https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
46
BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY
TAVSIFLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Annotatsiya
Kalit so’zlar
:
Jinoyatning asosiy bevosita obyekti
davlat hokimiyati, boshqaruv va
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Qo‘shimcha bevosita obyekt
sifatida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini
ta’minlashga qaratilgan
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Obyektiv tomondan
jinoyat hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol
qilish,
ya’ni
mansabdor shaxsning
o‘z
mansab vakolatidan turliniyatlarda
foydalanishi natijasida fuqarolarning huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud
jiddiy ziyon yetkazilishida ifodalanadi.
Hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilish
deganda, mansabdor shaxsning
o‘z
mansab mavqeidan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qasddan
foydalanishini tushunish lozim.
Mansab vakolatini suiiste’mol qilish
deganda, mansabdor shaxsning
mansab mavqeidan kelib chiqqan va bu shaxs egallagan lavozimi vakolatiga
berilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan
bog‘liq, biroq o‘z
mazmuni bo‘yicha tegishli organning faoliyat olib borishidan ko‘zlangan maqsad
va vazifalarga zid keluvchi harakatlarini tushunish lozim.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish
davlat hokimiyati va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
47
boshqaruvi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari mavqeiga
putur yetkazish;
o‘zganing
mulkini talon-toroj qilishni yashirish; turli moliyaviy talon-torojlarni
amalga oshirish; davlat, jamoat yoki
boshqa o‘zga mulk hisobidan, uni tortib
olmasdan g‘arazli foyda olish; alohida fuqarolarga tegishli mulk hisobiga
g‘ayriqonuniy boyish va boshqalardan iborat.
Hokimiyat
deganda,
ma’lum
bir vositalar
—
iroda, nufuz, huquq,
majburlov, siyosiy hukmronlik, davlat organlari tizimi orqali insonlar
faoliyatiga, xulq-
atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati tushuniladi.
Mansabdor shaxs
tomonidan
o‘z
xizmat vakolatini
suiiste’mol
qilishga
lavozimni egallab turgan vaqt davomida vakolatlarni suiiste’mol qilish
kiritiladi. Mansabdor shaxs o‘ziga kerakli bo‘lgan qarorga erishish
maqsadida
o‘z
xizmat vakolatlaridan emas, balki xizmat yoki shaxsiy aloqalari, egallab
turgan lavozimning
obro‘sidan
foydalansa, jinoyat tarkibi
bo‘lmaydi.
Mansabdor shaxs vakolati
muayyan mansabni yoki vaqtinchalik yoxud maxsus
vakolat bilan ushbu mansab bo‘yicha vazifani bajaruvchi shaxsning huquq va
majburiyatlari tartibga solingan tegishli qonunlar, nizom va boshqa normativ
hujjatlarda belgilangan uning kompetentsiyasi bilan belgilanadi.
Mansab vakolatini suiiste’mol qilish shakllari (mansabdor shaxslarning
faoliyati sohasi) turlicha bo‘lishi mumkin. Bu bo‘ysunuvchilarning mehnatidan
shaxsiy manfaatlar yo‘lida g‘ayriqonuniy foydalanish (masalan, ishchilarning
shaxsiy dala hovlilar qurilis
hida, uylarni ta’mir qilishida); qo‘l ostidagi
xodimlarning mehnatini o‘zlashtirib olish; turar
joy taqsimotida suiiste’mol
qilish; korxonalarni xususiylashtirish jarayonida mansab mavqeidan foydalanib,
xususiy mulk sifatida sotib olish maqsadida yoki amaldor tomonidan
aksiyalarning ancha qismini egallab olinishida mansabdor shaxs o‘zining, unga
yaqin kishining yoki boshqa xususiy shaxslarning manfaatlarini himoya qilib
mansab vakolatidan foydalanishi; umumdavlat ehtiyojlariga mo‘ljallangan
moliya va kredit
ni g‘arazli yoki boshqa past niyatda tijorat tashkilotlariga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
48
g‘ayriqonuniy berib yuborish; Budjet mablag‘larini behuda sarflash, shu jumladan
bu mablag‘larning tijorat banklarida aylantirilishi; kredit, qimmatbaho
qog‘ozlarni, ko‘chmas va boshqa mulkni olishda huquqiy hujjatlarda ko‘zda
tutilmagan imtiyozlardan foydalanish; shaxsiy yoki guruh maqsadlarida xizmat
faoliyati uchun taqdim etilgan xonalar, transport va aloqa, elektron-hisoblash
texnikasi, pul mablag‘lari va boshqa mulkdan foydalanish va boshqalar.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish o‘z xususiyatlariga
ko‘ra qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarni faol xulq
-atvor orqali
amalga oshirishga qaratilgan harakatda namoyon bo‘ladi.
