BUXORO XONLIGI DAVRIDA DINIY MANSABLAR

Аннотация

Yurtimiz hududiga islom dini kirib kelishi, nafaqat oʻzbek xalqining balki Oʻrta Osiyodagi boshqa xalqlarning ham urf-odatlari, turmish-tarzi va davlatchilik boshqaruviga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Arablar istilosidan keyingi davrlarda tashkil topgan bir qancha davlatlar, masalan: Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar kabi davlatlarda islom dini xalqning kundalik hayotida, davlat boshqaruvi asoslarida ajralmas oʻrin egallab kelgan. Davlat amalida xizmat qiladigan deyarli barcha mansabdorlar islom dining qonun-qoidalari, farz amallari, Qur’oni karim oyatlari va hadis ilmidan puxta bohabar boʻlishlari shart boʻlgan.Musulman davlatlarda ayniqsa sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslanganligi bois, sud ishlarini olib boruvchi Qozikalon, qozilar, muftiy va raislarning diniy bilimlari mustahkam boʻlishi muhim edi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
165-168
43

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Qorjavov , I. . (2024). BUXORO XONLIGI DAVRIDA DINIY MANSABLAR. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(21), 165–168. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51399
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yurtimiz hududiga islom dini kirib kelishi, nafaqat oʻzbek xalqining balki Oʻrta Osiyodagi boshqa xalqlarning ham urf-odatlari, turmish-tarzi va davlatchilik boshqaruviga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Arablar istilosidan keyingi davrlarda tashkil topgan bir qancha davlatlar, masalan: Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar kabi davlatlarda islom dini xalqning kundalik hayotida, davlat boshqaruvi asoslarida ajralmas oʻrin egallab kelgan. Davlat amalida xizmat qiladigan deyarli barcha mansabdorlar islom dining qonun-qoidalari, farz amallari, Qur’oni karim oyatlari va hadis ilmidan puxta bohabar boʻlishlari shart boʻlgan.Musulman davlatlarda ayniqsa sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslanganligi bois, sud ishlarini olib boruvchi Qozikalon, qozilar, muftiy va raislarning diniy bilimlari mustahkam boʻlishi muhim edi.

background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

165

BUXORO XONLIGI DAVRIDA DINIY MANSABLAR

Qorjavov Islom Asliddin o‘g‘li

JDPU, tarix fakulteti, tarix yo‘nalishi

313-24 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14279741

Yurtimiz hududiga islom dini kirib kelishi, nafaqat oʻzbek xalqining balki

Oʻrta Osiyodagi boshqa xalqlarning ham urf-odatlari, turmish-tarzi va
davlatchilik boshqaruviga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Arablar istilosidan
keyingi davrlarda tashkil topgan bir qancha davlatlar, masalan: Somoniylar,
Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar kabi
davlatlarda islom dini xalqning kundalik hayotida, davlat boshqaruvi asoslarida
ajralmas oʻrin egallab kelgan. Davlat amalida xizmat qiladigan deyarli barcha
mansabdorlar islom dining qonun-qoidalari, farz amallari, Qur’oni karim
oyatlari va hadis ilmidan puxta bohabar boʻlishlari shart boʻlgan.Musulman
davlatlarda ayniqsa sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslanganligi bois,
sud ishlarini olib boruvchi Qozikalon, qozilar, muftiy va raislarning diniy
bilimlari mustahkam boʻlishi muhim edi.

