llarini bilish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash
mexanizmlarini ishlab chiqish, o‘rganish va kreativ fikrlash orqali ular bilan
individual ishlash jarayoniga professional yondashish uchun har bir o‘qituvchi-
murabbiy maxsus tayyorlangan, malakaviy tayyorgarligi yuqori bo‘lishi zarur.
O‘qituvchilar nafaqat iqtidorli o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini
tushunishlari, balki pedagogik metodlarni ham to‘g‘ri qo'llay olishlari kerak.

O‘qituvchilarni malaka oshirish va pedagogik bilimlarni yangilash orqali

ularning iqtidorli o‘quvchilarni o'qitishda samaradorligi oshadi. O‘qitish
jarayonida turli pedagogik yondashuvlar va metodlarni integratsiya qilish,
iqtidorli o'quvchilarning salohiyatini maksimal darajada rivojlantirishga yordam
beradi. Bunga, misol sifatida, diferensial ta'lim, loyihaviy ta’lim va zamonaviy
ta'lim texnologiyalarini qo‘llash kiradi [3]. Har bir bolada o’ziga yarasha iqtidor
bo’ladi. Kimdadir og’zaki va tushunishga yoki hisob- kitob ishlariga va hokazo.
Ko‘pincha iqtidorli bolalarning o‘zlari muammolarining manbai hisoblanadi.
Iqtidorli bolalar va ularning tengdoshlari o‘rtasidagi munosabatlar qanchalik
qiyin bo‘lishi hech kimga sir emas. Muayyan sohada iqtidorga ega shaxslarni
aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida pedagogik, psixologik, ijtimoiy shart-
sharoitlar yaratish, ularning maʻnaviy-ruhiy kamoloti, aqliy-ijodiy iqtidorini
oshirishning zarur meʻyoriy-huquqiy asoslari yaratilmoqda. Respublikamizda
olib borilayotgan islohotlar bir qator hujjatlarda oʻz aksini topgan. Jumladan,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni
aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4306- son qarori aynan iqtidorli bolalar bilan
ishlashni takomillashtirishni nazarda tutadi. Jahon tajribasida ham iqtidorlilar
masalasiga katta e‘tibor qaratiladi. Dunyoning yetakchi davlatlarida bunday


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

23

tadqiqotlar, iqtidorli bolalar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘z faoliyatini
yuritadi [4]. Jumladan, Yevropa mamlakatlari va AQSH da iqtidorlilar uchun bir
qancha dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar ularning qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun hissa qo‘shadi.

Keyingi yillarda yurtimizda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash orqali ta’lim

muassasalari o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, ya’ni yoshlarni mustaqil fikrlash,
bo‘sh vaqtlarini tashkil etish, ularning birorta kasb-hunar egallashi uchun
poydevor yaratish, iqtidorli, ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirish ishlarini
mahalla hamkorligida amalga oshirish orqali iqtidorli o‘quvchilar safini
kengaytirishga erishilmoqda. Shu jihatdan bugungi kunda iqtidorli yoshlarni
aniqlash va uni rivojlantirishda bolani kichik yoshidan, boshlang‘ich sinfdan
ko‘ra bilish, qobiliyatini o‘stirishga tayyorlash va uni o‘zi qiziqqan sohasiga
yo‘naltirish muhim hisoblanadi. Demak, ta’limdagi mavjud muammolarni hal
qilish, zamonaviy ta‘limga mos imkoniyatlarni yaratish yosh avlodning
iste’dodlarini rivojlantirishga keng yo‘l ochadi. Shu boisdan boshlang‘ich
maktabda iqtidorli o‘quvchilarni o‘qitishda individual yondashuvdan
foydalanish ancha samarali natijalar beradi va individuial ishlaganda bola
iqtidorini namoyon etishda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lib tez rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimova M.O., Todjimamatova M.E., To‘ychiyeva, R.N. “Iqtidorli yoshlarni
aniqlash va tarbiyalashning pedagogik asoslari”. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, Vol. 3, no. 7, 2023, pp. 55-
63.
2. Davletshin M.G. va boshqalar. Qobiliyat va uning diagnostikasi. -T.:O’qituvchi,
1997.
3. Murodov S. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashda zamonaviy pedagogik
yondashuvlar. Toshkent, O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 2020 йил.
4. Musayev J. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Monografiya. – T.: Sharq, 2010. – 252 b.

Библиографические ссылки

Karimova M.O., Todjimamatova M.E., To‘ychiyeva, R.N. “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va tarbiyalashning pedagogik asoslari”. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, Vol. 3, no. 7, 2023, pp. 55-63.

Davletshin M.G. va boshqalar. Qobiliyat va uning diagnostikasi. -T.:O’qituvchi, 1997.

Murodov S. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashda zamonaviy pedagogik yondashuvlar. Toshkent, O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 2020 йил.

Musayev J. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish. Monografiya. – T.: Sharq, 2010. – 252 b.