https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
351
EKSPORT QILISH TIZIMI VA UNING ASOSIY RIVOJLANISH
TENDENSIYALARI TAXLILI
XOLMURATOV BEKZOD DILSHOD O‘G‘LI
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarmoqni
barqaror rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim sanalgan huquqiy, tashkiliy va
iqtisodiy chora-tadbirlar bosqichma – bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida ham agrar sohada tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish va diversifikatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot
strategiyasida “qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish, tuproq
unumdorligini oshirish, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, agrosanoat korxonalari ishlab chiqarish
hajmini 1,5 barobarga oshirish, agrologistik markazlarni rivojlantirish, zamonaviy
laboratoriyalar sonini ko‘paytirish, urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha
milliy dasturni amalga oshirish, xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil
etish, sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish” kabi vazifalar
belgilab berilgan
Qishloq xo‘jaligida o‘rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln. m3 yoki iqtisodiyot
tarmoqlarida iste’mol qilingan suv resurslarining 90 foizini tashkil etib,
yuqoriligicha qolmoqda.Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 m3 suv bilan 4–6
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF
-5853-sonli Farmoni
(https://lex.uz/).
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28
yanvardagi 2022-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF
-60 sonli Farmoni. (https://lex.uz/).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
352
AQSH dollarilik mahsulot yetishtirilayotgan bo‘lsa, respublikamizda bu
ko‘rsatkich 0,15 AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining mumiy hajmi
2023 yilda 426,3 trillion so‘mni (36,3 milliard AQSH dollari), o‘tgan yilning mos
davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulot
tarkibida qo‘shilgan qiymati 245,2 trillion so‘mni (20,9 milliard AQSH dollari)
yoki 24,3 foizli yuqori ulushini saqlab qoldi. Aholi jon boshiga 11,7 million so‘mni
tashkil etdi. Tarmoqning rivojlanishiga: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 404,6
trillion so‘m, ulushi 94,9 foiz, o‘sish sur’ati 103,9 foiz; o‘rmon xo‘jaligi
mahsulotlari 10,4 trillion so‘m, ulushi 2,4 foiz, o‘sish sur’ati 102,7 foiz; qishloq
xo‘jaligida ko‘rsatilgan xizmatlar va ovchilik 6,9 trillion so‘m, ulushi 1,6 foiz,
o‘sish sur’ati 104,1 foiz; - baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari 4,3 trillion so‘m, ulushi
1 foiz, o‘sish sur’ati 107,4 foiz darajasida o‘sishi asosiy omil bo‘ldi.
1.jadval
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining rivojlanishining asosiy
ko‘rsatkichlari
Umumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining joriy davrda 63,1 foizini
dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 29,8 foizi fermer xo‘jaliklariga va 7,1 foizi
3
O'zbekiston davlat statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
353
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining yuqori ulushi chorva mollarining asosiy qismi
aholi xonadonlarida boqilayotganligi va shu bilan birgalikda chorvachilik
mahsulotlarining ham asosiy qismi ishlab chiqarilganligi bilan izohlanadi.
Shuningdek, dehqonchilik mahsulotlarida ulushi yuqori bo‘lgan sabzavot
va mevalarni mamlakatimizda qishloq joylarda istiqomat qiluvchi 49 foiz aholining
o‘zini ushbu mahsulotlar bilan ta’minlashi, ishlab chiqarishning katta qismini
tashkil etishi sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, klasterlar faoliyatini
yo‘lga qo‘yilishi, ularga ekin maydonlarining biriktirilishi qishloq xo‘jaligi
faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar toifasining ulushini yildan-yilga ortib
borishiga omil bo‘lmoqda.
