TARBIYA JARAYONLARIDA MAQOLLARNING O’RNI VA AHAMIYATI

Annotasiya

Bugungi murakkab zamonda yoshlarni jismoniy va ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalash biz uchun g’oyat muhim vazifa bo’lib qolmoqda.Shu ma’noda,mutaffakir Abdurauf Fitratning:”Bu dunyo kurash maydonidir.Bu kurashning quroli sog’lom jism-u tan,o’tkir aql va yaxshi axloqdir”,-degan so’zlarida chuqur ma’no bor.Farzandlarimizning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi bizning kelgusi faoliyatimizda eng muhim masala bo’lib qoladi.O’zbekistonda yashayotga har bir o’g’il-qiz davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va amaliy g’amxo’rligidan chetda qolmaydi”.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
86-89
44

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Elmurodova, L. (2024). TARBIYA JARAYONLARIDA MAQOLLARNING O’RNI VA AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(19), 86–89. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51468
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi murakkab zamonda yoshlarni jismoniy va ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalash biz uchun g’oyat muhim vazifa bo’lib qolmoqda.Shu ma’noda,mutaffakir Abdurauf Fitratning:”Bu dunyo kurash maydonidir.Bu kurashning quroli sog’lom jism-u tan,o’tkir aql va yaxshi axloqdir”,-degan so’zlarida chuqur ma’no bor.Farzandlarimizning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi bizning kelgusi faoliyatimizda eng muhim masala bo’lib qoladi.O’zbekistonda yashayotga har bir o’g’il-qiz davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va amaliy g’amxo’rligidan chetda qolmaydi”.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

86

TARBIYA JARAYONLARIDA MAQOLLARNING O’RNI VA

AHAMIYATI

Elmurodova Lobar

Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14005373

Bugungi murakkab zamonda yoshlarni jismoniy va ma’naviy barkamol

insonlar etib tarbiyalash biz uchun g’oyat muhim vazifa bo’lib qolmoqda.Shu
ma’noda,mutaffakir Abdurauf Fitratning:”Bu dunyo kurash maydonidir.Bu
kurashning quroli sog’lom jism-u tan,o’tkir aql va yaxshi axloqdir”,-degan
so’zlarida chuqur ma’no bor.Farzandlarimizning sog’lom va barkamol bo’lib
voyaga yetishi bizning kelgusi faoliyatimizda eng muhim masala bo’lib
qoladi.O’zbekistonda yashayotga har bir o’g’il-qiz davlatimiz va jamiyatimizning
e’tibori va amaliy g’amxo’rligidan chetda qolmaydi”.
Prezidentimizning yuqoridagi fikrlari ham ta’lim olish har doim va har
joyda kerakligini,O’zbekiston yoshlarini yuksak ta’lim va tarbiya egasi qilib
tarbiyalash yo’lida oqilona sa’y-harakatlar olib borilayotganligini isbotlaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ta’lim va tarbiya muhim ekan, albatta
buning tub zamirida xalq og’zaki ijodi ham yetakchi o’rin egallaydi. Xalq og’zaki
ijodi-bu oddiy xalq tomonidan yaratilgan asarlar majmuasi bo’lib, uning muallifi
bo’lmaydi, u xalq ommasi tomonidan yaratilgan og’zaki ijodi namunalaridir. Xalq
og’zaki ijodi “folklor” ham deb ataladi. “Folklor” so’zi inglizcha so’z bo’lib “folk” –
xalq , “lore” – “donolik” , “donishmandlik” so’zlaridan olingan bo’lib “xalq
donoligi” , “xalq donishmandligi” degan ma’nolarni anglatadi.
Folklor atamasini ilk bor 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy jihatdan qo’llagan.
Folklor deganda ma’lum bir millatga mansub asrlar davomida xalq tomonidan
yaratilgan san’at namunalari: xalq kuylari, xalq o’yinlari, dostonlar va
marsiyalar, maqol, topishmoq, tez aytishlar tushuniladi. Dunyodagi eng qadimgi
folklor namunasi bu – “Avesto” hisoblanadi.Odamlarning aniqlashicha bu yozma
manbani yaratish jarayonlarida bizning ota-bobolarimiz ham ishtirok etgan
ekan.”Alpomish’’,”Go’ro’g’li’’,”Rustamxon”kabi

xalqimiz

og’zaki

ijodi

qahramonlari asrlar davomida tillardan tushmay,baxshilar tomonidan ijro
etilyapti va badiiy ijod ta’siriga o’z hukmini o’tkazib kelyapti.
Folklorshunoslikda yaratilgan badiiy asarlarning janrlari har doim muhim
bo’lib kelgan.Xalq dostonlari, ertaklar, qo’shiqlar, maqol, matal, askiya, lof,
topishmoq va boshqalarning bir-biridan farqi-bu ularning qanday janrlarda
yaratilganligidadir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

87

1.

