https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
34
DAVLAT BOSHQARUV VA UNING UMUMIY TAVSIFI VA
TURLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Annotatsiya
M
a’lumki har bir xalq va ravnoq topgan mamlakatlarning o’z bosib o’tgan
yo’li mustahkam davlatchiligi bordir.
Shularni chetdan qochirmagan holda davlat
boshqaruvi va uning umimiy fodasi haqida atroflicha tushunchalar ushbu maqolada
o’z aksini topgan.
Kalit so’zlar
: Davlat, jamiyat, monarxiya, formatsion, sivilizatsion, davlat
mohiyati, respublika, parlament, teokratik,
Davlat
—
bu ma'lum hudud, xalq va hokimiyatga ega bo'lgan siyosiy tashkilot
bo‘lib, jamiyatni boshqarish va tartibga solish uchun
yaratilgan mexanizmdir.
«Davlat» tushunchasi uch xil ma’noda: birinchidan, davlat yo‘li bilan tashkil
etilgan hamjamiyatni; ikkinchidan, davlat hokimiyati apparatini va uchinchidan,
davlat organlarini ifodalash uchun qo‘llanadi.
Davlat tushunchasiga ta’rif berishda quyidagi umumlashgan (ijtimoiy,
sinfiy va sof yuridik nuqtai nazardan) yondashuvlar mavjud:
–
Davlat bu
–
muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi,
maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha
ijtimoiy
–
siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib
va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilot;
–
Davlat bu
–
iqtisodiy va siyosiy jihatdan xukmron bo‘lgan sinfning
manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilotdir;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
35
–
Davlat bu
–
muayyan hududda ommaviy hokimiyatni amalga
oshiruvchi siyosiy tashkilot.
Davlatning mamlakat ichki va tashqi siyosati, har qanday hokimiyatdan
mustaqilligi, o‘zining barcha ishlarini erkin hal etish hamda favqulodda va tanho
hukmronlik huquqida aks etadi.
Davlatlarni tiplarga ajratishda
formatsion
va
sivilizatsion
yondashuvlar
mavjud.
Formatsion yondashuv -
davlatlarni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish
darajasi, bazis va ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda
funksiyalari mezoniga ko‘ra tiplarga ajratishdir.Ushbu yondashuv vakillarining
(K.Marks, F.Engels, V.Lenin) fikricha, iqtisodiy jiha
tdan hukmron bo‘lgan
sinflarning quyi sinflarni ustidan zo‘ravonligini, hukmronligini amalga
oshiruvchi tashkilotidir.
Jamiyatda formatsiyalarning almashinuvi iqtisodiy sohadagi ziddiyatlar
bilan bog‘liq. Bunday yondashuv bo‘yicha formatsiyalarning yuzaga kelishi,
rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi takrorlanib turadigan jarayondir.
Sivilizatsion yondashuv
–
bu davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan
bir qatorda, ko‘proq ularning ma’naviy, axloqiy va madaniy rivojlanish
darajasiga qarab tiplarga ajratishdir (Yellinek, Kelzen, Korkunov, Kryuger,
Toynbi).Ingliz tarixchisi A.Toynbi sivilizatsion yondashuvning yorqin
namoyondasi bo‘lib, u sivilizatsiyani diniy, ruhiy, madaniy va boshqa
belgilariga ko‘ra birligini ko‘rsatuvchi jamiyatning yopiq, lokal holati, deb
tushuntiruvchi ta’limot muallifi hisoblanadi. Shu belgilarga ko‘ra, u jahon
tarixida 20 dan ortiq sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatadi. Xususan, Qadimgi
Sharq (Misr, Xitoy, Xindiston), Qadimgi Afina, Qadimgi Rim, O‘rta asr
davlatlari, hozirgi zamon davlatlari shular jumlasidandir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
36
Davlat tipologiyasi yuzasidan yuqoridagi yondashuvlar huquqshunoslik
fanida an’anaviy yondashuvlar sifatida qaraladi, shu bilan birga, bugungi kunda
davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, muayyan xalqaro
tashkilotlarga a’zoligiga, geografik joylashgan o‘rniga qarab ham tasniflash
keng tarqalgan.
