THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
5
MATNSHUNOSLIK VA ADABIY MANBASHUNOSLIKNING FAN
SIFATIDA SHAKLLANISHI
Nematullayeva Maftuna Hikmatulla qizi
Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU 2-bosqich magistranti
Ilmiy rahbar:
Rashid Zohidov
filologiya fanlari doktori,professor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14184557
Annotatsiya:
Maqolada matnshunoslik va adabiy manbashunoslik fanining
shakllanishi haqida mulohazalar bayon etilgan.
Anotatsiya:
The article contains comments on the formation of the science of
textual studies and literary source studies.
Kalit so‘zlar:
matnshunoslik, davr, manbashunoslik, fan, asr
Matnshunoslik filologiya fanining adabiy, tarixiy, ilmiy asarlar hamda tarixiy
hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish bilan shug‘ullanuvchi
sohasidir. Har bir matn o‘zi yaratilgan tarixiy davrning bevosita ta’siri ostida
yuzaga kelgani uchun tarix fani bilan matnshunoslikning aloqadorligini
unutmaslik kerak. Biroq bu holat matnshunoslikning ajralmas yondosh sohasi
bo‘lgan manbashunoslik bilan qo‘shib, tarix faninig bir tarmog‘i sifatida talqin
qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki matnshunoslik to‘laligicha filologiya
ilmi— tilshunoslik va adabiyotshunoslikning yutuqlari asosida ish ko‘radi.
Albatta, adabiy, tarixiy, ilmiy asarlar hamda tarixiy hujjatlar matnini ilmiy-
tanqidiy o‘rganishlar har biri o‘zining xususiyatlari, o‘zlarining tadqiq usullariga
ega. Tadqiqot obyektining turli-tumanligi matnlarni o‘rganishning va nashr
etishning turli xil metodlarini yuzaga keltirgan. Buning ustiga har bir elda va har
bir tilda matnshunoslikning o‘ziga xos tomonlari bo‘ladi. Hatto muayyan muallif
ijodi biror asar misolida ham umumiy mezonlardan tashqari holat uchrashi tabiiy.
Shu bois barcha adabiyotshunoslik va manbashunosliklar uchun umumiy bo‘lgan
matnshunos mutaxassis bo‘lib etishish mumkin emas. Har bir matnshunos o‘zi
ishlagan manba bilan bog‘liq holda shakllanadi. Shuning uchun u
matnshunoslikning nazariy masalalari xususida fikr yuritar ekan, tadqiqotchi o‘z
tadqiqot mavzusidan uzoq keta olmaydi. Matnshunoslik tadqiqoti olib borishda
qat’iy bir uslubiy mezonlarning shakllanmaganligi va uning istilohlari ham bir
xilda qo‘llanilmasligi shu bilan izohlanadi. Biroq shunda ham matnlarni tahlil
etishda matnshunoslikning umumiy tamoyillaridan kelib chiqib xulosalar
chiqarmoq lozim.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
6
Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi
muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr
ettirishdir. Izohli lug‘atda matnshunoslik istilohiga shunday ta'rif beriladi:
Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni,
ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlashdir. XX asr boshlarida Turkistonda ham
matnni tanqidiy o‘rganishga munosabat shakllana bordi. Turli matbaa
kutubxonalarning tashkil etilishi muayyan ma’noda matnshunoslik tarixini
yangicha yo‘nalishda o‘rganishga sabab bo‘ldi. 1920 yili martda Turkiston MIK
Turkiston davlat nashriyoti(Turkdavnashr) ta’sis etish haqida qaror qabul
qilinadi. Bu O‘rta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti bo‘lib, unga o‘lkadagi barcha nashr
ishlarini birlashtirish, qog‘oz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib,
rahbarlik qilish vazifalari yuklandi
.
Manbashunoslik yozma manbalarni yigʻish, qidirib topish, tartibga solish va
ulardan ilmiy foydalanish yoʻllarini oʻrgatuvchi fandir. Yozma manbalarda,
jumladan, Ibn Sino tarjimai holida yozilishicha, Buxoroda — somoniylar saroyida
kattagina kitob xazinasi mavjud boʻlib, u yerda saqlanadigan kitoblarga X asrda
maxsus fehrist tuzilgan. Bu hozirgi davrda qoʻlyozmalar fondi katalogi bilan
barobardir. Yozma manbalarni yigʻish va tartibga solishdan tashqari, ularni
qidirib topish ham manbashunoslikning zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir.
Matnshunoslik O‘rta asrlarda xattotlik va kitobat san’ati bag'rida yuzaga
kelgan va o'zining barqarorlashgan an’analariga ega bo'lgan. Bu an’analar ko‘plab
terminlarni yuzaga keltirgan. Hozirgi zamon matnshunosligida ularning
ko‘pchiligi hamon muomalada. Ulardan qog’oz ishlab chiqarish va kitobatta oid
atamalar hozir birmuncha kam ishlatiladi. Bevosita matn bilan aloqador (muqova,
unvon, jadval, hoshiya, poygir, basmala, hamd, na’t, ammo ba’d..., tammat kabi)
atamalar esa hozir ham muomalada bo'lgan faol qatlamni tashkil etadi. Hali ular
bir joyga yig‘ilib, terminologik lug‘at yaratilmagan. Ammo bu ishga urinishlar
bo‘lgan.
1
Biroq olimning vafoti munosabati bilan bu ish nihoyasiga yetmay to‘xtab
qolgan. O‘zbek matn shuning jahon faniga integratsiyalasha boshlagan o‘tgan
asrning 20-yillarida ota-onalarga tegishli, rus matnshunosligiga suyanib ish
ko‘rish bilan boshlandi. Soha ruscha-insional atamalar bilan boyitilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик. – Т.:
Тошкент Давлат Шарқшунослик институти, 2000. – 172б.
1
Hakimov M. Sharq qo‘lyozmalariga doir terminlarning qisqacha izohli lug‘ati.
Adabiy meros. 1985, № 2
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
7
2.
Ҳамидова М. Қўлёзма манбалар – адабий манба. – Т.: Фан, 1981. –123 б.
3.
Тарихий манбашунослик. Ўқув қўлланма. Тузувчилар А. А. Мадраимов,
Г. С. Фузаилова. – Т. : Фан, 2006. – 304 б.
4.
Эркинов. А. Матншуносликка кириш. –Т.: Нашриётсиз, 1997. – 50 б.
5.
Мадраимов А., Фузаилова Г. Манбашунослик. – Т. : Фан, 2007. – 295 б.
