https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
313
JINOIY JAVOBGARLIK TUSHUNCHASI VA UNING ASOSLARI
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fani o’qituvchisi
Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqola Jinoyat qonunchiligida jinoyat tushunchasi
,jinoiy javobgarlik va uning asoslariga bag’ishlanadi
.
Kalit so’zlar:
Jinoyat, javobgarlik, jazo, ayb, huquqbuzarlik, yuridik
javobgarlik.
Jinoyat uchun javobgarlik tushunchasi Jinoiy javobgarlik huquqiy (yuridik)
javobgarlikning bir turi bo‘lib, jinoyat huquqining asosiy tushunchalaridan biri
hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik jinoyat qonunida belgilab qo‘yilgan va sud
tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni
qo‘llashdan iboratdir. Shunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlikning
boshqa turlari (intizomiy, fuqarov
iy, ma’muriy va h.k.)dan eng og‘ir shakli
hisoblanadi, o‘zining mazmuni va huquqiy oqibatlariga ko‘ra ulardan farq qiladi.
Jinoyat kodeksidan 16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari (1-
qism) Jinoyat uchun javobgarlik
—
jinoyat sodir etishda a
ybdor bo‘lgan shaxsga
nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi
qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. Jinoiy
javobgarlik tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs
o‘rtasida kelib chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda
davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy huquqiy ta’sir chorasini
qo‘llash huquqi vujudga keladi. Jinoiy javobgarlik bir qator huquqiy belgilarga ega
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: birinchidan, o‘z yuridik mazmuniga ko‘ra jinoiy
javobgarlik huquqiy oqibat keltirib chiqaradi; ikkinchidan, jinoiy javobgarlikni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
314
shaxsning aybi bilan sodir etilgan, ijtimoiy xavfli qilmish vujudga keltiradi;
uchinchidan, sud qilmish, jazo yoki boshqa jinoyat-
huquqiy ta’sir choralarni
qo‘llashdek davlatning majburlov shakllarida ifodalanadi; to‘rtinchidan, u jinoiy
huquqiy munosabatl
ar doirasida paydo bo‘ladi, amalga oshadi va bekor bo‘ladi.
beshinchidan, faqat sud tomonidan qo‘llaniladi.
Yodda tuting! Javobgarlik va jazo
mohiyati jihatidan boshqa tushunchalar hisoblanadi. Ya’ni javobgarlik nisbatan
keng tushuncha bo‘lib, jazo javobgarlikning bitta ko‘rinishidir. Shunga ko‘ra
javobgarlikning muqarrarligi prinsipi jazoning muqarrarligini anglatmaydi. 31
Javobgarlikni jazodan farqlash uchun uning amalga oshirilish shakllarini tahlil
etish lozim. Xususan, jinoiy javobgarlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi
mumkin: 1. Aybdorni jazo qo‘llamasdan sud qilish; Masalan, JK 71
-moddasida
ko‘ra, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi
marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan,
jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan
bo‘lsa, sud tomonida
n jazodan ozod qilinishi mumkin. Bunday holatda shaxs
jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan bo‘lsa
-da, sud tomonidan unga jazo
tayinlanmaydi. 2. Aybdorga jazo belgilab, ammo uni real ijrosidan ozod qilib sud
qilish; JKning 72-
moddasiga ko‘ra, agar sud
ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy
qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini
tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi,
aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’ti
borga olib, aybdor tayinlangan
jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin,
degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud,
basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish
asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Bunday holatda shaxs jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan bo‘lib, unga jazo
tayinlangan bo‘lsa
-
da, tayinlangan jazo shartli bo‘lganligi sababli, u real
ijro
etilmaydi. 3. Aybdorga jazo belgilab, uni ijro etgan holda sud qilish; Ushbu holat
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
315
jinoiy javobgarlikning eng og‘ir shakli bo‘lib hisoblanadi va shaxsga tayinlangan
jazo ijro etilishi sharti bilan hukm chiqariladi. Masalan, shaxs besh yil muddatga
ozodlikdan mahrum qilindi. Bunday holatda shaxs jazoni real holatda jazoni ijro
etish muass
asalarida o‘tashi kerak. 4. Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov
choralarini qo‘llash. Ushbu qoidalar jazo hisoblanmagan majburlov chorasi bo‘lib,
ayrim tashqi belgilariga ko‘ra jazo turlariga o‘xshaydi. JKning 88
-moddasida
voyaga yetmaganlarga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uch turdagi majburlov
choralari nazarda tutilgan: a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr
so‘rash majburiyatini yuklash; b) yetkazilgan zararni to‘lash yoki bartaraf qilish
majburiyatini yuklash; v) voyaga yetmaganni maxsus o‘
quv-tarbiya muassasasiga
joylashtirish. 5. Aybdorga jazo va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash.
