Авторы

  • Karimov Islom Umidullo o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109718

Аннотация

Jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun chiqaruvchi ayrim holatlarda jinoyat sodir etgan shaxslarga jazo qo‘llamasdan ham uning xulqini tuzatish mumkin yoki qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjudligida ularga jazo qo‘llamaslikni hamda javobgarlikdan ozod qilish qoidalarini belgilaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

52

JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH

Karimov Islom Umidullo o’g’li

IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi

Annotatsiya

Kalit so’zlar:

Jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish

jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun chiqaruvchi ayrim

holatlarda jinoyat sodir etgan shaxslarga jazo qo‘llamasdan ham uning xulqini

tuzatish mumkin yoki qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjudligida ularga jazo

qo‘llamaslikni hamda javobgarlikdan ozod qilish qoidalarini belgilaydi.

Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi ikki omil mavjud

bo‘lganida yuzaga keladi:

birinchidan, shaxs jinoyat belgilarini ifodalagan qilmishni sodir etganida,

shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun barcha asoslar mavjud

bo‘lganida;

ikkinchidan, mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun barcha

qonuniy asos va shart-

sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda.

JK Umumiy qismining beshinchi bo‘limida javobgarlikdan va jazodan ozod

qilish instituti belgilangan bo‘lib, u bir nechta turlardan tashkil topgan

Javobgarlikdan ozod qilish

turlari (XII bob)

Jazodan ozod qilish

turlari (XIII bob)

Javobgarlikka tortish muddatining

o‘tib

ketganligi munosabati bilan jinoyat

uchun javobgarlikdan ozod qilish (64-

modda).

Jazoni ijro etish muddati

o‘tib

ketganligi munosabati bilan jazodan
ozod

qilish (69-modda).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

53

Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini

yo‘qotganligi munosabati bilan

javobgarlikdan ozod qilish (65-modda).

Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini

yo‘qotishi

munosabati bilan uni jazodan

ozod qilish (70-modda).

Aybdor

o‘z

qilmishiga amalda

pushaymon

bo‘lganligi

munosabati

bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-

modda).

Aybdor

o‘z

qilmishiga amalda pushaymon

bo‘lganligi

munosabati bilan jazodan ozod

qilish (71-modda).


Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish (66

1

-modda).

Shartli hukm qilish (72-modda).
Jazoni

o‘tashdan

muddatidan ilgari shartli

ozod

qilish (73-modda).

Jazoni

yengilrog‘i

bilan

almashtirish (74-modda).

Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod

qilish (67-modda).

Kasallik yoki mehnat qobiliyatini

yo‘qotish

oqibatida jazodan ozod qilish (75-modda).

Amnistiya akti asosida javobgarlikdan

ozod qilish (68-modda).

Amnistiya akti yoki afv etish asosida

jazodan

ozod qilish (76-modda).

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, o‘z mazmuniga ko‘ra, jinoyat sodir etgan

shaxsni huquqiy oqibatlardan ozod qilishdir. Shaxsni javobgarlikdan ozod qilish

qilmishning huquqiy tabiatini o‘zgartirmaydi, chunki sodir etilgan qilmish hamisha

jinoyat bo‘lib qo

laveradi va yuridik mohiyati saqlanib qoladi.

Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi deganda, jinoyat sodir

etilgan paytdan boshlab, qonunda belgilangan muddatlarning o‘tib ketganligi

tushuniladi. Ushbu muddatlar o‘tib ketganidan keyin shaxs javobgarlikdan shartsiz

ozod etilishi lozim. Mud

datlarning o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan

ozod qilish uchun qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim shartlar belgilangan.

Moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150

157-moddalarida,

158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchin

chi va to‘rtinchi

qismlarida, 160, 161 va 2442- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan

shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Javobgarlikka tortish muddatlari jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm

qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

54

Qonunda muddatlar o‘tishining ikki turi belgilangan:

differensial (tabaqalashtirilgan) muddat;

universal (umumiy) muddat.

Differensial muddatning o‘tib ketishi jinoyatlarning tasnifidan kelib chiqadi.

Xususan, JK 64-moddasiga 1-qismiga muvofiq, agar jinoyat sodir etilgan kundan

boshlab quyidagi muddatlar:

ijtimoiy xavfliligi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab –

ikki yil;

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab –

to‘rt yil;

og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab –

sakkiz yil;

o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab –

o‘n to‘rt yil o‘tib ketgan

bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.

Differensial muddatlarning o‘tishi uchun quyidagi shartlar nazarda tutilgan:

birinchi sharti

jinoyat sodir etgan shaxsning tergov va suddan yashirinmasligi;

ikkinchi sharti

og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qonunda

ko‘rsatilgan tabaqalashtirilgan

muddat

davomida qasddan

yangi jinoya sodir etmaganligi.

