JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH TAKTIKASI

Аннотация

Maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakati protsess ishtirokchilari tergov jarayonida bergan ko‘rsatuvlarini sud jarayonida o‘zgartirishi yoki undan voz kechish imkonini yo‘qqa chiqaradigan isbotlashning samarali va ishonchli vositasi ekanligi, muallif tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazishda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • mayor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy-tashkiliy faoliyati fakulteti Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi 100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68-uy
115-120
32

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nishonov , E. (2025). JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH TAKTIKASI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(1), 115–120. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/63293
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakati protsess ishtirokchilari tergov jarayonida bergan ko‘rsatuvlarini sud jarayonida o‘zgartirishi yoki undan voz kechish imkonini yo‘qqa chiqaradigan isbotlashning samarali va ishonchli vositasi ekanligi, muallif tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazishda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

115

JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA

KO‘RSATUVLARNI HODISA SODIR BO‘LGAN JOYDA TEKSHIRISH

TAKTIKASI

Nishonov Eldorjon Muzafar o‘g‘li

mayor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi Ma’muriy-tashkiliy faoliyati fakulteti Ichki

ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi

100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68-uy

E.mail: eldorjon199209@mail.com

Ilmiy mutaxassisligi:

12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika,

tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.

UO‘K: 343.593:343.98.068

ORCID: 0009-0004-9898-653X

https://doi.org/10.5281/zenodo.14652144

Annotatsiya:

Maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda

ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazish
taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil
qilinib, muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga
kirishgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakati
protsess ishtirokchilari tergov jarayonida bergan ko‘rsatuvlarini sud jarayonida
o‘zgartirishi yoki undan voz kechish imkonini yo‘qqa chiqaradigan isbotlashning
samarali va ishonchli vositasi ekanligi, muallif tomonidan ushbu turdagi
jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish
yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir
bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazishda jamoat tartibiga qarshi
jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish
lozimligi asoslantirilgan.

Tayanch so‘zlar:

ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish,

bezorilik, hodisa, ko‘rsatuvlar, gumon qilinuvchi, videoyozuvga olish, dalillar.

Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda isbot qilishning samarali

usullaridan biri bu ko‘rsatuvlarni joyda sodir bo‘lgan joyda tekshirishdir.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning ahamiyati

shundaki, protsess ishtirokchilari tergov jarayonida bergan ko‘rsatuvlarini sud
jarayonida o‘zgartirishi yoki undan voz kechish imkonini yo‘qqa chiqaradigan
isbotlashning samarali va ishonchli vositasidir.

Shu o‘rinda L.Y.Drapkinning “ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda

tekshirish keyinchalik protsess ishtirokchilari o‘z xohish-irodasini o‘zgartirish


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

116

erkinligiga ega bo‘lmaydilar, chunki ular avval bergan ko‘rsatuvlarini haqiqiy
holatga “bog‘lab qo‘yadilar” degan fikrlari o‘rinlidir.

Ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlaymizki, ko‘rsatuvlarni hodisa

sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘z navbatida hodisa haqida to‘liqroq va
ishonchliroq ma’lumot olishga qaratilgan. Chunki ushbu tergov harakati
insonning emotsional va intellektual xotirasini qo‘zg‘atish uchun unga ruhiy
ta’sir qilishning samarali vositasidir.

I.V.Chadnovaning fikricha, jinoyat haqida u sodir etilgan joyda aytib berish,

jinoyat sodir yetgan shaxs tomonidan hodisa tafsilotlarini chuqurroq eslashi,
jinoyatning butun suratini qayta tiklash, yangi ashyoviy dalillarni topish, jinoyat
sodir etgan shaxs tomonidan asoslangan haqiqiy sabablarni va vajlarni
tushunish uchun yordam beradi .

I.V.Chadnovaning fikrlarini qo‘llab quvvatlaymiz. Ko‘rsatuvlarni hodisa

sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayonida hududni, obyektlarni va predmetlarni
anglash muhim jarayondir. Chunki ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs
tomonidan obyekt qiyofasini to‘g‘ri shakllantirish uchun ko‘plab ko‘rish va
eshitish organlari bilan qabul qilinadigan harakatlarni amalga oshiradi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish davomida tergovchi
axborotni anglashning eshitish usulidan muayyan obyektlar va joylarni ko‘rish
darajasiga o‘tadi.

