UMUMTA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Аннотация

Bugungi kunda ta’lim tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashuvi davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Xususan, umumta’lim tizimini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish o‘quvchilarning bilimini baholashda ham, sifatli ta’lim berishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda Finlyandiya ta’lim tizimi misolida bilim baholash va umumta’lim jarayonlarini takomillashtirish borasidagi samarali tajribalar o‘rganiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
82-86
9

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Obidova , M. (2025). UMUMTA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(13), 82–86. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/98786
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda ta’lim tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashuvi davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Xususan, umumta’lim tizimini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish o‘quvchilarning bilimini baholashda ham, sifatli ta’lim berishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda Finlyandiya ta’lim tizimi misolida bilim baholash va umumta’lim jarayonlarini takomillashtirish borasidagi samarali tajribalar o‘rganiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

82

UMUMTA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA O‘QUVCHILAR

BILIMINI BAHOLASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Obidova Muqaddas

ShDPI

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(BT) yoʻnalishi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15541447

Bugungi kunda ta’lim tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashuvi

davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Xususan, umumta’lim tizimini
rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish
o‘quvchilarning bilimini baholashda ham, sifatli ta’lim berishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda Finlyandiya ta’lim tizimi misolida bilim
baholash va umumta’lim jarayonlarini takomillashtirish borasidagi samarali
tajribalar o‘rganiladi.

Shuningdek, hozirgi globallashuvning jadal sur’atlar bilan kechayotgan

sharoitida har bir mamlakat yoshlar siyosatini ustuvor yo‘nalishlardan biri
sifatida qaramoqda. Bu borada yoshlar bilan ishlashga yangicha yondashuvlar,
ilg‘or usullarni tatbiq etish va munosabatlar tizimini qayta ko‘rib chiqish
zarurati tug‘ilmoqda. Ayniqsa, xorijiy davlatlarning zamonaviy, innovatsion
ta’lim texnologiyalari va ilg‘or tajribalaridan oqilona foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiyalar va tajribalarni chuqur tahlil qilish,
ularni mamlakatdagi mavjud ta’lim tizimining real holatiga mos ravishda tatbiq
etish orqali ta’lim sifatini yanada yuksaltirish mumkin.

Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar va

yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi —
umumta’lim maktablari faoliyatini demokratlashtirish, insonparvarlik
tamoyillarini kuchaytirish va o‘quv-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida
yangilashdir. Shuning uchun ham ta’lim jarayonining mazmuni, shakllari va
metodlariga yangicha yondashuv bilan qarash va ularni doimiy takomillashtirib
borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim esa – bu
yangicha fikrlash, sog‘lom dunyoqarash va taraqqiyotga intiluvchi yosh avlodni
shakllantirish demakdir.

Ayni islohotlar davrida O‘zbekiston ta’lim tizimini takomillashtirishda

rivojlangan

xorijiy

mamlakatlarning

ilg‘or

tajriba

va

pedagogik

yondashuvlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xorijiy
davlatlarda

sinovdan

o‘tgan

samarali

pedagogik

texnologiyalarni

mamlakatimizdagi mavjud ta’lim muhitiga moslashtirib qo‘llash orqali ta’lim
sifatini oshirish, o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy choralar


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

83

ko‘rilmoqda. Bu boradagi faoliyat, ayniqsa, Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi
ilg‘or yutuqlarini o‘rganish va ularni mahalliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish
orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda jahon miqyosida Finlyandiya ta’lim tizimi eng samarali

tizimlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu tizimning yuksak natijalarga
erishishida radikal va innovatsion yondashuvlar muhim o‘rin tutgani
ta’kidlanmoqda. Mazkur ilg‘or tajribaning O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimiga bosqichma-bosqich joriy qilinayotgani esa islohotlarning ijobiy
yo‘nalishda rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Finlyandiya tajribasiga asoslangan ta’lim

yondashuvlari – o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativlikni rivojlantirish,
amaliy ko‘nikmalarga urg‘u berish kabi jihatlar tobora ko‘proq e’tibor markazida
turibdi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda
yangilashda va xalqaro standartlarga yaqinlashtirishda muhim omil bo‘lib
xizmat qilmoqda. Shunday qilib, Finlyandiyaning ilg‘or pedagogik tajribasidan
samarali foydalanish orqali O‘zbekiston ta’lim tizimida sifat va samaradorlik
ko‘rsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari:
• Ta’lim bepul va barcha uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.
• Darslar o‘quvchi markazida tashkil etiladi, amaliyotga yo‘naltirilgan

yondashuv ustuvor.