«Davlat shakli»
tushunchasi davlat va huquq nazariyasining eng muhim
masalalaridan biridir. U
«davlat mohiyati»
tushunchasi bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lgan davlat mohiyatini bilishda muhim
ahamiyatga ega. Zero, boshqaruv shakli davlat yo‘li bilan uyushgan jamiyatda
davlat hokimiyatini kim amalga oshirishini belgilaydi.Shu tufayli, davlat
boshqaruv shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Aflotun, Arastu ham
qadimgi dunyodagi davlat hokimiyatini uyushtirish va amalga oshirishning turli
shakllarini o‘rganib, davlatning tasnifini ishlab chiqishga harakat qilgan. Bunda
ular tomonidan davlatni kim va qanday boshqarilishiga e’tiborni qaratgan.
Shuningdek, Forobiy, Gobbs, Monteskye, Lokk, Russo, Ahmad Donish
kabilarning asarlarida davlat boshqaruv shakli to‘g‘risidagi bilimlarni
umumlashtirish va tizimlashtirish, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi
masalalari ko‘tarilgan.
Davlat shakliga, mamlakatning taraqqiyot darajasi, uning madaniyati, unda
tarkib topgan tarixiy an’analar, urf
-
odatlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
Angliyada davlat shakllari o‘rta asrlarda tarkib topgan bo‘lib, ular hozirgi kunga
qadar hurmat qilinmoqda. Davlat shakli deb, davlatdagi siyosiy hokimiyatni
uyushtirishning uch asosiy elementlari tushuniladi. Shunday qilib, davlat shakli
mazmuni uch elementdan boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli, siyosiy
rejimdan tashkil topadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
37
Monarxiya Respublika
1.Mutloq monarxiya 1.Prezidentlik
respublikasi
2.Cheklangan monarxiya 2.Parlamentlik
respublikasi
3.Teokratik monarxiya 3.Aralash respublika.
4.Noan’anaviy monarxiya.
Monarxiya
–
bu oliy davlat hokimiyati bir shaxsning (monarx, podsho,
imperator v.h) boshqaruvida bo‘lib, bu boshqaruv avloddan
-avlodga meros
qilib qoldiriladi.
Absolyut (mutloq) monarxiya
–
boshqaruv shaklining alohida
turi bo‘lib, bunda monarx (podshoh) cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘ladi
hamda u qonunlar va barcha uchun majburiy bo‘lgan qoidalar (farmonlar,
dikretlar, farmoyishlar shaklida) chiqaradi. Shuningdek, davlatni bevosita
boshqarish, muhim davlat ishlarini hal qilish va ushbu maqsadlarda hukumat
tuzish huquqiga ega hisoblanadi.(Qatar,O’mon sultonligi).
Cheklangan monarxiyada
–
davlat tepasida turuvchi monarx (podshoh)
mutloq hokimiyatga ega bo‘lmaydi, uning hokimiyati biror
-bir organ yoki
hujjat mavjudligi bilan cheklanadi. (Daniya,Norvegiya).
O‘z navbatida cheklangan monarxiya ikki turga, ya’ni konstitutsiyaviy
va
Davlatning boshqaruv shakliga ko’ra turlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
38
parlamentar monarxiyaga bo‘linadi.
Konstitutsiyaviy monarxiya
–
burjua jamiyatining shakllanishi davrida
paydo bo‘lib, u monarx hokimiyati vakillik idorasi bilan cheklangan boshqaruv
shakliga to‘g‘ri keladi. Bu holat odatda parlament tasdiqlaydigan Konstitutsiya
bilan mustahkamlanadi hamda monarxning Kons
titutsiyani o‘zgartirishga huquqi
bo‘lmaydi. Amaldagi va yuridik hokimiyat monarx tuzadigan hukumat va
qonun
chiqaruvchi idora hisoblangan parlament o‘rtasida bo‘linadi. Mamlakatni
boshqarishni monarx amalga oshiradi, uning oldida vazirlar hisob beradilar.
Hukumatni tuzish parlamentning partiyaviy tarkibiga bog‘liq emas. Bunda
o‘tmishdagi Prussiya, Avstriya, Italiya, Ruminiya kabi davlatlar misol bo‘ladi.
Bugungi kunda boshqaruvning bunday shakli deyarli uchramaydi.
