https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
506
MAKTABLARDA KADRLARNI ISHGA OLISH JARAYONIDAGI
AMALIY MUAMMOLAR VA ULARNING HUQUQIY YECHIMLARI
Sadullayeva Farida Farxod qizi
Termiz Davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola mamlakatimizdagi maktablarda uchrayotgan
asosiy muammolardan biri bo‘lgan kadrlar masalasini hal qilish, maktab ta’limini
takomillashtirish uchun ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi haqidagi qarashlarni o’z ichiga olgan.
Kalit so’zlar: komleks, mulk, dunyoviy, kreativ, jadid, maktab.
ПРАКТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ В ПРОЦЕССЕ ТРУДОУСТРОЙСТВА
КАДРОВ В ШКОЛЕ И ИХ ПРАВОВЫЕ РЕШЕНИЯ
Аннотация: В данной статье содержатся взгляды на необходимость
решения кадрового вопроса, одной из основных проблем, с которыми
сталкиваются школы в нашей стране, на необходимость реализации
комплексных мер, направленных на преодоление этих проблем, для
совершенствования школьного образования.
Ключевые слова: комплекс, собственность, светский, творческий,
Джадид, школа.
PRACTICAL PROBLEMS IN THE PROCESS OF EMPLOYMENT OF
PERSONNEL IN SCHOOLS AND THEIR LEGAL SOLUTIONS
Annotation: This article included views on the need to solve the personnel
issue, one of the main problems encountered in schools in our country, to
implement complex measures aimed at eliminating these problems in order to
improve school education.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
507
Keywords: comlex, property, secular, creative, jadid, school.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan
kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekiston
ilm-fanga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga
xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va
aniq fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni rivojlantirishda O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, respublika
oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining salmoqli qismi
ilmiy tadqiqotlarga qaratilganligi o‘z samarasini bera boshladi. “Fan, ta’lim va
ishlab chiqarish integratsiyasi” O‘zbekistonda ilmu-fan rivojlanishiga bosh
maqsadlardan biri etib belgilandi.
Taʼlim darajasi indeksi – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot
Dasturining (BMTTD) umumiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u kattalar savodxonligi indeksi
va taʼlim olayotgan talabalarning jami ulushi indeksi sifatida hisoblanadi. Quyidagi
statistik axborotda MDHdavlatlarining ta’lim sifati bo’yicha reytingi berilgan.
1
https://davr24.uz/archives/
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
508
1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonun qabul
qilingan bo`lib, ushbu dastur “Ta’lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi
qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. O`zbekiston Respublikasida
2020-yil 23-Sentyabr kuni “Ta’lim to`g`risida”gi qonunning yangi tahririni
imzolandi. Qonunga muvofiq ta’lim turlari quyidagilardan iborat.
-Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
-Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim;
-Professional ta’lim;
-Oliy ta’lim;
-Oliy ta’limdan keying talim;
-Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-Maktabdan tashqari ta’lim.
Maktab – oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va
tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasidir.
Oʻzbekistonda maktab, asosan, davlat mulki boʻlib, unda oʻqish bepuldir.
Shu bilan birga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish qisman shartnoma asosida ota-onalar
mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilda
qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni hamda „Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi“ da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida taʼlim oʻquvchilarning
ona tilida olib boriladi. Barcha maktablarda oʻquvchi va talabalar uchun uzluksiz
tarzda taʼlimning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oʻtish taʼminlangan.
Maktabda o‘quvchilarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun
teng huquqlar kafolatlanadi.
Maktabda ta’lim jarayonlari dunyoviy xususiyatga ega.
2
„Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunning 7-moddasi.
3
„Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunning 4-moddasi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
509
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim
va
tarbiya olish yuzasidan konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta
ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Maktab - bolalarning bog’chada olgan bilimlarini mukammallashtiradigan,
oliy ta’lim uchun tayyorlaydigan boshlang’ich ta’limning davomidir.
Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi,
o‘quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tashkilotchilik
qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, kasbga yo‘naltirishga va
ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Maktab shunday joy bo‘lishi kerakki, bolalar “maktab” desa borishga
shoshilib turishi kerak. Hozirgi kunda ko’pchilik bolalarda ta’limga qiziqish
umuman yo’q. Afsuski bolalar maktablarga majburlikdan borishmoqda, ya’ni faqat
davomat uchun.
Maktablar
bolalarning
o‘qishga
bo'lgan
qiziqishini
oshirishga
moslashtirilishi kerak. Bu esa o'qituvchilar, o‘quv dasturlari va maktab muhitining
sifatiga bog‘liq. Maktabda qiziqarli, interaktiv va ijodiy uslubda ta'lim berish,
bolalarga o'z qiziqishlari va iste'dodlarini rivojlantirish imkoniyatini berishi
muhim. Shuningdek, darslar faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmasligi, balki
amaliyot va hayotiy tajribalarni o'z ichiga olishi lozim. Maktabda ijtimoiy
ko'nikmalar, jamoaviy ish va muloqot qilish imkoniyatlarini ham taqdim etish
kerak. Bularning barchasi bolalarning maktabga bo'lgan qiziqishini oshirishga
yordam beradi.
Bundan tashqari, ota-onalar va jamiyat maktab ta'limining ahamiyatini
tushunib, bolaning o'qishga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlashi muhimdir.
Maktablar va jamiyat o'rtasidagi aloqani kuchaytirish, ta'limning ahamiyatini
oshirishga yordam beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
510
Mamlakatimizdagi maktablarning hammasida eng katta muammolardan
biri sifatli kadrlar yetishmasligidir. O’qituvchi qancha ko’p malakali, o’z sohasida
hamda psixologik sohada bilimli, dunyoqarashi keng, bola fikrini hurmat qiladigan
pedagog bo’lsa bu bola uchun katta yutuqdir. Malakali pedagog bolalar bilan
qanday qilib til topishishni va ular bilan ishlashishni biladi. O’qituvchi uchun eng
qiyin ish bu - bolalarni xafa qilmaslik va ulardan xafa bo’lmaslikdir. O’qituvchi
qanchalar bola bilan ishlay olsa, bola shu o’qituvchini darsiga qiziqqanidan boradi,
uni “maktabga bor” deb kimdir majburlashi ham shart emas. Bundan tashqari
o’qituvchining bola oldidagi hurmati qancha yuqori bo’lsa, bola o’qituvchini
oldida uyalib qolishdan cho’chib ham o’qiydi. Qarabsizki birgina malakali,
dunyoqarashi keng, bolalar fikrini hurmat qiladigan kadr bolani ham bilim
olishiga, ham maktabga har kuni va o’z vaqtida kelishiga sababchi bo’lyapti.
Demak, bolaning maktabga ixtiyoriy kelishi uchun birinchi va eng muhim asos -
har taraflama bilimli, malakali kadrning dars mashg’ulotini o’tishidir.
Bola umumiy bilimni maktabda oladi. Undan keyin kimdir oliy ta’limda
o’qishni davom ettiradi, yana kimdir oila boqish tashvishida mehnat qiladi va
o’qishga vaqt topolmaydi. Agar umumiy o’rta ta’lim puxta egallansa undan keyingi
ta’lim shakllarni o’qimay turib ham muayyan yo’nalishda faoliyat olib borish
mumkin. Mamlakatimizda davlat ishida ishlash uchun oliy ta’limni o’qib
tugatganlik haqida diplom kerak. Ammo fuqarolar davlat ishida ishlamay ham
muayyan faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin, bu cheklanmagan.