JKning 96-
moddasiga ko‘ra, alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka
yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati
buzilgan
shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa,
sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini tayinlashi mumkin. Ushbu qoidani aqli norasolarga nisbatan 32
qo‘llaniladigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralaridan farqlash lozim. Chunki,
aqli norasolik holatida sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaydi va
javobgarlikning shakli hisoblanmaydi. Jinoiy javobgarlik asoslari Shaxsni
javobgarlikka tortish uchun qonunda ayrim
talablar qo‘yiladi. Ya’ni ma’lum bir
faktning sodir etilganligi shaxsni javobgarlikka tortish uchun to‘liq asos bo‘la
olmaydi. Jinoyat kodeksidan 16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning
asoslari (2-qism) Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha
alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos
bo‘ladi. Mazkur tushuncha tahlil etilganida shaxsni javobgarlikka tortish uchun
ikkita asos bo‘lishi talab etiladi. Birinchisi, qilmishning jinoyat qonunchiligida
nazarda tutilganligi. Mazkur qoida mazmuni JKning qonuniylik prinsipi
mohiyatidan kelib chiqadi. Uning mohiyatiga ko‘ra, JKda nazarda tutilgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
316
qilmishgina jinoyat topilishi mumkinligini va JKda nazarda tutilmagan qilmishni
sodir etish jinoyat deb topilmasligi va javobgarlikka sabab bo‘lmasligini anglash
lozim. Shunga ko‘ra, mazkur holat javobgarlikning normativ asosini tashkil etadi.
Ikkinchidan, qilmish sodir etilishidir. Bunday holatda shaxsni javobgarlikka tortish
uchun yuridik faktning bo‘lganligi, ya’ni aniq bir qilmish sodir etilganligi nazarda
tutiladi. Mazkur holat esa javobgarlikning faktik asosini tashkil etadi. Demak,
shaxsni javobgarli
kni tortishning quyidagi asolari mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Normativ asos Faktik asos Yodda tuting! Jinoyat tarkibi jinoyat qonunchiligida
aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli
obyektiv va subyektiv belgilar yig
‘indisidir. Jinoyat tarkibining obyektiv va
subyektiv belgilari o‘rtasida o‘zaro aloqa va uzviy bog‘liqlik mavjud. Har bir belgi
boshqalari bilan birgalikda mavjud bo‘ladi va ajralmas bir butunlikning zaruriy
qismini tashkil qiladi. Qilmishda jinoyat tarki
bi belgilari yig‘indisining mavjudligi
bu jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos borligini anglatadi. Qilmishda qonunda
ko‘rsatilgan tarkibiy belgilardan birining yo‘qligi jinoyat tarkibining yo‘qligidan
dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Jinoyat huquqi: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun
darslik.
–
T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022.T.R. Kuchkarov
O‘.M. Otaev XIII bob M.M. Qalandarov bilan hammualliflikda M.M. Qalandarov
–
yuridik fanlar nomzodi, dotsent
O‘.M. Otaev bilan hammualliflikda M.M.
Xaydarov
–
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.M. Xaydarov
2.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1994.
3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023.