Авторы

  • Hamdullayeva Mahliyo
  • Kurbanov Elbek Elmurodovich.

Биографии авторов

  • Hamdullayeva Mahliyo

    Andijon davlat chet tillari instituti  
    Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 
    Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi 

  • Kurbanov Elbek Elmurodovich.

    Ilmiy rahbar: O’quv ishlari bo’yicha prorektor  

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99907

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: fonetika talaffuz imlo unli va undosh tovushlar bo‘g‘in urg‘u mashq topshiriq. Ключевые слова: фонетика произношение орфография гласные и согласные звуки слог ударение упражнение задание. Keywords: phonetics pronunciation spelling vowels and consonants syllable stress exercise task.

Аннотация

Anniotatsiya: maqolada ona tili mashg‘ulotlarida unli va undosh tovushlarni 
o‘qitish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari, 
mashq turlari, tarkibi va mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, metodika sohasida 
mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib borgan ayrim metodist olimlar fikriga 
qisman munosabat bildirilgan. 
Аннотация: в статье проанализированы методы, виды упражнений, 
состав и содержание развития навыков литературного произношения у 
учащихся посредством обучения гласным и согласным звукам на занятиях по 
родному языку. Также частично выражено отношение к мнению некоторых 
ученых-методистов, проводивших научные исследования в этом 
направлении в области методики.
Abstract: The article analyzes methods, types of exercises, structure, and 
content for developing students' literary pronunciation skills through teaching 
vowels and consonants in native language lessons. Additionally, it partially 
addresses the views of some methodologist scholars who have conducted scientific 
research in this area of methodology.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

219

NUTQ TOVUSHLARINING UMUMIY TAVSIFI. UNLI VA UNDOSH

TOVUSHLAR

Andijon davlat chet tillari instituti

Xorijiy til va adabiyoti fakulteti

Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

Hamdullayeva Mahliyo.

Ilmiy rahbar: O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Kurbanov Elbek Elmurodovich.

Anniotatsiya: maqolada ona tili mashg‘ulotlarida unli va undosh tovushlarni

o‘qitish orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari,

mashq turlari, tarkibi va mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, metodika sohasida

mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib borgan ayrim metodist olimlar fikriga

qisman munosabat bildirilgan.

Kalit so‘zlar: fonetika, talaffuz, imlo, unli va undosh tovushlar, bo‘g‘in, urg‘u,

mashq, topshiriq.

ОБЩАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЗВУКОВ РЕЧИ. ГЛАСНЫЕ И

СОГЛАСНЫЕ ЗВУКИ

Андижанский государственный институт иностранных языков

Факультет иностранного языка и литературы

Студентка направления "Английский язык и литература"

Хамдуллаева Махлиё

Научный руководитель: Проректор по учебной работе

Курбанов Элбек Элмуродович


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

220

Аннотация: в статье проанализированы методы, виды упражнений,

состав и содержание развития навыков литературного произношения у

учащихся посредством обучения гласным и согласным звукам на занятиях по

родному языку. Также частично выражено отношение к мнению некоторых

ученых-методистов, проводивших научные исследования в этом

направлении в области методики.

Ключевые слова: фонетика, произношение, орфография, гласные и

согласные звуки, слог, ударение, упражнение, задание.

GENERAL DESCRIPTION OF SPEECH SOUNDS. VOWELS AND

CONSONANTS

Andijan State Institute of Foreign Languages

Faculty of Foreign Language and Literature

Student of English Language and Literature

Hamdullaeva Mahliyo

Scientific supervisor: Vice-Rector for Academic Affairs

Kurbanov Elbek Elmurodovich

Abstract: The article analyzes methods, types of exercises, structure, and

content for developing students' literary pronunciation skills through teaching

vowels and consonants in native language lessons. Additionally, it partially

addresses the views of some methodologist scholars who have conducted scientific

research in this area of methodology.

Keywords: phonetics, pronunciation, spelling, vowels and consonants,

syllable, stress, exercise, task.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

221

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilar “Talaffuz” va “Imlo” bo‘limlarini

o‘rganish orqali talaffuz va imlo, nutq tovushlari va harflar, ayrim unli va undoshlar

imlosi hamda talaffuzi bilan tanishib oladilar. Bugungi ona tili ta’limida katta

muammolardan biri ham – talaffuz, adabiy talaffuzga o‘rgatishdir. Bunga

erishishning birdan bir yo‘li unli tovushlari talaffuzi va imlosini o‘quvchilarga

zamonaviy usulda qunt bilan o‘rgatish hisoblanadi. Har bir unli va undosh

tovushning talaffuzi, imlo xususiyatlari o‘rganilgach, tovushdosh (bir-biridan atigi

bitta tovush bilan farqlanuvchi,turli xil ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlar

