https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
485
NEGA XALQARO HUQUQ ISHLAMAYAPTI?
Sadullayeva Farida Farxod qizi
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola xalqaro huquq nima ekanligi, xalqaro huquq
normalariga davlatlar amal qilmagan taqdirda kelib chiqadigan salbiy holatlar,
xalqaro huquq normalariga davlatlar amal qilishini nazorat etuvchi “Xalqaro
tashkilotlar”ning kuchsizligi hamda hozirda asosiy muammoga aylangan Falastin-
Isroil urushining kelib chiqish sabablariga bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: Xalqaro huquq, konvensiya, bitim, deklaratsiya, norma, ustav,
inson huquqlari.
ПОЧЕМУ МЕЖДУНАРОДНОЕ ПРАВО НЕ РАБОТАЕТ?
Аннотация: Статья посвящена тому, что такое международное
право, негативным ситуациям, возникающим при несоблюдении
государствами норм международного права, слабости «международных
организаций»,
следящих
за
соблюдением
государствами
норм
международного права, а также причинам палестино-израильской войны,
которая в настоящее время стала главной проблемой.
Ключевые слова: международное право, конвенция, соглашение,
декларация, норма, хартия, права человека.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
486
WHY IS INTERNATIONAL LAW NOT WORKING?
Abstract: This article is devoted to what international law is, the negative
situations that arise when states do not comply with the norms of international law,
the weakness of "International Organizations" that monitor the compliance of
states with the norms of international law, and the causes of the Palestinian-Israeli
war, which has now become the main problem.
Keywords: International law, convention, agreement, declaration, norm,
charter, human rights.
Xalqaro huquq – xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar
(subyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik
prinsiplar va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda xalqaro
huquq obyekti oʻz mazmun moxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga
chiquvchi xalqaro, aniqrogʻi, davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. Davlat ichki
huquqidan farqli ravishda xalqaro huquq normalarini yaratish va bajarilishini
taʼminlash bilan shugʻullanadigan qonun chiqaruvchi organlar yoʻq. Xalqaro
huquqning asosiy subʼyektlari davlatlar hisoblanadi. Ularning oʻzaro kelishuvi
bilan vujudga keladigan xalqaro huquq normalari davlatlarning kelishilgan
irodasini ifoda etadi. Xalqaro huquqning oʻziga xos xususiyati ana shundadir. Turli
xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar,
BMTning hujjatlari Xalqaro huquqning normativ bazasi hisoblanadi.
Xalqaro ommaviy huquq xalqaro shartnomalar huquqi, diplomatik va
konsullik huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, inson huquqlari boʻyicha xalqaro
huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi,
xalqaro dengiz huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmik huquqi kabi sohalarni
oʻz ichiga oladi. Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari bor. Ular
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
487
xalqaro huquqni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi universal
majburiy meʼyorlardir. Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining
2-moddasida bayon etilgan. Ular BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar oʻrtasida
doʻstona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli xalqaro huquq tamoyillari
toʻgʻrisidagi 1970-yilgi Deklaratsiyasida hamda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik
kengashi (YEXHK)ning Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan. Bular
quyidagilardir: kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; xalqaro nizolarni
tinch yoʻl bilan hal etish; davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; davlatlarning
xalqaro hamkorligi; davlatlarning suveren tengligi; xalqlar va millatlarning oʻz
taqdirini oʻzi belgilashi; davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishi;
chegaralar daxlsizligi; davlatlarning hududiy yaxlitligi; inson huquqlari va asosiy
erkinliklarini hurmat qilishdir. Jahon hamjamiyati oldida turgan umumbashariy
muammolarni hal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham
shakllanmoqda…
Davlatlar tomonidan xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilinsagina
dunyoda tinchlik abadiy hukm surishi mumkin. Ammo hozirgi kun miqyosida
davlatlar tarafidan xalqaro huquqqa rioya qilinish darajasi ancha past.
Xo’sh xalqaro huquq normalariga davlatlarning rioya qilmasligiga nimalar
sabab bo’lmoqda?
1.