2.jadval
Hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot
(xizmat) larining hajmi
Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqonchilik
mahsulotlari ulushi 50,1 foizni va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning
4
O'zbekiston davlat statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
354
ulushi 49,9 foizni tashkil qilgan. Dehqonchilik mahsulotlari ulushining ortib
borishi, intensiv ishlab chiqarish, yerlarni foydalanishga kiritish, suv tejovchi
texnologiyalarni joriy qilinishi hamda o‘simliklarning hosildorligi yuqori navlari
o‘zlashtirilishi hisobiga mahsulot hajmining ortishi bilan bog‘liq. Hududlar
bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Sirdaryoda – 106,4 foiz, Namanganda –
104,5 foiz, Samarqandda 104,4 foiz, Qashqadaryoda – 104,3 foizni tashkil etgan
bo‘lsa, Navoiyda 101,9 foiz, Surxondaryoda – 103,7 foiz va Farg‘onada 103,9 foiz
darajada bo‘lib, yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanmagan.
2023 yilda xududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
mahsulotlarining eng yuqori xajmi Samarqand (51 216,4 mlrd. so‘m), Andijon (43
276,3 mlrd. so‘m), Toshkent (41 001,6 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (40 167,9 mlrd.
so‘m), Farg‘ona (39 421,6 mlrd. so‘m) va Buxoro (38 398,6 mlrd. sum)
viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam xajmga ega xududlarga Sirdaryo viloyati
(14 675,1 mlrd. so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (16 548,3 mlrd. so‘m) va
Navoiy viloyatini (19 693,7 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin. Iqlim o‘zgarishi,
global isish oqibatida mamlakatimizda suv tanqisligini oldini olish uchun 500 ming
gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinib, 3 mlrd kub metr suv iqtisod
qilindi va qariyb 1 mln gektardan yerlarning suv ta’minoti yaxshilandi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
355
1.rasm. Takroriy ekinlar maydoni ulushi
Jami foydalanilgan yer maydonlarining 2553 ming gektari fermer
xo‘jaliklariga, 640,9 ming gektari dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 622,9 ming
gektari qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga biriktirilgan.
Ularning dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda
fermer xo‘jaliklarida 53,2 foizni, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida 37,9 foizni va
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 8,9 foizni tashkil
etgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish, uning tarkibida
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushini va mahsulotlarning jahon
bozorida raqobatbardoshligini oshirish hozirgi bosqichda O‘zbekiston iqtisodiy
siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Davlat tomonidan
kuchli raqobat hamda iqlim o‘zgarishlari sharoitida qishloq xo‘jaligiga innovatsiya
va ilg‘or ishlanmalarni, intensiv va resurs tejovchi texnologiyalarni, eng asosiysi
ilm izchil tatbiq etilishi natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yalpi
hosildorligi yildan-ytilga o‘sib bormoqda.
3.jadval
Barcha toifadagi xo‘jaliklarda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik maxsulotlari
xajmi (ming t.)
Maxsulotla
r
2017y.
2019
y.
2021y.
2023y.
2023 /2017 nisbatan.
O‘sish(%da)
1.
O‘rik
532,6
535,7
424,7
555,2
104,2
2.
Shaftoli
193,3
188,2
193,3
213,4
110,3
5
O'zbekiston davlat statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
.
6
O'zbekiston davlat statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
356
3.
Uzum
1625,5
1603,
3
1695,3
1 737,6
106,8
4.
Piyoz
995,1
1233,
0
1200,0
1414,3
142,2
5.
Olcha
57,1
64,7
73,3
82,8
145,0
6.
Pamidor
2455,1
2145,
1
2206,6
2691,1
109,6
7.
Olma
1028,8
1132,
6
1238,1
1613,2
156,9
8.
Karam
904,5
703,4
680,6
1047,7
115,8
9.
No‘xat
34,2
34,3
46,4
135,2
10
.
Gilos
136,6
175,4
213,6
218,9
160,2
11
.
Bodom
4,3
21,2
27,9
31,4
720,9
12
.
