UYG‘ONISH DAVRI VA XVII ASR KLASSITSIZM TEATRI ITALIYA TEATRI

Annotasiya

bu maqolada uyg‘onish davri va XVII asr klassitizm teatri haqida va uning ilknamoyondalari rejisyorlaro hamda san’at ustalari haqida va jahonnin ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
112-115
24

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sultonov, D. (2024). UYG‘ONISH DAVRI VA XVII ASR KLASSITSIZM TEATRI ITALIYA TEATRI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(19), 112–115. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51440
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

bu maqolada uyg‘onish davri va XVII asr klassitizm teatri haqida va uning ilknamoyondalari rejisyorlaro hamda san’at ustalari haqida va jahonnin ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

112

UYG‘ONISH DAVRI VA XVII ASR KLASSITSIZM TEATRI

ITALIYA TEATRI

Sultonov Dostonbek

O‘zDSMI FMF

“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich

talabasi

sultonovdoston07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14015936

Annotatsiya:

bu maqolada uyg‘onish davri va XVII asr klassitizm teatri

haqida va uning ilknamoyondalari rejisyorlaro hamda san’at ustalari haqida va
jahonnin ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan.

Kalit so‘z:

rejissyor, aktyor, spektakl, rassom, repertuar.

Melodiy eraning V asrida Rim imperiyasi qulagach, xristianlik

mafkurasining kuchli tazyiqi ostida antik davrda yaratilgan badiiy yodgorliklar
qatag‘onga uchraydi, Yunoniston va Rimda dunyo yuzini ko'rgan san’at asarlari,
teatr an’analari unutila boshlaydi. Cherkov o‘z teatrini yaratadi: ibodat dramasi,
mirakl, misteriya, moralite yetakchi janrga aylanib, keng ommani nasroniylik
g‘oyasi atrofida uyushtirishda eng ta’sirli targ'ibot vositasiga aylanadi. Ayni
chog‘da san’ati qishloq marosim tomoshalari asosida tug‘ilib, ommaning
erkparvarlik kayfiyatini ifoda etgan xalq teatri namoyandalari — gistrionlar
san’ati ham yashashda davom etdi. Bu davrga kelib, dunyoviy shukuhbaxsh teatr
san’atining keng taraqqiy etishi uchun o‘rta asrcha mutaassibona qarashlarga
to‘siq bo‘la oluvchi yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishi talab etilardi.
Shunday ijtimoiy munosabatlar Ovro‘po mamlakatlarida XIV— XVI asrlarda ro‘y
berdi. Tarixga Uyg‘onish (Renessans — fr. Renatssance) davri sifatida kirgan bu
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot davri Ovro‘po teatr san’ati tarixida
yangi rivojlanish davrini belgilab berdi. Erkin, hur inson aynan Uyg‘onish
davrida jamiyatning oliy tilagiga aylanadi. Yaqin o‘tmishda dag‘al masxarabozlik,
aqidaparastlik makoni bo‘lib kelgan sahna endi ulug‘vor g‘oyalar, teran falsafiy
mushohadalar maskaniga, umumxalq minbariga aylanadi. Sahnada zamonning
ur-yiqitlari o‘z aksini topadi, nozik, ruhiy kechinmalar tadqiq etiladi; shu bilan
birga tomoshabinlar ichakuzar sahnaviy hazil-mutoyiba va hangomalami zavq-
shavq bilan qarshi oladilar.

