https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
61
TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI TUSHUNCHASI VA
MAQSADLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Annotatsiya
Kalit so’zlar
:
Jazodan farqli ravishda
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
jinoiy
javobgarlik elementi hisoblanmaydi. Ular shaxslarga nisbatan qo‘llanilganda
obyektiv ravishda, ularni jazoga, ularga aziyat keltirishga, ular huquqlaridan
ma’lum darajada mahrum qilish yoki cheklashni keltirib chiqarmaydi, ularga
tuzatuvchi ta’sir o‘tkazmaydi hamda umumiy va xususiy prevensiyani ta’minlaydi;
bu shaxslar tomonidan sodir etilgan qilmishlar davlat nomidan salbiy bahoda
ifodalanmaydi va sudlanganlik muddatini aniqlashda hisobga olinmaydi. Agar jazo
hamma vaqt sud tomonidan aniq miqdorda va konkret aniqlangan muddatga
tayinlansa, ko‘rsatilgan chorani qo‘llash muddati butun va to‘la holda majburiy
davolanishga jalb etilgan shaxs sog‘lig‘ining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Shu bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining jinoiy jazo bilan
ma’lum o‘xshash tomonlari bor. Jazolashga o‘xshab, ular davlat majburlov
choralari hisoblanadi, chunki davlat nomidan, sud ajrimi bilan tayinlanadi va
ularning qo‘llanishi qonunga
qarshi sodir etilgan qilmishning huquqiy
oqibatlaridan biri bo‘lib, ular tayinlangan shaxsning buyrug‘iga yoki xohishiga
bog‘liq emas.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik
kasalligiga yo‘liqqan shaxslarga qo‘llaniladigan majburlov choralari jinoyat
qonunchiligi vazifalarini hal qilish va jazo maqsadiga erishishga yordam beruvchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
62
sharoitlarni yaratadi. Ammo, umuman olganda tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralari jazo maqsadlarini ta’minlamaydi, balki asosan ruhiy kasallikka hamda
alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan shaxslarni davolash uchun,
salomatligini yaxshilash uchun va bu shaxslar tomonidan jamiyatga xavfli qilmish
sodir etilishining oldini olish uchun mo‘ljallangan.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
davlat nomidan sud ajrimi bilan,
ijtimoiy xavfli qilmish yoki jinoyat sodir etgan ruhiy kasallarga, shuningdek,
alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik kasalligiga yo‘
liqqan shaxslarga
qo‘llanib, bu
shaxslarga ruhiy va boshqa tibbiy yordamni majburlov tartibida
ko‘rsatilishidan iboratdir (butunlay tuzalib ketgunicha yoki turg‘un yaxshilanish
kelgunicha va kasal jamiyatga xavfliligini yo‘qotgunicha).
Tibbiy
yo‘sindagi
majburlov choralarini
qo‘llash
orqali
erishish
ko‘zlangan maqsadlar
(JK 91-moddasi)
jinoyat qonunida har tomonlama tartibga
solingan va kengaytirilgan tarzda sharhlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
JK 91-
moddasida
ko‘ra, «tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy kasallik holatida
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ularni davolash
va
ularning
yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir
etishining
oldini
olish
maqsadida qo‘llaniladi».
Shunday qilib, ruhiy kasallarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov
choralarining maqsadlari sifatida, qonun chiqaruvchi quyidagilarni belgilaydi:
–
ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan ruhiy kasallarni davolash;
–
ruhiy kasallar tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining oldini
olish.
Kimni ruhiy kasal deb topish lozimligini qonun tushuntirmaydi, bu
tushunchani aniqlashni, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning
umumiy asoslarini tartibga soluvchi
JK 92-moddasi
holatlarining tahlilidan kelib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
63
chiqib shakllantirish mumkin. Aqli noraso shaxslarni, ya’ni o‘z harakatlari
mazmunini anglash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan yoki bu holat paydo bo‘lish
vaqtidan qat’i nazar, o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan ruhiy kasallik bilan
og‘rigan shaxslarni ruhi
y kasal deb topish lozim. Quyidagilar bunday shaxslar
sifatida ko‘rib chiqiladi:
–
aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlar;
–
hukm chiqarilguncha ruhiy kasallik bilan og‘rigan, o‘z harakatlari mazmunini
anglash imkoniyatidan va ularni boshqarishdan mahrum bo‘lgan, ya’ni aqli
noraso bo‘lib qolgan;
jazo o‘tayotgan vaqtda ruhiy kasallik bilan og‘rigan, o‘z
harakatlari mazmunini anglash imkoniyatidan va ularni boshqarishdan mahrum
bo‘lgan, ya’ni aqli noraso bo‘lib qolgan shaxslar.