Ushbu shartlarning buzilishi differensial muddat o‘tishining to‘xtatilishiga

yoki uzilishiga olib keladi.

Universal muddat. JK 64-moddasining 5-

qismida belgilangan qoidaga ko‘ra,

agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir

etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

55

boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin

emas.

JK 64-moddasining 6-qismida muayyan toifadagi jinoyatlarga nisbatan jinoiy

javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha shartlar

va cheklashlar nazarda tutilgan. Sodir etilgan jinoyat uchun qonunda umrbod

ozodlikdan mahrum qilis

h jazosi tayinlash nazarda tutilgan bo‘lsa, javobgarlikka

tortish muddatlarini qo‘llash masalasini hal qilish jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan

sud ixtiyoriga beriladi.

Sud bunday holatda ikki xil xulosaga kelishi mumkin:

agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topsa, differensial

yoki universal muddatlarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilishi lozim;

agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod

ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.

Bunday holatda differensial yoki universal muddatlar o‘tganidan keyin umrbod

ozodlikdan mahrum qilish j

azosini qo‘llash mumkin emas.

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning JK 65­moddasida nazarda tutilgan

ushbu turi shartsiz hisoblanadi, chunki u shaxsning ozod qilingandan keyingi

xulqiga qandaydir shartlar qo‘yish bilan bog‘liq emas.

Yodda tuting!

JKning 65-moddasida javobgarlikdan ozod qilishning ikki turi nazarda tutilgan,

ya’ni:

sodir etilgan

qilmish

o‘zining

ijtimoiy

xavfliligini

yo‘qotgan

deb topilganligi

(JK 64-modda 1-qism)

jinoyat sodir etgan

shaxs

ijtimoiy

xavflilik

xususiyatini

yo‘qotgan

deb topilganligi

(JK 64-modda 2-qism).

Qilmishning

ijtimoiy

xavflilik

xususiyati

yo‘qolganligi

sababli

javobgarlikdan ozod qilish asoslariga quyidagilar kiradi: a) sharoitning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

56

o‘zgarganligi; b) qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati yo‘qolishiga olib

kelganligi.

Sharoitning o‘zgarishi deganda, obyektiv voqelikdagi sodir etilgan

jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishiga olib

kelgan o‘zgarish tushuniladi.

65-moddaning 2-

qismida faqat ikki holat birgalikda mavjud bo‘lganidagina

javobgarlikdan ozod qilish mumkinligi nazarda tutilgan: a) jinoyat sodir

etilganidan so‘ng sharoitning o‘zgarganligi; b) buning oqibatida jinoyat sodir etgan

shaxsning ijtimoiy xavfli

ligi yo‘qolganligi.

Javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turiga nisbatan sharoitning o‘zgarishi

deganda, aybdor shaxsni u jinoyat sodir etgunicha o‘rab turgan obyektiv voqelikda

yuz bergan o‘zgarishlarni tushunish zarur. Ushbu o‘zgarishlar boshqa odamlar

atrofidagi sharoitlar

ning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi shart emas, shuningdek,

aybdor shaxsning o‘z ixtiyori bo‘yicha ham, uning istak

-xohishidan tashqari ham

yuz berishi mumkin.

Amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod

qilishda, shaxs xulq-atvorining ijobiy namoyon etilganligi va unga jazo yoki

boshqa turdagi majburlov choralarini qo‘llashning shart emasligidan kelib chiqadi.

Jinoyat kodeksidan

66-modda. Aybdor o

z qilmishiga amalda pushaymon bo

lganligi

munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish

Ijtimoiy xavfi katta bo

lmagan yoki uncha og

ir bo

lmagan jinoyatni birinchi

marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo

yniga olish to

g

risida arz qilgan, chin

ko

ngildan pushaymon bo

lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va

keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo

lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko

rsatilgan

hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o

z qilmishiga amalda pushaymon

bo

lgan taqdirda

javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

57

Amalda pushaymon bo

lish javobgarlikdan ozod qilishning asosi sifatida

qabul qilinishi uchun quyidagi belgilar bo

lishi lozim:

shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etishi;

sodir etilgan jinoyat tasnifiga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki

uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat bo‘lishi;

shaxs aybini o‘z bo‘yniga olish to‘g‘risida ixtiyoriy arz qilganligi;

aybdorning pushaymon bo‘lganligi;

jinoyatni ochishda faol yordam berishi;

kelib chiqqan oqibatni bartaraf qilganligi.

Javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turi jinoyat sodir etgan shaxsning

jabrlanuvchi bilan yarashgan bo‘lsa hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa

shartlar mavjud bo‘lsa, unga javobgarlik belgilanmasligida ifodalanadi.