Davlatlarning o'zaro manfaatlari:
Ba'zi davlatlar xalqaro huquq
qoidalarini o'z manfaatlariga mos kelmaydigan hollarda bajarmasliklari
mumkin.
2.
Ishonch va hamkorlik yetishmasligi:
Davlatlar o'rtasida ishonch va
hamkorlik yetishmasa, xalqaro huquqning samarali ishlashi qiyinlashadi.
3.
Qoidalarni bajarmaslik:
Ba'zi davlatlar xalqaro huquq qoidalarini
bajarmaslik yoki ularni buzish orqali o'z manfaatlarini ko'zlaydilar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
488
4.
Xalqaro tashkilotlarning kuchsizligi:
BMT kabi xalqaro tashkilotlar
ba'zan o'z vazifalarini bajarishda cheklovlarga duch kelishadi, bu esa xalqaro
huquqning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
5.
Ijtimoiy va siyosiy omillar:
Ijtimoiy va siyosiy muammolar, urushlar yoki
inqirozlar xalqaro huquqning ishlashiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Avvalo xalqaro huquqning samarali ishlashi uchun davlatlar o'rtasida
hamkorlik, ishonch va hurmat muhimdir. Bundan tashqari davlatlarning xalqaro
huquqqa amal qilishini ta’minlash kerak.
Xalqaro huquqqa davlatlar tomonidan amal qilinishini ta'minlash uchun bir
qator usullar mavjud: Xalqaro tashkilotlar orqali monitoring, diplomatik muloqot,
qonuniy majburiyatlar, sanksiyalar va jazolar, ommaviy axborot vositalari va
jamoatchilik fikri, ta'lim va tarbiya, xalqaro sudlar va arbitraj.
Xo’sh qaysi tashkilotlar davlatlarning xalqaro huquq qoidalariga rioya
qilishini nazorat qilish va baholash uchun mexanizmlarga ega? Bunday huquqqa
BMT, Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar ega. Agar ushbu tashkilotlar
kuchsiz bo’lsachi? Shunday bo’lgan taqdirda qanday oqibatlar kelib chiqish
mumkin?
Xalqaro tashkilotlarning kuchsizligi quyidagi bir qator salbiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin:
1.
Xalqaro nizolarni hal qilishda qiyinchiliklar:
Kuchsiz xalqaro tashkilotlar
nizolarni hal qilishda samarali vosita bo'lmaydi, bu esa urushlar yoki
mojarolarni kuchaytirishi mumkin.
2.
Xalqaro huquqning buzilishi:
Agar xalqaro tashkilotlar o'z vazifalarini
bajarishda kuchsiz bo'lsa, davlatlar xalqaro huquq qoidalarini buzishlari
osonlashadi, bu esa global tartibsizlikka olib kelishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
489
3.
Ishonchning pasayishi:
Davlatlar o'rtasida ishonch pasayishi, chunki
kuchsiz tashkilotlar o'zaro kelishuvlarni amalga oshirishda yordam bera
olmaydi.
4.
Sanksiyalar va jazolarni qo'llashda cheklovlar
: Xalqaro tashkilotlar
kuchsiz bo'lsa, xalqaro jamoatchilik tomonidan sanksiyalar yoki jazolarni
qo'llash qiyinlashadi, bu esa huquqiy javobgarlikni kamaytiradi.
5.
Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka tahdid:
Xalqaro tashkilotlarning
kuchsizligi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muammolar
keltirib chiqarishi mumkin, bu esa global iqtisodiyotga salbiy ta'sir
ko'rsatadi.
6.
Inson huquqlarining buzilishi:
Kuchsiz xalqaro tashkilotlar inson
huquqlarini himoya qilishda samarali bo'lmasligi, bu esa inson
huquqlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bu omillar xalqaro tashkilotlarning kuchsizligi global muammolarni hal
qilishda qiyinchiliklar yaratadi va xalqaro hamkorlikni zaiflashtiradi. Xalqaro
hamkorlikning zaiflashishi diplomatik aloqalarning yomonlashuviga sabab bo’ladi.
Davlatlar o’rtasida munosabatlardagi keskinlik bora-bora urushni keltirib
chiqarishi mumkin.