JK 91-moddasi 1-qismi mazmunida davolanish deb, kasalga uni ijtimoiy
tiklash va ruhiy holatini ijobiy o‘zgartirish uchun aniq ta’sir qilish jarayonini
tushunmoq lozim. Bu holatda davolanish shaxsni butunlay tuzatish maqsadini
ko‘zlamaydi, biroq ruhiy holatining o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham xavf
tug‘dirmaydigan holatgacha yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashdagi davolanish uslublari va
usullari, bunday davolash ushbu choralar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda
tayinlangan: ixtiyoriy tartibda yoki O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31
avgustdagi 123-II-
sonli «Ruhiy
yordam to‘g‘risidagi» Qonuni 27
-moddasida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha noixtiyoriy gospitallashtirilgan kasallarga
qo‘llaniladigan uslub va usullardan sezilarli farq qilmaydi. Qisman, ruhiy kasallik
bilan og‘rigan shaxslarga ularning roziligisiz yoki
ular qonuniy vakillarining
roziligisiz, shaxslarga ruhiy yordam ko‘rsatish asoslaridan mustaqil ravishda, ruhiy
kasallikni davolash uchun qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib keladigan jarrohlik va
boshqa uslublarni qo‘llash, meditsina vositalari va uslublar
i sinovin
i o‘tkazishga
yo‘l qo‘yilmaydi
.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
64
Jamiyatga xavfli qilmish sodir etgan ruhiy kasal shaxsga tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini tayinlashda, sud bu choralar davolashdan tashqari, yangi,
jamiyatga xavfli qilmish sodir etilishining oldini olish maqsadini nazarda
tutayotganidan kelib chiqi
shi lozim. Bunda, ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga
oshirish talablariga shaxs tuzalganidan keyin emas, balki davolanish jarayonida
ham rioya qilinishi lozim. Sud shaxs tomonidan yangi, jamiyatga xavfli qilmish
sodir etilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib, ruhiy kasal shaxsga tibbiy
yo‘sindagi majburlov chorasining aniq turini, bu chorani ijro etuvchi sog‘liqni
saqlash muassasasi ularning davomiyligini aniqlaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etgan ruhiy kasal shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov
chorasining aniq turini
tanlashda sud belgilangan maqsadlarning hammasiga erishish zaruriyatidan kelib
chiqishi lozim. Ushbu choralarni ijro etuvchi sog‘liqni saqlash idoralari ham
shunday prinsiplarga rioya qilishlari lozim.
Shu bilan bir vaqtda, ruhiy kasal shaxs tomonidan yangi jamiyatga xavfli
qilmish sodir etilishining oldini olish maqsadlariga katta ahamiyat berish lozim.
Shu munosabat bilan, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ayrim kasalliklarga
qarshi ko‘rsatma mav
judligida, natijasizligida yoki ayrim kasalliklarni faol
davolash uslublari ishlab chiqilmaganligi uchun, zaruriyat tug‘ilganda
o‘tkazilayotgan davolashda tanaffus qilib, tegishli davolash o‘tkazmasdan turib
tayinlashga va qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Bundan tashqari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan,
ushbu choralar qo‘llangan shaxslarning sog‘lig‘i kasallikning rivojlanishi
natijasida juda og‘irlashib, jamiyat uchun ham, o‘zi uchun ham xavf tug‘dirmay
qo‘yganda bekor qilinadi.
JK 91-moddasi 2-qismi alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik bilan
aziyat chekkanlarga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashda
qo‘llanayotgan maqsadlarni belgilaydi: «Sud jazolash bilan bir qatorda alkogolizm,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
65
giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarga nisbatan davolash
uchun va jazolash maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi sharoit yaratish uchun
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin».
Alkogolga nisbatan og‘riqli tortish, me’yor hissini yo‘qotish, iste’mol
qilayotgan spirtli ichimlik miqdorini nazorat qila olmaslik, ruhiy va somatik
kasalliklar va ijtimoiy axloq me’yorlarini buzish mavjud bo‘lgan shaxs
alkogolizm
bilan og‘rigan shaxs deb topiladi
.
Giyohvandlik
narkotik vositalarga
psixojismoniy bog‘liqligi bilan shartlashilgan kasallikni o‘zida ifodalaydi.
