https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
450
TUPROQ PROFILINING TUZILISHI VА MORFOLOGIK
BELGILARINI O’RGANISH
Termiz davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi o’qituvchisi
Qodirov Muxriddin Sayfiddin o’g’li
Termiz davlat universiteti Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
Qahramonova Sabrina Shuhrat qizi
Termiz davlat universiteti Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
Abdullayeva Madina Abduhakimovna
Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi
1-kurs talabasi
Bekmurodova Xulkar Uroq qizi
Annotatsiya. Tuproq kesimida kuzatiladigan morfologik belgilarni aniqlash,
tasvirlash va ularning tuproq genezisi, holati hamda unumdorligiga ta’sirini
baholash bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Tuproq
profilini tashkil etuvchi gorizontlarni aniqlash va tavsiflash hamda uni o’rganish.
Kalit so’zlar. Tuproqdagi morfologik belgilar, profil, kesma, unumdorlik,
sturuktura, qovushma, yaralma, gorizontlar, geliyli qatlam, ellyuvial.
Абстрактный. Развивать теоретические знания и практические
навыки по выявлению и описанию морфологических особенностей,
наблюдаемых в почвенных разрезах, и оценке их влияния на генезис,
состояние и плодородие почвы. Определите и опишите горизонты,
составляющие почвенный профиль, и изучите его.
Ключевые слова. Морфологическая характеристика почвы, профиль,
поперечный разрез, плодородие, структура, соединение, трещиноватость,
горизонты, геликаза, аллювиальный.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
451
Abstract. Formation of theoretical knowledge and practical skills in
identifying and describing morphological features observed in a soil cross-section
and assessing their impact on soil genesis, condition and fertility. Identification
and description of the horizons that make up the soil profile and its study.
Keywords. Morphological features in the soil, profile, cross-section, fertility,
structure, junction, formation, horizons, helicase, alluvial.
Kirish.
Tuproq – biosferadagi eng muhim tabiiy resurslardan biri bo‘lib, unda
o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan suv, havo va oziq moddalarning zaxirasi
jamlangan. Har bir tuproqning hosildorligi va ekologik barqarorligi uning
morfologik tuzilishi bilan bevosita bog‘liq. Tuproq profilining tuzilishi va
morfologik belgilarini o‘rganish tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini, uning
agroiqtisodiy, meliorativ va ekologik holatini baholashda muhim asos bo‘lib
xizmat qiladi.[1.2.3]
Tuproqning morfologik belgilari uning holati va rivojlanish tarixini ochib
beruvchi muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Ular asosida tuproq turlarini aniqlash,
agrotexnik va meliorativ tadbirlarni rejalashtirish, shuningdek, ekologik
monitoringni olib borish mumkin. [1.2.3]
Bugungi kunda yer resurslaridan oqilona foydalanish, degradatsiyaga
uchragan tuproqlarni rekultivatsiya qilish, hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy
asoslashda tuproq profili va uning morfologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish
nihoyatda dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishlari va antropogen
bosim kuchayib borayotgan bir sharoitda tuproq qatlamlarining fizikaviy va
biologik holatini tushunish, ularni saqlash va yaxshilash bo‘yicha strategiyalar
ishlab chiqishda asosiy o‘rin egallaydi.Shu bois, ushbu mavzu bo‘yicha olib
boriladigan tadqiqotlar nafaqat tuproqshunoslik fanining rivojlanishiga, balki
qishloq xo‘jaligi, ekologiya va yer resurslaridan barqaror foydalanish sohalariga
ham katta amaliy ahamiyatga ega. [1.2.3]
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
452
Tuproq tashqi belgilarni yig‘indisiga
tuproq morfologiyasi
deyiladi.
Tuproqning tipik profili bo‘yicha morfologik belgilari bir xil bo‘lmaydi va tagida
yotgan ona jins yotqiziqlaridan tubdan farq qiladi. Tuproqning barcha morfologik
belgilariga qarab uning qaysi tip, tipcha va xilga kirishini taxminan aniqlash
mumkin. Tuproqning asоsiy morfologik belgilari dala sharoitida 2-3 m chuqurlikda
kesma qazilib, genetik qatlamlar bo‘yicha o‘rganiladi. [1.2.3]
Tuproqning tik profili morfologik jixatdan bir-biridan farq qiluvchi turli
qatlamlar bilan ta‘riflanadi. Tuproqlarning ko‘zga yaqqol tashlanib turgan
qatlamlarining yig‘indisi va xususiyatlari ularning paydo bo‘lish va rivojlanish
tarixini aks ettirganligi sababli V.V. Dokuchaev bularni tuproqning
genetik
qatlamlari
deb atagan. [1.2.3]
Tuproqning ustki qatlami
chirindili akkumulyativ qatlam
deyiladi. Chunki
bu qatlamda organik qoldiqlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan
chirindi moddalar va oziqaviy birikmalar to‘plangan bo‘ladi. [1.2.3]
Agar yuqori qatlamlardan sizib o‘tuvchi suvlar shu qatlamdagi suvda
eruvchan moddalarni yuvib ketsa, bunday hollarda bu qatlam
chirindili elyuvial
qatlam
deyiladi. Bu qatlamning qalinligi turli tuproq tiplarida turlicha bo‘ladi.