Ayni damda davlatlar o’rtasida hududga egalik qilish masalasida ko’plab
urushlar bo’lyapti. Davlatlar yana qutblarga birlashyapti. Go’yoki uchinchi jahon
urushi boshlanayotganek. Inson qadr-qimmati toptalyapti. Insonning yashashga
bo’lgan huquqining biror tarzda cheklanishi mumkin emasligi hech kimning
hayoliga kelmayapti. Kundan – kunga qurbonlar soni ortmoqda. Yer yuzi yana
qonga bulg’anyapti. Insoniyat hayotiga bir umrlik qora sahifa sifatida ikkita jahon
urushi kamga o’xshaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlar endi
rivojlanayotganda uchinchi jahon urushining boshlanishi ortiqcha. Hamma
narsadan ustun ko’riladigan inson huquqlarining arzimagan hududga egalik qilish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
490
doirasida cheklanishi, oyoq osti qilinishi umuman xalqaro huquq normalariga mos
emas. Agar davlatlar tinchlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan xalqaro
shartnomalar, konvensiyalar, paktlarga amal qilmasa unda ularning tuzilishi,
davlatlar tomonidan qabul qilinib ratifikatsiya qilinishi nimaga kerak. Ana shunday
amal qilinmaydigan, faqat nomigagina bor bo’lgan, yuridik jihatdan esa biror
kuchga ega bo’lmagan shartnoma, konvensiyalarni tuzish uchun ham qanchadan –
qancha mablag’ sarf qilinadi. Hech bir davlat tomonidan amal qilinmaydigan
xalqaro huquq normalari, shartnoma va konvensiyalarni qabul qilgandan ko’ra,
unga ketadigan mablag’ni yer yuzidagi aholini sog’lomlashtirish va ularga bilim
berishga sarf qilgan ma’qul menimcha.
Hozirda yuz berayotgan Falastin-Isroil urushiga nazar tashlaydigan bo’lsak,
1947 - yil noyabrda BMT Falastin hududida arab va yahudiy davlatlarini tashkil
etish haqida rezolyutsiya qabul qiladi. Oradan 5 oy o‘tgach Isroil nomi bilan
yahudiylar davlati tuziladi. Biroq rezolyutsiyani na Falastindagi arablar va na
atrofdagi arab davlatlari tan olishmaydi. O‘rtada urush boshlanadi va arablar
yengiladi. O‘shandan buyon ikki o‘rtadagi mojaro davom etmoqda va Isroil
Falastin yerlarini asta-sekinlik bilan egallab kelmoqda.
Yaqin tarixda Falastin xalqiday qiynalgan va xo‘rlangan xalq bo‘lmasa
kerak. 1947 -yilda BMT rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan va oradan 41 yil o‘tib
tashkil etilgan bu davlat aholisi 76 yildan buyon qo‘shni Isroil tomonidan ezib
kelinadi.
O‘tgan yillar mobaynida Isroil Falastinning juda ko‘p joylarini kuch bilan
tortib oldi. Isroilning bu bosqinchilik siyosati bugun ham to‘xtagani yo‘q. Ular
hozir ham Falastinga tegishli bo‘lgan qaysidir hududdan arablarni quvib yuborib,
u yerda isroilliklar uchun turar joylar qurmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
491
Garchi BMT bir paytlar qabul qilgan rezolyutsiyasida Falastin davlatining
chegaralarini aniq ko‘rsatib bergan bo‘lsa-da, hanuzgacha bu davlat o‘z yerlariga
egalik qila olmayapti.
Bundan tashqari, qanchalik g‘alati eshitilmasin, BMTning o‘zi ham bu
davlatni tashkilot safiga to‘laqonli a’zo qilgani yo‘q. Falastin hozirda BMTda faqat
kuzatuvchi maqomiga ega.
Ana shu o‘rinda Isroilning falastinliklarga qilayotgan zo‘ravonligi sabablari
birmuncha ayon bo‘ladi. Axir BMTday tashkilot ko‘ksidan itargan Falastinni Isroil
nega ezg‘ilab tashlamasin?!