Parlamentar monarxiya
–
davlat boshlig‘i monarx (qirol, qirolicha,
podshoh, imperator) bo‘lib, amalda ular davlatni boshqarmaydi, ularning
huquqi cheklangan bo‘lib, davlatni parlament boshqaradi va hukumatni nazorat
qiladi. Parlamentar monarxiyada (hozirgi Angliya, Belgiya, Norvegiya,
Shvetsiya mamlakatlari) qirol (qirolicha) shohlik qiladi, lekin u mamlakatni
boshqarmaydi. Xukumat parlament tomonidan saylovlarda ko‘p ovoz olgan
muayyan partiyalar vakillaridan tuziladi.
Eng ko‘p miqdorda deputatlik
mandatiga ega partiya boshlig‘i hukumat boshlig‘i bo‘ladi. Qonunlarni
parlament qabul qiladi va ular monarx tomonidan rasman imzolanadi.
Teokratik monarxiya-
davlat boshqaruvi va
diniy hokimiyat monarx qo’lida
to’planadi.(Vatikan).
Noan’anaviy monarxiya
-
monarx maxsus saylov bilan hokimiyatga
keladi.(Masalan,Malayziya qiroli 5 yilga saylanadi).
Boshqaruvning respublika
shaklida davlat hokimiyatini muayyan muddatga saylab qo‘yadigan idoralar
amalga oshiradi. Respublika ham monarxiyadek, muayyan tarixga ega. Tarixan
respublika boshqaruv shaklining bir necha turlari ma’lum. Afina da
vlatida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
39
(eramizgacha V-
IV asrlar) demokratik respublika mavjud bo‘lgan. Unda afinalik
erkin fuqarolarning qulga aylanishiga yo‘l qo‘yilmagan. Bu respublikada
ijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus tavsifi, jamoa qulchiligi
mavjud edi, shuningdek, davlat boshqaruvining samarali tizimi faoliyat
ko‘rsatardi. Sparta (eramizgacha V
-IV asrlar) va Rim davlatlarida (eramizgacha
V-II asrlar) aristokratik respublika amal qilib, bu davlatda
zadoganlarmanfaatlari ifodalangan.
Boshqaruvning respublika shakli parlamentar va prezidentlik
respublikalariga bo‘linadi.
Parlamentar respublikada
–
parlament davlatda yetakchi hisoblanib,
qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishdan tashqari hukumat
va davlat boshqaruvining boshqa organlariga ta’sir o‘tkazadi. Parlamentar
respublikaning o‘ziga hos hususiyati hokimiyat pog‘onalarida
kelishmovchiliklarning mavjud bo‘lmasligidir. Zero, ijroiya hokimiyati boshlig‘i
(Bosh vazir) va uning mahkamasi parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan
saylanadi va nazorat qilinadi. Odatda parlamentar respublikalarda Prezident
katta mavqega ega bo‘lmaydi. Ijroiya hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat
ishini davom ettiradi, bu bilan hokimiyat tarmoqlari orasida vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan kelishmovchilik
tugatiladi. Davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasida saylangan
davlat
boshlig‘i muhim mavqega ega. U parlament roziligi bilan hukumatni tuzadi
va uni tarqatib yuborish huquqiga egadir.
Prezidentlik respublikada
–
umumxalq yo‘li bilan saylangan
Prezidentning umummilliy manfaatlarining ifodachisi, millatning ramzi sifatida
namoyon bo‘lishidir. Mazkur shaklda bir shaxs favqulodda holatlarda
mas’uliyat va rahbarlikni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
40
Masalan, O‘zbekiston –
Prezidentlik respublikasi. Boshqaruvning
prezidentlik shakli odatda parlament boshqaruvidan ko‘ra yuqori darajadagi
siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi, chunki hukumat (Prezident) Konstitutsiyada
belgilab qo‘yilgan qat’iy muay
yan muddatga saylanadi.
Davlat shaklining tarkibiy kismi bu davlatning tuzilish shakli hisoblanib,
davlat hokimiyatining hududiy tarzda tashkil etilishini ifodalaydi.
Davlatning tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy
-xududiy
tuzilishini ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining hududida
yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy hususiyatlari hisobga olingan holda
uning m
a’muriy
-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar, ovullar va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan iborat.
unitar federativ konfederativ
Unitar (fransuzcha «initaire» —
«yagona» degani) davlat —
oddiy va
yaxlit davlatdir. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy
-
hududiy bo‘linish (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va h.k)ga ega.