Oliy ta’limni bitrdim endi “ishlarim besh” deganlarni oldida ish topish
muammosi, ish topganlarni oldida oylik kamligi muammosi turipti. Hatto ikki-
uchtalab universitetni bitirgan malakali kadrlar O’zbekistondagi davlat ishini
tashlab chet davlatlarga ishlagani ketyapti. Asosiy muammo oylik kamligi. Agar
shu ketish bo’lsa kadrlar taqchilligi muammosi ommaviy tus oladi. Buning oldini
olish uchun oyliklarni oshirish kerak. Oliy ta'limni tugatgan yosh mutaxassislar
o'rtasida ish topish muammosi va oyliklarning pastligi jiddiy tashvishlarni keltirib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
511
chiqarayotgandi. O’zbekistonda ish beruvchilar, ayniqsa davlat sektori, yuqori
malakali kadrlarni jalb qilish va saqlash uchun raqobatbardosh ish haqi taklif qila
olmayotgani sababli ko'plab mutaxassislar chet elga chiqib ketishga majbur
bo'lmoqda.
Oyliklarning pastligi nafaqat mutaxassislar uchun, balki mamlakat
iqtisodiyoti uchun ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu, kadrlar taqchilligi,
malakali mutaxassislarning yo'qligi va iqtisodiy o'sish sur'atlarining sekinlashishi
kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Oylik kam, ish hajmi ko’p bo’lsa har qanday
odam ham o’z kasbidan bezib qoladi. Masalan, o’qituvchini oyligi kam va ish soati
ko’p. O’qituvchilik kasbi og’ir mashaqqat, sabr talab etadigan og’ir kasblardan
biri. Sal aqlini ishlatgan odam shuncha stress, bosh og’riq menga nimaga kerak
deydida darslarni sifatsiz, faqat nomiga o’tib, ishiga nisbatan sovuqqon
munosabatda bo’la boshlaydi. Natijada bolalarni darsga qiziqishi o’lib, darsga
bormaydigan bo’ladi. Eng yomoni sifatsiz, chalasavod bo’lajak kadrlar yetishib
chiqaveradi. Qisqasi bu borada kamchiliklar, muammolar juda ko’p, ammo
O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar davom etayotganini va ushbu
kamchiliklarni bartaraf etish uchun ko'plab ishlar qilinayotganini ham ta'kidlash
joiz. Lekin bu yetarli emas. Malakali kadrlarni O’zbekistonda olib qolish uchun
ish hajmiga mutanosib ravishda ish haqi to’lash kerak.
Ish haqi yuqori bo’lishi kerak deyapmiz-u ammo kadrlar masalasichi?
Maktablarga ishga olinayotgan kadrlarning hammasi talabga javob beradigan
kadrlarmi? Ularning bilim darajasi va bolalar bilan ishlash qobiliyati yaxshimi?
O’zi kadrlarda bilim va qobiliyat mavjudmi? Oldimizdagi vazifa shu savollarga
yechim topishdir. Ushbu savollarga yechim quyidagilarning yo’qligidir:
Birinchidan, maktablarda kadrlarni ishga olishda mukammal tizim ishlab
chiqilmagan. Natijada chalasavod kadrlar ishga kirishda korrupsion holatlarga yo’l
qo’ymoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
512
Ikkinchidan, maktablarda ishga olinayotgan kadrlar saylanib olinayotgani
yo’q. Ya’ni ularni ishga olishda ularning bilimiga qaralmayapti, savol-javoblar
o’tkazilmayapti.
Uchinchidan, maktablarda kadrlarni ishga olishda ularning bilimini
baholovchi komissiyalar tuzilmagan.
