https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
346
IQLIM O‘ZGARISHLARINI IQTISODIYOTGA TA’SIRI
XOLMURATOV BEKZOD DILSHOD O‘G‘LI
Bugungi kunda nafaqat O’zbekkistonda, balki butun jahonda iqlim
o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan muammo va uning yechimini topishga
intilishmoqda. Bu muammolar qatoriga atmosferada avtomobilladan
chiqayotgan gazlarning ko‘payishi, yerning ustki qobig‘i haroratining ortishi,
suv resurslari taqchilligi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanishi, sahrolashish
jarayoni bilan birga sho’rlanishning o‘sishi va boshqalarni kiritish mumkin.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi tabiiy ofatlarining yangicha turlari paydo
bo‘lishiga sharoit yaratishi bilan birga, mavjud tabiiy ofatlarning zarar yetkazish
kuchini bir necha barobar oshirishi, hattoki, boshqarib bo‘lmaydigan darajaga
yetkazishi mumkinligini aytmoqda.
Jahondagi bir qator ilmiy doira vakillari so’zlariga qaraganda bunday iqlim
o’zgarishi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, Jahon banki
malumotlariga ko’ra iqlim o’zgarishlari global isish kuchli ichki migratsiyalarni
keltirib chirashi haqida ogohlantiryapti, 2050 yilgacha dunyoning oltita mintaqasida
yashayotgan 216 million nafar inson o‘zlari yashayotgan makonni tark etib, boshqa
hududlarga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu mintaqalar orasida Markaziy Osiyo
hamda unda yashayotgan 5 milliondan ortiq aholining borligi ushbu muammoning
mintaqa davlatlari uchun juda dolzarb ekanligini isbotlaydi.
Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda
iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan 5-xalqaro konferensiya atrof-muhit,
suv, yer resurslari va boshqa ekologiya bilan bog‘liq masalalar allaqachon
boshqarish qiyin bo‘lgan dolzarb muammolarga aylanib ulgurganini ko‘rsatdi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
347
Hozirda O’zbekiston iqtisodiy jihatdan tez suratlarda rivojlanib borayotgan
mintaqalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, mintaqa geografik jihatdan
shundayki, bu yerdagi suv va yer resurslaridan unumli foydalanish, ularni
boshqarishda oqilona yo‘l tutish kelgusida davomli rivojlanish, barqarorlik va
fuqarolarning farovonligiga xizmat qiladi.
Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdidlarga
qarshi kurashish va tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish maqsadida Parij Bitimini
ratifikatsiya qilgan. Mazkur bitim 2015 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yilning
o‘zida 196 ta davlat tomonidan imzolangan. Parij Bitimining asosiy jihatlaridan
biri — rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar ham
atmosferaga tashlanmalar miqdorini kamaytirish majburiyatini olishi belgilangan.
Shu bilan birga, ushbu xalqaro hujjatda davlatlar oldiga quyidagi uchta
muhim maqsadlar qo‘yilgan:
Birinchisi, davlatlar oldiga qo‘yilgan maqsad — iqlim o‘zgarishi
oqibatlarini yumshatishdan iborat
. Bunda yer yuzidagi global o‘rtacha
haroratning sanoatlashuv davrigacha (XVIII asrning o‘rtalari) bo‘lgan darajaga
nisbatan 2°Sdan pastda, imkon qadar 1,5°Sda ushlab turish nazarda tutiladi. Shu
kunga qadar dunyo davlatlari tomonidan olib borilgan siyosat hamda
sayyoramizning global isishini 1,5°S da ushlab turish uchun talab qilinadigan siyosat
o‘rtasida juda katta bo‘shliq mavjud bo‘lgan. Ekspertlar prognoziga ko‘ra, mavjud
voqelik o‘zgarmasa hamda Parij Bitimiga a’zolar tomonidan o‘z vaqtida tegishli
choralar qabul qilinmasa, 2100 yilga kelib yer yuzidagi global isish o‘rtacha 3,2 °Sni
tashkil qiladi. Bu yer sharining katta qismida ekotizim izdan chiqadi. Yer yuzidagi
global isishni 1,5°Sda ushlab turish atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarni 2030
yilgacha 43 foiz va 2050 yilgacha 84 foizga kamaytirishni ko‘zda tutadi. Faqat ushbu
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
348
maqsadga erishishgina sayyoramizni “sog‘lom” holda saqlab qolishga imkon
yaratadi.
Ikkinchi maqsad — iqlim o‘zgarishining noqulay ta’sirlariga moslashish
salohiyatini oshirishga va past uglerodli rivojlanishga ko‘maklashishni nazarda
tutadi.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida mintaqadagi barcha davlatlar tomonidan
milliy qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, davlat dasturlari qabul qilingan.
