Авторы

  • Abduxoliqov Shahriyor Umar o’g’li
  • Bekmurodova Xulkar Uroq qizi
  • Normurodova Gulsanam Alisherovna

Биографии авторов

  • Abduxoliqov Shahriyor Umar o’g’li

    Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi

  • Bekmurodova Xulkar Uroq qizi

    Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi ta’lim yo’nalishi  1-bosqich talabasi

  • Normurodova Gulsanam Alisherovna

    Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi ta’lim yo’nalishi  1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88449

Ключевые слова:

Kalit so’zlar. Orol dengizi Amudaryo Sirdaryo Quyi Amudaryo Ustyurt okrug „Oks” ko‘li „Kurdor” ko‘li Yunon tarixchisi Gerodot Abu Rayhon Beruniy Orol eksped itsiyasi Okrugning yerusti tuzilishi Mo‘ynoq Tuproqlari Iqlimi O‘simlik va hayvonlari tuz yomg‘iri eol relyefi. Ключевые слова. Аральское море Амударья Сырдарья Нижняя Амударья Устюртский район озеро «Окс» озеро «Курдор» греческий историк Геродот Абу Райхан Беруни Аральская экспедиция строение суши района Муйнак почвы климат растения и животные соляные дожди эоловый рельеф. Keywords. Aral Sea Amu Darya Syr Darya Lower Amu Darya Ustyurt district Lake

Аннотация

Annotatsiya. Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi.      Абстрактный. Аральское море питается в основном реками Амударья и Сырдарья. В последние годы река Сырдарья не может достичь Аральского моря из-за ее использования для наполнения водохранилищ и орошения. На Амударье и ее притоках были построены водохранилища, и большие объемы воды стали поступать по каналам на возделываемые поля.

     Abstract. The Aral Sea receives water mainly from the Amu Darya and Syr Darya. In recent years, the Syr Darya water has not reached the Aral Sea due to its use for filling reservoirs and irrigation. Reservoirs have been built on the Amu Darya and its tributaries, and large amounts of water have begun to flow through canals to cultivated fields.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

3

OROL DENGIZINING O’TMISHI VA HOZIRGI HOLATI, OROL

DENGIZINING TABIATDAGI O’RNI VA AHAMIYATI.

Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi ta’lim

yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Abduxoliqov Shahriyor Umar o’g’li

Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi ta’lim

yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Bekmurodova Xulkar Uroq qizi

Termiz davlat universiteti Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi ta’lim

yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Normurodova Gulsanam Alisherovna

Annotatsiya.

Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi

yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi

tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida

suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza

boshlandi.

Kalit so’zlar. Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo,

Quyi Amudaryo, Ustyurt

okrug, „Oks” ko‘li , „Kurdor” ko‘li , Yunon tarixchisi Gerodot, Abu Rayhon

Beruniy, Orol eksped,itsiyasi, Okrugning yerusti tuzilishi, Mo‘ynoq, Tuproqlari,

Iqlimi, O‘simlik va hayvonlari, tuz yomg‘iri, eol relyefi.

Абстрактный. Аральское море питается в основном реками

Амударья и Сырдарья. В последние годы река Сырдарья не может достичь

Аральского моря из-за ее использования для наполнения водохранилищ и

орошения. На Амударье и ее притоках были построены водохранилища, и

большие объемы воды стали поступать по каналам на возделываемые поля.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

4

Ключевые слова. Аральское море, Амударья, Сырдарья, Нижняя

Амударья, Устюртский район, озеро «Окс», озеро «Курдор», греческий

историк Геродот, Абу Райхан Беруни, Аральская экспедиция, строение суши

района, Муйнак, почвы, климат, растения и животные, соляные дожди,

эоловый рельеф.

Abstract. The Aral Sea receives water mainly from the Amu Darya and Syr

Darya. In recent years, the Syr Darya water has not reached the Aral Sea due to

its use for filling reservoirs and irrigation. Reservoirs have been built on the Amu

Darya and its tributaries, and large amounts of water have begun to flow through

canals to cultivated fields.