V.I. Belousov va A.I. Naturalarning ta’kidlashicha, bu narsa tergovchiga

tadqiq qilinayotgan hodisani yanada chuqurroq va har tomonlama qabul qilish
va anglash, jinoyat ishi bo‘yicha uni qiziqtirayotgan holatlar haqida eng to‘g‘ri
tasavvurlarni olish, tergov qilinayotgan jinoyatning mexanizmi haqida haqiqiy
holatlarni shakllantirishga yordam beradi .

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning asosiy maqsadi

ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, surishtiruvchi, tergovchi va
sudga esa noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish
hisoblanadi .

Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu tergov harakati faqatgina

tekshiruvni talab etuvchi ko‘rsatuvlar mavjudligida o‘tkaziladi va u haqiqatga
to‘g‘ri keladigan yoki kelmaydigan sifatida baholanishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha
axborotni olishga qaratiladi.

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish faqatgina nizosiz

vaziyatlarda, gumon qilinuvchi shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lib tekshiruvda ishtirok
etish uchun rozilik berganda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Aks holda mazkur
tergov harakati kutilgan natijani bermasligi mumkin. Chunki ko‘rsatuvlari


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

117

tekshirilayotgan shaxs yolg‘on ko‘rsatuvlarni berishi va haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan holatlarni ko‘rsatishi mumkin. Bu holat tergovning keyingi
jarayonini murakkablashtiradi.

Bezorilikni tergov qilishda o‘tkaziladigan barcha tergov harakatlari singari,

ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish faqatgina puxta
tayyorgarlikdan so‘ng amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Tayyorgarlik ko‘rishning muhimligining asosiy sababi, ushbu tergov

harakatida ishtirok yetish uchun ko‘p sonli texnik vositalar va shaxslar jalb
qilinishidir. Shuning uchun ushbu tergov harakatini o‘tkazishdan oldin
rejalashtirish va tayyorgarlik harakatlari amalga oshirilishi lozim.

Fikrimizcha, ushbu tergov harakatini faqatgina quyidagi tashkiliy

masalalarni hal etgandan so‘ng amalga oshirish maqsadga muvofiq: tergov
harakati qatnashchilarining tarkibini aniqlash; o‘tkazish vaqtini tanlash; zarur
ilmiy-texnik vositalar, transport vositasi, yordamchi asbob-uskunalarni tanlash
va tayyorlash; xolislarni taklif etish; ishtirokchilarga yo‘riqnoma o‘tkazish;
ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishni boshlash lozim bo‘lgan
joyni aniqlash.

A.A.Andreyev o‘z tadqiqoti davomida “ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan

joyda tekshiriladigan shaxsni dastlabki yoki qo‘shimcha so‘roq qilinish lozim”
ligini ta’kidlagan bo‘lsa, V.N.Uvarov esa “ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan
joyda tekshirish hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytidayoq
boshlanishi lozim. Shu bilan birga, tergovchi ma’lumotlarni hodisa sodir bo‘lgan
joyda tekshirishdan avval ularga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha so‘roq qilish
zaruriyatini oldindan anglashi tergovning keyingi yo‘nalishini belgilashda
muhim ahamiyatga ega” deya fikr bildirgan.

Biz yuqoridagi har ikkala muallifning fikrlariga qo‘shilamiz. Agar

jabrlanuvchining sog‘lig‘i holati bunga imkon bersa, hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish vaqtida uning ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ayniqsa bu fosh etilmagan bezorilik jinoyatida muhim ahamiyatga ega.

Agar gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) bezorilik sodir yetganidan so‘ng

ushlangan bo‘lsa, u zudlik bilan so‘roq qilinishi hamda uning ko‘rsatuvlarini
hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish lozim. Chunki, keyinchalik gumon
qilinuvchi (ayblanuvchi) ko‘rsatuv berish fikridan qaytishi mumkin.

Tadqiqotimiz davomida bezorilik jinoyati bo‘yicha ko‘rsatuvlarni hodisa

sodir bo‘lgan joyda tekshirish zarurati quyidagi holatlarda yuzaga kelishi
mumkinligini aniqladik:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

118

birinchidan, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jabrlanuvchi

ishtirokisiz o‘tkazilganda, ya’ni bezorilik harakatlari natijasida jabrlanuvchi
shifoxonaga yotqizilganida yoki unga yetkazilgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik
tufayli haqiqatga mos keladigan ko‘rsatuv bera olmaydigan vaziyatda bo‘lsa;

ikkinchidan, bezorilik sodir etilgan joy ko‘zdan kechirilmagan bo‘lsa,

jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish maqsadga
muvofiq. Chunki, jabrlanuvchi bezorilik sodir etilgan joyni, unga nisbatan
qanday zo‘ravonlik harakatlari amalga oshirilganligini, ko‘rsatilgan hududda
qanday izlar qolishi mumkinligini, bezorilik sodir etgan shaxs qaysi yo‘nalishga
yashiringanligini amalda ko‘rsatib beradi.