Biroq ushbu
hududiy qismlar davlat mustaqilligi alomatlariga ega emas. Bunday davlatda
oliy davlat idoralari va qonunchilikning yagona tizimi mavjud bo‘ladi. Barcha
unitar davlatlarga xos bo‘lgan markazlashtirish turli shakllar va
darajalarda
namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda umuman mahalliy idoralar
mavjud bo‘lmay, ma’muriy
-hududi
y o‘lkalar markaziy hokimiyat tayinlaydigan
Tuzilish shakli bo‘yicha
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
41
vakillar tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda esa mahalliy idoralar
tuziladi. Biroq ular markaziy hokimiyat oldida (bevosita yoki bilvosita) hisobot
beradilar. Markaziy hokimiyat mahalliy idoralar ustidan nazoratning qay turini
amalga oshirishiga qarab unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmagan
turlarga bo‘linadi. Ba’zi unitar davlatlarda bir yoki bir necha ma’muriy
-hududiy
qismlarga, o‘lkalarga imtiyozli huquqiy maqom beriladi. Bunday unitar davlat
ma’muriy avtonomiyaga ega bo‘ladi. Qayd etilgan davlat tuzilishi shakli
hududiy o‘lkalarning maxsus manfaatlariga e’tibor berish zarur bo‘lgan
holatlarda qo‘l keladi. Mazkur avtonom o‘lkalarda o‘zini
-
o‘zi boshqarish
huquqi aholining boshqa qismi
ga qaraganda birmuncha keng bo‘ladi. Lekin
ularning mustaqilligi markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina saqlab
qolinadi. Hozirgi zamonda aksariyat ko‘pchilik davlatlar o‘z tuzilishi bo‘yicha
unitar davlatlardir. Masalan, Italiya, Fransiya, Angliya, Ukraina, Belorussiya,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston. Unitar davlatlar hududida boshqa
mustaqil davlatlar bo‘lmaydi. Unitar davlatlar ichidagi ma’muriy
-hududiy
bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huq
uqiga ega, markaziy yagona
davlat hokimiyatining kuchi davlatning butun hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Demak, unitar davlat
–
ma’muriy
-hududiy qismlar (viloyatlar, tumanlar,
rayonlar, gubernalar va shu kabilar)ga bo‘linib, yagona tizimdagi hokimi
yat va
boshqaruv organlariga, Konstitutsiyaga, fuqarolikka, muayyan hududga, davlat
chegarasiga va o‘z qonunchiligiga ega bo‘lgan davlatdir.
Federativ davlat
–
(lotincha «feodus» –
«ittifoq» degani) –
murakkab
davlat bo‘lib, uning subyektlari davlat mustaqilligiga egadir.
Federatsiyalarning
ikki ittifoq va avtonomiya (muxtoriyat) turlari mavjud. Ittifoq federatsiyasining
hududi undagi subyektlar hududlari majmuidan iborat. Har bir federatsiya
subyektlarining fuqarolari ayni paytda butun mamlakatning ham fuqarolari
hisoblanadi. Bunda davlat yagona federal qurolli kuchlar, moliya, soliq va pul
tizimlariga ega bo‘ladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
42
Avtonomiya federatsiyasi.
Federal idoralar yagona tashqi siyosatni
amalga oshiradilar. Federatsiya subyektlari ham o‘zlarining qo‘shinlariga ega
bo‘lishi bilan birgalikda davlat hokimiyatining umumfederal (qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) idoralari mavjuddir. Ularning qarorlari
federatsiya subyektlari uchun uning vakolati doirasida majburiydir.
Federatsiyada davlat apparati ikki darajada, ya’ni federal (ittifoq) va shtat,
o‘lka kabi davlat organlaridan iborat. Davlatning federativ mohiyati oliy darajada
ikki palatalik ittifok palatasini tuzishda ifodalanadi. Ushbu palatalarning biri
(yuqori palata) federatsiya subyektlari manfaatlarini aks ettiradi. Ikkinchi (quyi)
palata esa davlatning barcha aholisi manfaatlarini ifodalash maqsadida tuziladi.