Keywords. Aral Sea, Amu Darya, Syr Darya, Lower Amu Darya, Ustyurt

district, Lake "Oks", Lake "Kurdor", Greek historian Herodotus, Abu Raykhan

Beruni, Aral expedition, Land structure of the district, Muynak, Soils, Climate,

Plants and animals, salt rain, aeolian relief.

KIRISH

Orol tabiiy geografik okrugi Turon tekisligining markaziy qismida, Ustyurt

okrugi bilan Qizilqum okrugi orasida joylashgan.U shimolda Qozog‘iston bilan,

janubi-sharqda Qizilqum, janubda Quyi Amudaryo, g‘arbda Ustyurt okruglari bilan

chegaralanadi.

Tabiiy geografik o‘rganilish va paydo bo‘lish tarixi.

Orol – Yer yuzidagi

dengiz va okeanlar bilan bog`lanmagan eng ulkan ko’l, ya’ni suv havzalaridan

biridir. Orol va Orolbo‘yi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni miloddan avvalgi II

asrda yashagan geograf

Klavdiy Ptolemey

yozib qoldirgan. U tuzgan „Dunyo

xaritasi»da hozirgi Orol dengizi o‘rnida „Oks” ko‘li tasvirlangan. IX asrda

yashagan arab olimi

Ibn Xurdodbex

Amu-Sirdaryo „Kurdor” ko‘liga quyilgan

desa, X asrda yashagan

Al-Mas’udiy

hozirgi Orol ko‘lini „Jurjoniya»,

Beruniy

esa

„Xorazm” ko‘li deb atagan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha: “Turon


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

5

zaminidagi eng katta Qora va Qizilqum sahrolari qachonlardir, bahri ummon ostida

bo‘lgan”. Buning isboti shuki, o‘tgan million yillar davomida turli geologik

jarayonlar oqibatida, bahri ummon suvlari shimoliy-g‘arbiy tomonlarga chekinib,

Xazor (Kaspiy) dengizi, so‘ngra esa Orol ko‘li paydo bo’lgan. O‘sha davrda Orol

dengizi Tuyamo‘yin darasidan Sulton Uvays tog‘i, Shimoliy Qoraqum va Ustyurt

hududlarini egallab turgan. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi Xorazm vohasi 150-

170 ming yillar avval, “Katta ko‘llar o‘lkasi” (Sho‘rko‘l), Go‘vik, Abul, Korpz,

Mizon, Oqchaxon, Sariqamish va b.) dan iborat bo‘lgan. Buni Uch o‘joq, Ustyurt

va Orolni o‘rab turgan qoya tepalik va qirg‘oqdagi suv qoldirgan geomorfologik

chizik izlari ham isbotlab turibdi. Fransuz geografi

Delil

1723-yili tuzgan

xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini birinchi marta „Orol” deb

nomlagan.Orol dengizining tubi tektonik harakatlar ta’sirida cho‘kishi natijasida

paydo bo‘lgan. Orol cho‘kmasining ilk Amudaryo va Sirdaryo suvi bilan to‘lishi

eramizdan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmida ro‘y bergan. So‘ngra tabiiy

omillar ta’sirida (Amudaryo va Sirdaryo suvining ko‘payib, ozayib turishi

ta’sirida) Orol dengizi suv sathi goh pasayib, goh ko‘tarilib turgan. So‘nggi 200 yil

(1961-yilga qadar) ichida Orol dengizining suv sathi uch marta ko‘tarilib, ikki

marta pasaygan.So‘nggi yillarda Amudaryo va Orol dengizi haqida shunchalik

ko‘p gapiriladi va yoziladiki, tarixda hech bir dengiz yoki daryo haqida bunchalik

ko‘p yozilmagan bo‘lsa kerak. Orol fojeasining bosh aybdori, avvalo ma’muriy

buyruqbozlikka asoslangan tuzum bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi aybdor tabiatning

o‘zginasidir. Ushbu munozarali mavzuni to‘la tasavvur etish uchun Orol va

Amudaryoning uzoq o‘tmishi bilan qisqacha tanishib olish lozim.[8]

Xo‘sh, Orol qachon paydo bo’lan? Ba’zi olimlar Orolning paydo bo‘lishiga

30 ming yil bo‘lgan desalar, boshqa birovlar 300-400 yildan oshmaydi demoqdalar.