Zaharvandlik
–
bu psixotrop moddalarga hamda ruhiy faol harakati bilan narkotik
vositalarga o‘xshash bo‘lgan dori bo‘lmagan sun’iy va
tabiiy kelib chiqqan
moddalarga psixofiziologik bog‘liqligi bilan shartlashilgan kasallikdir.
Ruhiy kasallarga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlashdagi kabi,
alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik bilan og‘rigan shaxslarga nisbatan tibbiy
yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlash ularni
davolash
maqsadini nazarda
tutadi.
Bu kategoriyadagi shaxslarni davolash, ruhiy kasallarga nisbatan tibbiy
yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlash maqsadlari
JK 91-moddasi 1- qismida
nazarda tutilgan
maqsadlardan hech ham farqlanmaydi.
Shu bilan bir vaqtda qonun ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan jamiyatga xavfli
qilmishlar sodir etilishining oldini olishni mustaqil maqsad sifatida qo‘ymaydi,
chunki ko‘rib chiqilayotgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi jinoiy jazo
tayinlanishini va
qo‘llanishini istisno qilmaydi. Shu munosabat bilan, bunday
shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi jinoiy jazo bilan bir vaqtda
tayinlanib, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadini o‘z ichiga oladi.
(Jazo tayinlash maqsadlari to‘g‘risida ushbu tom I bobining «Jazolash maqsadlari»
deb nomlanuvchi 2-
§ ga qarang.)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
66
Alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik bilan og‘rigan shaxslarga
nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash jazoga nisbatan yordamchi
vazifaga ega bo‘lib, jazo maqsadiga erishishga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoitlar
yaratadi.
«Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm
chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka
chalinganligi
oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o‘z harakatlarini
boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u ruhiy holati va
sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli deb topilsa, sud
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlashi mumkin»
(JK 92-moddasi).
JKda bayon etilgan me’yorlar shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash imkonini beradigan shunga o‘xshash shartlar tizimini keltiradi:
–
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala hal
qilinayotgan shaxs tomonidan, aqli noraso holatda yoki hukm chiqarilguncha
kasal bo‘lib qolgan yoki jazoni o‘tash davrida o‘z harakatlari ahamiyatini anglash
va boshqara olish imkoni
yatidan mahrum qiluvchi ruhiy kasal holatida bo‘lib
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etsa;
–
shaxsning ruhiy holati va sodir etgan qilmishi tavsifi bilan o‘rnatilgan jamiyatdagi
xavfliligi;
–
bunday shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi sud
qarori.
Bunda, shuni nazarda tutish lozimki, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
tayinlash zaruriyatini bilish uchun hal qiluvchi vaqt, shaxsni aqli rasoligidan
mahrum qiluvchi kasallikning o‘tkir namoyon bo‘lgan vaqtidir.
Shaxsda,
o‘z harakatlari ahamiyatini anglash va ularni boshqarish
layoqatidan mahrum etuvchi ruhiy kasallikning
(aqli norasolik) mavjudligi sud
tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq belgilanadi. Nazarda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
67
tutish lozimki, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga
ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy kasalligi
masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud
bo‘lgan taqdirda, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur
shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy kasalligi to‘g‘risida asosli shubha tug‘ilgan
bo‘lsa, sud
-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi (JPKning 567-moddasi).
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash, faqat ijtimoiy xavfli
qilmish yoki jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan yo‘l qo‘yiladi. Bunda,
layoqatsiz holatda jamiyatga xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan faqat
shularni aniqlash yetarli:
–
jinoyat obyekti, jinoyatdan yetkazilgan zararning tavsifi va miqdori, jabrlangan
shaxsni tavsiflovchi holatlar;
–
vaqti, joyi, usuli hamda Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan boshqa jinoyat sodir etish
holatlari, qilmish bilan kelib chiqqan jamiyatga xavfli oqibatlar orasidagi
sabablarning bog‘lanishi;
–
ayblanayotgan, sudlanayotgan shaxsni tavsiflovchi holatlar (JPK 56- moddasi 2-
qismi 1-bandi).
Ko‘rsatilgan toifadagi shaxslarning qilmishda aybdorligi dalillashga
qo‘yilmaydi. Shaxsning harakatida yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi belgilari
mavjud bo‘lmasa, kasalning xavflilik darajasidan mustaqil ravishda tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralarin
i tayinlash mumkin emas. Ruhiy holati buzilgan va
umumiy asosda davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud
bu haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni
saqlash organiga darhol xabar qiladi
(JPK 577- moddasi 6-qismi). Bunday vaziyatlarda, bu kabi shaxslarning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
68
davolanishini tashkil etish va huquqiy status tartibi O‘zbekiston Respublikasining
«Ruhiy yordam to‘g‘risida»gi Qonuni bilan reglament qilinadi.