Amaldagi jinoyat qonuni normasiga muvofiq, yarashuv institutini qo‘llash

uchun quyidagi shartlar bajarilgan bo‘lishi lozim:

1)

sodir etilgan jinoiy qilmish JKning 661-moddasida nazarda

tutilganligi;

2)

jinoyat sodir etgan shaxsning, ya’ni gumon qilinuvchi yoki

ayblanuvchining aybiga iqror bo‘lganligi;

3)

jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning bartaraf qilinganligi;

4)

jabrlanuvchi bilan gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ni yarashganligi,

ya’ni jabrlanuvchining kechirganligi.

Ushbu shartlardan birining

bajarilmasligi

jinoyat

ishi

bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llashni istisno etadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

58

Amnistiya JKning 68-moddasida huquqiy tartibga solingan. Ushbu moddada

jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi

mumkinligi nazarda tutilgan.

Amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, huquqiy tabiatiga

ko‘ra, jinoyat huquqi institutiga kirmaydi, chunki O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi 80-moddasining 10-

bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Senati, O‘z

bekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga

binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qiladi.

Jazoni ijro etish muddatining o‘tib ketganligi deganda, hukm qonuniy kuchga

kirgan kundan boshlab, qonunda belgilangan muddatlarning o‘tib ketganligi

tushuniladi. Ushbu muddatlar o‘tib ketganidan keyin shaxs jazodan shartsiz ozod

etiladi.

JKning 150

157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-

moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442

- moddalarida

nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jazoni ijro etish muddatli hisoblanmaydi, ya’ni

ushbu jinoyatlar uchun hukm ch

iqarilgandan keyin qancha muddat o‘tganligidan

qat’i nazar jazo ijro etilishi lozim.

Jinoyat huquqining insonparvarlik tamoyillaridan biri bu

shaxsga nisbatan

jazo qo‘llamasdan ham uni tuzatish, jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish imkonini

berishdir. Shuning uchun javobgarlikdan va jazodan ozod qilish instituti jinoyat

huquqining muhim el

ementlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Mazkur institut shaxsning qilgan jinoyatiga nisbatan javobgarlik yoki

jazoning ijtimoiy-

ma’naviy ahamiyatini, shuningdek, u holatlarda davlat

tomonidan jazolash zarurati yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu esa jinoyatga yondashuvda

differensial va adolatli qaror qabul qilish imkonini beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

59

Jinoyat kodeksida javobgarlikdan va jazodan ozod qilishning quyidagi asosiy

turlari belgilangan:

Ijtimoiy xavflilikning yo‘qolishi (JK 83

-modda),

Amalda pushaymon bo‘lish (JK 65

-modda),

Yarashish asosida ozod qilish (JK 66-modda),

Jinoyat sodir etilganidan keyin ahvoli og‘irlashgan shaxsni ozod qilish,

Muddatlarning o‘tib ketishi asosida ozod qilish, va boshqalar.

Mazkur normalarning qo‘llanishi bir qator shart va mezonlar asosida amalga

oshiriladi: jinoyatning og‘irlik darajasi, shaxsning xulq

-atvori, yetkazilgan

zararning qoplanishi, jabrlanuvchining roziligi, ijtimoiy xavflilik darajasining

o‘zgarishi va boshqala

r.

Shuningdek, ushbu institutlar shaxsning ijobiy o‘zgarishini rag‘batlantirishga,

jazolashdan ko‘ra tuzatishga, jabrlanuvchi bilan yarashuvga erishishga xizmat

qiladi. Natijada, jinoyatga qarshi kurashda faqat repressiv choralar emas, balki

tarbiyaviy va ijtimoiy yondashuvlar ham ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutlari

jinoyat huquqining insonparvarlik, adolat va maqsadga muvofiqlik tamoyillarini

amaliyotda ro‘yobga chiqaradi. Bu esa huquqiy tizimning faqat jazolovchi emas,

balki ijtimoiy-tarbiyavi

y vazifalarni ham bajarishini ta’minlaydi. Mazkur

institutlardan oqilona va qonuniy foydalanish jamiyatda huquqiy madaniyatning

yuksalishiga, jinoyatchilikni kamaytirishga va fuqarolarning davlatga bo‘lgan

ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

60

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. –

T.:

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 –

184b

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi –

asosiy normativ hujjat.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

-protsessual kodeksi

jinoyat ishlari

yuritilishi tartibini belgilaydi.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –

jinoyat huquqining asosiy

prinsiplari shu yerda belgilangan.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari

7.

M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)"

jinoyat

turlarining tahlili.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, DAVLAT BOSHQARUV VA UNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI TUSHUNCHASI VA MAQSADLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, DAVLAT BOSHQARUV VA UNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, DAVLAT BOSHQARUV VA UNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI TUSHUNCHASI VA MAQSADLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

Karimov Islom Umidullo o’g’li, BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFLARI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 47 № 2 (2025)

1 2 > >>