JPKning 352-moddasida ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda

tekshirish davomida xolislarning ishtirok etishi majburiyligi nazarda tutilgan .

Ko‘rsatilgan tergov harakati paytida xolislar nafaqat o‘zining protsessual

vazifalariga rasmiyatchilik bilan yondashishlari, balki tergov harakatining
maqsadini chuqur anglashlari va ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning
harakatlari ketma-ketligini eslab qolishlari zarur.

Huquqni qo‘llash amaliyotida bir necha shaxslarning ko‘rsatuvlarini bitta

joyda tekshirishda yoki bir shaxsning ko‘rsatuvlarini bir nechta joylarda
tekshirilganida bir xil shaxslarni xolis sifatida jalb qilish holatlari mavjud.
Xususan, Bekobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-
moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon
qilinuvchilar Y., A., J., va T.larning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda
tekshirishda bir xil shaxslar xolis sifatida jalb etilgan. Xolislar sud jarayonida
so‘roq qilingan vaqtda o‘zlari ishtirok etgan tergov harakati bo‘yicha
ko‘rsatuvlarni chalkashtirib yuborgan .

Fikrimizcha, bir necha shaxslarning ko‘rsatuvlarini bitta joyda tekshirishda

har safar yangi xolislarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Ayni mazkur omil
bitta ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) u tomonidan sodir etilgan bir necha
bezorilik jinoyatlarini sodir etgan joylarni ko‘rsatmochi bo‘lganida yoki uning
ko‘rsatuvlarini qo‘shimcha va qayta tekshirish zarurati bo‘lgan vaziyatlarga ham
tegishlidir. Qonunda bir necha tergov harakatlarida bir xil xolislarni ishtirok
etishi taqiqlanmagan bo‘lsa-da, bunday amaliyotga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

N.V. Vlasenkoning fikricha, xolislar, bir xil tergov harakatlarida bir necha

marotaba ishtirok etishi, bitta ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda
tekshirishning tafsilotlarini boshqa tekshirish tafsilotlari bilan adashtirishlari
mumkin. Oqibatda bu xolislarni tergov jarayonida yoki sudda so‘roq qilish
paytida salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin .


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

119

Biz, N.V. Vlasenkoning fikrlariga qo‘shilamiz. Haqiqatdan ham xolislar

barcha jarayonlarni kuzatib borishlari zarur bo‘lib, keyinchalik ular so‘roq
jarayonida tekshirish tafsilotlarini bir-biri bilan adashtirib yuborilishi ushbu
tergov harakati natijasida olingan dalillarni shubha ostiga qo‘yishi mumkin.

Mazkur tergov harakati hodisa joyiga birmuncha masofa yetmasdan

boshlanishi lozim. Bu usul tergovchiga, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs
hodisa joyiga borish yo‘lini ko‘rsatishga qodirligini baholash imkonini beradi.

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki,

ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish gumon qilinuvchi
ishtirokida o‘tkazganida u tomonidan sodir etilgan bezorilik jinoyatning
quyidagi tafsilotlariga aniqlik kiritish va qayd qilish imkoniyatini beradi:

jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda

tekshirish orqali ularning dastlabki so‘roq qilish vaqtida bergan ko‘rsatuvlarini
qiyoslash orqali ularning ko‘rsatuvlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga baho
beriladi;

bir necha gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni

aniqlash uchun ishdagi ahamiyatli bo‘lgan joy yoki yo‘nalishni ko‘rsata olishi
amalda tekshiriladi;

guruhning har bir a’zosi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar

tekshiriladi va ularga aniqliklar kiritiladi. Har bir ishtirokchi qaysi joyda
turganligi va kimga qanday usulga shikast yetkazganligi ko‘rsatiladi. Ularning
ko‘rsatuvlari jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlariga qiyoslanadi. Bundan
kelib chiqib har bir ishtirokchining bezorilik jinoyatini sodir etishdagi ishtiroki
aniqlanadi;

ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan gumon qilinuvchi hodisa joyiga qaysi

tomonidan kelganligi va qaysi tomonga yashiringanligi aniqlanadi;

hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan izlar, narsa va buyumlar aslida

qayerda bo‘lganligiga aniqlik kiritiladi;

tergov harakati ishtirokchilariga bezorilik sodir etish usuli amalda

namoyish qilinadi;

bezorilik sodir etish vaqti aniqlanadi;
bezorilik jinoyatini sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanadi.
bezorilik jinoyatini sodir etish holatlari texnik vositalar yordamida foto va

videoyozuvlarga olish orqali qayd qilinadi. Chunki, JPKning 91-moddasiga
asosan ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayoni majburiy
ravishda videoyozuv orqali qayd etilishi shart .