Renessans davri teatri XV—XVI asrlar bo‘sag‘asida Italiyada shakllanadi,

so‘ng Ispaniyada yangi taraqqiyot bosqichiga kirib Angliyada Shekspir zamonida
kamolot cho‘qqisiga ko‘tariladi. Iqtisodiy taraqqiyot dastlab Italiyada
boshlanadi. Italiya qulay jo‘g‘rofik shart-sharoitga ega bo‘lganidan G‘arbiy


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

113

Ovro‘poning boshqa mamlakatlariga qaraganda avvalroq Sharq mamlakatlari
bilan yaqin aloqa o‘rnatadi va bu Italiya shaharlarining qisqa vaqt ichida boyib
ketishiga sabab bo‘ladi. Italyan savdogarlari Turkistonning turli shaharlarida
savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yadilar. Shu bahonada ular bu sarhadlarda
yaratilgan san’at asarlarini qo‘lga kiritishni ham unutmaydilar. Ayrim
ma’lumotlarga qaraganda, ulug‘ Navoiy asarlari XVI asrda italyan tiliga tarjima
qilina boshlangani bejiz bo‘lmasa kerak. Italiyaning yangi davr teatr san’ati
rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos: aynan shu zaminda tragediya, komediya,
pastoral (cho‘ponnoma) yangi taraqqiyot yo‘liga kirdi, opera yaratildi, drama
san’atining asosiy qonuniyatlari ishlab chiqildi, birinchi teatr binolari qad
ko‘tardi, spektaklni yangicha bezash tamoyillari joriy etildi. Italiyaning
dramaturgiya sohasida boshlovchilik mavqeyini egallashi uning qadimgi Rim
badiiy merosining vorisi va uni qayta o‘zlashtiruvchisi sifatida maydonga
chiqishi bilan belgilandi. Plavt, Terensiy, Seneka asarlari awal lotincha, so‘ng
yangi italyan tiliga o‘girilgan holatda zodagonlar saroylarida ko‘rsatiladi. Shu
zaylda original asarlarga yo‘l ochiladi. Jahonga mashhur «Telba Roland*
dostonining muallifi ulug‘ italyan shoiri Ludaviko Ariosto (1474—1533) yangi
teatr mash’alani yoqqanlardan biri bo'ldi. ITALIYA TEATRI 41 laylarini ostonasi
oldiga qorovul qilib qo‘yib, uylariga faqat qalloblar, qo‘shmachilar, turli qalang‘i-
qasang‘i zotlami qo‘yadilaru halol, oliyjanob fuqarolami oldiga solib
haydaydilar..». Serhasham va dabdabali bezak, sururli lavhalar va ayniqsa,
malaylarning

oldiqochdi

hangomalari,

oshiq-ma’shuqalaming

gashtli

uchrashuvlariga boy bu spektakl saroy zodagonlarida teatr san’atiga nisbatan
katta qiziqish va ixlosmandlik tuyg‘ularini belgilab bergan edi. Ariosto
«Almashilganlar», «Talabalar», «Afsungai>, «Qo‘shmachi» komediyalarida ham
o‘z shahri Ferrara hayoti haqida hikoya qilgan. Zodagonlar dilxushligiga
qaratilgan ko‘plab komediyalar o'z vazifasini o‘tab, tarix sahifasidan tushib
qolgani tabiiy. Lekin Uyg'onish davri italyan komediyalari orasida bir asar borki,
u hamon yashashda davom etib, teatr sahnalarini bezab keladi. Bu Nikollo
Makiavelli (1469—1527) qalamiga mansub «Mandragora» (1514) asaridir.
Atoqli yozuvchi, tarixchi Makiavelli bu asarida Ariosto an’anasini davom ettirib,
komediya san’atini yangi bosqichga olib chiqdi. Yangi davr hayotiga teranroq
nazar tashlagan kishi behuda shodlik uchun asos topolmasligi aniq edi.
Makiavelli komediyasida o‘kinchli kechinmalar hajv ohanglariga qorishiq tarzda
ifodalangan. Makiavelli zamonaviy hayot haqida o‘tkir hajviy komediya yaratish
bilan italyan «ma’rifiy komediya»si tarixida yangi yo‘nalishni belgilab berdi.
Makiavelli asaridan so‘ng Petro Aretino, Jordano Bruno kabi adiblar bir qator


