THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
71
PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING
IQTISODIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARI VA ULARNING DIDAKTIK
XUSUSIYATLARI
Xamidova Dilorom Muhitdinovna
Xalqaro innovatsion universiteti
“Iqtisod va moliya” kafedrasi o‘qituvchisi
Email: diloromxm@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.13995640
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada
o‘quvchilarining
iqtisodiy
kompetensiyalarini rivojlantirish uchun pedagogik dasturiy vositalar muhim
ahamiyatga
ekanligi,
o‘quvchilarining
iqtisodiy
kompetensiyalarini
rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalari va ularning didaktik
xususiyatlarining nazariy asoslari,
a
хbоrоt оqimining jаdаl o‘sishi shаrоitidа
mustаqil rаvishdа ijоdiy vа tаnqidiy fikrlаy оlаdigаn, rаqаmli vа pedagogik
dasturiy vosita-ахbоrоt kоmpеtеntligigа еgа shахsni rivоjlаntirishning sаmаrаli
vоsitаsi sifаtidа tа’limni еlеktrоn tа’limiy pedagogik dasturiy vosita muhitdа
tаshkil еtish vа o‘tkаzishning nаzаriy, tаriхiy vа mеtоdik jihаtdаn sоg
‘
lоm
g
‘
оyаsini yаrаtish zаrurаtining tashkiliy shakllari va mazmuniy xususiyatlari
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kasbiy faoliyat, pedagogik dasturiy vositalar, iqtisodiy
kompetentlik, modernizasiyalash, ta’lim sifati, mantiqiy fikrlash, aхbоrоt оqimi,
mustаqil rаvishdа ijоdiy vа tаnqidiy fikrlаy olish, еlеktrоn tа’lim,
t
ashkiliy
shakllari va mazmuniy xususiyatlar.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются теоретические основы
педагогических программных средств и их дидактических характеристик
в развитии экономических компетенций учащихся, цифровые и
педагогические программные средства как эффективное средство
развития личности с информационной компетенцией, способной
самостоятельно творчески и критически мыслить в условиях
стремительного роста информационных потоков. учебно-педагогическое
программное обеспечение освещаются организационные формы и
содержательные особенности необходимости создания теоретико-
исторического и методологически обоснованного представления об
организации и проведении в средовой среде.
Ключевые слова:
профессиональная деятельность, педагогические
программные средства, экономическая компетентность, модернизация,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
72
качество образования, логическое мышление, информационный поток,
способность к самостоятельному творческому и критическому
мышлению, электронное обучение, организационные формы и
содержательные особенности.
Annotation
.
This article highlights the importance of pedagogical software
tools for the development of economic competencies of its students, the
theoretical foundations of pedagogical software tools and their didactic
properties in the development of economic competencies of its students, the
organizational forms and content features of the need to create a theoretically,
historically and methodically healthy idea of organizing and conducting
education in an environment as an effective means
Keywords:
professional activity, pedagogical software tools, economic
competence, modernization, educational quality, logical thinking, information
flow, independent creative and critical thinking, e-learning, organizational
forms and content characteristics.
Bugungi kunda “Harakatlar strategiyasi” asosida ijtimoiy sohalarni
rivojlantirish bilan bog‘liq ta’lim sohasini rivojlantirish hamda modernizatsiya
qilish bo‘yicha bir qancha maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarorining qabul qilinishi
ta’lim tizimida o‘qitishga nisbatan tubdan yangicha yondashishni taqozo
etmoqda. Ya’ni umumta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodologiyani
qo‘llash, ta’lim jarayoniga kompetentlik nuqtayi nazaridan yondashish orqali
ta’lim oluvchilarning layoqatlilik darajasini oshirish maqsad qilib olingan.
Mazkur DTSning e’tiborli tomoni shundaki, o‘quvchilarda o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish, tayanch va fanga oid
kompetensiyalarga ega bo‘lish xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirish
alohida inobatga olingan. Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi
rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik,
iqtisodiy va moliyaviy savodxonlik. fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalana olish kabi tayanch
kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakllantirilishi bitiruvchilarning aqlan va
ruhan kamol topishiga, kelajakda yetuk mutaxassis bo`lishiga asos bo`ladi.
Kompetentlik deganda, ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy
qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va
tajribalariga asoslangan integratsiyalashgan sifatlar nazarda tutiladi.