tushuniladi)so‘zlar hosil qilishga oid o‘quv topshiriqlaridan unumli foydalansa

bo‘ladi.Chunonchi ,unli tovushlar talaffuzi o‘rganilgach, o‘quvchilardan faqat bir

unli bilan farqlanuvchi (mas, ber-bor-bur-bo‘r-bir-bar) so‘zlar hosil qilish, undosh

tovushlar talaffuzi o‘rganilgandan keyin esa bir undosh bilan farqlanuvchi so‘zlarni

ro‘yxat qilish, ularning ma’nosini sharhlashni talab etadigan o‘quv topshiriqlaridan

unumli foydalanish mumkin. “Fonetika” bo‘limini o‘rganishda o‘quv

topshiriqlarining kattagina qismi o‘quvchilarda adabiy talaffuz me’yorlarini

shakllantirish va imlo savodxonligini oshirishga qaratiladi.Og‘zaki nutq ham,

yozma nutq ham o‘z to‘g‘rilik me’yorlariga ega.Og‘zaki nutqning me’yorlari

talaffuz (lotincha orfoepiya) bilan belgilansa, yozma nutq me’yorlari imlo (lotincha

orfografiya) bilan belgilanadi. To‘g‘ri talaffuz va imlo kishining madaniyati va

savodxonligining birinchi belgisidir. Talaffuz me’yorlarimizda bosh asos

talaffuzning yozuvga mumkin qadar yaqinligidir. Masalan: biz boryapmiz deb

yozsak, bu so‘zni shunga yaqin talaffuz etishimiz ham kerak. Bu so‘zni borotti,

borvotti deb aytish xato,noto‘g‘ri talaffuz sanaladi. Ona tili darsliklarida to‘g’ri

talaffuz va imlo me’yorlarini ko‘nikma sifatida shakllantirish borasida ko‘plab

mashqlar ,turli tushuntirishlar beriladi.Ammo nutqiy faoliyat davomida ayrim nutq

tovushlarining adabiy talaffuzi va imlosini o‘quvchiga o‘rgatish qator

qiyinchiliklarni keltirib chiqaraveradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

222

Nutq a’zolari tomonidan hosil qilingan nutq tovushlari dastlab ikki katta

guruhga boʻlinadi:

1. Unli tovushlar

2. Undosh tovushlar

Unli tovushlar artikulyatsiyasiga koʻra undosh tovushlardan farq qiladi. Unlilar

talaffuzida oʻpkadan chiqadigan havo ogʻiz boʻshligʻida hech qanday toʻsiqqa

uchramaydi, nutq a’zolarining holati bir xil boʻladi. Musiqiy ohanglarga ega

boʻladi. Bunday xususiyatlarni undoshlar talaffuzida kuzatib boʻlmaydi. Undosh

tovushlar ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻladi, oʻpkadan keladigan havo turli toʻsiqlarga

uchraydi, musiqaviy ohangga ega emas. Undoshlarda, asosan, shovqin ustun turadi,

unlilarda esa ovoz. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi

vokalizm (lotincha unli, ovozli degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Tilda unlilar oʻzi

alohida bir tizimni, paradigmani tashkil qiladi va fonetik paradigmaning bir

mikrosistemasini tashkil etadi. Tilning koʻtarilish darajasi (yuqori, oʻrta, quyi) va

lablanish-lablanmaslik belgilari unli fonemalarning asosiy belgilari boʻlib, bu

belgilar ularning sistema hosil qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning tilning

gorizontal holatiga koʻra (old qator, oʻrta qator, orqa qator) belgilari asosiy

hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularda nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida

oʻzgarib turadi.

Masalan, [q] undoshi bilan qoʻshnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik

xossasiga ega boʻlsa, [k] undoshi qurshovida oʻz holatini saqlaydi: qargʻa, qurbaqa,

kamalak, katta, kassa, katastrof kabi.

Demak, chizmadan koʻrinib turganidek, unli fonemalar tilning koʻtarilish

darajasiga koʻra uch pogʻonali, lablanish belgisiga koʻra ikki pogʻonali sistemani

hosil qiladi. Jadvalda berilganidek, unli fonemalar oʻzaro oʻxshash va farqli

belgilari bilan ziddiyatni hosil qiladi. Masalan, [a] va [e] fonemalarining

birlashtiruvchi (farqlanmaydigan) tomoni ularning lablanmaganligi boʻlsa, tilning

koʻtarilish darajasiga koʻra [a] quyi keng, [e] oʻrta keng fonema ekanligi bilan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

223

ziddiyatni hosil qiladi. Demak, oʻzbek tilidagi unli fonemalarning oppozitsiyalari

tilning koʻtarilish darajasi va lablarning ishtiroki bilan belgilanadi. Qator belgisi

(til oldi, til orqa) oʻzbek tili unlilari uchun fonologik farqlanish belgisi emas,

chunki u yondosh undoshlarning ta’sirida oʻzgarishi mumkin.