Professor

S.P.Tolstov

esa ularga nisbatan kinoya bilan: “Bu katta farq 300-400 yil

qayda-yu, 15-30 ming yil qayda?!” – deb yozgan edi “Qadimgi Xorazm”

asarida.[8]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

6

Grek tarixchisi

Gerodot

, yahudiylarning payg‘ambari

Iezekil,

xitoy, arab

savdogarlari

Chjan-Kan

,

Maqsudiy

va boshqalar Amudaryoni Oksus, O‘g‘uz,

Oka, Ukuz, Guy-shuy, Jayhun, Gixon, Vaxsh, Amul (yoki Amin) deb tilga oladilar.

[8]

Ayrim manbalarda Kaspiyni Xorazm dengizi deb ham ataganlar. Orol dengizi

va Amudaryoning paydo bo‘lishi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi bilan chambarchas

bog‘liqdir. [8]

Yunon tarixchisi

Gerodot

va yahudiylarning payg‘ambari Iezekil Amudaryo

haqida umumiy va mutlaqo mustaqil fikr bildirganlar. Gerodotning yozishicha,

Eron shohi Doro-I Xorasmiya mamlakatini bo‘ysundirish uchun suvsiz

qoldirmoqchi bo‘lgan va daryoga katta to‘g‘on qurdirgan. Natijada bir necha yillar

Xorazm Doroga bo‘ysungan, daryo boshlanadigan joyda esa “ulkan dengiz” paydo

bo‘lgan. Ammo muallif dengiz nomini aniq yozmagan. Faktni Alloh taolo nomi

bilan bog‘laydi: “Xudo g‘azabidan tog‘larlarzaga kelgan, jarlik paydo bo‘lgan.

Natijada daryo o‘z yo‘lini o‘zgartirgan va ulkan oqmas ko‘l paydo bo‘lgan,”- deb

yozadi. Gerodot va Iezekillar turli mintaqalarda bir-biridan qariyb 300 yil oraliqda

yashab ijod etgan bo‘lsalar-da, Amudaryo masalasida bir xil qarashni bayon

etganlar. Demak, o‘tmishda Sirdaryo va Zarafshon Amudaryoning irmoqlari edi,

degan fikr haq bo‘lib chiqadi. Amudaryo bilan Sirdaryo Chorjo‘y-Buxoro, so‘ngra

Tuyamo‘yin darasi atroflarida qo‘shilishgan bo‘lishi mumkin. [8]

Abu

Rayhon

Beruniy

Amudaryoni

Qoraqumning

shimoli-g‘arbiy

tomonidan Hazor (Kaspiy) dengizigacha oqib borgan, deb yozadi.Tarix fanining

otasi Gerodot, yahudiylar payg‘ambari Iezekil, hamda “Tohir va Zuhra” afsonasi

ham shu fikrni tasdiqlaydilar. [8]

Yuqorida tilga olingan tarixiy rivoyatlar, xalq afsonalaridagi fakt va

misollarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qachonlardir O‘rta Osiyodagi barcha

daryolar Amudaryoning irmoqlari bo‘lgan, ular Pomir, Oloy, Tyanshan tog‘laridan

boshlanib, Kaspiy dengiziga quyilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

7

Mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar yozib qoldirgan ma’lumotlarga asosan

Amudaryo va Orol dengizi yilnomasini quyidagi sana-raqamlar bilan belgilash

mumkin: [8]