Hozirgi Falastin va Isroil davlatlari joylashgan hudud azaldan Falastin deb
atalgan. Bir necha asr davomida Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan Falastin
Birinchi jahon urushi tugagandan so‘ng Britaniya mustamlakasiga aylanadi. Ayrim
yahudiylarning tarixiy vataniga qaytishi ana shunda boshlangan.
Keyinchalik, Ikkinchi jahon urushi paytida Gitler Germaniyasi tomonidan
o‘tkazilgan qirg‘inlardan qochgan yahudiylarning bir qismi ham Falastinga ko‘chib
keladi. O‘sha kezlarda bu yerda yashovchi arablar «tarixiy vatani»ga ko‘chib
kelayotgan yahudiylarga umuman qarshilik qilmaydi.
Urush tugagandan keyin ham yahudiylar Falastinga ko‘chib kelishda davom
etadi. Shundan so‘ng 1947 yilda BMT hududda arablar va yahudiylarning davlatini
tuzish haqida o‘z rejasini e’lon qiladi.
O‘shanda BMTga Falastinda bitta davlat tuzish taklifi ham beriladi. Biroq
tashkilot yagona davlat tuzilsa yahudiylar va arablar o‘rtasida qirg‘inbarot
boshlanib ketadi degan xulosaga keladi va taklif rad etiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
492
Yahudiylar BMTning rejasiga rozi bo‘lishadi. Arablar esa Falastinning
bo‘linishiga qarshi chiqishadi. BMTda 1947-yil 29- noyabrda Falastinni ikkiga
bo‘lish haqidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
Shundan so‘ng aholining joylashuviga qarab yahudiylarga 14,1 ming
kilometr kvadrat, arablarga esa 11,1 ming kilometr kvadrat hududni berish va
Falastin o‘rnida ikkita davlat tuzish haqida qaror qabul qilinadi.
BMT rezolyutsiyasi qabul qilingandan salkam olti oy o‘tib, 1948 yil 14 may
kuni David Ben-Gurion tomonidan Isroil davlati tuzilgani e’lon qilinadi. Bunga
rozi bo‘lmagan Misr, Suriya, Transiordaniya (Iordaniyaning o‘sha paytdagi nomi),
Livan, Iroq kabi arab davlatlari Isroilga bostirib kirishadi.
Ular Falastin arablarniki bo‘lishi shart, yahudiylar istagan yerlariga
ketishlari mumkin degan talab qo‘yishadi. Shu bilan birga Falastinga chegaradosh
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
493
bo‘lgan yuqoridagi davlatlar Falastin yerlari o‘zlariga tegishli ekanini ham da’vo
qilishadi.
O‘sha paytda Isroilning ortida G‘arb davlatlari turgan edi. Qisqa muddatda
ular Isroilni tish-tirnog‘igacha qurollantirishadi.
Isroil barcha hujumlarni qaytaradi va 1949 yil iyulga kelib o‘z hududiga
bostirib kirgan arab qo‘shinlarini yengadi. Oqibatda urushda g‘olib chiqqan Isroil
Falastinning 1 300 kvadrat kilometr hududini bosib oladi.
Falastinning qolgan hududini Misr (G‘azo sektorini) va Iordaniya (Iordan
daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Sharqiy Quddusni) o‘z nazoratiga oladi.
1947-1949 yillarda bo‘lib o‘tgan bu urushni Isroil mustaqillik uchun bo‘lib
o‘tgan urush deb ataydi. Arablar uni Naqba – Falokat deb atashadi. Aynan mana
shu urushdan so‘ng Falastin xalqining fojiasi boshlanadi.
Aksariyat tarixchilar 1947 - yilda arab davlatlarining Isroilga bostirib kirishi
xatolik bo‘lganini aytadi. Ularning fikricha, arab davlatlari Isroilga bostirib
kirmasdan Falastin davlatining shakllanishida, BMT belgilab bergan chegaralarini
o‘rnatishda va boshqa ishlarda yordam berganda holat boshqacharoq kechishi ham
mumkin edi.