Agar bu qatlamning barcha qismini hossalari bir xil bo‘lsa A harfi bilan belgilanadi,
o‘zgaruvchan bo‘lgan taqdirda esa uni A1, A2 va h.k. qatlamlarga ajratiladi.
Haydaladigan joylarda bu qatlam xaydalma qatlam deb ataladi va «Axay»
belgisi bilan belgilanadi. [1.2.3]
«A» qatlamdan pastda oraliq qatlam joylashadi. Bu «B» harfi bilan
belgilanadi. Agar bu qatlamda tuproq paydo bo‘lishi natijasida yuqoridagi
qatlamlardan yuvilib tushgan suvda eruvchan moddalar yig‘ila borsa, buni
«illyuvial»
qatlam deyiladi. Bordiyu bu qatlamning qismlari ham bir-biridan farq
qilsa u xolda B1, B2, B3 va h.k. qatlamchalarga ajratiladi[1.2.3].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
453
Botqoqlashgan tuproqlarda ko‘pincha temir (II)-oksidi birikmalari ta‘sirida
ko‘kish yoki havo rang ko‘rinishdagi aloxida qatlam ham ajratiladi. Bu qatlam
gleyli qatlam
deyiladi va «G» harfi bilan belgilanadi. [1.2.3]
«B» qatlamning tagida tuproq paydo bo‘lish jarayoniga uchramagan yoki kam
o‘zgarishga uchragan tuproq tog‘ jinsi yotadi. Bu qatlam C harfi bilan belgilanadi.
Tuproq profilining tuzilishiga tuproq va uning aloxida qatlamlarining qalinligi,
rangi (tusi), mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi, yangi yaralmasi va
qo‘shilmasi kabilar kiradi. Buni o‘rganish uchun dala sharoitida tuproq kesmasi
qo‘yiladi. [1.2.3]
Tuproq morfologiyasini o’rganish metodlari
Tuproq morfologiyasini o'rganish uchun bir qator metodlar mavjud bo'lib, ular
tuproqning tashqi ko'rinishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlarini aniqlashga yordam
beradi. Quyidagi asosiy metodlar keng qo'llaniladi: [1.2.3]
1.Tuproq kesmalarini o'rganish (profil tahlili): Tuproqning vertikal tuzilishini
o'rganish uchun tuproq kesmalari olinadi. Bu usul orqali tuproqning qatlamlari
(gorizontlari) va ularning xossalari haqida ma'lumotlar to'planadi. [1.2.3]
2.Laboratoriya tahlillari: Tuproq namunalari olib, ularning granulometrik
tarkibi, fizikaviy va kimyoviy xossalari laboratoriya sharoitida aniqlanadi. Bu usul
tuproqning mexanik tarkibi, pH darajasi, organik modda miqdori kabi
ko'rsatkichlarni o'lchashda qo'llaniladi. [1.2.3]
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
454
3.Kosmik va geodezik usullar: Kosmik tasvirlar va geodezik asboblar
yordamida tuproqning morfologik va fizikaviy xossalari haqida ma'lumotlar
to'planadi. Bu metod dala sharoitida tezkor va aniq o'lchovlar olish imkonini
beradi.
4.Klaster metodlari: Tuproqning morfologik belgilari va boshqa xossalari
asosida ma'lumotlar tahlil qilinadi va ularni guruhlash orqali tuproq turlarini
aniqlashda qo'llaniladi. [1.2.3]
5.Dala kuzatuvlari va eksperimentlar: Tuproqning tabiiy sharoitdagi
o'zgarishlarini o'rganish uchun dala sharoitida uzoq muddatli kuzatuvlar va
eksperimentlar o'tkaziladi. Bu usul tuproq va o'simliklar o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni
chuqurroq tushunishga yordam beradi. [1.2.3]
6.Mikrobiologik tahlillar: Tuproq mikroflorasini o'rganish orqali uning
biologik faolligi va unumdorligi haqida ma'lumot olish mumkin. Bakterioskopik
metod yordamida tuproqdagi mikroorganizmlarning miqdori va turlari aniqlanadi.