Oʻzbek davlatchiligi tarixida oʻchmas iz qoldirgan xonliklar davrida ham

diniy mansablar muhim oʻrin egallagan.Buxoro xonligi davlat boshqaruvidagi
diniy mansablar, masalan: Shayxulislom, Qozikalan, muftiy, muhtasib va Joʻybor
shayxlarining davlat oldidagi vazifalariga birin-ketin toʻxtalib oʻtamiz.
Buxoro xonligida Shayboniylar davlat boshqaruvida islom dini tartib qoidalari,
shariat qonunlariga qattiq rioya etilgan. Xonlikdagi eng yuqori diniy mansab
Shayxulislom hisoblangan boʻlib, uning asosiy vazifasi diniy masalalarda fatvo
chiqarib, shariat qonunlarini toʻgʻri talqin qilish va diniy sud ishlari ustidan
nazoratni amalga oshirish edi. Shayxulislom mansabini bugungi kun
mansablaridan birortasiga qiyoslaydigan boʻlsak. Oʻzbekiston davlati diniy
sohasidagi rahbarlik lavozimlariga qisman toʻgʻri keladi.U asosan Oʻzbekiston
musulmonlar idorasi raisi ya'ni Oʻzbekiston muftiysi lavozimiga yaqin.Hozirgi
kunda Oʻzbekiston muftiysi Shayxulislom kabi musulmonlar jamoasining eng
yuqori rahbari boʻlib, diniy fatvolarni chiqaradi va diniy masalalarda xalqni
boshqaradi.
Qozikalon lavozimi ham juda yuqori martabali diniy va ma'muriy mansab
hisoblangan.Shariat va qonunlar asosida ish yurituvchi eng katta qozilik
lavozimi boʻlib, shariat orqali barcha sud ishlarini boshqargan. Qozikalon
fuqarolar, xon mansabdorlari va hatto xonning oʻzi uchun ham muhim
masalalarda hukm chiqargan.Xon ba'zi davlat ishlarida Qozikalondan

background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

166

maslahatlar olgan.Buxoro xonligining vaqf mulklari, diniy xayriyalar uchun
ajratilgan yerlarni va boyliklarni nazorat qilgan. Xonlikning sud ishlari boʻyicha
fuqoralar va zodagonlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilishda qat'iy , adolatli va xolis
qarorlar chiqargan.Qozikalon Buxoro xonligida nafaqat diniy, balki ma'naviy va
siyosiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Qozikalon lavozimini bugungi kun talqinida Oliy sud raisi mansabiga qisman
oʻxshashligini koʻrishimiz mumkin.Qozikalonning sud ishlari va adolatni
ta'minlashdagi roʻli hozirgi zamonaviy davlat tizimidagi Oliy sud raisi yoki
shariat sudlari boshligʻi lavozimiga toʻgʻri keladi.
Buxoro xonligidagi yana bir muhim diniy mansablardan biri Muftiy mansabi
boʻlib, bu ham davlat boshqaruvida katta oʻrin egallagan.Muftiy fiqh(xuquq) va
hadisni juda yaxshi biladigan qonunshunos boʻlishi lozim boʻlgan.Muftiy
lavozimining asosiy vazifasi oila masalalari, marosim va yigʻinlar oʻtkazishning
shariy asoslaridan kelib chiqib fatvo chiqarish boʻlgan.Fatvolar murakkab diniy-
huqiqiy masalalarni hal qilish uchun muhim edi.Bulardan tashqari Muftiylar
sud-huquq tizimida ham xizmat qilib, qozilar faoliyatida maslahatchi vazifasini
bajarishgan.Bu jarayonlarda ayblanuvchi va jabrlanuvchi oʻrtasidagi muammoni
diniy jixatdan toʻgʻri talqin qilib, Qoziga qanday yoʻl tutish mumkinligi toʻgʻrisida
maslahatlar bergan.

Jamiyatning tartib qoidaga rioya etishi, bozorlarning adolatli boʻlishiga ma'sul
boʻlgan lavozim bu - Muhtasib(rais) hisoblangan.Muhtasib rais lavozimi
shariatga binoan axloqiy nazoratni amalga oshirgan. U jamoatning axloqini
kuzatish, xalq orasida axloqiy buzilishni oldini olish, bozorlarda shariat
talablariga rioya qilinishini va torozu-toshlarni toʻgʻri ishlashini nazorat qilgan.
Madrasa va masjidlarda shariat qoidalarini buzilmasligini, nikoh, ajrim, zakot va
boshqa diniy amallarning shariatga muvofiq amalga oshirilayotganini
kuzatgan.Shuningdek Muhtasib (rais) oʻz lavozimi doirasida jazolash kuchiga