O'zbekistonda maktabga o'qituvchi tanlab olish tizimi mavjud emas. Ta'lim
sifati bo'yicha yaxshiroq natijalarni qayd etayotgan mamlakatlar allaqachon bu
tizimni yo'lga qo'yib bo'lishgan. Bizda esa haliyam byurokratiya va
mahalliychilikka asoslangan tartibda ish olib boriladi. Oliygohni yangi bitirgan
talaba hududiy banlik bo'limiga boradi yoki tanishiga aytadi, shundan so'ng maktab
direktoriga telefon bo'ladi, tamom. Agar o'sha talaba ishga olinmasa, direktorning
o'zi ishdan ketib qolishi, eng kamida qandaydir jazoga tortilishi mumkin. Yoki
aksincha, talaba direktorning o'zi bilan «kelishib qo'yaqoladi. Vazirlik tomonidan
ishlab chiqilgan nizomga amal qilish tugul uni shu paytgacha hech kim o'qib ham
ko'rmagan. O'qituvchini ishga qabul qilishda yo'l qo'yilgan birgina xato 40 yillik
ta'lim sifatiga ta'sir ko’rsatishini hisobga olsak, bizning kelajakdagi hayotimiz juda
ayanchli.
Masalan, Janubiy Koreyada o'qituvchilar oylik maoshi juda ham yuqori.
Sababi u yerda o'qituvchi bo'lib maktabda ishlashning o'zi oson ish emas.
Pedagogika oliygohini tugatgan bilan darhol maktabda ishlashning imkoni
yo'q. Pedagog diplomiga ega bo'lgan fuqaro maktabda o'qituvchi bo'lib ishlashi
uchun avval 3 ta bosqichli imtihondan o'tishi kerak bo'ladi. Ya'ni, yozma, amaliy
va suhbat jarayoni. Shu imtihondan o'tib sertifikat olganlargina o'qituvchi bo'la
oladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu sinov imtihoni juda qiyin kechgani uchun
pedagogika oliygohini tugatganlarning atigi 10 foizigina maktabga o'qituvchi
bo'lib ishga kiroladi xolos. Hamma bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan
o'qituvchilar yana 2 toifaga ajratiladi. Bunda birinchi toifali o'qituvchi dars berish
huquqiga ega bo'ladi, ikkinchi toifali o'qituvchi esa yordamchi o'qituvchi vazifasini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
513
bajaradi. Ya'ni, ikkinchi toifadagi o'qituvchi maktabda ishlasada lekin dars
berolmaydi, u faqat assisentlik qiladi.
Yana bir qiziq tarafi shundaki, sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilarni 62
yoshga to'lguniga qadar hech kim ishdan bo'shatolmaydi.
Yakuniy xulosa shuki, ya’ni maktablarga kadrlarni ishga olishda shaffof
tanlov tizimi va raqobat muhitini shakllantirish o’ta zarur. Kadrlar maktabga test
va suhbatdan iborat imtihonlardan o’tgandan keyingina qabul qilinishi kerak.
Yuqorida aytib o’tilgan muammolar va kamchiliklar O'zbekistonda maktab
ta'limining sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Toki biz ta’lim tizimidagi muammolarni hal
qilmas ekanmiz kelajak avlodimiz bilimsizlik botqog’iga cho’kib boraveradi.
Bilimsizlikning oxir-oqibat qanday oqibatlarga olib kelishi esa hech kimga sir
emas. Maktab ta'limini takomillashtirish uchun ushbu muammolarni bartaraf
etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, kuchli nazorat
o’rnatish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)
2. 1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonun.
3. “Ta’lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni.
4. 2020-yil 23-Sentyabr kuni “Ta’lim to`g`risida”gi qonunning yangi tahriri.
5. „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunning 4- 7 – moddalari .
Foydalanilgan ilmiy maqolalar:
1.
Muhammadyusuf
Meyliqul
o'g'li
Nomozov.
“O'ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA
TA'LIM
SOHASIDAGI
ISLOHOTLAR”.
4
https://baxtiyor.uz\
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
514
2. Xolboyeva Gulzira Rustamjonovna. “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
TA’LIM
SOHASIDA
AMALGA
OSHIRILGAN
ISLOHOTLAR”.
Foydalanilgan internet saytlari:
5. https://davr24.uz/archives\