Xususan, Qozog‘istonda 2060 yilgacha uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha
Strategiya tasdiqlangan. Unga muvofiq, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta
tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tkazish, bioenergetikani rivojlantirish orqali
atmosferaga tashlanmalar miqdorini 0 foizga tushirish belgilangan.
Tojikistonda esa 2030 yilgacha iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha
Milliy Strategiya qabul qilingan.
Shuningdek, 2019-2030 yillarda O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishi
bo‘yicha Strategiya qabul qilindi. Ushbu hujjatda suv va qishloq xo‘jaligi
sektorlarida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar
belgilangan.
Iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha mintaqadagi alohida davlatlar
tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar mintaqa miqyosida olib qaraganda juda
kam foizni tashkil etishiga guvoh bo‘lamiz.
Uchinchi maqsad esa, davlatlarni iqlim barqarorligini saqlab qolgan
holda rivojlanishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga chaqirishdan
iborat.
Xususan, Jahon banki guruhi 2021 yilda keyingi besh yillikda ajratiladigan
mablag‘larning 35 foizi aynan iqlim o‘zgarishiga moslashgan loyihalarga
qaratilishini ma’lum qildi. 2016-2020 yillar oralig‘ida bu raqam 26 foizni tashkil
qilgan.
Ushbu mezon rivojlanayotgan barcha Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim
ahamiyatga ega. Mintaqa davlatlarida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar iqlim
o‘zgarishlariga moslashuv bo‘yicha talablarni o‘zida aks ettirmasa, ularning xorijiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
349
investorlar tomonidan moliyalashtirilishi qiyinlashib boradi. Bu o‘z navbatida
iqtisodiyot o‘sishining sekinlashuviga sabab bo‘ladi. Kelgusida investitsiya bo‘yicha
jozibadorligini oshirishga intilayotgan barcha davlatlar iqlim o‘zgarishi bilan yuzaga
kelayotgan talablarni inobatga olishi zarur.
Ta’kidlash joizki, bugun iqlim o‘zgarishi natijasida vujudga kelayotgan
ekologik muammolar allaqachon milliy darajadan transmilliy tahdidga aylanib
ulgurdi. Shu bois ushbu muammolarni hal qilish bo‘yicha alohida bitta davlat
tomonidan qilinayotgan harakatlar o‘z samarasini bermasligi yaqqol namoyon
bo‘lmoqda. Bu muammoning yagona yechimi qo‘shni davlatlar o‘rtasida
hamkorlikni barcha darajalarda kengaytirish, jamoatchilikni keng jalb qilish va iqlim
o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarda birgalikda qaror qabul qilish lozim.
Shu bilan birga, mintaqadagi ekologik vaziyatni keng ommaga yetkazish va
fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ommaviy axborot
vositalaridan unumli foydalanishga zarurat tug‘ilmoqda. Ayniqsa, Orol muammosi
va suv resurslarining tanqisligi bilan “yashayotgan” Markaziy Osiyo iqlim
o‘zgarishining oqibatlariga bardosh berishi bo‘yicha dunyoning boshqa
mintaqalariga qaraganda ancha zaif hisoblanadi.
Mutaxassislar
fikricha,
Markaziy
Osiyo
davlatlaridagi
sug‘orish
texnologiyalarining samarasizligi tufayli sug‘orish uchun ishlatiladigan suvning 50
foizi yo‘qotilmoqda. Iqlim sharoitlarining o‘zgarishi natijasida mintaqaning
muzliklar maydoni oxirgi 50-60 yil ichida 30 foizga qisqarib, yerlar degradatsiya
bilan bog‘liq yillik xarajatlar YAIMning 4 foizini tashkil etmoqda. Ushbu raqamlar
Markaziy Osiyo mintaqasiga iqlim o‘zgarishi intensiv kirib kelayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va
uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha qator xalqaro tuzilmalar,
xususan, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, Orolni qutqarish xalqaro
jamg‘armasi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va donor davlatlar tomonidan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
350
moliyalashtiriladigan dasturlar asosida faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotlar,
ekologiya faollari, jurnalistlar va ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud.
Yuqorida sanab o’tilgan ekologik muammolar iqtisodiyotga sezilarli darjada
ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Iqtisodiyotni muvonazatsa saqlab qolish uchun
o’zimiz tashabbus ko’rsatib ekologiyaga e’tiborli bo’lib atrof-muhitni asrash
barchamizning burchimiz ekanligini ich-ichimizdan his qilib xarkat qilmog’imiz
zarur va shartdur.