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

120

Imkoniyat bo‘lgan taqdirda, tergovchi ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan

joyda tekshirish va aniqlik kiritish uchun uning o‘tkazilish joyi bilan oldindan
tanishishi maqsadga muvofiqdir. Chunki tergovchi ushbu tergov harakatini
o‘tkazilishining imkoniyati va istiqbollari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi.
Tekshirilayotgan shaxsga ko‘proq ye’tibor qaratish maqsadida tergovchi o‘zi
uchun oldindan “tayanch punktlarni” belgilab qo‘yishi mumkin. Bundan
tashqari, bunday tanishish natijasida tergovchida yangi savollar tug‘ilishi va
ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsni qo‘shimcha so‘roq qilish orqali ularning
javoblarini olish mumkin bo‘ladi.

Shunday qilib, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov

harakatini o‘tkazishda yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olish ish bo‘yicha
isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun haqiqiy ma’lumotlarni olish
va tadqiq qilish hamda ularni tergov qilish jarayonida qo‘llash samarali bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Драпкин Л.Я., Андреев А.А. Теория и практика проверки и уточнения
показаний на месте: Научно-методическое пособие. - Екатеринбург: Изд-во
Уральского юридического института МВД России, 2003. С. 40.
2. Чаднова И.В. Проверка и уточнение показаний на месте: дис. ... канд.
юрид. наук. - Томск, 2003. С. 19.
3. Белоусов В.И., Натура А.И. Проверка показаний на месте в ходе
предварительного следствия: Учебно-практическое пособие. - М.: ЦОКР
МВД России, 2008. С. 11.
4. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 132-mоddа. https://lеx.uz/ru/dоcs/111460.
Kirilgаn sаnа: 13.01.2025-yil
5. Андреев А.А. Проблемы теории и практики проверки и уточнения
показаний на месте: дис. ... канд. юрид. наук. - Барнаул, 2004. С. 125.
6. Уваров В.Н Проверка показаний на месте. Учебное пособие. - М.: 2009. С.
34.
7. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 352-mоddа. https://lеx.uz/ru/dоcs/111460.
Kirilgаn sаnа: 13.01.2025-yil
8. 272201/2018-146-sоnli jinоyаt ishi hujjаtlаri Bеkоbоd tumаn IIB huzuridаgi
tеrgоv bо‘limi
9. Власенко Н. Проверка показаний на месте // Законность, № б. 2002. С.25.
10. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 91-mоddаsi. https://lеx.uz/ru/ dоcs/111460.
Kirilgаn sаnа: 13.01.2025-yil

Библиографические ссылки

Драпкин Л.Я., Андреев А.А. Теория и практика проверки и уточнения показаний на месте: Научно-методическое пособие. - Екатеринбург: Изд-во Уральского юридического института МВД России, 2003. С. 40.

Чаднова И.В. Проверка и уточнение показаний на месте: дис. ... канд. юрид. наук. - Томск, 2003. С. 19.

Белоусов В.И., Натура А.И. Проверка показаний на месте в ходе предварительного следствия: Учебно-практическое пособие. - М.: ЦОКР МВД России, 2008. С. 11.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 132-mоddа. https://lеx.uz/ru/dоcs/111460. Kirilgаn sаnа: 13.01.2025-yil

Андреев А.А. Проблемы теории и практики проверки и уточнения показаний на месте: дис. ... канд. юрид. наук. - Барнаул, 2004. С. 125.

Уваров В.Н Проверка показаний на месте. Учебное пособие. - М.: 2009. С. 34.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 352-mоddа. https://lеx.uz/ru/dоcs/111460. Kirilgаn sаnа: 13.01.2025-yil

/2018-146-sоnli jinоyаt ishi hujjаtlаri Bеkоbоd tumаn IIB huzuridаgi tеrgоv bо‘limi

Власенко Н. Проверка показаний на месте // Законность, № б. 2002. С.25.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 91-mоddаsi. https://lеx.uz/ru/ dоcs/111460. Kirilgаn sаnа: 13.01.2025-yil