Federatsiyaning o‘ziga xos belgilaridan biri ikki fuqarolik bo‘lib, u har bir
fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya
subyekti bo‘lgan fuqarosi ekanligini bildiradi. Federativ davlatda federatsiya
s
ubyektlarining o‘z huquqiy tizimlarini tuzishlari, o‘z Konstitutsiyalariga ega
bo‘lishlaridan qat’iy nazar, yagona federativ huquqiy tizim amal qiladi. Biroq
federatsiya subyektlarining Konstitutsiya va qonunlari federal Konstitutsiya va
qonunla
rga to‘la muvofiq kelishi lozim. Federatsiya subyekti Konstitutsiyada
ko‘rsatilgan o‘z sud idoralari va
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga ega
bo‘lishi kerak. Oliy sud federatsiya subyektlari sudlarining qarorlari ustidan
shikoyatlarni ko‘rib chiqmaydi faqat maxsus ko‘rsatilgan holatlardagina qarab
chiqishi mumkin. Millatlarning o‘z taqdirlarini o‘
zlari belgilash prinsipi davlatning
yaxlitligiga putur yetkazmasligi lozim. Har qanday federatsiyaning bosh
masalasi ittifoq va federatsiya subyektlari o‘rtasidagi vakolatlarni belgilashdir.
Bu davlat tuzilmalari mavqei va ular orasidagi munosabatga daxldor. Odatda bu
federatsiya Konstitutsiyasi yoki federativ shartnoma bilan mustahkamlab
qo‘yiladi. Federativ va federatsiya subyektlari vakolatlari masalasi uch prinsip
asosida amalga oshiriladi.birinchisi, federatsiyaning favqulodda vakolati prinsipi,
ya’ni faqat federatsiyaning o‘zi qarorlar qabul qilib, normativ hujjatlar chiqara
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
43
oladi. Boshqa masalalar federatsiya subyektlari vakolatlariga kiradi; ikkinchisi,
birgalikda vakolatga egalik prinsipi, ya’ni federatsiya va uning subyektlarining
umumiy vakolatlari; uchinchisi, vakolatlarning uch sohasi prinsipi federal,
federatsiya subyektlari vakolatlarini belgilash, shuningdek, federatsiya subyektlari
va federatsiyaning birgalikdagi vakolatiga taalluqli deb topilgan vakolatlarni
belgilashni taqozo qiladi.Ba’zi federativ davlatlar amaliyotida (masalan, Rossiya
Fede
ratsiyasida) vakolatlarni taqsimlashning vakillik usuli paydo bo‘ldi. Bu
federatsiya subyektining markazga qat’iy tobeligi to‘g‘risidagi masalani bartaraf
etadi va vakolatlarni taqsimlashning ixtiyoriylik prinsipidan guvohlik beradi.
Bu holat «uyushgan a’zo» tushunchasini keltirib chiqaradi, ya’ni an’anaviy
federatsiya subyektlari ko‘proq mustaqillikka ega, vakolatlarni ixtiyoriy
vakillikdan foydalanib amalga oshiradilar, markaziy taqsimotdan holi bo‘ladilar.
Federatsiyaning murakkab mas
alalaridan biri millatlarning o‘z taqdirini o‘zlari
belgilash, ya’ni millatlarning federatsiya tarkibidan chiqishi masalasidir. Turli
federatsiyalar Konstitutsiyalarini tahlil etish ushbu Konstitutsiyalarning
birortasida ham mazkur prinsip mu
stahkamlanmaganligini ko‘rsatdi. Hozirgi
kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Hindiston
federativ davlatlardir.
