Авторы

  • Marksova Nafosat

Биография автора

  • Marksova Nafosat

       Urganch Ranch texnologiya  universiteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99853

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: modernizm ramziylik sirli shahar tugun obraz jamiyat Ключевые слова: модернизм символика загадочный город узел образ общество Key words: modernism symbolism mysterious city node image society

Аннотация

Annatatsiya. Ushbu maqolada Nazar Eshonqulning "Tobut" hikoyasi keng tahlili hamda asardagi "sirli o‘lim" fojiasi voqealari ham bayon etildi

Аннотация. В данной статье также описан широкий анализ повести Назара Эшангула «Гроб» и событий трагедии «Таинственная смерть» в произведении.

Annotation. In this article, a broad analysis of the story "Coffin" by Nazar Eshanqul and the events of the "mysterious death" tragedy in the work were also described.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

24

NAZAR ESHONQULNING "TOBUT" HIKOYASIDA FOJIA

TALQINI

Marksova Nafosat

Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi

Annatatsiya. Ushbu maqolada Nazar Eshonqulning "Tobut" hikoyasi keng

tahlili hamda asardagi "sirli o‘lim" fojiasi voqealari ham bayon etildi

Kalit so‘zlar: modernizm, ramziylik, sirli shahar, tugun, obraz, jamiyat,

Аннотация. В данной статье также описан широкий анализ повести

Назара Эшангула «Гроб» и событий трагедии «Таинственная смерть» в

произведении.

Ключевые слова: модернизм, символика, загадочный город, узел, образ,

общество,

Annotation. In this article, a broad analysis of the story "Coffin" by Nazar

Eshanqul and the events of the "mysterious death" tragedy in the work were also

described.

Key words: modernism, symbolism, mysterious city, node, image, society

XXI asrning o‘ziga xos yozuvchilaridan biri bo‘lgan modernist Nazar

Eshonqul o‘z asarlariga har tomonlama mukammal va universal obrazni olib

kirgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universitieti professori Bahodir Xoliqov shunday fikrlarni bildirgan: "Nazar

Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining

asarlarini ham to‘g‘ri tushunish, ularning asarlarini anglash his etish imkoniyatiga

ham ega bo‘lamiz". Haqiqatan ham yozuvchi asarlarini o‘qish orqali kitobxon,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

25

jahon adabiyoti durdonalarini anglashga, his etishga muvaffaq bo‘ladi. Adibning

ijodidagi barcha qahramonlar o‘ziga xos harakterga ega. Yozuvchining boshqalar

tushunib bo‘lmaydigan olami mavjud. Asar qahramonlari tashqi tomondan qaralsa,

shunchaki telbadek ko‘rishini mumkin, ammo ijodkorning idealidagi insonlar

millat va din masalasidan yuqori ko‘tarila olgan umumbashariy g‘oyalar

tashuvchisi hisoblanadi. Shunday hikoyalaridan biri "Tobut" hikoyasidir. Bu

hikoyaning nomlanishi ham o‘ziga xos. Hikoya sarlavhasini o‘qigan kitobxonda

qiziqish uyg‘otadi. Ijodkor o‘quvchilarga bu nom ostidagi hikoya orqali nima

demoqchi? Nega aynan "Tobut"? Bu timsol orqali yashiringan qanday ma'no bor?

Hikoyaning bugungi kunga aloqasi bormi? Bu kabi savollarga javobni asarni to‘liq

o‘qib olgandagina bilib olish mumkin.

Tobut bu mayit solinadigan, usti ochiq, 4 oyoqchasi, bosh tomoni kengroq,

oyoq tomoni torroq, uzunligi esa 2-2,5 metrga teng , mahrumni qabrga eltish uchun

ishlatiladigan moslama. Jasad yerga qo‘yilgach, tobut keyingi jasadni "kutib" bir

chekkada turadi. Ba'zi xalqlarda esa mayit tobut bilan birga ko‘miladi. Xullas,

tobut yer yuzidagi barcha xalqlarga g‘oyat tanishbo‘lgan, eshigi, tuynugi yo‘q

hamda aslo qochib qutilib bo‘lmaydigan go‘shadur. Hozir esa "Tobut" hikoyasi

bilan yaqindan tanishib, undagi ramziylik, falsafiylik va undagi asosiy g‘oyalar

bilan tanishishga harakat qilamiz. Hikoya konsentrik sujet asosida yaratilganligi

bilan kitobxonlar diqqatini o‘ziga jalb qiladi.

