Авторы

  • Marksova Nafosat

Биография автора

  • Marksova Nafosat

    Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99852

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: folklorahumoslik maqol xakq o‘yinlari matal iboralar. Ключевые слова: фольклор пословицы игры в правду язык выражения. Key words: folklore proverbs games of truth language expressions.

Аннотация

Annatatsiya. Ushbu maqollarning shakllanish tarixi, mohiyat va  xususiyatlari haqida so‘z borgan.  Shuningdek maqollarning xalqimiz madaniyatida tutgan o‘rni ayrim maqollar misolida tahlil qilingan

Аннотация. Рассмотрена история формирования, сущность и особенности этих пословиц.  Также на примере некоторых пословиц анализируется роль пословиц в культуре нашего народа.

Annotation. The history of formation, essence and features of these proverbs were discussed.  Also, the role of proverbs in the culture of our people is analyzed on the example of some proverbs


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

28

XALQ MAQOLLARINING MOHIYATI VA O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Marksova Nafosat

Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi

Annatatsiya. Ushbu maqollarning shakllanish tarixi, mohiyat va

xususiyatlari haqida so‘z borgan. Shuningdek maqollarning xalqimiz

madaniyatida tutgan o‘rni ayrim maqollar misolida tahlil qilingan

Kalit so‘zlar: folklorahumoslik, maqol, xakq o‘yinlari,matal , iboralar.

Аннотация. Рассмотрена история формирования, сущность и

особенности этих пословиц. Также на примере некоторых пословиц

анализируется роль пословиц в культуре нашего народа.

Ключевые слова: фольклор, пословицы, игры в правду, язык, выражения.

Annotation. The history of formation, essence and features of these proverbs

were discussed. Also, the role of proverbs in the culture of our people is analyzed

on the example of some proverbs

Key words: folklore, proverbs, games of truth, language, expressions.

Maqollar bizning nutqimizga juda qadim zamonlarda kirib kelgan. Lekin

o‘sha zamonlarda maqollarning kelib chiqishi haqida kam odom o‘ylagan. Bunga

sabab esa o‘sha davrlarda barqaror frazeologik birliklarning mavjud

bo‘lmaganligidir.Xalq o‘zining hayotiy tajibasidan olgan , xulosalarini, falsafiy

mulohazalarini maqollar orqali ifodalagan. Qadimiy dostonlarimizda keltirilgan

xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan maqol, matal, rivoyatlar haligacha o‘z


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

29

ahamiyatini yo‘qotmagan. Maqollar xalqimiz so‘zlashuvida, adabiyotida, bir so‘z

bilan aytganda fikrni qisqa, lo‘nda ifodalash uchun ishlatilib kelyapti.

"Maqol" atamasi arabcha "qavlun" - gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.

Xalqimiz maqolni "otalar so‘zi" ham deydilar. Bundan ming yillar avval

ajdodlarimizz maqollarni "sav" deb ataganlar. Alisher Navoiy bobomiz ijodida esa

maqol atamasi "masal" tarzida berilgani ma'lum. 20-asrning boshlarigacha "masal"

atamasi qo‘llanilib kelinganligini va o‘tgan asrning ikkinchi choragidan boshlab

maqol so‘zi tez-tez uchray boshlaydi. Natijada esa 20-asrnimg yarmidan boshlab

asosan "maqol" nomi ostida muntazam qo‘llanilib kelinmoqda.

Xaql maqollari asrlar davomida o‘zining shakl va mazmun jihatdan

benazirligi bilan buyuk va taniqli adiblar e'tiborini jalb qilib keldi. Hikmatli so‘zlar

nafaqat nutqning go‘zalligini balki ifodaliligini ham yaqqol ko‘rsatadi. Asarlar

tarkibida maqollarlarning qo‘llanilishi esa adibning mahorati v hamda iste'dodini

to‘liq ochishcha ko‘maklashgan holda badiiy asarning tasirchanligini ham oshiradi.

Yusuf Xos Hojibdan tortib Muqumiygacha, Alisher Navoiydan tortib Abdulla

Qahhorgacha xalq maqollaridan samarali foydalanganlar. Serqirra ajdodlarimiz

xaql o‘zi yaratgan maqollaridan doston , ertak, rivoyat va naqllarda umumli

foydalanganlar

Maqollar asrlar mobaynida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga

kelgan , obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan ma'noli va chuqur

mazmunli qisqa gap hisoblanadi. Shu o‘rinda aytish joizki biz yuqorida maqol

atamasining dastlab , matal tarzida yuritilganligi haqida ma'lumot berdik. Lekin

bugungi kunga bu ikki atama haqida alohida alohida mulohazalar mavjud.

Maqol- to‘liq fikr mavjud bo‘lgan, xalqning hikmatlarini o‘zida

mujassamlashtirgan tilsim , deyilsa,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

30

Matal- muayyan hayotiy hodisani aniq va to‘g‘ri belgilab beradigan obrazli

ifoda hisoblanadi. Maqol va matallarninf umumiy xususiyatlariga qisqalik,

barqarorlik, keng foydalanish kiradi. Bu ikki atama turli xil badiiy va grafik

vositalar hamda uslublarda qo‘llaniladi.