Epik-yunoncha “epos”-rivoyat,hikoya,qo’shiq so’zidan iborat bo’lib,so’z

san’atida biror hikoya,voqeani bayon qilish yoki hayotiy lavhani ifodalash
ma’nosini anglatadi.”Epos”deganda, aniq bir voqeani badiiy tarzda hikoyalash
tushuniladi.O’zbek xalq og’zaki ijodidagi mif,afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa,
lof, tarixiy qo’shiqlar,terma,doston kabi
janrlarni epik asarlar deb atash mumkin.Shu bilan birga,maqollar,topishmoqlar
kabi atamalar bilan yuritiladigan asarlarni ham professor B.Sarimsoqov “maxsus
tur” deb ataydi.
2.Lirika-inson hayotida,tabiatda ro’y bergan biror hodisa,lavhalardan
ta’sirlanish natijasida unga nisbatan paydo bo’lgan munosabatni ichki
kechinmalar,his-tuyg’u vositasida ifodalashdir.Lirika o’zida ichki kechinmalarni
ifodalash xususiyati bilan epik asardan farq qiladi.
3.Drama.Bu so’z “harakat” ma’nosini bildirib,bu turdagi asarlar sahna bilan
bog’liq

bo’ladi.Bu

asarlarning

ijrochilari

faqat

gaplari

bilangina

emas,nutqlaridagi intonatsiyalari,yuz,bosh,qo’l harakatlari bilan obrazga
kiradilar. Xalq og’zaki ijodi,ya’ni folklorda o’sha xalqning poetik o’tmishi,etnik
tarixi,urf-odatlari,an’analari,kelajakdagi niyatlari va shu bilan birga
mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik, ota-onaga hurmat,kichiklarni izzatlash,
kitobsevarlik kabi tarbiyaviy ahamiyatlar o’z aksini topadi.

Xalq og’zaki ijodining eng ko’p tarqalgan,barcha yoshdagi insonlar deyarli

har doim foydalanadigan turi-bu maqoldir. Maqol xalq og’zaki ijodining eng keng
tarqalgan va yetakchi o’rinda turadigan janri hisoblanadi.Ota-bobolarimizning
uzoq yillar davomida ko’rgan-kechirganlari asosida yuzaga kelgan ixcham
fikr,xulosa so’z-maqoldir.Maqolda fikr aniq,xulosa tugal,ifoda lo’nda bo’lishi
bilan birga,unda ibratli fikr aytilishi lozim.Maqollar har bir xalqning
tarixi,ijtimoiy tajribasi,aql-idroki,mehnati va kurashining badiiy ifodasi
bo’lib,uzoq yillardan buyon yaratilib kelinmoqda va ularda ham mehnatkash
xalqning orzu-umidlari,o’y-fikrlari,o’zaro turmushdagi munosabatlari,insoniylik
hislatlari aks etgan bo’ladi.

Maqol va matallarda, naql va barqaror iboralarda xalqning hayotiy

muammolari-mehnat-mashaqqati, g’am-anduhi,rohat-farog’ati, muvaffaqiyat va
mag’lubiyati, rasm-rusumlari, hamma hammasi aks etib turadi.Bu ko’hna xalq
ijodi qachon va qanday vaziyatda,kim tomonidan yaratilganligini aniq aytish
qiyin.Har holda bu sodda va murakkab,turg’un va barqaror iboralarni,ixcham va
lo’nda,chuqur mazmunli naqllarning yaratilishida oddiy ijodkor xalq bilan birga
olim-u ulamolarning,fozil-u fuzalolarning,xassos shoirlarning hissalari haam
katta bo’lganligi shubhasizdir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

88

Odobiylik va axloqiylik,ezgulik va insoniylik kabi ma’naviy qadriyatlar

haqidagi xalq maqol va naqllari donishmandlar hikmatlaridan iborat
majmualarni

o’qir

ekanmiz,durdona

fikrlar,azaliy

hikmatlar,ma’naviy

qadriyatlarimizning sharqona lo’nda va yorqin ifoda etilgan bitiklarga nisbatan
o’zgacha bir ishtiyoq uyg’onadi.