Shoshmashosharlik bilan Isroilga hujum qilinishi va mag‘lubiyatdan keyin
ham qo‘shni arab davlatlarining Falastinga yordam berish o‘rniga uning hududini
o‘z nazoratiga olishi masalani chigallashtirib yuboradi.
Birinchi urushdan so‘ng Isroil dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan
yahudiylarni qabul qilishda davom etadi va davlatchiligini mustahkamlaydi.
Arab davlatlarining aksariyatida hokimiyat almashadi Britaniya yoki
Fransiya bilan yaxshi aloqalarda bo‘lgan eski hukmdorlar o‘rniga yoshlari keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
494
Shundan so‘ng arab davlatlarining ayrimlarini kapitalistik dunyodan ko‘ra
sotsializm «ustuni» bo‘lgan SSSR bilan yaxshi aloqa o‘rnatishga uringan rahbarlar
boshqara boshlaydi.
Jumladan, harbiy ta’limni SSSRda olgan Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir
(1918-1970) va Suriya rahbari Hafiz Asad (1930-2000) sovetlar bilan do‘stona
aloqada edi.
Jamol Nosir Misr rahbari bo‘lar ekan, Isroilning bosqinchilik siyosatini
keskin tanqid qila boshlaydi. O‘shanda u «Imperializm qo‘rg‘oni bo‘lgan Isroil
dengizga cho‘ktiriladi», deb chiqadi.
1967 - yil bahorda Misr va Suriya Isroil bilan chegaralariga ko‘p sonli
harbiylarini to‘play boshlaydi. Isroil buni hujumga tayyorgarlik deb hisoblaydi va
o‘sha yili 5 - iyun kuni ogohlantiruvchi zarba beradi. Shu tariqa birinchi urushdan
rosa yigirma yil o‘tib yana Arab-Isroil urushi boshlanadi.
Birinchi urushdan farqli ravishda bu urush uzoq davom etmaydi. Isroil olti
kun ichida arab koalitsiyasining harbiy-havo kuchlarini yakson qilib tashlaydi. Shu
sababli bu urush tarixga «Olti kunlik urush» nomi bilan kiradi.
Shundan so‘ng Isroil 1949 - yildan buyon Iordaniyaga tegishli bo‘lgan
Iordan daryosining g‘arbiy sohili, Misr nazoratida bo‘lgan G‘azo sektori va Sinay
yarimoroli, Suriyaning Jo‘lan tepaliklari hamda Sharqiy Quddusni ham egallaydi.
1967 yilgi Olti kunlik urushni arablar Naqsa — Takror deb atashadi. Bu
safargi mag‘lubiyat oldingisidan ham alamliroq bo‘ladi. Yana yuz minglab
falastinlik arablar uy-joylarini tashlab qochishga majbur bo‘ladi.
Bu urushda Isroil bor-yo‘g‘i 800 nafarga yaqin harbiylarini yo‘qotadi. Arab
davlatlari esa 15 mingga yaqin askaridan ayriladi. Bundan tashqari, Isroil bosib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
495
olingan Falastin yerlari hisobidan o‘z hududini urushgacha bo‘lgan davrga nisbatan
uch baravarga kengaytirib oladi.
Falastin ikkiga bo‘lingandan boshlab Isroilga tekkan hududda yashovchi
arablar uning hududini tark eta boshlaydi va qochoqlarga aylanadi. Shuningdek,
ikkita urushdan so‘ng Isroil tomonidan bosib olingan hududlardagi arablar ham
qochoqlarga aylanishadi.
Keyinchalik qabul qilingan BMT rezolyutsiyasiga muvofiq, o‘shanda Isroil
o‘ziga tekkan hududda yashovchi arab qochoqlariga uylariga qaytishlariga ruxsat
berishi yoki ularga tovon to‘lashi kerak edi. Biroq isroilliklar bundan bosh tortadi
va hanuz shu masala ham mavhumligicha qolib kelyapti.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
496
Bugun millionlab arablar Isroildan o‘z yerlarini da’vo qilishadi. Biroq o‘zini
yahudiy xalqining milliy o‘chog‘i deb hisoblaydigan Isroil bu da’volarni rad etadi
va arab qochoqlarni o‘z hududiga kiritmoqchi emas.
