https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
499
KORRUPSIYASIZ JAMIYAT QURAMIZ
Sadullayeva Farida Farxod qizi
Termiz Davlat Universiteti Yuridik Fakulteti 3- kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan
global muammolardan biri bo’lgan korrupsiya illatining nima ekanligi,
javobgarlik masalasi, korrupsiyaga qarshi kurashda jahon tajribasi bayon etilgan.
Kalit so’zlar: Korrupsiya, profilaktika, global, illat, kodeks.
WE BUILD A SOCIETY WITHOUT CORRUPTION
Annotation: this article describes what is the illusion of corruption, one of
the global problems to be solved on a global scale, the issue of responsibility, the
world experience in the fight against corruption.
Keywords: Corruption, Prevention, global, vile, code.
ПОСТРОИМ ОБЩЕСТВО БЕЗ КОРРУПЦИИ
Аннотация: В данной статье излагается, что такое коррупционный
порок, вопрос ответственности, мировой опыт борьбы с коррупцией,
которая является одной из глобальных проблем, которую необходимо
решать в глобальном масштабе.
Ключевые слова: коррупция, профилактика, глобальный, порок,
кодекс.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
500
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan
biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy
rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol
bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib,
jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Korrupsiya bu – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat
ekanligiga bugun barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-
yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
sifatida nishonlanishi ham bejiz emas.
Korrupsiya- shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shxasiy
manfaatlarni yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashda avvalo, uning uchun shart-sharoit yaratib bergan
omillarni bartaraf etish lozim. “Kasalni davolagandan ko’ra uni oldini olgan
osonroq”- deganlaridek, korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar bo’lib o’tgandan keyin
emas, balki shu jarayon sodir bo’lgunga qadar profilaktik chora-tadbirlar ko’rgan
ma’qul.
Har bir davlat korrupsiyaga qarshi davlat dasturlarini ishlab chiqishi lozim.
Korrupsiga qarshi belgilangan dastur asosida bosqichma-bosqich kurash olib
borilsa kurashdan ko’zlangan maqsadga yetishish tezroq va osonroq bo’ladi.
Qonunchiligimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyat olib
boradigan sanoqli organlar ko’rsatilgan. Nega endi korrupsiyaga qarshi kurash
bilan faqat shu organlar shug’ullanishi kerak? Aslida bu kurashda oddiy bog’cha,
maktabdan tortib yuqori turuvchi organlar hammasi birdek shug’ullanishi kerak
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
501
emasmi? Bu organlarda ishlaydiganlar ham oddiy odam. Ularni boshqa
odamlardan ajratib turadigan jihat faqatgina ularning shu organlarda xizmat olib
borishi xolos, men boshqa farqni ko’rmayapman.
Korrupsiyaga qarshi hamma fuqarolar birdek shug’ullanishi kerak. Ana
shundagina natijaga erishsa bo’ladi.
Manfaatlar to’qnashuvi ham korrupsiyaning bir turi. Manfaatlar to’qnashuvi
holatida bu ishda ishtirok etayotgan insonlardan hech biri ikkinchisini sotmaydi.
Axir bu ishda tomonlar manfaati yotibdi. Oddiy ishni bitkazib berish evaziga
mulkiy xizmatlar yoki pul taklif etish ham korrupsiya. Bir tomon ishni bitkazib
berish uchun pul bersa – pora beruvchi, ishni bitkazib berish evaziga pul olgan
odam esa – pora oluvchi, ularni topishtirgan o’rtadagi shaxs esa – pora olish –
berishda vositachi hisoblanadi. Ularning bu harakatlari uchun O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 ( pora olish), 211 (pora berish), 212 (pora
olish-berishda vositachilik qilish) -moddalari bo’yicha jinoyat ishi qo’zgatiladi.
Maksimal jazo muddati 210, 211, 212-moddalar uchun 15 yilni tashkil qiladi.
Bizni qonunchiligimizda korrupsiya uchun 15 yillik ozodlikdan mahrum qilish
jazosi belgilangan bo’lsa, boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
qonunchiligida esa ushbu qilmish uchun “o’lim” jazosi belgilangan. 15 yil og’izni
bir chekkasidan shunday chiqib ketadi-ey. O’lim jazosidan ko’ra xalq tili bilan
aytganda 15 yillik “qamoq” jazosi yengildek tuyuladi. Ko’pchilik mahbuslar ana
shu 15 yilni qiynalib, yaqinlardan uzoqda, shu ishni qilmasam bo’lardi degan
vijdon azobi bilan o’tkazguncha, o’lib qo’ya qolsam bo’lardi deb o’ksinishadi.
Afsuski qonunchiligimiz “o’lim” jazosini ta’qiqlagan. Negaki, insonni jonini faqat
Alloh oladi. Bandani boshqa bandani jonini olishga haqqi yo’q. Odam o’ldirish eng
og’ir gunohlardan biri. Qonunchiligimizda eng og’ir jazo ham odam o’ldirishga
belgilangangani bejizga emas…
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
502
Shu o’rinda boshqa davlatlarda korrupsiyaga qarshi qanday usullar
qo’llanilayotganini ko’rib chiqsak.
AQSHda davlat xizmatchilari orasida korrupsiya profilaktikasini ta’minlash
maqsadida, “Ma’muriy axloq” qoidalari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, davlat
xizmatchisi lavozim maoshi summasining 15 foizidan yuqori bo‘lgan haq evaziga
tashqi o‘rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi taqiqlanadi. Bu cheklov AQSH
senati a’zolaridan tashqari barcha mansabdor shaxslarga tegishli.