Harakatsizlik orqali amalga oshiriladigan hokimiyat yoki mansab vakolatini
suiiste’mol qilish JKning 208
-moddasida (Hokimiyat harakatsizligi) nazarda
tutilgan jinoyatni tashkil etadi.
Mansabdor shaxs tomonidan uz xizmat vakolatini suiiste’mol qilishga
lavozimni egallab turgan vaqt davomida vakolatlarni suiiste’mol qilish
kiritiladi.
Mansabdor shaxs
o‘ziga
kerakli
bo‘lgan
qarorga erishish
maqsadida o‘z xizmat
vakolatlaridan emas, balki xizmat yoki shaxsiy aloqalari, egallab turgan
lavozimning obro‘sidan foydalansa, jinoyat
tarkibi bo‘lmaydi.
Sharhlanayotgan modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning zaruriy
belgisi
hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish natijasida fuqarolarning
huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki
jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazish
hisoblanadi.
Jinoyat ko‘p miqdorda zarar yoxud fuqarolarning huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga
jiddiy ziyon yetkazilgan paytdan boshlab
tugallangan
hisoblanadi. Fuqarolarning
huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki
jamoat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdorini e’tirof etish to‘g‘risidagi masala
muayyan ish holatlari bo‘yicha tergov organlari va sud tomonidan hal q
ilinadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
49
«Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga
yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazish moddiy zarar
tarzida ham, boy berilgan foyda tarzida ham, shuningdek, turli xil manfaatlarga
boshqacha zarar yetkazishda
, hokimiyat organlarining obro‘siga
putur
yetkazishda,
og‘ir
jinoyatlarni yashirishda
va hokazoda ifodalanishi mumkin».
Jiddiy ziyon
baholanadigan tushunchadir, shu bois uni rasmiylashtirilgan
miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash mushkul va u faqat moddiy ziyondan iborat
deb qaralmasligi lozim. Ayni paytda aksariyat hollarda mansabni suiiste’mol
qilishning oqibati mulkiy ziyon yetkazish
bo‘lib, uni aniqlashda moddiy
ziyonning hajmi, moddiy obyektlarning qiymati, mulkiy foyda olishning imkoni,
shunga o‘xshash boshqa ko‘pgina omillarni inobatga olish zarur, chunki ularning
yig‘indisi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘
riqlanadigan
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga yetkazilgan zararning
jiddiyligidan guvohlik beradi. Zararning jiddiyligi fuqarolarning konstitutsiyaviy
huquq va erkinliklarini poymol qilish hamda davlat hokimiyati tegishli
idoralarining nufuzi va ishonchining pasayish darajasi bilan aniqlanishi mumkin.
Yetkazilgan zararning jiddiyligi davlat tashkilotlari, muassasalari, korxonalari,
jamoat birlashmalari va hokazolar faoliyatidagi boshboshdoqlikda ham namoyon
bo‘lishi mumkin. Mansabdor shaxs tomonidan inson va fuqaroning
konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari buzilishini ham jiddiy ziyon deb
hisoblash zarur.
Jismoniy ziyon,
agar u salomatlikka zarar yetkazishda ifodalansa, shaxs
huquqlarining jiddiy buzilishi deb topiladi.