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

114

hajviy komediyalar yaratdilar. Italyan komediyanavislari o‘z pyesalariga sahna
asarlari tarzida emas, ko‘proq o‘qishga mo‘ljallangan adabiy asar sifatida
qaraganlar. Shu bois «ma’rifiy komediya* namunalari sahnaboplik jihatidan
yuqori saviyaga ko‘tarilmadi va ulami sahnalashtirish odat tusiga kirmadi.
Uyg‘onish davri italyan komediyasi qadimgi rim namunalariga taqlidan
yaratilgan bo‘lsa, tragediya sohasida Sofokl, Yevripid va, asosan, Seneka
asarlarida qo‘llanilgan mif, xor va yozuv qoidalari to‘laligicha qabul qilib olindi.
Aristotelning «Poetika»sida ilgari surilgan xatti-harakat birligi qoidasi italyan
nazariyachilari tomonidan uning yoniga yana o‘rin va vaqt birligi qo‘shilgan
holda ishlab chiqildi va amalga joriy etildi. Dramaturglarni, ayniqsa, qonli
voqealar qiziqtirardi: bu davrda yaratilgan tragediyalarning birortasi qonli
intiqom, ko‘r-ko‘rona rashk, shafqatsizlik dahshatlaridan xoli emas.
Tragediyaning besli pardadan iborat bo‘lishi, she’riy tarzda yozilishi va, tabiiyki,
uch birlik qoidasiga bo‘ysundirilishi belgilab qo‘yildi. Keyinroq bu qoidalar
fransuz klassitsizm teatri uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Yangi davr teatr me’morchiligida ham Italiya namuna bo‘lib xizmat qilgan.

Italiya me’mori Sebostyan Serlio qadimgi rim me’mori Vitruviy asarlari asosida
1545-yiIi «Me’morchilik haqida* kitobini yozib, unda antik teatrning ba’zi
jihatlari bilan zamonaviy teatr uyg‘unligi talabini olg‘a surdi. Serlio loyihasini
o‘zi amalga oshirolmadi, me’mor Andre Palladio shu loyiha asosida Vichense
shahrida «01impiya» teatrini tiklaydi. Bino 1580-yili qurila boshlangan,
Palladionning o‘g‘li va shogirdi Vincheniye ishni davom ettiradi va teatr 1585-
yili Sofoklning «Shoh Edip* asari bilan ochi43 ladi. Binoning eng afzal jihati
uning tomosha zali bilan sahnaning o‘zaro uyg‘unligi (ko‘rish, eshitish)da edi.
Sahna ortida qad ko‘tarilgan uchta ulkan ark orqali uzoqlikka cho‘zilgan
ko‘chalar go‘zal shahar timsolini yaratar, old sahna tepaligi-peshtoqiga va yarim
doira shaklidagi zalning orqa devorlariga ishlangan haykal va tasvirlar bilan ajib
uyg‘unlik kasb etgan edi. Ming kishiga mo‘ljallangan ushbu teatr binosi hozirda
ham mavjud. XVII asrda ko‘p yarusli, balkon va lojalarga ega uch
minglatomoshabin sig‘adigan teatr binolari qad ko‘taradi. Italyan me’morlari
teatr qurilishi sohasidagi yutuqlarini Ovro‘poning Avstriya, Ispaniya, Fransiya,
Germaniya kabi mamlakatlariga olib kirganlar. Tragediya, komediya va pastoral
janrlarida yaratilgan asarlar umumxalq mulkiga aylanolmadi. Bu asarlar
zodagonlar saroylarida, alloma ziyolilar doiralarida havaskorlar ijrosida vaqti-
vaqti bilan namoyish etib kelingan. Keng xalq orasida italyan san’atining boshqa
turi, ya’ni niqoblar komediyasi — komediya del arte — badihaviy italyan
professional teatri shuhrat qozondi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

115

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star

2.

poligraf. 2011.

3.

Salimov O. Kasbim rejissor. -T.: G‘.G‘ulom, 2009.

4.

Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.

Bibliografik manbalar

Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star

poligraf. 2011.

Salimov O. Kasbim rejissor. -T.: G‘.G‘ulom, 2009.

Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.