AQSHning korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining yana bir muhim
qoidasi bu – mansabdor shaxsning sovg‘a olishiga nisbatan taqiq qo‘yilganligidir.
Qoidaga muvofiq, barcha davlat idorasi xodimlarining bir kalendar ish yili
mobaynida umumiy qiymati 100 AQSH dollardan oshadigan sovg‘alarni qabul
qilishi taqiqlanadi (AQSH Kongressi xodimlari 250 AQSH dollargacha). Bundan
tashqari, Ma’muriy axloq qoidalariga binoan, sayohat bileti shaklida sovg‘a olishga
ham cheklov bor. Bunda, mamlakat ichida sayohat qilishda 3 kun (ikki kecha), chet
elga esa, 7 kungacha (olti kecha) chegara belgilangan. Bunday cheklov hattoki
senatorning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.
Buyuk Britaniyada xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida korrupsiyaviy omillar
urchishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Davlat xizmati kodeksi” ishlab chiqilgan.
Ushbu kodeks normalariga barcha davlat xizmatchilar amal qilishi majburiy
hisoblanadi.
Bundan tashqari ishchilarning qancha maosh olishi Hukumat saytida ochiq
tarzda doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.
Yaponiyada ham korrupsiyaga qarshi kurashning muhim yo‘nalishi kadrlar
siyosati bilan bevosita bog’liq. Kadrlarni ishga olayotganda ta’limda erishgan
yuquqlariga qaraladi. Mamlakatda korrupsiya yoki uyushgan jinoyatchilikda
ayblangan shaxslar reyestri yuritilib, faktlar ommaviy axborot vositalari orqali
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
503
jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi shaxslarning o‘z xatti-harakatlarini nazorat
qilishiga imkon yaratadi.
Germaniyada mansabdor shaxslar uchinchi shaxslar manfaatini ko‘zlashi
natijasida ishdan bo‘shatilganda 5 yilga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish taqiqlangan (AQSHda 2 yil). Xitoyda yuqori martabali rahbarlarning
farzandlari yoki qarindoshlariga biznes ishi bilan shug‘ullanish, bu sohada agent
yoki maslahatchi bo‘lish taqiqlanadi.
Xitoyda Ju Ruyfen o’ndan ortiq rasmiyning o’z mansabini suiiste’mol
qilayotganini internet orqali ommaga fosh qilgan jurnalist. U 2011- yildan beri 50
hukumat rasmiysi va 33 mahalliy rasmiy ustidan surishtruv olib borgan.
Yaqinda Kommunistik partiya fuqarolardan korrupsiyaga doir shikoyatlarni
qabul qilish uchun maxsus saytni ishga tushirdi. Odatda korrupsiyada ayblangan
rasmiylar sudga topshirilishidan oldin qilmishi partiya tomonidan ko’rib chiqilib,
ularning aybi bor-yo’qligi borasida rasmiy xulosa e’lon qilinadi.
Ba’zilar korrupsiyani saraton yoki koronavirusga o‘xshatadilar, ikkala holatda
ham odamlarning sog‘lig‘ini buzadigan, resurslar va rivojlanish imkoniyatlarini
yo‘q qiladigan, hatto umidni yo‘q qiladigan va aholining adolat va rivojlanishga
bo‘lgan ishonchini pasaytiradigan kasallik, deb biladi.
Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion
AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Har yili dunyo bo‘ylab taxminan
1 trillion AQSH dollari miqdorida pora beriladi. Korrupsiyaning global jamiyat
uchun ziyoni yiliga 2,6 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.
Shu jihatdan, bugungi kunda dunyo korrupsiyani to‘xtatish uchun ko‘tarilgan
qo‘llarga, unga qarshi turish uchun bir-birigа bog‘langan va unga qarshi turgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
504
fidoyilarga salom beradigan qo‘llarga muhtoj. Demak, hali qilgan ishlarimizdan
qiladiganlari juda ko‘p.
Muxtasar qilib aytganda, adolat ustuvor bo‘lsa, mamlakatda taraqqiyot, xalq
farovonligi, islohotlar samarasi ta’minlanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir
qabul qilanayotgan normativ hujjatlar nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish
mexanizmi mustahkamlanishini, balki har bir rahbar, har bir fuqaroning o‘ziga
yuklatilgan vazifani sidqidildan, halol ado etishini, shu bilan birga, jamiyatdagi
muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va
jamoat faolligi pastligi kabi omillarga barham berishni talab etadi. Shunday ekan,
o‘zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning
uchun avvalo, o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har qanday
ko‘rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir.
Xulosa shuki, o‘tgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan
natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, istiqbolda bir qator vazifalarni amalga oshirish
lozim. Bunda, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish, yoshlarni
korrupsiyaga murosasiz ruhda tarbiyalash, korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan
shaxslarni kelgusida muayyan huquqlardan mahrum qilish kabi choralarga alohida
ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq. Faqat shundagina oldimizga qo‘ygan oliy
maqsad – korrupsiyasiz jamiyatni qurishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash tog’risida”gi
qonuni
2.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
3.
Korrupsiyaga qarshi kurash. Darslik. T.: “Akademiya”, 2022 - 344 b.
4.
Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya. Darslik. T.: 2022
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
505
Foydalanilgan internet saytlari:
1.
2.
3.
https://www.parliament.gov.uz/
4.