Авторы

  • Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109541

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Jazo huquqbuzarlik qonun oliy sud plenum shaxs ekspertiza jinoyat.

Аннотация

Annotatsiya:Ushbu maqola voyaga yetmaganlarning jinoyat qonunchiligida javobgarliga,Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazolar ,javobgarlikka tortilishi uchun qonunda belgilangan  ma’lum yoshga to’lgan,aqli raso bo’lishligi va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

317

VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING

XUSUSIYATLARI

IIV Surxondaryo akademik litseyi

Huquqshunoslik fani o’qituvchisi

Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqola voyaga yetmaganlarning jinoyat qonunchiligida

javobgarliga,Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazolar

,javobgarlikka tortilishi uchun qonunda belgilangan ma’lum yoshga to’lgan,aqli

raso bo’lishligi va boshqa xususiyatlari his

obga olinadi.

Kalit so’zlar:

Jazo, huquqbuzarlik, qonun, oliy sud, plenum, shaxs,

ekspertiza, jinoyat.

Voyaga yetmaganlar javobgarligi Qonunga ko‘ra voyaga yetmagan shaxs

deganda, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar nazarda tutiladi.

Jinoiy-huquqiy

nuqtai nazardan voyaga yetmagan shaxslar sifatida jinoyat sodir etgunga qadar o‘n

uch yoshga to‘lgan, ammo o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar hisobga olinadi.

Yodda tuting! JKda voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari

belgilanganda aksariyat holatlarda uning hozirgi vaqtdagi yoshi emas, balki jinoyat

sodir etilgan vaqtdagi yoshi hisobga olinadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir

etilan jinoyatlarni ba

holashda ularning ma’lum bir yoshga to‘lganligini to‘g‘ri

aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy sud plenumi qaroridan Shaxs tug‘ilgan

kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning

nol soatidan boshlab jinoyat uchun ja

vobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb

hisoblanadi. Sudlar ishda albatta voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi

yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda bunday

hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bu

nday kamchilikni bartaraf


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

318

qilishi zarur. Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan

aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi

kuni hisoblanadi.

Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud

ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining Qarori / Voyaga yetmaganlarning

jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida / 2000

-yil 15-sentabr,

21-

son. Voyaga yetmaganlar javobgarligining alohida mustaqil bo‘limga

ajratilishi, ularga nisbatan jinoiy javobgarlik haqidagi normalarni qo‘llashda

mazkur bo‘limda ko‘rsatilgan alohida qoidalarni inobatga olgan

holda tatbiq etishi

lozimligini anglatadi. Voyaga yetmaganlar javobgarligining asosiy xususiyatlari

quyidagilarda ifodalanadi: birinchidan, ularga nisbatan tayinlanadigan jazo

turlarining ro‘yxati qisqartilgan hamda ularning muddati va miqdorlari jiddiy

ravishda kamaytirilgan (JK 81-m.); ikkinchidan, ularga nisbatan jazo tayinlashda

hisobga olinishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha shartlar shakllantirilgan (JK 86

-m.); 96

uchinchidan, ularni javobgarlik va jazodan ozod qilishda (JK 87-

m.) qo‘shimcha

turlar nazarda

tutilgan; to‘rtinchidan, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan

qo‘llaniladigan alohida majburlov choralari ko‘rsatilgan (JK 88

-m.); beshinchidan,

bunday shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa jinoiyhuquqiy normalarining

muddatlari jiddiy ravishda qisqartirilgan (JK 89

90-m.). Voyaga yetmaganlarga

nisbatan qo‘llaniladigan jazolar tizimi JKning 81

-

moddasiga muvofiq, o‘n sakkiz

yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga tayinlanadigan jazolar tizimi

umumiy tizimga nisbatan (JK 43-m.) jazolarning cheklang

an ro‘yxatiga ega.

Voyaga yetmaganlar uchun jazolar tizimiga faqat asosiy jazolar, ya’ni mustaqil

ravishda tayinlanadigan, davlat tomonidan qabul qilinadigan majburlov asoslarini

tashkil qiladigan, faoliyatning va jinoyat sodir etgan shaxsning salbiy baholanish

darajasini ifodalaydigan hamda, axloq tuzatish-

tarbiya ta’sirining boshqa choralari

bilan bir qatorda, jazolash maqsadlariga ham erishish imkonini beradigan jazolarni

qamrab oladi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

319

nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy jazolar: 1) jarima; 4) ozodlikni

cheklash; 2) majburiy jamoat ishlari; 5) ozodlikdan mahrum qilish. 3) axloq

tuzatish ishlari; O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga

nisbatan qo‘shimcha jazo

lar tayinlanishi mumkin emas. Jarima (JK 82-m.). JKning

82-

moddasida nazarda tutilgan va voyaga yetmaganlarga qo‘llaniladigan jarima

jazo chorasi qonunda belgilangan miqdordagi pulni davlat hisobiga olib qo‘yishdan

iboratdir. Voyaga yetmaganlar uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki

baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi (JK 82-m., 1-q.). Yodda

tuting! Maxsus qism moddasining sanksiyasida jarima tayinlash mumkinligi

nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda unda belgilangan jarima miqdori qa

ncha

bo‘lishidan qat’i nazar, voyaga yetmaganlarga JK 82

-moddasining 1-qismida

belgilangan jarimalar tayinlanishi lozim. Mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat

mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash

miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki

soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo

bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi

jarimani axloq tuzatish ishlarining 97 bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq

tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Majburiy jamoat ishlari (JK 821

-

m.). Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat

ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan

yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda

o‘taladi. Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga

nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lga

n muddatga tayinlanadi.

Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan

rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozim. Yodda

tuting! O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan

majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida

belgilanmagan bo‘lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

320

bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan

muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. Majburiy jamoat ishlarini

o‘tashdan bo‘yin tovlagan voyaga yetmagan mahkumga nisbatan jazolarni ijro

etish inspeksiyasi JKning 821 -moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini

jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboradi.

Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat

ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini

ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga

tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt

jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. Axloq tuzatish ishlari (JK 83

-

m.). Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan

o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat

qiluvchi organlar belgilab

beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda

o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Yodda tuting! Axloq

tuzatish ishlari mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shu bois, qonunga ko‘ra, axloq tuzatish

ishlari 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga,

mehnatga qobiliyatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi guruh nogironligi

bo‘lgan deb topilgan) shaxslarga, homilador va uch yoshgacha bolasi bor voyaga

yetmagan ayollarga, shuningdek, uch yoshgacha bo‘lgan b

olani farzandlikka olgan

yoki unga nisbatan vasiy bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan

qo‘llanilmaydi. Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining

o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu

jazoning o

‘talmagan 98 qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni

cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda

hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan

almashtiradi. Ozodlikni cheklash (JK 841 -m.). JK 841 -moddasida nazarda tutilgan

ozodlikni cheklash jazosi voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

321

chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi. Yodda tuting!

Ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda mahkumga yuklatiladigan taqiqlar

va majburiyatlar, bu jazoni tayinlash mumkin bo‘lmagan shaxslar doirasi JKning

481 -

moddasiga ko‘ra

amalga oshiriladi. Ozodlikdan mahrum qilish (JK 85-m.).

Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan

voyaga yetmaganlarga nisbatan olti oydan o‘n yilgacha (JK 86

-moddasida nazarda

tutilgan hollarda o‘n besh yilgacha) bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan

mahrum qilish jazosining muddatlari 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga

nisbatan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan og‘ir jinoyat uchun

6 yilgacha og‘ir jinoyat uchun –

7 yilgacha o‘ta og‘ir jinoyat uchun –

10 yilgacha

o‘ta og‘ir jinoyat uchun –

10 yilgacha Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta

bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan

ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi. Hukm chiqarish

paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum

qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi (JK 85

- m., 5-q.). Jazo

tayinlash (JK 86-m.) Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida JK 54-

moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, har bir muayyan holda,

shuningdek, uning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sog‘lig‘i,

jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi

shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy

ta’siri haqidagi ma’lumotlar, shaxsiga

ta’sir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanishi va baholanishi lozim. Voyaga

yetamaganlarga uzil-

kesil jazo tayinlash qoidalari Jinoyatlar majmui bo‘yicha

(tayinlanadi) 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodi

r etgan

shaxslarga ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati 10 yilgacha agar sodir

etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, 12 yilgacha 16 yoshdan 18

ozodlikdan mahrum agar sodir etgan jinoyatlarining 99 yoshgacha bo‘lgan vaqtda

jinoya

t sodir etgan shaxslarga qilishning eng ko‘p muddati 12 yilgacha bittasi o‘ta

og‘ir jinoyat bo‘lsa, 15 yilgacha Bir necha hukm yuzasidan 14 yoshdan 18


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

322

yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish

jazosining muddati 15 yildan oshmasligi kerak Majburlov choralari qo‘llagan holda

javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish Voyaga yetmaganlarga javobgarlikdan

ozod etish to‘g‘r

isidagi umumiy qoidalar yoki JK 64

76-moddalarida nazarda

tutilgan jazolar va JK 87-moddasida nazarda tutilgan jazo va javobgarlikdan ozod

qilish tartibini belgilovchi qoidalar tarbiyaviy ta’sir choralarini qo‘llash orqali

tatbiq etilishi mumkin. Har bir a

lohida vaziyat uchun qo‘llashda mos holatlarni

tanlash vakolatli organlar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxsning uni

javobgarlikka tortgan vaqtdagi yoshi, aybdor shaxsi, yengillashtiruvchi,

og‘irlashtiruvchi va boshqa holatlarni hisobga olgan holda amalga

oshiriladi. JK

87-moddasi 1-

qismiga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi

marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining

xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini e’tiborga olib, uni

jazo q

o‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa,

javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo

komissiyada ko‘rishga topshirilishi mumkin. Yodda tuting! Ko‘rib chiqilayotgan

asos bo‘yicha, faqat bu shartlar h

ar birining birgalikda mavjudligi voyaga

yetmaganni jinoiy javobgarlikdan ozod etish imkoniyatini beradi. JK 87-moddasi

2-

qismiga muvofiq, “besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum

qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha og‘ir bo‘lmagan

jinoyatni birinchi

marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan

voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning 1-qismida nazarda tutilgan asoslar

mavjud bo‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralar

ini

qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shart”. Majburlov choralari JK 88