Xo’sh nega BMT tomonidab qabul qilingan rezolyutsiyaning yuridik kuchi
yo’q? Nega Isroil ushbu rezolyutsiyaga amal qilmayapti? BMT “qo’g’irchoq”
tashkilotmi? Nima uchun Isroil hozircha Falastindan tortib olgan yerlarini qaytarib
bermoqchi emas, axir u Falastinning hududiku?
Bugun G‘arb davlatlari Falastinga nisbatan ikki xil standartlarni
qo‘llamoqda. Ular bir tarafdan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishini xohlashlarini
aytishsa, ikkinchi tomondan hanuzgacha Falastinning mustaqilligini tan olmay
kelishmoqda. Buning ustiga ularning o‘z elchixonalarini Tel-Avivdan Quddusga
ko‘chirishlari muammoni battar chigallashtirmoqda.
Falastin mustaqilligini dunyoning 138 ta davlati tan olgan. Jumladan, Osiyo
va Afrikaning qariyb barcha davlatlari, shuningdek sobiq ittifoq respublikalari
(Latviya, Litva va Estoniyadan tashqari) va Sharqiy Yevropa davlatlari.
AQSh, Kanada, Meksika, Avstraliya, Britaniya, Fransiya, Ispaniya,
Portugaliya, Italiya va G‘arbiy Yevropadagi boshqa davlatlar tan olmagan. Ana shu
joyda AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Falastinga nisbatan ikki xil siyosat
olib borayotgani oydinlashadi.
Ya’ni bir tomondan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishini xohlashlarini
aytishadi. Ikkinchi tomondan Falastinning mustaqilligini tan olishmaydi. Arab
davlatining o‘z chegaralariga ega bo‘lishini, BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishini
umuman xohlashmaydi.
1
https://www.ozodlik.mobi/
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
497
Bugun Falastin BMTda faqat kuzatuvchi maqomiga ega. Falastin
mustaqilligini tan olgan davlatlar agar u BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lsa va o‘z
hududlariga egalik qilsa, Yaqin Sharqda uzoq kutilgan tinchlik o‘rnatiladi, degan
fikrda.
Falastin mustaqilligini tan olmagan davlatlar esa aksincha, agar Falastin
BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lsa, mintaqada notinchlik battar keskinlashadi deb
noto’g’ri fikrlab yana ikki qutbga bo’linishni boshlamoqda. Agar uchinchi jahon
urushi boshlansa, ikkita jahon urushidan keyin endi o’zini tiklayotgan insoniyat
umuman buning natijalarini ko’tarolmaydi. Oddiy bir arzimagan hududga egalik
qilish uchun bo’lgan urushda nechi millionlab begunoh insonlar, hattoki hali
yorug’ dunyoni ko’rishga ulgurmagan go’daklar qurbon bo’lmoqda. Insonlar
hududdan to’yishi uchun yana qancha begunohlar qoni to’kilishi kerak bilmadim.
Ammo bilyapmanki, ayni damda inson huquqlari toptalyapti, xalqaro
tashkilotlarning qarorlari esa davlatlar tomonidan “bir tiyinga” ham olinmayapti.
Yakuniy xulosa shuki, Falastin davlat sifatida dunyo davlatlari va BMT
tarafidan tan olinishi va BMT ga to’laqonli a’zo sifatida qabul qilinishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Ochilov B.E.,
Odilqoriyev X.T.; 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliyavazirligi, Toshkent
davlat yuridik instituti. - Toshkent Adolat, 2007. -487 b
2.
Xalqaro ommaviy huquq. Darslik / A.X.Saidov va boshqalar. –T.: TDYU
nashriyoti, -2023, -952 b.
2
https://m.kun.uz/news
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
498
3.
Vizual xalqaro huquq. Darslik. Mas'ul muharrir y.f.d., dotsent. D.Sh.
Umarxanova // A.I. Umirdinov., A.M. Xakimov., H.M. Radjapov tarjimasi.-
Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2021-y. - 328 bet.
Foydalanilgan internet saytlari
1.
2.
3.
4.
5.