Agar o’yin –kulgu , bayram-u tomoshalar allaqachon unut bo’lgan , hamma

o’limga tik boqadigan,indamay yuradigan kichik bir jamiyatning tasvirlanishi

orqali hikoyani ng mazmuni yoritiladi. Shahardagi dim havo, odamni behuzur

qiladigan sassiq hidlarning tasvirlanishi va bu yerga navbatdagi taftish guruhining

hikoyasining tugunini toppish maqsadida yuborilganligi bilan boshlanadi. Guruhda

ximik me’moorchilikka shunchaki havaskor bu sohada birorta loyihasi qabul

qilinmagan bosh qahramon muhandis yigit ham bore di. Asar voqealari shu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

26

muhandis tomonidan yoritiladi. Allaqanday sirli o’lim sabablarini aniqlasg uchun

kelgan guruh a’zolari ichida muhandisning ham borligi birozgina bo’lsa ham bizni

o’yga tortadi. Shahardagi keng tarqalgan g’ayritabiiy o’li, sabablarining

no’malumligi va qurib bitkazilganidan 5 oy o’tib bu o’latning jadallashib

borayotganligiga allaqachon ko’nikishga ulgurgan shahar aholisi kitobxon

tasavvurida o’ziga mos tarzda gavdalanadi. Hikoyada devonaga aylangan obrazga

duch kelamiz. Aslida esa bu devona ‘‘ tobut shahar’’ ning me’mori bo’ladi. Bu

shahardagi hamma g’amga botgan, o’yin – kulgu allaqachon unut bo’lgan jamiyat

taqdiri ta’sirchan tarzda aks ettirilgan. Shaharda hamma narsa mavjud: uylar,

do’konlar , maktablar, bolalar maydonchalari. Lekin bu yerda ‘‘toza havo’’yo’q.

Yozuvchi taftish guruhini kutib olishga chiqqan shahar hokimi “G’oyat po’rin

kiyingan, tepakal, qisqa soqoli did bilan taralgan odam” deya ta’riflaydi. Lekin bu

odamda salobat yo’q. Bir so’z bilan aytganda hayot yo’q.

“Tobut” hikoyasida bizni o’ziga jalb qiluvchi personaj bu Maoz qabristoni

atrofida telbalarcha aylanib yuradigan me’mor. Yuqorida me’mor haqida qisqacha

aytib o’tgan edik. U odamlarga kelajak fojealaridan gapirib yuradi. Biroq uning

so’zlariga hech kim e’tibor bermaydi. Uni jinniga chiqarishadi. Yozuvchi uni “

Kiyimlari uvada, qaddi bukik, hashamdor va viqorli, shaharni ataylab mashara

qilayotganday dog’dug’ga bulangan uzun hirqa kiygan” odam sifatida tasvirlaydi.

Me’morning “ Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki. U

menga aytib turibdi, men qurib berdim” kabi alamli, dardga to’la so’zlarida

o’tmishidan va bugunidan norozi qaddi egik odamlar akaslanadi. Nega me’mor

o’zini junnun bo’lishiga, butun aholini tuzalmas dardga chalinishiga sababchi

bo’lgan ushbu shaharni aynan tobut shaklida qurgan? Unga bu narsani kim

buyurgan? Me’morga vazifa qilib bergan insonning oldidagi maqsadi nima ? –

deyilgan ochiq savollar o’quvchini fikrlashga undaydi. Bu esa yozuvchining o’ziga

xos uslublaridan biri hisoblanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

27

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, asar qahramonidagi ruhiy holat

yetakchilik qiladigan bu hikoya jamiyatdagi ikkiyuzlamachi odamlar qiyofasini

ochishiga qaratilgan deyish o’rinli . Asar orqali to’g’ri so’zlik, halollik, har qanday

vaqt o’tishi bilan tobutga aylanib qolishi mumkinligi haqida xulosa yuzaga keladi.

Nazar Eshonqul ushbu asarida jamiyatimizni e’tiborli bo’lishga, ogohlikka

chorlayotgan bo’lsa ajab emas.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. U. Hamdam Jahon adabiyoti:modernizm va postmodernizm.T.2020

2. N. Eshonqil. Ijod falsafasi. Mendan mengacha. T.2018

3. N. Eshonqul "Tobut" T:2018

4. Shoxruxbek Maxmidjanov. Saidaxon Kamolova. "Tobut"hikoyasi tahlili

5. Nurafshon Oripova "Nazar Eshonqulning modern asarlari tahlili" tadqiqot