7.Kosmik va aerofotosuratlar tahlili: Kosmik va aerofotosuratlar yordamida
tuproq qoplamining o'zgarishi, eroziya jarayonlari va boshqa morfologik
xususiyatlar haqida keng ko'lamli ma'lumotlar olish mumkin. [1.2.3]
8.Tuproq xaritalarini tahlil qilish: Tuproq xaritalari orqali tuproqning
tarqalishi, turlari va boshqa morfologik belgilarini o'rganish mumkin. [1.2.3]
Tuproq morfologik belgilarini o'rganish tuproq paydo qiluvchi jarayonlami
hamda ayrim gorizontlarning tarkibi, xossalari, xarakteri asosida tuproq tiplari,
tipchalari va turlarini aniqlash imkoniyatini beradi va tuproqlami aniqlash uchun
zarur. Tuproqlami aniqlash uni yoki tipga, tipchaga, xil va ayirmalarga mansub
ekanligini aniqlashga imkon beradi. Masalan, agarda tuproq qora tusli, donador
yoki mayda kesakli strukturali, uning qora tusli chirindili qatlami 50-10-100 sm ga
ega, va nihoyat chirindi osti qatlam xlorid kislotasi ta'sirida qaynasa (ya'ni
karbonatliligining belgisi), bunday tuproqni biz ishonch bilan qora tuproqlar tipiga
kiritishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar qora tuproqlami
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
455
bildiradigan tip belgilari hisoblanadi. Tipga xos bo'lgan belgilaming qay darajada
ifodalanishiga ko'ra o'z navbatida tipchalarga bo'linadi. Masalan, qora tuproqlar
podzollangan, ishqorsizlangan, tipik, oddiy va janubiy tipchalarga bo'linadi. Ular
bir-birlaridan qoramtir tusning patouop bo'lish darajasi, chirindili qatlamining
qalinligi (qalin 1 t, o'rtacha 60-80 sm, kam < 60 sm va h.k.), strukturasining
xarakteri va kislota ta'sirida qaynash chuqurligi kabi belgilari bilan farq qiladi.
Tipchalar o'z navbatida avlodlarga, avlodlar turlarga, ular xillarga, xillag esa
ayirmalarga bo'linadi. [1.2.3]
Shunday qilib, tuproqlaming morfologik belgilarini o'rganishdan maqsad,
ularni aniqlashda qaysi tip, tipcha, avlod, tur, xil va ayirmalardagi tuproq ekanligini
aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari tuproqlarning morfologik belgilari ularning
ichki xossalari bilan bog'liq bo'lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalarini at
bildiradi va yaqincha aniqlashga yordam beradi.
Aytilganidek, tuproq profile qator genetik gorizontlardan iborat. Tuproq
gorizontlari tuproq paydo bo'lish jarayonlari natijasida paydo bo'ladigan ua odatda
ueg yuzasiga parallel yo'nalgan, deyarli bir xil tuzilishli hamda o'zining morfologik
(tashqi) belgilari bilan ajralib turuvchi tuproq qatlamlaridir. [1.2.3]
2-rasm. Tuproq profilining umumlashtirilgan ko'rinish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
456
Tuproq gorizontlari bir-biridan rangi (tusi), strukturasi, qovushmasi singari
morfologik belgilari bilan farqlanadi. Ular har xil kimyoviy va mexanik tarkibga
ega bo'lib, bu gorizontlarda biologik jarayonlar ham turlicha kechadi. Tuproq
gorizontlarining tuzilishi tabiiy tuproq paydo qiluvchi jarayonlar hamda
insonlarning еrdan foydalanishi tufayli o'zgarishi mumkin. Tuproq profilida bir
qancha gorizontlar ajratiladi ua ilag ham qator gorizontchalarga bo'linadi. Har
bir gorizont o'zining nomi ua harfli belgilari (indekslari) ga ega (5,6- rasmlar).