• O‘qituvchilar yuqori malakaga ega bo‘lishi shart, pedagogik kasb jamiyatda

yuqori obro‘ga ega.

• Ta’limda stressni kamaytirishga, ijtimoiy-emotsional muhitga katta e’tibor

qaratiladi.

Bilimni baholash tizimi esa quydagicha:
• An’anaviy reyting va testlar o‘rniga, muntazam formatda o‘quvchining

rivojlanishiga qarab baholash.

• O‘z-o‘zini baholash va o‘qituvchi fikri asosida shakllanuvchi

moslashuvchan yondashuv.

Shuningdek, Finlyandiya ta’lim tizimi o‘zining o‘quvchiga yo‘naltirilgan

yondashuvi, insonparvarlik va demokratik qadriyatlarga asoslanganligi bilan
ajralib turadi. Bu tizimda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari – o‘quvchi,
o‘qituvchi va ota-onalar – o‘zlarini teng huquqli va hurmatli his qiladigan
ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. 1998 yilda
qabul qilingan Finlyandiya ta’limi to‘g‘risidagi asosiy qonunda ta’lim tizimining
uchta strategik maqsadi belgilab berilgan: birinchidan, o‘quvchilarga hayotda


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

84

muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni
berish; ikkinchidan, jamiyatda ijtimoiy tenglik va barqaror rivojlanishni
rag‘batlantirish; uchinchidan, butun mamlakat bo‘ylab ta’lim imkoniyatlarida
tenglikni ta’minlash.

Finlyandiyada barcha maktablar teng maqomga ega bo‘lib, o‘quvchilar

qobiliyatiga qarab alohida ajratilmaydi. Bu yondashuv diskriminatsiya va
ijtimoiy tabaqalanishni oldini olishga qaratilgan. Boshlang‘ich ta’lim 6 yilni
tashkil etadi, va bu davrda, ayniqsa 3-sinfgacha, o‘quvchilarga rasmiy baho
qo‘yilmaydi. Bu holat o‘quvchilarda stressni kamaytirib, o‘qishga nisbatan ijobiy
munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, uy vazifalarining
deyarli berilmasligi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va darsdan tashqari
vaqtini samarali tashkil etishlariga imkon beradi.

Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy qilish Finlyandiya

maktablarining yana bir muhim xususiyatidir. 2017 yildan boshlab ko‘plab
maktablarda an’anaviy ruchka va daftarlar o‘rniga planshet va kompyuterlar
ishlatilmoqda. Bu esa raqamli savodxonlikni oshirishga, shuningdek,
o‘quvchilarning texnologik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat
qilmoqda.

Tizim ikki bosqichli boshqaruv asosida tashkil etilgan: Ta’lim va madaniyat

vazirligi oliy ta’limni nazorat qiladi, Milliy ta’lim agentligi esa maktabgacha va
maktab ta’limini boshqaradi. Shunga qaramay, ta’lim muassasalarining kundalik
faoliyatini mahalliy hokimiyatlar mustaqil tarzda amalga oshiradi. Maktablarda
rasmiy tekshiruvlar o‘tkazilmasligi esa tizimda ishonch madaniyati
shakllanganidan dalolat beradi.

Finlyandiya ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlovchi asosiy yetti

tamoyil quyidagilardan iborat:

Tenglik – Barcha o‘quvchilar yagona o‘quv dasturlari va teng shart-

sharoitlarga ega. Bu tamoyil ta’limda ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat
qiladi.

Bepul ta’lim – Ta’lim olish mutlaqo bepul bo‘lib, barcha o‘quv anjomlari va

tushliklar ham davlat tomonidan taqdim etiladi. Bu har bir bola uchun ta’lim
olish imkoniyatini kengaytiradi.