Bir million yillar ilgari – O‘rta Osiyo hududlari, shu jumladan Xorazm vohasi

katta okean ostida bo’lgan. Beruniy buni Tanis (Tanais) okeani deb atalgan. 150-

170 ming yillar avval – Yer qobig‘idagi kuchli geologik o‘zgarishlar, tektonik

harakatlar, zilzilalar tufayli okean suvlarining bir qismi Hind okeaniga, yana bir

qismi Ozar (Xazor) Kaspiy dengiziga ajralib, ulkan ko‘llar hosil bo‘lgan. 22 ming

yillar burun – Quyi Amudaryo 3 irmoqli o‘zandan iborat bo‘lgan. Manbalarda

Amudaryoning o‘ndan ortiq nomlari yozib qoldirilgan. Bular yahudiy tilida Gixon,

arablarda Jayhun, Xitoy tilida Guy-Shu (Katta suv), forslarda Vaxsh, «Avesto”

tilida Davdon, Veyxon (Vaxon), turkiy tillarda Amindaryo, o‘g‘iz, yunon tillarida

Oka, Oks, Akes, lotin tilida Amuya va XIX asrning II-yarmidan boshlab ruslar uni

Amudaryo deb atay boshlaganlar. Uzunligi 2540 km. Hindukush, Pomir tog‘lari va

Vrevskiy muzligidan suv oladi. 3-5 ming yillar avval – Ilk Xorazm

sivilizatsiyasining boshi Kaltaminor, Tozabog‘, Amirobod, Kedor, Suvyorgon

madaniyati paydo bo‘lgan. O‘zining yoshi, salohiyati, betakrorligi bilan Sir,

Yunon, Hind, Eron va Xitoyning ko‘hna tarixi kabi rang-barang va qadimiydir. 2-

3 mingllar avval – Davdon va O‘zboy irmoqlari butunlay qurib qolganligi sababli

Jayhun suvlari yana toshib ikki irmoq hosil etgan va Orolga quya boshlagan. O‘sha

davrlarda uning chuqurligi 58-59 metrni tashkil etgan. Uni Xiz (Kiz) yoki Xorazm

dengizi deb ataganlar. Xorazmliklarning birinchi kasbi-kori baliq ovlash, so‘ngra

chorvachilik bo‘lgan. 2500-2700 yillar muqaddam – Amudaryo suvlari toshqin

hosil qilgan chog‘larda Vodakbuva, Xeykanik (Shovot, Polvon) irmoqlari orqali

suvlar yana Sariqamishga oqib borgan. Ushbu kanallar bo‘yida Aturspend

(Xazorasp), Qal’ajik (Dovudqal’a), Qo‘zaliqir, Xiva, Samburli (Shoxsanam), Urga

qal’alari paydo bo‘lgan. Eradan avvalgi 559-329 yillarda Orol suvi 40-41 metr

chuqurlikni tashkil etgan.Buning sababi Eron shohlari Amudaryoni to‘sib, uni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

8

sahroga oqizib yuborganlar. 2000-2200 yillar avval – Xitoy savdogarlari suv

yo‘llari orqali Xorazmgacha suzib kelganlar va uni MA-SA–GET, Yu-YeN-JI

mamlakati deb ataganlar. [8]

Eramizning 712-850 yillari – Arablar dengizga Orol deb nom berganlar.

O‘sha davrda Orol to‘lishib, chuqurligi 54-55 metrga yetgan. 990-996 yillar –

Amudaryo toshib, uning sohil shaharlari, shu jumladan mamlakat poytaxti Kat

(hozirgi Shobboz hududida bo‘lgan) suv ostida qolgan. Poytaxt Gurganj (Jurjon

yoki Ko‘xna Urganch)ga ko‘chirilgan. 1221-yillar – Mo‘g‘ullar Amudaryoni

to‘sib, Sariqamish – Kaspiyga burib yuborganlar. Natijada Orolda suv sathi 5-6

metrga kamaygan vachuqurligi 43-44 metrga teng bo‘lgan. Mamlakat poytaxti

Gurganj avval suvga bostirilgan. Suvsizlikdan azob chekkan aholi boshi oqqan

tomonlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lganlar. 1572-1573 yillar – Amudaryo

Mazdakand qal’asidan (Xo‘jayli) yana Orol tomonga qarab oqa boshlagan.

