https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
359
IQLIM O‘ZGARISHI VA TABIIY OFATLAR KELAJAKDA
MARKAZIY OSIYONING IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TAHDIDI
XOLMURATOV BEKZOD DILSHOD O‘G‘LI
Hozirgi kunda hech birimizga sir emasku ommaviy axborot vositalari orqali
dunyoning istalgan burchagidagi yangiliklardan xabardor bo’lish imkoniyati
mavjud. Axborot vositalari ham eng avvalo e’tibor qaratadigan holatlar bu albatta
tasodifiy va kutilmagan holda ro’y berayotgan iqlim o’zgarishlaridur. Dunyoning
qaysidur burchagida suv toshqini yuzaga kelsa, yana bir boshqa tomonida o’rmon
yong’inlari, boshqasida esa yer silkinishlari ya’ni zilzilani sodir bo’lmoqda.
Yuqorida aytib o’tganlarimiz ekologik kutilmagan ofatlar xisoblanadi. Bunday
kutilmagan ofatlarning iqtisodiyotga ta’siri ham sezilarli bo’ladi. Bunday
holatlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishni deyarli imkoni yo’q va ilojsiz bo’lib
turibdi hopzirgi kunda. Iqlimdagi bunday o’zgarishlar bizning mintaqada ham sodir
bo’lib turmoqda ayniqsa oxirgi vaqtlarda tez-tez bo’lmoqda. Jahon banki yaqinda
o’zining kuzatuvlaridan kelib chiqib statistik ma’lumot tarqatdi. Bu ma’lumotda
bizning iqtisodiyotgan qanchalar zarar yetkazish ehtimollarini ko’rishimiz mumkin
bo’ladi. Markaziy Osiyodagi tabiiy ofatlar, ayniqsa zilzilalar va suv toshqinlari har
yili mintaqaga milliardlab dollar zarar keltirishi mumkin. Bu haqda Ostona
shahrida Jahon banki va Ostona xalqaro moliya markazi tomonidan tashkil etilgan
“Tabiiy ofatlar xavfini moliyalashtirish va sug‘urtalash” bo‘yicha mintaqaviy
konferensiyada so‘z yurutildi.
Zilzilalarning o‘zi 2 milliard dollargacha zarar yetkazadi
Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, faqatgina zilzilalar mintaqada yiliga
2 milliard dollargacha zarar keltirishi mumkin, bu har yili 4 millionga yaqin
odamga ta’sir qiladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi sababli suv toshqinlari Markaziy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
360
Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun asosiy xavf omillaridan biriga aylanib
bormoqda, ekstremal hodisalardan ko‘rilgan yo‘qotishlar yalpi ichki mahsulotning
(YaIM) 6 foizigacha yetadi.
Mintaqa mamlakatlarida yirik ofatlardan qutulish uchun yetarli mablag‘
yo‘q
Bunday moliyaviy ta’sirlarni yumshatish va o‘z vaqtida tiklanishni ta’minlash
uchun tabiiy ofatlar xavfini moliyalashtirishning samarali strategiyalari zarur.
Jahon banki eksperti Indu Jon-Abraham mintaqa mamlakatlarida yirik
ofatlardan qutulish uchun yetarli mablag‘ yo‘qligini ta’kidladi. Agar yirik hodisalar
ro‘y bersa, Tojikiston va O‘zbekiston mos ravishda 1,5 milliard va 15 milliard
dollargacha moliyaviy taqchillikka duch kelishi mumkin, bu esa ta’lim, sog‘liqni
saqlash va infratuzilmani ta’mirlashga sarflanadigan xarajatlarga ta’sir qiladi.
Iqlim o‘zgarishidan ehtimoliy yo‘qotishlar
Xususan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mintaqa davlatlarining iqlim
o‘zgarishidan ehtimoliy yo‘qotishlarini hisoblab chiqdi, bu 2100-yilga borib
YaIMning 6,8 foizini tashkil qilishi mumkin.
Modellashtirish natijalariga ko‘ra, OTB mutaxassislari Osiyo-Tinch okeani
mintaqasi mamlakatlari iqlimining umumiy yo‘qotishlarini hisoblab chiqdilar.
Issiqxona gazlarining yuqori emissiyasi ssenariysiga ko‘ra, 2070-yilga borib
yo‘qotishlar YaIMning 17 foizini tashkil qilishi mumkin. Yana 30 yil ichida
yo‘qotishlar YaIMning 41 foizigacha yetishi mumkin.
OTB modeliga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari iqlim o‘zgarishidan kamroq
zarar ko‘radi. Agar issiqxona gazlari emissiyasi yuqoriligicha qolsa, yo‘qotishlar
2035-yilga borib YaIMning 0,7 foizini, 2050-yilga borib yalpi ichki mahsulotning
1,7 foizini, 2070-yilga borib yalpi ichki mahsulotning 3,8 foizini tashkil qiladi.
Energiya xarajatlariga eng ko‘p ta’sir qiluvchi omil qaysi?
Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda o‘rtacha havo harorati jahondagi o‘rtacha
haroratdan tezroq ko‘tariladi. 2070-yilga borib u 8 darajaga ko‘tariladi. Harorati
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
361
+35 darajadan yuqori bo‘lgan “issiqlik to‘lqinlari” deyarli ikki barobar tez-tez sodir
bo‘ladi. Bu energiya xarajatlariga va samaradorlikka salbiy ta’sir qiladi.
2023—2030-yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim o‘zgarishiga
moslashish bo‘yicha yillik xarajatlar aholi jon boshiga 83,6 dollarni tashkil etadi.
Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlardan shuni bilishimiz mumkinki,
sug’urta kompaniyalarini moliyaviy jihatdan qiyin ahvolga solib qo’yishini tahmin
qilish mumkin bo’ladi. Buning uchun sug’urta kompaniyalari ham o’zlarining
sug’urta badallari va moddiy imkoniyatlarini yetarlicha baholab olishlari zarur
hamda statistik ma’lumotlardan doimiy ravishda foydalanishlari o’zlari uchun
manfaatli xisoblanadi.