Kompetentlik – shaxsiy sifatlar to‘plami bo‘lib, muyayyan sohadagi vazifalarni
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
73
egallangan muhim, doimiy rivojlanib boruvchi kompetensiyalar asosida bajara
olish qobiliyati, iqtisodiy kompetenlik esa bu - jamiyat rivojlanishiga mos
iqtisodiy bilim, ko‘nikma, malakalarni doimiy egallab borish qobiliyati bo‘lib,
turli iqtisodiy vaziyatlarda ularning amaliyotga maqsadli tatbiqi bilan bog‘liq
shaxsiy rivojlanib boruvchi sifatlar yig‘indisidir. A.Yu.Misailovning fikricha,
iqtisodiy kompetentlikning tarkibi bir biriga bog‘liq bo‘lgan quyidagi
komponentlardan iborat:
●
motivatsion – jamlangan va yetarlicha barqaror ehtiyojlar tizimi,
iqtisodiy faoliyat uchun muhim sabablar, turli iqtisodiy kompetensiyalarga ega
bo‘lishga qiziqish bilan tavsiflanuvchi;
●
kognitiv – asosiy iqtisodiy tushunchalarni ifodalovchi tizim
(iqtisodiyot, iqtisodiy qonunlar, talab, taklif, mahsulot), iqtisodiy nazariyalar,
tushunchalar, modellar, davlatning iqtisodiy siyosatini olib borishga
yondashuvlar, iqtisodiyotning xalqaro muammolari; kasbiy faoliyatda
iqtisodiyot asoslari (qonunlar, korxonaning iqtisodiy faoliyati usullari, iqtisodiy
rejalashtirish, nazorat va audit va boshqalar);
●
amaliy - iqtisodiy muammolar va vaziyatlarni hal qilish, iqtisodiy
ko‘nikma va qobiliyatlar kombinatsiyasiga asoslangan iqtisodiy hisob-
kitoblarni olib borish, biznes rejalarni tuzish, buxgalteriya hisobini yuritish,
turli xil iqtisodiy vaziyatlarda kasbiy muammolarga iqtisodiy yechim tanlashni
amalga oshirish, iqtisodiy faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish,
fuqarolik iqtisodiy xatti-harakatlariga rioya qilish va boshqalar;
●
shaxsiy - bir qator muhim iqtisodiy fazilatlardan iborat: faollik,
mustaqillik,
ijodkorlik,
samaradorlik,
mehnatsevarlik,
qat’iyatlilik,
tashabbuskorlik.
Ye.A.Varkinaning ilmiy ishlarida «iqtisodiy kompetentlik - bu shaxsning
integrativ sifati bo‘lib, maxsus kompetensiyalar (marketing, tadbirkorlik,
xo`jalik-huquqiy) majmui bilan tavsiflanadi shuningdek, egallangan iqtisodiy
bilim, ko‘nikma va tajribalarni va ma’lum faoliyat usullarini qo‘llay olish
qobiliyatini aks ettirib, ustuvor qadriyatlar va motivlar bilan tartibga
solinadigan doimiy shaxsiy rivojlanish asosida ta’lim muassasasi faoliyatini
ta’minlashdir deb ta’riflangan.
Iqtisodiy kompetentsiyani rivojlantirish nafaqat iqtisodiy bilimlar va
ko‘nikmalarni shakllantirishga, balki ularga nisbatan shaxsiy mа’noni
aniqlashga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar va xatti-
harakatlar normalarini takomillashtirishga yordam beradi. O‘zlashtirilgan
iqtisodiy bilimlarni shaxs va davlat manfaati yo‘lida amaliyotda qo‘llashda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
74
ishtirok etish. Zamonaviy kompetensiyaga asoslangan tа’limning muhim vazifasi
o‘quvchilarning
iqtisodiy
kompetentsiyasining
muhim
xususiyatlarini
aniqlashdir. Hozircha uni hal qilishning asosiy yondashuvlari belgilanmoqda.
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv
jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik
vosita hisoblanadi va zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida
ishlatiladi.
Ularning tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga
erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va
metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik
dasturiy
vositalarning
iqtisodiy
kompetensiyalarning
rivojlanishidagi o‘rni juda muhimdir. Ushbu vositalar tа’lim jarayonida
talabalarga iqtisodiy bilimlar va ko‘nikmalarni etkazishda, shuningdek, ularning
amaliy faoliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning interaktiv o‘quv materiallari yordamida
talabalar iqtisodiy nazariyalarni osonroq o‘zlashtirishi va amaliy misollar bilan
ishlashlari oson bo`ladi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o`qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalarni tayyorlash texnologiyasini amalga
oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini
tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik,
psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Didaktik talablarga : ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan
birgalikda, uzluksizlik va yaxlitlik, izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik,
faollashtirish, o`qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning
interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga: aniq o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga
olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy
metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga
oshirilishi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
75
Psixologik talablarga idrok etish, tafakkur, diqqati, motivasiya, xotira,
tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish kiradi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi
metodik talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning
tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga
tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli
tuzilma ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning
hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini
bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga
oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar.