Natijada Sariqamish ko‘lining suvi 10 metrga kamaygan.

XVI-XVII asrlar – dengiz va geomorfologiyasi fanining bilag‘onlari

(N.G.Brodskaya, A.L.Yashin, R.V.Nikolayeva, V.P.Lgvov)larning hisob-

kitoblariga ko‘ra so‘nggi 400-500 yil davomida Orol dengizining chuqurligi

o‘rtacha 50 metrni tashkil etgan. Bu eng qadimgi davrdagi chuqurlikdan 10 metr

kam deganidir. [8]

XVII-XIX asrlar – Orol dengizi suvlari uch marta kamayib, yana avvalgi

holatiga qaytgan. Geografiya fanlari doktori, professor V.P.Lgvov 1780-1978-

yillarda Orol suvining kamayib-toshib turishi bo‘yicha ilmiy xulosa chiqarib, XX

asr oxirida vohada suvsizlik ofati kelib chiqishini yozib qoldirgan. Hayot olimning

ilmiy bashoratini tasdiqladi.1848-yil – Rossiya geografiya jamiyati dengiz kapitani

A.P.Butakov boshliq Orol ekspeditsiyasini tashkil etib, dengiz xaritasi chizildi,

o‘simlik va hayvonot dunyosini ilk bor ilmiy jihatdan o‘rganila boshlandi.1865-

1876-yillar – O‘rta Osiyoni ruslar mustamlaka qildi. Rus kemalari Qo‘ng‘irot,

Xo‘jayli, To‘rtko‘lga suzib kelganlar.1873-yil – Petro-Aleksandovsk (To‘rtko‘l)


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

9

shahriga asos solindi. Bunga qadar bu hududga yaqin joyda Sho‘roxon qo‘rgoni

bo‘lib, bu yerda Xiva xoni tayinlagan hokim faoliyat olib brogan .1886-yil –

Amudaryo flotiyasi tashkil etildi. Yuk ortilgan kemalar Oroldan Termizgacha

qatnab turgan.1952-yilda Xorazm temir yo‘li ishga tushirilgach, kemachilik

inqirozga uchradi. 1934-yil – Amudaryo toshgan vaqtda Gurlan va Mang‘it

tumanlari hamda Cholish pristanini suv bosgan. 1948-1954-yillar To‘rtko‘l shahri

suv ostida qolib daryodan 10 km.nariroqda yangi shahar bunyod etildi. O‘sha

davrda Orolda uchta orolcha bor edi, xolos. [8]

Okrugning yerusti tuzilishi

. Orolning qurigan qismi yerusti tuzilishiga ko‘ra

atrofidagi Orol botig‘i tomon pasayib boruvchi tekislikdan iborat. Lekin botiqning

o‘rta qismida joylashgan sobiq Vozrojdeniye va Borsakelmas orollari Orolning

qurigan qismidan terrasasimon shaklda ko‘tarilib turuvchi qadimiy tekislik

hisoblanadi.[1.2]

Orolning qurigan qismi yerusti tuzilishi jihatidan eng yosh tekislik bo‘lib,

qumliklari va sho‘rxoklardan iborat. Qumliklari barxanlardan, egri-bugri shakldagi

qumliklardan iborat bo‘lib, sho‘rxoklar orasida chuqurligi 0-1 m ga yetuvchi

botiqchalar mavjud. [1.2]

Orolning qurigan qismida hozir 200 ming gektar maydonga saksovul, juzg‘un

va boshqa o‘simliklar barpo etilib, qum ko‘chishining oldi olinmoqda.