Konfederativ davlat
–
muayyan ittifoqi bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy
maqsadlar uchun shartnoma yoki bitim asosida tuzilib, konfederatsiyalar yoki
federatsiyalarga birlashadilar (AQSH, Shveytsariya) yoki tarqab ketadilar
(Avstraliya, Vengriya). Konfederatsiyani tashkil etgan mustaqil davlatlar
xalqaro huquq subyektlari bo‘lib, o‘z fuqaroliklari, hokimiyat idoralari, b
oshqaruv, odil sudlov tizimlariga ega bo‘ladilar. Konfederatsiya a’zosi bo‘lmish
davlatlar hokimiyatni mustaqil
amalga oshiradilar, o‘z Konstitutsiyalariga ega
bo‘ladilar. Shu bois konfederatsiya darajasida qabul qilingan hujjatlar mazkur
davlatga kiradigan davlatlarning oliy idoralari tomonidan ma’qullanishi
lozim.Konfederatsiya a’zolari daromadning mustaqil manbaiga ega bo‘lib,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
44
uning bir qismini konfederatsiya budjetga ajratishlari mumkin. Konfederatsiya
qo‘shinlari konfederatsiya a’zolari bo‘lgan davlatlarning harbiy qismlaridan
tuziladi, ular ushbu davlatlarning qaroriga ko‘ra konfederatsiya qo‘mondonligi
ixtiyoriga yuboriladilar.Davlat tuzilishining konfederatsiya shakli unga kiruvchi
davlatlarning xohishiga ko‘ra tuziladi. Konfederatsiya a’zolari davlat
mustaqilligini saqlab qolib, ma’lum bir vazifalarni bajarish maqsadida
birlashadilar. Konfederatsiyaning organlari unga kiruvchi davlatlarning faol
ishtiroki asosida tuziladi, ularning qabul qilgan hujjatlari konfederatsiyaga
kiruvchi davlatlar orqali amalga oshiriladi. Konfederatsiyaga kiruvchi davlatlar
bunday hujjatlarni tan olmasligi va bajarmasligi mumkin.
Konfederatsiyaning moddiy asoslari unga kiruvchi davlatlarning
mablag‘laridan tashkil topadi. Konfederatsiyaning umumiy hududi, yagona
fuqaroligi va Konstitutsiyasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham konfederatsiya
mustaqil davlat hisoblanmay
di, u ma’lum ma’noda vaqtinchalik ittifoqdir.
Konfederatsiya asosiy maqsadiga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki
tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib, unitar
davlat bo‘lib ketishi mumkin. Masalan, ta
rixda 1776-1787 yillari Amerika
Qo‘shma Shtatlari (11 yil), Shveytsariya –
1815-1848 (33 yil), Germaniya 1815-
1856 (51 yil) konfederativ shakldagi davlat bo‘lgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki,
davlat o’z rivojlanish va taraqqiyoti yo’lida
uzoq davrni bosib o’tgan.
Davlatning belgilari, boshqaruv shakli, tuzilish shakli,
siyosiy rejimi orqali davlatlarda demokratiya qanchalik qaror topganligini
bilishimiz mumkin. Demokratik dav
latdagina qonun ustovor bo’ladi
inson huquq
va manfatlari e’tirof etiladi va ta’minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
ro’yhati
:
1.
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI VA TARIXI DARSLIK
Professor A.Q.Xudoyberdiyevning umumiy tahriri ostida ТОШКЕНТ –
2022
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
45
2.
. O.A.Karimova, X. H. To'ychiyeva., "Davlat va huquq asoslari"
O`quv qollanmasi. - T.: "O`qituvchi", 1996y
3.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent 2023
4.
K.M. Mirzayev, S.S. To‘laganov –
Davlat va huquq nazariyasi,
Toshkent: “Adolat” nashriyoti, 2015
5.
X.A. Xudoyberganov
–
Davlat va huquq nazariyasi asoslari,
Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2008
6.
T.X. Jo‘rayev –
Huquq nazariyasi va amaliyoti, Toshkent: “Yangi asr
avlodi”, 2016
7.
Sh.G'. G'ulomov, N. Jo‘rayev, Z. Xidirov –
Huquqshunoslikka kirish,
Toshkent: “Cho‘lpon”, 2013
8.
S.S. To‘laganov –
Huquq nazariyasining dolzarb muammolari,
Toshkent: “Adolat”, 2019
9.
N.T. Norqulov
–
Davlat va huquq nazariyasi, Toshkent:
“Akademnashr”, 2020
10.
X.S. Jo‘raev, M.X. Xodjayev –
Huquqiy davlat va fuqaro jamiyati,
Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2014
11.
A.X. Saidov (tahriri ostida)
–
Huquqshunoslik asoslari, Toshkent:
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2006
12.
B.A. Xalimov
–
Davlat va huquq nazariyasining metodologik asoslari,
Toshkent: “Adolat”, 2017
13.
R.M. Sayfiyev
–
Davlat va huquq nazariyasi bo‘yicha amaliy
qo‘llanma, Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021