A
0
- o'simliklagning organik qoldiqlaridan iborat organogell gorizont
(o'gmop to'shamasi, dasht o'simliklari namati);
T -torfli organogen gorizont;
A
1
, gumusli akkumulyativ (chirindi to'planadigan) gorizont; A~- elyuvial, V
- iIIyuvial yoki o'tuvchi, G - gley (berch) gorizont, S - ona jins, D-ostki g'ovak tog'
jinslari bo'lib, S - dan o'zining litologik tarkibi bilan farqlanadi. Ah haydalma
gorizont, ishlov beriladigan tuproqlardagi haydalma qatlam. Qo'riq еrlarda Ach
gorizont - chimli qatlam ajratiladi. Ao ua t organogen gorizontlari tuproq mineral
qismining yuzasida to'shama sifatida paydo bo'ladi. Organik moddalar
to'planadigan (akkumulyativ) gorizont (A) tuproq profilining yuqori qismida yashil
o'simliklarning qurigan biomassasi to'planishidan hosil bo'ladi. [1.2.3]
6-rasm. Tuproq profilining tuzilishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
457
Bu gorizont o'zining ifodalanishi, xarakteriga ko'ra gumusli akkumulyativ
gorizont, tuproqning yuqori mineral qatlamida hosil bo'lib, ularda minera!
moddalaming parchalanishi va ishqorsizlanishi ifodalanmagan; A 1 gumusli-
elyuyial, tuproq profilining yuqori gorizonti hisoblanib, unda morfologik Ua tarkibi
jihatdan mineral modda!aming parchalanishi Ua ishqorsizlanishi ifoda!angan
(o'rmon, o'rmon-dasht, dasht zonalarida yaxshi shakllangan). A va A 1 gorizontlari
odatda boshqa gorizontlarga nisbatan ancha to'q, qoramtir tusli bo'lib, bunda eng
ko'p miqdorda organik moddalar (gumus) va oziq moddalar to'plangan. Ishloy
beriladigan tuproqlar profili odatda haydalma gorizontdan (A
h
,) boshlanadi. Bu
gorizont tuproq gumusli qatlam va qisman pastki gorizontlaming haydalishi tufayli
hosil bo'ladi. Chimlanish jarayoni yaxshi boradigan qo'riq yerlarda (choga
tuproqlar, kashtan va bo'z tuproqlarda) chim qatlami (Ach) yaxshi ifodalanadi.
Elyuial (yuvilma) gorizont (A2) tuproq mineral qismning intensiv parchalanishi va
mahslllotlarning pastki qatlamlarga Yuvilib kctilishi jarayonlari natijasida paydo
bo'ladi. U ochroq tusli. Illyuval yoki o'tuvchi (oraliq) gorizont elyuvial yoki gumus
(chirilldi) li gorizont ostida hosil bo'lib, ona jinslariga o'tuvchi qatlam hisoblalladi.
[1.2.3]
Xulosa
Tuproq — murakkab tabiiy jism bo‘lib, uning tuzilishi va morfologik belgilari
tuproqshunoslik fanining asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Tuproq
profilining tuzilishi deganda, tuproqning vertikal kesimida qatlamlar (gorizontlar)
ko‘rinishida joylashgan strukturasi tushuniladi. Bu qatlamlar tuproq paydo bo‘lish
jarayonlarining natijasidir va ularning soni, qalinligi hamda xususiyatlari har bir
tuproq turida har xil bo‘ladi. Odatda, tuproq profili quyidagi gorizontlardan iborat
bo‘ladi: O, A, B, C (va ba’zan R) — ya’ni organik, yuvilgan, yigilgan, ona jins va
tosh gorizontlari.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
458
Tuproqning morfologik belgilari esa uning tashqi va ichki ko‘rinishidan kelib
chiqadigan, vizual kuzatuvga asoslangan xususiyatlarini ifodalaydi. Ular
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tuproq rangi – undagi organik modda, temir oksidlari, karbonatlar va namlik
darajasiga bog‘liq.
Tuzilishi – agregatlarning shakli va o‘lchami (donador, bo‘lakli, yirik yassi va
boshqalar).
Namlik darajasi – vizual va teginish orqali aniqlanadi.
Zichligi va qattiqligi – texnik ishlov berish va ildizlar o‘sishi uchun muhim.
Karbonatlarning mavjudligi – asosan ohaktoshli hududlarda uchraydi.
Gumus miqdori – tuproqning unumdorligini bevosita belgilaydi.
Yarim chirigan o‘simlik qoldiqlari – tuproq hayotiyligini bildiradi
Foydalanilgan adabiyotlar
1
S. Xoliqulov, Р. Uzoqov, I. Boboxo'jayev “Tuproqshunoslik” Toshkent –
2011
2
G. S. Sodiqova “Tuрroqshunoslik” Toshkent – 2024
3
H. X. Tursunov “Tuproqshunoslik” Toshkent “Universitet” 2017
Ijtimoiy tarmoqlar
1
lex.uz
2
arxiv.uz