Iqlimi, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Orol tabiiy geografik

okrugi kontinental iqlim xususiyatiga ega bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq,

yillik o‘rtacha harorat 7,5-10,5°C ni tashkil etadi. Qishda okrug shimoli-sharqiy va

shimoliy sovuq va quruq shamollar ta’sirida bo‘lib, harorati pasayib ketadi. Orol

okrugida yanvarning o‘rtacha harorati Mo‘ynoqda –5 –7°C ni tashkil etadi. Qishda

ba’zi yillari eng past harorat –32°C ga yetadi. Yozda iyulning o‘rtacha harorati

Mo‘ynoqda +28°C bo‘lib, issiq harorat +38 +42°C ga yetadi. [1.2]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

10

So‘nggi yillarda Orol suv sathining pasayishi natijasida qish sovib, yozda

harorat ko‘tarilib bormoqda. Mo‘ynoqda 1960-yili yanvarning o‘rtacha harorati –

4°C bo‘lgan bo‘lsa, hozir –8°C ni tashkil etmoqda. [1.2.3]

Okrugda may oyidan boshlab shimoli g‘arbdan, g‘arbdan esuvchi havo

massasi ta’sirida havo ilib, yog‘ingarchilik boshlanadi. Okrugga yiliga o‘rtacha 80-

100 mm atrofida yog‘in yog‘ib, uning 45 foizi bahorga, 10-11 foizi yozga to‘g‘ri

keladi. [1.2.3]

Tuproqlari.

Orol dengizi o‘rnida suvdan bo‘shagan hududlarning tuproq

qoplami o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu o‘ziga xoslikni tuproqda tuzlarning

yig‘ilishi, ularning sho‘rlashganligi va katta hududda sho‘rxoklarning

mavjudligida ko‘rish mumkin. Okrug hududining 80–90 foiz qismidagi tuproqlar

o‘ta darajada sho‘rlashgan. Orolning chekinishi tufayli eng avval quruqlikka

aylangan, eol qum relyefi mavjud bo‘lgan hududlarida qumli cho‘l, qumoq va

taqirsimon sho‘rxoklar joylashgan. [1.2.3]

O‘simlik va hayvonlari

. Okrugda tuproq turi va uning tuz rejimiga bog‘liq

holda o‘simlik rivojlangan. Shu sababdan eol qum relyefi mavjud bo‘lgan joylarda

qora saksovul, cherkez, yulg‘un hamda bir yillik sho‘ralar tarqalgan. Taqirsimon

sho‘rxoklarda yulg‘un, sarisazan, bir yillik sho‘ralar o‘ssa, sho‘r-

xoklarda yulg‘un, qorabaroq, kermek, bir yillik sho‘ralar; o‘tloq sho‘rxoklarda bir

yillik sho‘ralar tarqalgan. 1990-yildan buyon dengiz suvidan xoli bo‘lgan Orol

tubida, oppoq tuz bilan qoplangan sho‘rxoklarda o‘simlik deyarli o‘smaydi.

Orol okrugi cho‘l zonasida joylashganligi tufayli ko‘plab sudralib yuruvchi va

kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Lekin Orol sathining pasayishi tufayli vujudga

kelgan noqulayliklar, xususan, sho‘rxoklar, sho‘rxok-botqoqli yerlarning ko‘pligi

hamda hayvonlar uchun zarur bo‘lgan chuchuk suvning yo‘qligi, o‘simliklarning

kamligi tufayli hayvonlar soni va turi juda kam. Okrugda yumronqoziq,

qumsichqon, qo‘shoyoq, toshbaqa, tulki, bo‘ri va qushlar uchraydi. [1.2.3]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