Maqollar bolalarni to’g’ri,mantiqiy fikrlashga,maqsadni ixcham,aniq va

lo’nda bayon etishga o’rgatadi,ularning badiiy didini oshiradi,tarixiy
hodisalarning mohiyatini yaxshiroq,chuqurroq payqab olishga yordam
beradi.Bundan tashqari,maqollar ona tilining eng nozik,badiiy xususiyatlarini
bilishga va so’z boyligini ham oshirishga ko’maklashuvchi bir vosita sifatida
xizmat qiladi. (Mamasoli Jumaboyev).

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki,deyarli har bir

maqolning tub negizida odob yotar ekan.E’tibor beramiz:
Bola aziz,odobi undan aziz, Odobning boshi- til. Inson odobi bilan,Osmon
oftobi bilan go’zal. To’g’ri o’zadi, Egri to’zadi.Bu kabi maqollarni uzoq davom
ettirsak bo’ladi.
Bolaning yetuk kamol topishida salomning o’rni birinchi o’rinda
turadi.Ko’plab ertaklarda uchraydiga yovuz maxluqlar-devlar,jin-ajinalar
huzuriga odamlar borib,salom berganida –Saloming bo’lmaganida ikki yamlab
bir yutardim,-deb aytadi.Bundan ko’rinib turibdiki,salom berish orqali ham
insonlar yovuzliklardan omon qolyapti.”Avval salom keyin kalom”,”Odobning
boshi salom”kabi xalq maqollari ham fikrimizning yaqqol dalilidir.
Har bir bola bilimli,uquvli,kasb-hunarli bo’lib voyaga yetishi lozim.Bola bu
kabi tarbiyalarni eng birinchi navbatda oilasidan oladi.”Oila-tarbiya o’chog’idir”,-
deb bejizga aytilmaydi.Ko’plab ibratli maqollar ham yaxshi kamol toptirish
uchun ham juda ko’p keladi.
Do’st bilan obod uying.
Mehnat,mehnatning tagi rohat.
Mehnatdan kelsa boylik,
Turmush bo’lar chiroylik.
Vatan ostonadan boshlanadi.
Bolali uy bozor,
Bolasiz uy mozor.Bu maqollar hech qanday bramziy ma’no anglatmay o’z
ma’nosida tushunishimiz kerak.Ko’chma ma’noda qo’llaniladigan,ramziy ma’no
kasb etadigan bir qancha maqollar ham mavjud:Qarg’a qarg’aning ko’zini
cho’qimaydi.Olmaning tagiga olma tushadi.Ot aylanib qozig’ini topadi
.Qazisan,qartasan,asl zotinga tortasan.Bu yerda gap hech qanday qarg’a yoki


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

89

qazi-qarta haqida emas ,balki bir millat,bir elat bo’lib yashash,nasl-nasab surish
haqida ramziy ma’nolarni ifodalagan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki,ota-bobolarimiz tomonidan ming
yillar davomida qolipga solinib kelgan xalq og’zaki ijodi janri bo’lmish
maqollarning farzand kamoloti uchun o’rni beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. SH.Mirziyoyev.”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi’’-T:”O’zbekiston’’-
2022.250-bet
2.O.Madayev;”Xalq og’zaki poetik ijodi’’-T:”Sharq’’,2010.30-bet.
3.”Maqollarda nutq odobi”.Rustamova Salomat.”Science and innovation”.UIF-
2022:8.2/ISSN:2181-3337
4.Mamasoli Jumaboyev.”Bolalar adabiyoti”-T,-2011.

Bibliografik manbalar

SH.Mirziyoyev.”Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi’’-T:”O’zbekiston’’-2022.250-bet

O.Madayev;”Xalq og’zaki poetik ijodi’’-T:”Sharq’’,2010.30-bet.

”Maqollarda nutq odobi”.Rustamova Salomat.”Science and innovation”.UIF-2022:8.2/ISSN:2181-3337

Mamasoli Jumaboyev.”Bolalar adabiyoti”-T,-2011.