THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
42
AXBOROT KOMPETENTSIYASINING BO’LAJAK TARBIYACHILAR
FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI.
Begmuratova D.A.
GulDU tayanch doktaranti
e-mail:begmuratovadilnoza@mail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14053686
Annotatsiya:
Bo’lajak tarbiyachilar kelajakda, bolalarning o‘sib borayotgan
shaxsiyatini hayotga tayyorlashni, odob-ahloq me’yorlari va milliy, oilaviy,
shaxsiy qadriyatlarni rivojlantirish, boshqalar bilan o‘zaro munosabatga kirish,
muloqot qilish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan faoliyat
usullarini shakllantirishni ta’minlash maqsadida ma’lum kompentetsiyaga ega
bo‘lishi kerakligini nazarda tutadi.
Kalit so’z:
kompetentsiya, axborot kompetentsiyasi, axborot savodxonligi,
motivatsiya.
Аннотация:
Будущий педагог обязан готовить растущую личность
ребенка к жизни, формировать нравственные нормы и национальные,
семейные, личностные ценности, взаимодействовать с другими людьми,
решать задачи, связанные с общением, предполагает наличие
определенной компетентности, чтобы обеспечить ее. формирование
необходимых способов деятельности.
Ключевые слова:
компетентность, информационная компетентность,
информационная грамотность, мотивация.
Abstract:
Future educators are expected to have certain competencies in
order to prepare the growing personality of children for life, develop moral
standards and national, family, and personal values, and form the methods of
activity necessary to solve tasks related to interacting with others and
communicating.
Keywords:
competence, information competence, information literacy,
motivation.
Maktabgacha ta’lim tizimining faoliyatini samaradorligini oshirish o‘z
navbatida uning moddiy-texnika bazasiga, malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlanganlik darajasiga, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim dasturlari
va ilmiy asoslangan nazariyadan foydalanish, bolalarni har tomonlama
rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitga bog‘liqligini inobatga olgan holda
2016-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” Qarori imzolandi [1]. Buning natijasida muqobil dasturlarni ishlab
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
43
chiqish va ularni amaliyotga joriy etish orqali maktabgacha ta’lim va bolalarni
maktabga tayyorlash sifati tubdan yaxshilandi.
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish,
pedagog kadrlar sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni
inobatga olgan holda, tizimdagi pedagoglarni kasbiy standartlariga ham alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ushbu masala “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda
o‘z aksini topdi. Jumladan Qonunning 42-moddasida muhim jihatlaridan biri –
“Pedagogning kasbiy standarti" keltirib o‘tilgan [2]. Unga ko‘ra standartni
qo‘llanilishi, pedagogning shahsiy sifatlariga nisbatan uning bilimlari, mahorati
va ko‘nikmalaridan ajralmas bo‘lgan talablarni belgiladi. Pedagogning malaka
toifasi ham aynan mana shu standartga muvofiq berilishi ushbu modda bilan
mustahkamlab qo‘yildi.
Talaba kelajakda, bolalarning o‘sib borayotgan shaxsiyatini hayotga
tayyorlashni, odob-ahloq me’yorlari va milliy, oilaviy, shaxsiy qadriyatlarni
rivojlantirish, boshqalar bilan o‘zaro munosabatga kirish, muloqot qilish bilan
bog‘liq vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan faoliyat usullarini
shakllantirishni ta’minlash maqsadida ma’lum kompentetsiyaga ega bo‘lishi
kerakligini nazarda tutadi.
Kompetentsiyalar – bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda o‘zlashtirilgan
qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo‘lgan motivatsiyaning
uyg‘unlashgan majmuini o‘zida aks ettiradi. Kompetentli pedagog kasbiy
vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumkin. Zamonaviy kompetentsiya
nafaqat malaka, bilim va ko‘nikmalarni, balki quyidagi qadriyatlar va axloqiy
fazilatlardan iborat bo‘lgan omillarni ham o‘z ichiga oladi.
Bo‘lajak tarbiyachi o‘z kasbiy faoliyatida, bolaning o‘ziga xosligidan kelib
chiqib shakllanishida, erta davrning hal qiluvchi ahamiyatini hisobga olgan
holda, uning rivojlanishi va tarbiyasiga yaxlit yondashishi lozimligi;
maktabgacha ta’limning asosiy maqsadlarini belgilash, rejalashtirish va
rivojlanishda ta’limdagi integratsiyani ta’minlash;
ta’limning turli hil strategiyalaridan samarali foydalanish,
bolalarning yoshi, guruhi va individual ehtiyojlariga mos ta’lim muhitini
yaratish;
bolalarning oilalari bilan mustahkam hamkorlik qilish, ota-onalarni
maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga jalb qilish orqali hamkorlikdagi
qo‘shma qarorlar qabul qilish kabi kompetentsiyalarga ega bo‘lishi zarurligini
belgilaydi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
44
Bo‘lajak tarbiyachilarning axborot kompetentsiyalari masalasi, ilmiy
adabiyot sahifalarida tez-tez tahlil qilinmoqda. Ammo, axborot jamiyatining tez
sur’atlar bilan rivojlanib borishi, axborot kompetentsiyasini odiygina qilib
kompyuter savodxonligi bilan bog‘lash o‘rinli emasligini, balki ushbu masalani
chuqur va atroflicha tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Kompetentsiyani aniqlashda kreativ yondashuvga tayanish mumkin. Oliy
ma’lumotli talabaning kompetentsiyasini – tarbiyachilik kasbiy va ijtimoiy
muhitdagi mehnat amaliyotida, shaxsiy mas’uliyat va ijtimoiy ahamiyatini
anglagan holda, uni doimiy yangilab borgan tarzda shaxsiy fazilatlarini (bilim,
ko‘nikma, tajriba, shaxsiy fazilat va boshqalar) ijodiy (maxsuldor) faoliyatida
amalga oshirishiga harakati va qodirligi (tayyorligi) deb ta’riflash mumkin.