Individuallashtirilgan yondashuv – Har bir o‘quvchining ehtiyojlari

inobatga olinadi. O‘qituvchilar bilimni o‘zlashtirishda qiynalayotgan yoki ilg‘or
o‘quvchilar bilan alohida ishlaydi.

Amaliy yondashuv – Ta’lim faqat nazariy bilimlarga emas, balki hayotiy

ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan. O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

85

real hayotga oid faoliyatlarni o‘rganadilar: moliyaviy savodxonlik,
texnologiyalar, kundalik hayot ko‘nikmalari va boshqalar.

O‘qituvchiga ishonch – Fin maktablarida ishlovchi barcha o‘qituvchilar

magistr darajasiga ega bo‘lishlari shart. Ota-onalar va jamiyat o‘qituvchilarga
to‘liq ishonadi, bu esa ta’lim sifati uchun muhim kafolatdir.

Ixtiyoriylik – Darslarda ishtirok etish majburiyatdan ko‘ra, qiziqishga

asoslangan. O‘quvchilar darsdan chiqib ketish yoki boshqa foydali mashg‘ulot
bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Bu esa dars jarayonini yanada jonli va
mazmunli qiladi.

Mustaqillik – O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, muammoli

vaziyatlarga mustaqil yechim topa olish ko‘nikmalarini shakllantirish ta’limning
asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy rivojlanish
yo‘lini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ya’ni, Finlyandiya ta’lim tizimi har tomonlama mukammallikka intilgan,

ijtimoiy adolat, amaliyotga yaqinlik va o‘quvchi manfaatlarini ustuvor qo‘yish
bilan ajralib turadigan modeldir. Bu tajriba O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ham
dolzarb va o‘rganishga arzigulik namuna sifatida xizmat qilmoqda.

Finlyandiyaning ta’limdagi ilg‘or yondashuvlari O‘zbekiston umumta’lim

tizimini takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Finlyandiya
tajribasida o‘quvchilarga yo‘naltirilgan, psixologik bosimdan holi va hayotga
tayyorlovchi ta’lim modeli asos qilib olingan. Baholash tizimi esa raqobat emas,
rivojlanishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ballik baholash o‘rniga o‘quvchilarning o‘sish
trayektoriyasi, amaliy ko‘nikmalari va ijodiy fikrlashi inobatga olinadi.

Finlyandiyada tenglik, bepul ta’lim, o‘qituvchilarga ishonch, uy

vazifalarining yo‘qligi, mustaqil fikr yuritish va amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor
berilishi kabi tamoyillar ta’lim sifatini oshirgan. O‘zbekiston uchun ushbu
tajribani milliy sharoitga moslashtirib, baholash mezonlarini qayta ko‘rib
chiqish, individual yondashuvni kuchaytirish va o‘qituvchilar salohiyatini
oshirish muhim vazifadir.

Xulosa qilib aytganda, Finlyandiya ta’lim tizimi nafaqat yuqori natijalarga

erishgan, balki insonparvarlik va o‘quvchi shaxsini to‘liq rivojlantirishga
qaratilganligi bilan ajralib turadi. Ushbu tizimning muhim jihatlarini O‘zbekiston
umumta’lim tizimiga moslashtirib tatbiq etish, ta’lim sifatini oshirishda samarali
yechim bo‘la oladi. Ayniqsa, bilim baholashdagi moslashuvchanlik, o‘quvchi
markazidagi yondashuv va o‘qituvchi malakasini oshirishga qaratilgan
strategiyalar dolzarbdir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

86

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Juraev A., Turg‘unova S. Pedagogik texnologiyalar va ta’limda zamonaviy

yondashuvlar, Toshkent, 2021.
2.

Karimova N. O‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi va

samaradorlik mezonlari, Toshkent, 2020.
3.

Norqobilov B. Ta’lim tizimida xorijiy tajribalarni o‘rganishning

metodologik asoslari, 2022.

Библиографические ссылки

Juraev A., Turg‘unova S. Pedagogik texnologiyalar va ta’limda zamonaviy yondashuvlar, Toshkent, 2021.

Karimova N. O‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi va samaradorlik mezonlari, Toshkent, 2020.

Norqobilov B. Ta’lim tizimida xorijiy tajribalarni o‘rganishning metodologik asoslari, 2022.