https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
326
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING UMUMIY
TAVSIFI VA TURLARI
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fani o’qituvchisi
Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqola ekologiya sohasidagi jinoyatlar,ushbu
jinoyatlarning oqibatlari,atrof muhitni asrash,Jinoyat kodeksida belgilangan jazo
choralariga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar:
Ekologiya, ijtimoiy xavflilik, qasd, ayb, ehtiyotsizlik, yer osti
boyliklari, jinoyat, jazo, javobgarlik.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi shu
bilan shartlanadiki, ularning sodir etilishi natijasida hayot va sog‘liq uchun
atmosferaning ozon qatlamiga, atmosfera havosiga, yer, yer ostiga, yer usti va osti
suvlariga,
o‘rmon
va
boshqa
o‘simliklarga,
hayvonot
dunyosiga,
mikroorganizmlarga, genetik fondga, tabiiy landshaftlarga zarar yetkazish xavfi
yuzaga keladi. Jinoyat qonunchiligi tarixida ilk bor ekologiya sohasidagi jinoyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga mustaqil bo‘lim sifatida kiritildi va u
o‘z ichiga atrofmuhitni muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanish sohasidagi
jinoyatlarni oldi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
–
bu Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan, insonning hayotiy faoliyatini tabiiy muhitda sifat jihatidan saqlab turishga,
uning resurslaridan oqilona foydalanishga, aholining ekologik xavfsizligini
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar
ga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli
qilmishlardir. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning turlari Nomi Bob raqami
Moddalar Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi
jinoyatlar XIV 193
–
204 Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish
sohasidagi jinoyatlarning tavsifi va turlari Atrof muhitni muhofaza qilish va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
327
tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
–
bu Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir. Atrof muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning turdosh obyekti
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat
predmeti qilmishga huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa o‘simliklar (JK 198
-m.) va boshq.
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning
obyektiv tomoni harakat (JK 196, 198, 202
–
204-m.) yoki 129 harakatsizlikda (JK
1971 -m.) ifodalanadi. Ayrim turdagi jinoyatlar ham harakat ham harakatsizlikda
(JK 193
–
195-m., 197, 199
–
201-
m.) sodir etilishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan
jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 1971
-m.) yoki moddiy (JK 193
–
197-m., 198
–
204-m.) tarkibli
jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan. Atrof muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning subyektiv
tomoni aybning qasd (JK 194, 1971 , 198-m. 2
–
3-q., 202
–
2021 -m.) va
ehtiyotsizlik (JK 198-m. 1-q.) shaklida ifodalanadi. Ayrim jinoyatlar aybning ham
qasd ham ehtiyotsizlik (JK 193,195
–
197, 199
–
201, 203
–
204-m.) shaklida sodir
etilishi mumkin. Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso
jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlar uchun (JK 193, 194, 195
-m.)
1
8 yoshdan javobgarlik belgilangan. Ba’zi jinoyatlarning subyektlari maxsus
belgilarga ega. Masalan, mansabdor shaxs (JK 195-m.), yer egasi, yerdan
foydalanuvchi yoki ijarachi (JK 1971 -m.). Atrof muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning turlari: Ekologiya xavfsizligiga oid
normalar va talablarni buzish (JK 193-m.) Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish (JK 194
-m.)
Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini
ko‘rmaslik (JK 195
-m.) Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (JK 196-m.) Yer, yer osti
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
328
boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish
(JK 197-
m.) Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik (1971
-
m.) Ekinzorlarni, o‘rmonlarni,
daraxtlarni yo
ki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish (JK 198
-
m.) O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish
(JK 199-m.) Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish
(JK 200- m.) Zararli ki
myoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini
buzish (JK 1929 -
m.) Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini
buzish (JK 202-
m.) Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish (JK 202
1 -m.) Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish (JK 203-m.)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish (JK 204-m.).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Jinoyat huquqi: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun
darslik.
–
T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022.T.R. Kuchkarov
O‘.M. Otaev XIII bob M.M. Qalandarov bilan hammualliflikda M.M. Qalandarov
–
yuridik fanlar nomzodi, dotse
nt O‘.M. Otaev bilan hammualliflikda M.M.
Xaydarov
–
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.M. Xaydarov
2.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1994.
3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023.
4.Advance.uz
5.Lex.uz.