11

Okrug tabiatini muhofaza

qilish

. Orolning chekinishi oqi-

batida vujudga kelgan quruqlik

yuzasidan qum ko‘chkilari va tuz

aralash chang-to‘zonlar tarqalib,

havoni ifloslab „tuz yomg‘iri”

yog‘dirmoqda. Bu, o‘z navbatida,

atrof-muhit tabiatini ifloslab, ham

iqtisodiy,

ham

ekologik

muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli bu jarayonning oldini olib,

tabiatni muhofaza qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak: qum

ko‘chkilarining oldini olish uchun shamol kuchi ta’sirini kamaytirish maqsadida

har xil to‘siqlar, xususan, ixotalar, kulisalar barpo etish; eol relyefi mavjud bo‘lgan

va tuz to‘zishi mumkin bo‘lgan hududlarda fitomelioratsiya tadbirlarini amalga

oshirish; yaylovlardan chorvachilikda foydalanishdan oldin muhofaza choralarini

amalga oshirish; Orolning qurigan qismi landshaftini ma’lum joyda tabiiy holicha

muhofaza qilish hamda alohida hudud sifatida (kelajak avlod uchun) saqlab qolish.

[1.2.3]

Orol tabiiy geografik okrugidan samarali foydalanishning quyidagi

imkoniyatlari mavjud: Orol tubida juda katta neft, gaz, fosforit, har xil qurilish

materiallari va osh tuzi (zaxirasi 6,0 mlrd t) konlari bor; quruqlikka aylangan

hududdagi balchiq va balchiqli tuzlardan davolanish maqsadida va turistik obyekt

sifatida foydalanish; Orolning qurigan qismidagi hududlardan yaylov sifatida

foydalanish. [1.2.3]

Dengiz shimoliy-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan, uzunligi 428 km, eng

keng joyi 235 km bo‘lgan. Havzasining maydoni 690 ming km2, suvining hajmi

1000 km3, o‘rtacha chuqurligi 16,5 m atrofida o‘zgarib turgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

12

Xulosa.

Orol dengizi

— inson faoliyatining tabiatga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini

yaqqol ko‘rsatib beruvchi global ekologik muammo hisoblanadi. Uning qurib

ketishi mintaqaviy va global darajadagi iqlim, ekologiya, iqtisod va sog‘liq

muammolarini keltirib chiqardi. Kelajakda tabiat resurslaridan oqilona

foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash, va barqaror rivojlanishga intilish

insoniyat uchun juda muhim ekani Orol fojeasi orqali yana bir bor

isbotlandi.Hozirgi vaqtda Orta Osiyo mintaqasida Orol dengizining qurishi qum va

tuzlarning shamol yordamida tarqalishi shu hududdagi Iqlimiga, fauna va florasiga

o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.Buni oldini olish uchun Orol dengiz hududlariga qumga

chidamli o’simliklarni ko’paytirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta

Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya

Aralskogo morya i izmeneniye prirodnix usloviy nizovyev Amudari, T., 1981;

2.Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A.,

Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990;

3.Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i

mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy

stepeni magistra gidrologii, T., 2003.

4. Xamidov M.X., Shukurlaev X.I., Mamataliev A.B. Qishloq xo‘jaligi

gidrotexnika melioratsiyasi. Toshkent . SHarq. 2008.-408 bet.

5. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-12 tom.

6.Xamidov M.X., Muxamedov A.K., Begmatov I.A. Tabiiy sharoitlarni

yaxshilash. Toshkent 2007.

7. Shukurlaev X.I., Mamataliev A.B., Shukurlaeva R.T. Yerlar

rekultivatsiyasi va muxofazasi. Toshkent 2008, 128 bet.

8.

https://ndpi.uz/uz/2020/06/10/11294/

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Qodirov Muxriddin Sayfiddin o’g’li, Qahramonova Sabrina Shuhrat qizi, Abdullayeva Madina Abduhakimovna, Bekmurodova Xulkar Uroq qizi, TUPROQ PROFILINING TUZILISHI VА MORFOLOGIK BELGILARINI O’RGANISH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 43 № 1 (2025)