Loviya
72,2
73,7
82,6
114,4
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki tadqiq etilayotgan davrda
Respublikamizda gilos yetishtirish 160,2%ga, olma 56,9 %ga, olcha 145%ga,
no‘xat 135,2%ga o‘sdi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish maqsadida “Bir kontur bir mahsulot” tamoyili asosida asosiy
maydonlarga jami 349 ming gektar shundan 155,7 ming gektar sabzavot, 73,3 ming
gektar poliz, 120 ming gektar kartoshka ekinlari ekildi. Natijada kartoshka
mahsuloti o‘tgan yilga nisbatan 27 ming gektar ko‘proq (o‘tgan yilga nisbatan 104
%) ekildi.2023-yilda 28,2 ming gektar yer maydoniga (7,4 ming gektar tomchilatib,
0,3 ming gektar yomg‘irlatib sug‘orish, 1,7 ming pikirovka, 0,6 ming “NetHouse”,
2 ming gektar temos, 0,3 ming gektar pulsar,16,2 ming ko‘chat usulda,) intensiv
usulda sabzavot yetishtirish joriy etildi. Natijada o‘tgan yilga nisbatan 5 ming
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
357
gektardan ortiq intensiv sabzavotchilik yo‘lga qo‘yilib (o‘sish 121 %), hosildorlik
126 foizni tashkil etdi.
Ushbu ekin ekilayotgan maydonlarda fermer va dehqon xo‘jaliklariga
ko‘maklashish maqsadida respublika bo‘yicha 17 ta ko‘chatxonalarda 154 mln.
dona sabzavot-poliz ko‘chatlari yetishtirilib, fermer va qishloq xo‘jaligi
korxonalariga yetkazib berildi. Buning natijasida ko‘chat yetishtirish o‘tgan yilga
nisbatan 10 barobarga oshishiga erishildi. Shu bilan birgalikda, respublikada 2023
hosili uchun jami 905,7 ming gektar (100 %) maydonda takroriy ekinlar ekildi.
2023-yilda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish,
qayta ishlash hajmlarini oshirish, bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Amalga oshirilgan tizimli ishlar
natijasida, 2023-yilda 8,4 million tonna don ekinlari, 11,6 million tonna sabzavot,
3,6 million tonna kartoshka, 2,6 million tonna poliz, 3,1 million tonna meva, 1,7
million tonna uzum yetishtirildi. Aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, xususan, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal mahsulotlari bilan
ta’minlashni ko‘paytirish maqsadida 2,8 million tonna go‘sht (tirik vaznda), 12
million tonna sut, 0,2 million tonna baliq, 8,5 milliard dona tuxum yetishtirildi.
Meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari 3 065 ming tn dan 3 250 ming tn +185
ming tn), go‘shtni qayta ishlash quvvatlari 427 ming tn dan 458 ming tn (+31 ming
tn), sutni qayta ishlash quvvatlari 2 760 ming tn dan 3 100 ming tn (+340 ming tn)
yetkazildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Vahobov A. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi: oziq-ovqat sanoati hamda
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida to‘sqinliklar va
imkoniyatlar. // O‘zbekiston iqtisodiyoti. – 2016. -№1. 104–116;
2.
Abaturov V. Prodovolstvennaya opasnost. //Ekonomicheskoye obozreniye.
Tashkent, 8№ .2017. s.50–54.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-4_ Май-2025
358
3.
Muhitdinova U.S. Metodologiya i metodika osenki effektivnosti
funksionirovaniya rыnka plodoovoщnoy i vinogradnoy produksii. // Ekonomika i
finansы. Moskva. 2018 – №11 (150) noyabr. s. 68-69. 3.
4.
Sh. Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
xar bir rahbar faoliyatini kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” T.: O‘zbekiston,2017.
5.
Eksport faoliyati bo‘yicha qo‘llanma. Ekonomicheskoye obozreniye.
Toshkent 2014. 5. Nazarova G.G., Xaydarov N.X. Xalkaro iqtisodiy munosabatlar.
– T.: TDIU, 2005. – 273 b.