Ushbu jadvalda koʻrsatilganidek, unli fonemalar tilning oldinga, orqaga

harakati koʻrsatkichi belgisi bilan ham ziddiyat hosil qilgan. Ushbu holatda “oraliq

uchinchi” tabiatiga ega boʻlgan til oʻrta yoki aralash qator unlilari mavjudki,

ularning talaffuzida tilning “bel”i va uchi bir oz yuqori koʻtariladi va tilning oʻzi

yassi holatda boʻladi.

Bunday aralash qator unlilar ingliz tiliga xos:

[ə] [з:]. Rus tilidagi [ы] va [a]

unlilarining artikulyatsiyasi ham aralash qator unlilariga yaqindir. Oʻzbek tilidagi

[i], [e], [a] rus tilidagi [u], [э], ingliz tilidagi [i], [e], [ж] unlilari til oldi unlilari

sanalsa, oʻzbek tilidagi [o], [oʻ], [u], rus tilidagi [o], [y] va ingliz tilidagi [u], [^]

orqa qator unlilari hisoblanadi. Oʻzbek tilida boʻlgani kabi rus tilida ham lablarning

ishtirokiga koʻra, tilning koʻtarilish darajasiga koʻra unlilar ziddiyat hosil qiladi.

Chunonchi, [i], [e] unlilari “lablanmagan, til oldi” belgilari bilan “lablangan, til

orqa” [u], [o] unlilariga qarama-qarshi qoʻyiladi. Bu unlilarning yana oʻzi ichki

ziddiyatda turadi, ya’ni [i], [u] tilning koʻtarilish darajasiga koʻra yuqori (yopiq)

unli sanalsa, [e], [o] oʻrta (yarim yopiq yoki ochiq) unli sanaladi. Unli fonemalar

nutqda ayrim hollarda choʻziq, ayrim holda qisqa, qattiq va yumshoq talaffuz

qilinadi. Turkiy tillar oilasiga mansub boʻlgan turkman tilida choʻziq va qisqa

unlilar koʻp uchraydi. Turkman tilida choʻziq va qisqa unlilarning har qaysisi

mustaqil fonema boʻlib, ular soʻz ma’nolarini ajratib boradi: at (aat – nom, ism) –

at (at - ot), ot (oot - olov)- ot (ot – oʻt , giyoh. Oʻzbek tilida esa soʻzlarni ajratib

beruvchi maxsus choʻziq unli fonemalar mavjud emas. Ammo oʻzbek tili tarkibiga

kirgan da’vo, va’da, ra’no kabi soʻzlarda “ayn” tovushdan oldin kelgan unlilar

choʻziq talaffuz qilinadi yoki yopiq boʻgʻinli til, bir, qiziq kabi soʻzlarda [i]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

224

fonemasi nutqda qisqa talaffuz etiladi: til, bir qiliq kabi. Rus tilida urgʻu tushgan

unli choʻziq talaffuz qilinadi: parta, doska, direktor.

Undosh fonemalar tasnifi. Oʻzbek tilida 25 ta undosh boʻlib, ularni farqlovchi

asosiy belgilar quyidagilar sanaladi: a) hosil boʻlish oʻrniga koʻra; b) hosil boʻlish

usuliga koʻra; d) ovoz va shovqin ishtirokiga koʻra. Undosh tovushlarning hosil

boʻlishida boʻgʻiz boʻshligʻi, ogʻiz boʻshligʻi va til muhim ahamiyatga ega.

Oʻpkadan chiqadigan havo xuddi mana shu joylarda turli xil toʻsiqlarga duch

keladi. Undoshlar hosil boʻlish oʻrniga koʻra:

1. Lab undoshlari:

a) lab-lab undoshlari: b, p, m, v;

b) lab–Tish undoshi: f.

2. Til undoshlari:

a) til oldi: d, t, z, s, sh, j (dj), ch, n, l, r;

b) til oʻrta: y; d) sayoz til orqa: k, g, ng;

e) chuqur til orqa: q, x, gʻ.