-

moddasi 1-

qismiga muvofiq, quyidagilar voyaga yetmaganlarga qo‘llaniladigan

majburlov choralari bo‘lib hisoblanadi: a) sud belgilaydigan shaklda

jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash; 100 b) o‘n olti yoshga to‘lgan

shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

323

to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan

zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan oshib ketmagan

bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy sud ishlarini

yuritish tartibid

a undiriladi; v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv

-tarbiya

muassasasiga joylashtirish. JK 88-moddasida nazarda tutilgan majburlov choralari

tarbiyaviy tavsifga ega. Boshqacha qilib aytganda, ular jinoiy jazo xususiyatiga ega

emas, o‘zida qilmishga nisbatan ja

zoni nazarda tutmaydi, balki voyaga

yetmaganning ongiga o‘z axloqiga nisbatan salbiy bahoni yetkazish uchun

qo‘llaniladi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish Jazoni

o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning mohiyati sh

undaki, sud

jazoning o‘talmagan muddati davomida voyaga yetamagan shaxs qasddan yangi

jinoyat sodir etmaslik sharti bilan, jazo o‘tayotgan shaxsni uning o‘talmagan

qismini o‘tashdan ozod qiladi. Shunday qilib, jazoning o‘talmagan qismi o‘ziga

xos sinov mud

dati hisoblanadi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod

qilish asoslari Quyidagi jazolarni o‘tayotganlarga qo‘llaniladi:

ozodlikdan

mahrum qilish

ozodlikni cheklash

axloq tuzatish ishlari

Sud tomonidan

tayinlangan jazoning qonunda nazarda tutilgan qismini amalda o‘taganligi Jazoni

o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish shartlari

Mahkumning o‘rnatilgan

tartib-qoida talablarini bajarganligi

Mehnat va o‘qishga halol munosabatda

bo‘lganligi Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shart

li ozod qilishni sud mahkum

jazo o‘tayotgan joyda o‘talayotgan jazoning ijro etilishiga mas’ul bo‘lgan

organlarning taqdimnomasi bo‘yicha qo‘llaydi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari

shartli ravishda ozod qilish mahkum quyidagi jazo muddatlarini haqiqatda

o‘tab

bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin: a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida 1/4

qismini; b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida 1/3 qismini;

v) o‘ta og‘ir

jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar

shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

324

qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida 1/2. Yodda tuting! 101

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilgan shaxs jazoning

o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan

ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo

tayinlaydi. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish Jazoni yengilrog‘i bilan

almashtirishning mohiyati shundaki, sud voyaga yetmagan mahkum o‘tayotgan

jazoni qonunda belgilangan shartlar mavjud bo‘

lsa yengilroq turdagi jazo turiga

almashtiradi. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish asoslari Quyidagi jazolarni

o‘tayotganlarga qo‘llaniladi:

ozodlikdan mahrum qilish

ozodlikni cheklash

axloq tuzatish ishlari

Sud tomonidan tayinlangan jazoning qonunda nazarda

tutilgan qismini amalda o‘taganligi Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish shartlari

Mahkumning o‘rnatilgan tartib

-qoida talablarini bajarganligi

Mehnat va

o‘qishga halol munosabatda bo‘lganligi Ushbu norma bo‘yicha shaxsning jazosi

og‘irroq turdagi jazoga almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jazoning yengilligi yoki

og‘irligi JKning 81

-moddasida belgilangan jazo tizimidan kelib chiqqan holda

aniqla

nadi. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum quyid

agi jazo

muddatlarini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin: a) ijtimoiy

xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo

muddatining kamida 1/5 qismini; b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo

muddatining ka

mida 1/4 qismini; v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan

sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining

kamida 1/3 qismini. Yodda tuting! Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni

cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan

almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni

cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlana

di.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

325

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Jinoyat huquqi: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun

darslik.

T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022.T.R. Kuchkarov

O‘.M. Otaev XIII bob M.M. Qalandarov bilan hammualliflikda M.M. Qalandarov

yuridik fanlar nomzodi, dotsent

O‘.M. Otaev bilan hammualliflikda M.M.

Xaydarov

yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.M. Xaydarov

2.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1994.

3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023.

4.Advance.uz

5.Lex.uz.