background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

167

ham ega boʻlgan.Masalan: noqonuniy savdo va shariatga xilof ishlar yuzasidan
jazo qoʻllay olgan.Jazo asosan ogohlantirish va jarima orqali ba'zan esa jismoniy
jazo orqali amalga oshirilgan.Bugungi kunda Muhtasib(rais) lavozimi bajargan
ishlarni bir qancha mansab va tashkilotlar bajaradi.
-Jamoat joylarda tartib va odob-axloqni saqlash boʻyicha Ichki ishlar
tizimi(mahalliy militsiya).
-Diniy va axloqiy masalalarda tartib saqlash boʻyicha - Diniy soha nazoratchilari.
-Shahar va qishloqlarda tozalikni saqlash va jamoat joylarini tartibga solish
boʻyicha - Sanitariya va ekologiya nazorati.
- Bozorlarda savdo tartiblarini nazorat qilish, torozu va narxlarning adolatli
ekanligini kuzatib borish boʻyicha - Savdo va isteʼmolchilar huquqlarini himoya
qilish qoʻmitasi kabi tashkilotlar tomonidan Muhtasib (rais) lavozimining
qisman vazifalari amalga oshiriladi.Bu esa bir lavozimining zimmasiga
tushadigan masulyatni, bir nechta tashkilotlarga boʻlinishi unumdorlikni va
ishni samarali bartaraf etilishini taʼminlaydi deb oʻylayman.
Musulmonlar olamiga mashhur tarixiy madaniy va diniy markazlardan boʻlgan
Buxoro xonligining markazi hisoblanmish Buxoro shahrida yana bir kuchli
iqtisodiy qudratga va siyosiy nufuzga ega Joʻybor shayxlari xonadoni ham
mavjud boʻlgan. Joʻybor shayxlari oʻz kelib chiqishi tarixi orqali Buxoro xonligida
davlat ishlariga juda faol aralashgan. Chunki, Joʻybor shayxlari oʻz nasablarini
ota tomonidan paygʻambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va
Joʻjixonga borib taqashar edi. Bularning barchasi xalq orasida ularning obrosini
yuqori oʻringa olib chiqgandi. Shuningdek Joʻybor shayxlarining Buxoro
davlatchiligida, ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan oʻrinlari qanchalar muhimligini
tarixchilarimiz B.Axmedov, X.Toʻraevlarning asarlarida bergan maʼlumotlari
orqali bilishimiz mumkin.
XVI asr oʻrtalaridan boshlab Joʻybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini xal qilish
darajasidagi mavqega koʻtarilishdi. Qishloqlarda katta yerlarga, shaxarlarda
yirik koʻchmas mulklarga ega boʻlgan shayxlar zodagonlar va amaldorlarga oʻz
taʼsirini oʻtkazganlar. Hatto Shayxulislom lavozimi ham Joʻybor shayxlari
xonadonidan saylanganligi toʻgʻrisida malumotlar bor.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki oʻtmish davrda din xalqning hayot-mamotiga ,
davlatning

adolat

tayanchiga

aylanganligini

koʻrish

mumkin.Davlat

boshqaruviga kelgan kishi taqvodor boʻlib halolni sevgan va haromda hazar
qilgan. Davlatni bu kabi dindorlar boshqaruvida boʻlishi adolatni oʻz joyida
saqlanishini taminlagan. Ammo, diniy mutassiblik tushunchasi boʻlib, bir xillikni
sevgan amaldorlar, ilm fan yangiliklariga bir muncha kamroq etibor qaratishgan.

background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

168

Toʻgʻri, ular ichida ham yangiliklarni qabul qila oladigan dindor amaldorlar
boʻlgan, lekin ularga qarshi chiqadigan muxolifat bir muncha kuchlilik qilgan.
Hoʻp biz qanday qarashga ega boʻlmaylik islom dini ilm-fanni yoqlovchi, adolatni
ulugʻlovchi, bagʻrikeng va tinchlikni sevuvchi din boʻlib qolaveradi. Oʻtmish
davrdagi davlat mansabdorlari esa diniy bilimlar bilan adolat me’zonlarini
mustaxkam ushlab tura olishgan. Bugungi kun bilan qiyos qiladigan boʻlsak ham
adolatlilik, jamiyatning diniy tushunchalari, sogʻlom fikrlovchi ziyolilar barcha
davrlarda boʻlgani kabi davlat mustahkamligining tayanchi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

B.Ahmedov. O‘zbekistonning tarixiy manbalari. T., O‘ituvchi, 2001.

2.

B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T., O‘ituvchi, 1991.

3.

B.Eshov. Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi. T., 2012.

4.

B.Oshev. Oʻzbekistonda davlatchilik va boshqaruv tarixi.

Библиографические ссылки