Agar jamiyatga xavfli qilmish shaxs tomonidan layoqatsiz holatda sodir
etilgan bo‘lsa, hamma masalalar uchun sud tomonidan jinoyat tarkibining barcha
elementlarini, JPK 82-
moddasida ko‘rsatilgan aybni ham qo‘shganda, aniqlanishi
talab etiladi. Bunda quyidagilarni hisobga olish lozim:
–
agar shaxs, jinoyatni sodir etganidan so‘ng, ammo sud hukmigacha o‘z harakatlari
ahamiyatini anglash va boshqara olish xususiyatidan mahrum qiluvchi ruhiy kasal
bo‘lib qolsa (JK 67
-moddasi), shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining
elementlari mavjudligiga aloqador hamma masalalar tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash to‘g‘r
isidagi
sud qarorini aniqlashda yechilishi lozim bo‘ladi.
Shaxsga nisbatan uni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topib unga nisbatan
hukm chiqarilsa va shu bilan bir vaqtda unga tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqarili
shi qonunchilik talablarini
buzishdan iborat va u hukmni bekor qilishga olib keladi;
–
agar shaxs, hukm qaroridan keyin tayinlangan jazoni ijro etish davrida, o‘z
harakatlari ahamiyatini anglash va boshqara olish xususiyatidan mahrum qiluvchi
ruhiy kasal bo‘lib qolsa (JK 75
-moddasi 1-
qismi), unda tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini tayi
nlash to‘g‘risidagi ajrimning sabablarini tushuntirish
qismida, shaxs qaysi hukmga muvofiq, qachon sodir etgan jinoyati uchun aybdor
deb topilgan va tayinlangan jazo turi va miqdori ko‘rsatilishi lozim. Bunday
ajrimning rezolyutsiya qismida albatta, tegishli hukmga suyanib shaxsning
jinoyatni sodir etgan deb topilganligi ko‘rsatiladi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoyat
-
protsessual va sog‘liqni
saqlash qonunchiligida nazarda tutilgan muhim institutlardan biri bo‘lib, bu chora
-
tadbirlar jamiyat xavfsizligi, fuqarolarning sog‘lig‘i va shaxs huquqlarini himoya
qilishga qaratilgan. Ushbu choralarning asosiy maqsadi
–
ruhiy kasallik,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
69
alkogolizm, giyohvandlik yoki boshqa og‘ir tibbiy holatlar tufayli o‘z harakatlariga
to‘la javob bera olmaydigan, lekin jamiyat uchun xavf tug‘diruvchi shaxslarni
davolash va ularning xavfini bartaraf etishdan iboratdir.
Tibbiy majburlov choralarining qo‘llanilishi alohida qonuniy asos va
protseduralarga tayangan holda amalga oshiriladi. Ushbu choralar faqat sud yoki
vakolatli organ qarori bilan, mutaxassis-tibbiy ekspertizalarning xulosasiga
asoslangan holda qo‘llanadi. Choralar qo‘llanayotganda inson huquqlari va
erkinliklarini iloji boricha muhofaza qilish, shaxsga nisbatan minimal darajadagi
cheklov kiritish prinsiplariga qat’iy rioya qilinadi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari o‘z ichiga quyidagi asosiy turlarni oladi:
•
Majburiy ruhiy davolash;
•
Giyohvandlikka qarshi davolash;
•
Alkogolizm va zaharvandlikni davolash;
•
Statsionar yoki ambulator sharoitda davolanish.
Mazkur choralar profilaktika va reabilitatsiya jihatidan ham muhim bo‘lib,
nafaqat jinoyatchilikni kamaytirish, balki shaxsning sog‘lig‘ini tiklash, uni
jamiyatga qayta moslashtirish vazifalarini ham bajaradi.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jamiyatning
ijtimoiy himoyasi, sog‘lom turmush tarzini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini
olishda muhim rol o‘ynaydi. Bu boradagi qonunchilik va amaliy mexanizmlarni
chuqur o‘rganish, huquqshun
os va tibbiyot sohasi mutaxassislarining samarali
hamkorligi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
70
2.
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari u
chun darslik.
–
T.:
O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023
–
184b
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
–
asosiy normativ hujjat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
-protsessual kodeksi
–
jinoyat ishlari
yuritilishi tartibini belgilaydi.
5.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi
–
jinoyat huquqining asosiy
prinsiplari shu yerda belgilangan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari
7.
M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)"
–
jinoyat turlarining
tahlili.