3. Boʻgʻiz undoshi – h tovushlariga boʻlinadi. Hosil boʻlish usuliga koʻra esa

undoshlar quyidagi kichik guruhlarga boʻlinadi:

1. Portlovchilar: b, p, d, t, k , g, q;

2. Sirgʻaluvchilar: v, f, z, s, y, l, sh, gʻ, x, h, j;

3. Titroq: r;

4. Qorishiq(portlovchi)lar: dj, ch;

5. Yon: l

6. Burun (sonor-portlovchilar): n, m, ng.

Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra ikki guruhga ajraladi

:

1. Jaranglilar: b, v, g , d, z, j, dj, y, gʻ, m, n, ng, l, r;

2.Jarangsizlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

225

Undosh tovushlar akustik jihatdan shovqinli va sonor tovushlarga ham

boʻlinadi . Shovqinli undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin ovozga nisbatan

kuchli boʻladi : b , f , gʻ ,h , x , p kabi . Sonor tovushlarda esa ovoz kuchli boʻladi

: m , n , ng , l , r kabi. Undosh fonemalar ham boshqa sath birliklarida boʻlgani kabi

turli ziddiyatlarda turadi. Jumladan 8 ta undosh fonema “jarangli – jarangsizlik ”

belgisi bilan korrelyativ (ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo

ikkinchisida mavjud boʻlmagan belgi) munosabatga kirishadi. Ular quyidagilar:

[b]-[p], [d]-[t] , [k] –[g], [s] –[z], [j]-[ch], [dj]-[sh], [gʻ]-[q], [v]-[f]. Yuqorida

koʻrsatilgan tasnif asosida undosh fonemalar hosil boʻlish oʻrniga koʻra quyidagi

binar ziddiyatli munosabatlarga kirisha oladi: a) “lab-lab – til oldi”: [p]-[t]; [m]-

[n]; [v]-[z]; [v]-[r]…. b) “lab-lab – til oʻrta”: [b]-[y]; [v]-[y]; d) “lab-lab – til orqa”:

[p]-[k]; [b]- [k]; [m]-[x]; [v]-[g]; e) “lab-lab – boʻgʻiz”: [p]-[h]; [v]-[h]; f) “til oldi-

til orqa”: [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g]; [s]-[x]; [z]-[g]; [n]-[g]. Hosil boʻlish usuliga koʻra

undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda boʻladi:

a) “portlovchi – sirgʻaluvchi”: [p]-[f]; [b]- [v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh]; [k]- [x]…

b) “portlovchi – affrikat (qorishiq)”: [t]-[ch]; [d]- [dj]; d) “sirgʻaluvchi - affrikat”:

[sh]-[ch]; [j]- [dj]; Demak, oʻzbek tilida undosh fonemalarning soni koʻpligi tufayli

oppozitsiyalar ham anchadir. Unli fonemalar esa bir belgi asosida uch (tor unlilar,

oʻrta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan va lablanmagan

unlilar), ikki belgi (“tilning koʻtarilish darajasi va lablangan - lablanmaganlik ”)

asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi. Bunday xususiyatlar rus, ingliz, nemis,

fransuz kabi qator tillar uchun ham xos.

So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim

so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur. O‘qituvchi boshlang‘ich

sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so‘zni aniq va to‘g‘ri talaffuz

qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko‘pincha so‘zni tovush

tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich

sinf o‘quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-2_ Март-2025

226

harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q

jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, urg‘uli

bo‘g‘inni talaffuzga ko‘ra amaliy farqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bolalar

maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar,

ammo ular maxsus o‘qigunlariga qadar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishni, so‘zdagi

tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 5-sinf o‘quvchilarida so‘zni to‘g‘ri

talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish

ko‘nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o‘z navbatida,

analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga,

shuningdek, tovushlarning tabiati, so‘z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim

elementar bilimlarni o‘zlashtirishga imkon beradi. 5-sinfda fonetika va grafikani

o’rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini shu

sinfda

egallaydilar.

Bu

bilimlar

keyingi

sinflarda

mustahkamlanadi,

takomillashtiriladi.[2;56 ] Maktab ona tili darsliklarini tuzishda orfoepiyaga doir

o‘quv materiallarini berishda muallif aholi hududiy talaffuzining tilga ta’sirini

inobatga olishlari lozim. Darslik va dastur yaratishda orfoepik nuqtai nazaridan har

bir hududning talaffuzidagi muammolar e’tiborga olinishi lozim. Talaffuzning

imloga va aksincha yozuvning og’zaki nutqqa ta’siri bo‘lishi tabiiy. Talaffuzdagi

har xillikka sabab,sheva bo‘lsa adabiy talaffuzni shakllantirishning samarali yo‘li

– fonetik mashqlar ustida ishlashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi (Darslik) – T., “Nodirabegim”, 2020.

256 b.

2.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili (Oliy oʻquv yurtlari uchun

darslik. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – B. 127-128.

3.

Abuzalova M, Yoʻldosheva D. Tilshunoslikka kirish. – T., 2005.

4.

Azizov O. Tilshunoslikka kirish. – T., 1996.

5.

Axmanova O.S. Fonologiya. – M., 1954.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)