3. Mualliflik dasturlari turlari
Pedagogik dasturiy vositalar –kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv
jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning
istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviytexnologiyalarning oʻqitish
vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani
bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy
mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha
yordamchi vositalar kiradi.Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan
didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli
bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika,
ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental
asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini
ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning
mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik,
ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik
xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi,
muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va
amaliyotning yaxlit birligi.
Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish jarayonida ham prinsip va
talablarni hisobga olish kerak.
Gorushkin N.N.ning prinsplari orasida 4 guruhni aniqlaydi: • talabalarning
fiziologik xususiyatlari;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
76
• kompyuter texnikasining texnik imkoniyatlari;
• dizayndagi pedagogik tavsiyalar;
• yaratilgan pedagogik dasturlarga tizim yondashuvi;
I.Robert pedagogik dasturiy vositalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan asosiy
talablarga quyidagilarni keltiradi:
• pedagogik talablar
• texnik talablar
• ergonomik talablar
• estetik talablar
Pedagogik dasturiy vositalar interaktiv baholash mexanizmlari, testlar va
o‘z-o‘zini baholash dasturlari orqali o‘quvchilarga o‘z bilim darajalarini aniqlash
va o‘zlashtirish jarayonini kuzatish imkoniyatini beradi. Bu jarayon
o‘quvchilarga o‘z maqsadlarini belgilash, ularni erishish yo‘llarini rejalashtirish
va o‘z-o‘zini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Natijada, o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish jarayoni o‘quvchilarning
iqtisodiy kompetensiyalarini yanada chuqurroq rivojlantiradi. O‘quvchilar
mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va o‘z o‘rganish jarayonlariga faol
ishtirok etish ko‘nikmalarini oshiradilar. Shuningdek, bu jarayon o‘quvchilarning
o‘z-o‘zini motivatsiya qilish va shaxsiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini
mustahkamlashga yordam beradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkunki pedadgogik dasturiy vositalar
ta’lim jarayonida juda ham ahamiyatlidir.Ta’lim jarayonini olib borishda slayd,
videolar, va shunga oxshash qiziqarli vositalardan foydalaniladi. Pedadgogik
dasturiy vositalar ta’lim uchun juda keraklidir. Ushbu vositalar o‘quv jarayonini
samarali tashkil etish, o‘quvchilarning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini
oshirishga yordam beradi. Ushbu vositalar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini
amaliy ko‘nikmalar bilan bog‘lab, ularning iqtisodiy hayotga tayyorgarligini
oshiradi. Tа’lim jarayonida zamonaviy pedagogik vositalardan foydalanish,
o‘quvchilarning faol ishtirokini tа’minlaydi va ularning kompetensiyalarini
rivojlantirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Pozilova (Pedagogik dasturiy vositalar) O’quv qo’llanma. T.:2019
2. Aminov I.B., Bustanov X.A., Raximov S.z.(Axborot texnologiyalari)
o`quv qo`llanma
3. M. Karimova “Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha” Nov. 7, 2022
4. Овакимян Ye.Ye. Развитие экономической компетентности студентов
вузов. Автореферат. - Челябинск, 2010.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
77
5. Мисаилов А.Ю. Компьютерное сопровождение формирования
экономической компетентности у студентов учреждений среднего
профессионального образования. Автореферат. - М., 2013
6. Xamidova D.M. “Professional ta’lim tizimida iqtisodiy kompetensiyani
rivojlantirish jarayoni”. Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-
academy.uz/index.php/si. 2023
7. Bozarov D. Bo‘lajak iqtisodchi talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini
rivojlantirishning matematik tahlili //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 27. – С. 84-90.
8. Bozarov, D. (2023). Bo‘lajak iqtisodchi talabalarning iqtisodiy
kompetensiyasini rivojlantirishning matematik tahlili. Академические
исследования в современной науке, 2(27), 84-90.
9. Bozarov, D. (2023). Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy
kompetensiyalarini rivojlantirish omillarining tadbiq etilishi.
10. Bozarov, Dilmurod. Talabalarda iqtisodiy kompetensiyani rivojlantirish
usullari. 2023.
11. Bozarov, D., & Rahmonov, B. (2024). Kombinatorikaning paydo bo‘lishi va
hayotiy masalalarga tadbiqi. Modern Science and Research, 3(6).
12. Bozarov D. Methods of developing economic competence on the basis of
interdisciplinary relationship //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. –
№. 12. – С. 131-137.