Yakka tadbirkor yoxud tashkilotning huquqlari va qonuniy manfaatlarining
buzilishi ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuv, tadbirkorlik erkinligining va
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turi bilan shugullanishning
cheklanishi, agar ular raqobatining cheklanishi monopolistik faoliyatga erk berish
va hokazolar bilan bogliq bo‘lsa, qonun bilan muhofaza qilinayotgan davlat va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
50
jamoat manfaatlarining buzilishi davlat organlari ishida jiddiy xatoliklarga, davlat
hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari obro‘siga putur
yetkazishda, ogir jinoyatlarni yash rishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Yetkazilgan ziyon jiddiy bo‘lmasa, mansabdor shaxsning hokimiyat
yoki
mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarligi istisno qilinib,
unga nisbatan intizomiy yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan
o‘rnatilgan boshqa javobgarlik belgilanadi. Kelib chiqqan oqibatning jiddiy yoki
jiddiy emas deb baholanishi mansabdorlik jinoyatlarini (hokimiyat yoki mansab
vakolatini suiiste’m
ol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga
chiqish, mansabga sovuqqonlik bilan qarashni) farqlashning asosiy mezonlaridan
biri hisoblanadi.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddiy tarkibli jinoyat
bo‘lganligi uchun, ya’ni sharhlanayotgan moddaga ko‘ra mansabdor shaxsni
jinoiy javobgarlikka tortish uchun modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan oqibatlar
kelib chiqishi zarur bo‘lg
anligi uchun ular
o‘rtasidagi
sababiy boglanish muhim
ahamiyat kasb etadi va obyektiv tomonning zaruriy belgisi hisoblanadi.
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va ko‘p miqdorda zarar
yoxud fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga
yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilish
i o‘rtasidagi
sababiy boglanish aniqlangandan keyingina bu oqibatlarni mansabdor shaxs
zimmasiga yuklash mumkin.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini
suiiste’mol
qilishning
subyektiv
tomoni
qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi. Aybdor mansab vakolatini
suiiste’mol qilib harakat qilayotganligini, qilmishining ijtimoiy xavfliligini va
buning natijasida sharhlanayotgan modda dispozitsiyasida ko‘rsatilgan
oqibatlar
kelib
chiqishi
mumkinligini
anglaydi hamda ularning
kelib chiqishini istaydi
(to‘gri
qasd) yoki ongli ravishda
yo‘l qo‘yadi
(egri qasd).
Jinoyat
motivlari
turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘pincha bu g‘arazli
https://scientific-jl.com/luch/
Часть
-47
_ Том
-2_
июнь
-2025
51
manfaatdorlik, shuhratparastlik,
o‘ch
olish, hasad, oilaparvarlik, ishning haqiqiy
holatini
bo‘rttirib
ko‘rsatishga
harakat qilish va hokazolar
bo‘lishi
mumkin.
G‘arazli manfaatdorlik jinoyat subyektining hokimiyat yoki mansab
vakolatini suiiste’mol qilish vositasida qandaydir foydaga erishishga intilishida
namoyon bo‘ladi.
JKning 205-moddasi 1-
qismi bo‘yicha hokimiyat yoki mansab
vakolatini
suiiste’mol qilish jinoyati
subyekti
maxsus. Ya’ni
18 yoshga
to‘lgan mansabdor
shaxslar bo‘lishi mumkin.
Mansabdor shaxs tushunchasi yuridik adabiyotlarda ancha bahsli
hisoblanadi. JK VIII bo‘limida mansabdor shaxs va mas’ul mansabdor shaxs
tushunchalari berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI VA TARIXI DARSLIK
Professor A.Q.Xudoyberdiyevning umumiy tahriri ostida ТОШКЕНТ –
2022
2.
. O.A.Karimova, X. H. To'ychiyeva., "Davlat va huquq asoslari"
O`quv qollanmasi. - T.: "O`qituvchi", 1996y
3.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent 2023
4.
K.M. Mirzayev, S.S. To‘laganov –
Davlat va huquq nazariyasi,
Toshkent: “Adolat” nashriyoti, 2015
5.
X.A. Xudoyberganov
–
Davlat va huquq nazariyasi asoslari,
Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2008
6.
T.X. Jo‘rayev –
Huquq nazariyasi va amaliyoti, Toshkent: “Yangi asr
avlodi”, 2016
7.
Sh.G'. G'ulomov, N. Jo‘rayev, Z. Xidirov –
Huquqshunoslikka kirish,
Toshkent: “Cho‘lpon”, 2013
8.
S.S. To‘laganov –
Huquq nazariyasining dolzarb muammolari,
Toshkent: “Adolat”, 2019