O. Madayev : "Maqol va matallar bir-biriga shakl.va mazmun jihatdan yaqin,

ammo, maqollar mustaqil janr bo‘lib, matalda bu mustaqillik ko‘zga tashlanmaydi"

degan g‘oyani ham ilgari surgan.

Xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr

yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama atroflicha yoritiladi. Bularning

hammasi o‘zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono va aqlli ijodkor

farzandlariga ega ekanini dalillaydi. Maqollarni tasnif qilishning bor turida

mazmun yetakchilik qiladi. Unga ko‘ra, Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik,

mehmon, tadbirkorlik, yalqovlik, muhabbat, vafo kalbi jami 30ga yaqin mavzular

qayd etilgan.

Xalqimiz yaratgan maqollar mazmun jihatdan chuqur bo‘lishi bilan birga

nadiiy jihatdan ham mukammaldir. Ularda go‘zal o‘xshatishlar, tovushdoshlik,

mibolag‘alar, majoziy obrazlar yetakchi o‘rinni egallaydi. "Ona bilan bola gul bilan

lola" maqolida o‘xshatish badiiy san'ati qo‘llangan. Maqolning mazmunida pna

bilan bolaning gul bilan lolaga o‘xshatilishi nazarda tutiladi.Endi "Boy boyga

boqar, soy soyga oqar" maqoliga diqqat qilaylik. Bu maqolda "boyga" va "soyga"

so‘zlari ichki qofiyani, "boqar" va "oqar" so‘zlari tashqi qofiyani tashkil etadi. "b",

"o", "e", "r", "s" kabi tovushlar maqolning badiiy jihatdan mukammalligini

ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ma'lum bo‘ladiki, xalqimiz

yaratgan maqollar faqat mazmun jihatdan emas, badiiy jihatdan gam ajoyib so‘z

san'ati namunalari sifatida baholanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlardan

quyidagi xulasalarga kelishimiz mumkin:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

31

Xalq maqollari asrlar davomida o‘zbek xalqining hayot tajribasini badiiy

jihatdan ifodalovchi so‘z san'ati namunasi sifatida yashab keldi. Xalq maqollari

ming yillar davomida shoirbva yozuvchilar tomonidan badiiy asarlarga kiritildi va

folklorizm namunasi sifatida so‘z san'atidan o‘rin oldi. Folklorshunoslik ilmida

shoir va yozuvchilar tomonidan xalq maqollarining asar matnida keltirilishi

folklorizm deb ataladi. Natijada bu holat ijodkorning xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan

munosabati ijobiy ekanini tasdiqlaydi. Bunga misol tariqasida esa Mahmud

Koshg‘ariyning turkiy so‘zlarga izoh berish maqsadida keltirga maqollarini

keltirishimiz mumkin.Jumladan, Alisher Navoiy lirikasida "Chiqmag‘on jong‘a

umid", "It uyib qoldiyu, ko‘chdi karvon", Bobir ijodida: ""Bo‘lib turur ikki ko‘zin

yo‘lida to‘rt", Abdulla Qahhor ijodida "Otning o‘limi itning bayrami" bulardan

tashqari yana "Alpomish" dostonida "Sulton suyagini xo‘rlamas" , "Elakka borgan

xotinning ellik og‘iz gapi bor" kabi maqollar ko‘plab uchraydi.

Maqol va iboralarolami olami ,soha mutaxasislari hisoblangan olimlar:

tilshunoslar, adabiyotshunoslar, paremiologlar, folklorshunoslar, etnograflarning

taqqiqotlar olib borishlari uchun "hosildor maydon" hisoblanada. Bu tabiiy hol,

chunki shaklan ixcham, sodda bo‘lishiga qaramay, turli tadqiqot nuqtai

nazarlaridan ko‘rib chiqilishi mumkin. Ularni O. Madatev "shaxsi umumlashgan

gaplar" deb ataydi.[O. Madayev, 2016:65] . Shu bois maqolning sintaktik birlik

sifatida shakliy tuzilishi grammatikada o‘rganilishi lozim.

Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash mumkinki, har bir xalqning o‘ziga xos

madaniyat asosida maqollari ham shakllanadi va shu mamlakatning madaniy

merosiga aylanadi.

Maqollarda, asosan, o‘sha xalqning urf odatlari, an'analari, quvonchi va

qayg‘usi o‘z aksini topadi. Boshqa xalqlarning maqollari tarjima qilinganda ,

milliylikka alohida e'tibor berilishi katta ahamiyatga egadir. Maqollar shu bilan

birga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

32

Foydalangan adabiyotlar

1.Mominjon Sulaymonov "O‘zbek xalq ertaklari ijodi"- "Namangan"

nashriyoti 2012-yil

2. Omonulla Madayev "O‘zbek xakq og‘zaki ijodi"- Toshkent "Mumtoz so‘z"

2010

3. Internet.Maqollarning o‘z va ko‘chma ma'nolari, maqollar tahlili. Maqol va

matallar. Dars CNT

4. Zarina Alqorova "Maqol va matallarning o‘zaro farqli jihatlari"

5. Surayyo Bozor qizi Hamrayeva "Maqollar mohiyati va xususiyatlari"