Axborot kompetentsiyasi, pedagogikaning zamonaviy rivojlanishi davrida
o‘ziga xos keng va aniqlik kiritish lozim bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Ba’zi
tadqiqotchilar “axborot kompetentsiya”sini, tarkibiga favqulodda vaziyatlarda
texnik vositalardan foydalangan holda printsipial jihatdan yangi qarorlarni
qabul qila olish, inson tomonidan axborotlarni mustaqil va faol qayta ishlay olish
kiradigan “yangi savodxonlik” deb aniqlik kiritishmoqda [3; 32 b].
Tadqiqotchilar axborot kompetentsiyasiga, faoliyatning turli jabhalarida,
optimal qarorlarni qabul qilish, faraz qilish va amalga oshirishga yordam
beruvchi, axborotni tanlab oluvchi, o‘zlashtiruvchi, qayta ishlovchi,
transformatsiya qiluvchi jarayonlarni o‘zida mujassam etgan bilimlarning
alohida domeniga xos turdagi “shaxsni integrativ sifatlari” deb baho berishgan
[4] bo‘lsa, boshqa bir tadqiqotchilar “Axborot kompetentsiyalari quyidagi
imkoniyatlar va ko‘nikmalarni belgilovchi individual faoliyat qobiliyatlari va
sifatlarini: mustaqil ravishda axborotni izlash, to‘plash, tahlil qilish, taqdim etish,
uzatish va boshqalarni
o‘z ichiga olishini ta’kidlaydi” [5]. Ayrim tadqiqotchilar
bo‘lsa, o‘z ishlarida tarbiyachining axborot kompetentsiyasini, yangi axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda xolatga to‘g‘ri baho beruvchi, o‘zining
kasbiy-pedagogik faoliyatida samarali qarorlar chiqara oluvchi alohida turdagi
bilimlar jamlamasi deb ko‘rsatishadi.
Pedagog olima N.V.Topilina, tarbiyachining axborot kompetentsiyasini,
kasbiy-pedagogik faoliyati davomida samarali qarorlar qabul qilishga yordam
beruvchi maxsus bilimlar jamlamasi deb ta’riflab, albatta bularning barchasi
ta’lim jarayonida axborot va Internet-texnologiyalaridan xabardorlik va
foydalana olish darajasiga bog‘liqligini uqtirib o‘tadi [7].
A.A.Temerbekova axborot kompetentsiyani shakllanishi deganda, maxsus
tashkillashtirilgan va maqsadga yo‘naltirilgan tashhis jarayoni, loyihalash,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
45
amaliyotda qo‘llash, va monitoring qila olish; tarbiyachining axborot faoliyati va
axborot kommunikatsiyasi, axborot motivatsiyasida turli resurslarni ishtiroki;
tarbiyachining kasbiy kompetentligining yaxlit integrativligini tashkil etuvchi
jarayon degan fikrni ilgari suradi [6;282-b].
Talabaning axborot bilan ishlash kompetentsiyalari kompyuter texnikalar,
ta’limga oid adabiyotlarning elektron variantlari, o‘qitish dasturlari, ijodiy
xarakterdagi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutadi.
Talaba, kelgusida guruhlardagi tarbiyalanuvchilarni individual jihatlari,
motivatsiyalari, yosh va psixologik xususiyatlaridan qat’iy nazar to‘g‘ri farqlash
uchun zarur tayyorgarliklarga ega bo‘lishi kerak.
Bo‘lajak tarbiyachilarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini
tuzilishi va mazmunining jihatlarini ko‘rib chiqqan holda, uni axborotni har
qanday shakllari bilan samarali ishlashda o‘zida bilimlar, ko‘nikma, malakalarni
umumiyligini ifodalovchi, o‘zini axborot muhitidagi o‘rnini biladigan, axborot
resurslaridan foydalanish va yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan normalar to‘plami,
qiymatlari sifatida, kasbiy faoliyatini reproduktiv va ijodiy darajada bajaradigan
inson kompetentsiyalari orasidagi muhimlaridan biri sifatida belgilash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 29 дeкaбрдaги
“2017-2021
йиллaрдa
мaктaбгaчa
тaълим
тизимини
янaдa
тaкoмиллaштириш чoрa-тaдбирлaри тўғрисидa»ги ПҚ-2707-сoн Қaрoри.
2.
Мактабгача таълим ва тарбия тўғрисида Ўзбекистон Республикаси
Қонуни. ЎРҚ-595-сон. - Т.: 2019 й.
3.
Паршукова Г.Б. Информационная компетентность личности.
Диагностика и формирование: монография/ НГТУ. — Новосибирск, 2006. –
253 с.
4.
Содиқова.
Ш.А.
“Мактабгача
педагогика”.
Т:.
“Тафаккур
сарчашмалари”, 2013.
5.
Толипов Ў., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг тадбиқий
асослари – Т.: 2006.
6.
Темербекова
А.А.
Концептуальная
модель
формирования
информационной компетентности учителя /А.А. Темербекова «Мир науки,
культуры и образования»- № 2 - 2009.
7.
Топилина Н.В. Информационный и компетентностный подходы в
работе современного школьного учителя / Н.В.Топилина // Вестник
Таганрогского института имени А.П.Чехова. – 2015.
