Authors

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

Author Biography

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

    IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88260

Keywords:

Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot kiber-jinoyat kiber-xavfsizlik kompyuter texnologiyalari raqamli texnologiyalar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turli raqamli xujumlar xavfi statistik ma’lumotlarga asoslangan holda yoritib beriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

515

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KIBERXAVFSIZLIKNI

TA'MINLASH

TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turli raqamli

xujumlar xavfi statistik ma’lumotlarga asoslangan holda yoritib beriladi.

Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, kiber-jinoyat, kiber-xavfsizlik, kompyuter

texnologiyalari, raqamli texnologiyalar.

O’zbekiston raqamli iqtisodiyotga o’tar ekan, o’z-o’zidan mamlakat

iqtisodiyotida yangi toifadagi internetga asoslangan bizneslar ko’payadi. Turli xil

internet do’konlar, turli xildagi yetkazib berish xizmatlari, onlayn kurslar va

shunga o’xshash yangidan-yangi bizneslar ko’payibgina qolmay, an’anaviy

shakldagi tadbirkorlik subyektlari ham tabiiyki, internetdan foydalanishga majbur

bo’lib qoladi. Negaki ular soliq hisobotari va shunga o’xshash hujjatlarni yagona

interaktiv hukumat portallari orqali topshirishga o’tadi. Iqtisodiyotning

raqamlashuvi davlat, tadbirkorlar va fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berishi

bilan birgalikda ularga bir qancha muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Bu xavf – kiber-hujumlar (raqamli hujumlar) bo’lib, buning natijasida, internet

orqali pul o’tazmalari, davlat va tijorat sirlari, fuqarolarning daxlsizligi xavf ostida

qolishi mumkin.

Kiber-jinoyat (raqamli jinoyat yoki kompyuterga asoslangan jinoyat) –

kompyuter, mobil aloqa vositalari va internet texnologiyalari orqali sodir etiladigan

ijtimoiy xavfli qilmish sanaladi. Kiber-jinoyatlar obyekti, asosan, shaxslar, davlat


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

516

xavfsizligi va moliyaviy barqarorligi, shu bilan birga biznes tashkilotlarining

normal faoliyati hamda tijorat sirlari bo’ladi.

Kiber-jinoyatning jinoyat quroli

– internet va eng so’nggi raqamli

texnologiyalar bo’lib, mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan

chiqarish salohiyatiga ega.

Mazkur jinoyat subyektlari hakerlar deb atalgan va odatda yuqori malakaga

ega bo’lgan kompyuter mutaxassislari sanaladi. Shuning uchun ko’plab davlatlar

o’zining kiber-xavfsizlik tizimiga yuqori darajadagi kompyuter mutaxasislarini

jalb qilishni istashadi.

Kiber-jinoyatning o’ziga xosligi shundaki, mazkur jinoyatda ustunlik

buzg’unchi jinoyatchilar qo’lida bo’ladi. Negaki, bunday jinoyatni fosh qilish juda

qiyin va murakkab sanaladi. Shu bois bunday jinoyatlar odatda laten jinoyatlar

qatoriga kiritiladi.

“Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg’unchi-jinoyatchilar

tomonida”, – deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan

mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo’lidan kelgan odam

katta mukofot oladi”

Kiber-jinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo’lsada, ko’plab davlatlar

iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo. Ayniqsa, bugungi kunda ko’plab

davlatlarning shiddat bilan raqamli iqtisodiyotga o’tib borishi, raqamli jinoyatlar

sodir etilishi xavfi kuchayib bormoqda. Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun

strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga

olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal

Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller.

Xususiy

tadbirkorlik

sohasining

o’zida,

Google

,

Yahoo

,

Dow

Chemical

va

Northrop Grumman

kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar har

yili kiber-xurujlar tufayli millonlab dollar qiymatida zarar ko’rishadi.

Google

qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

517

balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya

bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, –

deydi Myuller.

McAfee

nashrining 2017-yilda chop etilgan hisobotiga ko’ra, dunyo

iqtisodiyoti raqamli jinoyatlar tufayli yiliga 600 milliard dollar zarar ko’radi.

Vaholanki, bu ko’rsatkich mazkur nashrning 2014-yildagi hisobotiga ko’ra 445

milliard dollar atrfida bo’lgan. Bu shuni anglatadiki, kiber-jinoyatlar soni yildan

yilga shiddat bilan o’sib bormoqda. Globallashuv jarayonining o’sib borishi bilan

bugun deyarli barcha rivojlanayotgan davlatlar ham asta-sekinlik bilan raqamli

iqtisodiyotga o’tmoqda. Bu esa agar kiber-xavfsizlik choralari kuchaytirilmasa,

dunyo iqtisodiyoti kiber-hujumlardan ko’radigan zarar miqdori bundan ham

yuqorilab ketishi mumkin.

Bromium va McGuire tashkiloti tomonidan o’tkazilgan ijtimoiy tarmoq

tadqiqotiga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar kiber-jinoyatlar sodir ertilishida o’sib

boruvchi rol o’ynamoqda. Mazkur tadqiqotga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir

etilgan raqamli jinoyatlar orqali kiber-jinoyatchilar yiliga 3.25 milliard AQSh

dollari miqdorida daromad oladilar.

Shuningdek, Bromium tadqiqotiga ko’ra ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsiy

ma’lumotlarni (kredit karta ma’lumotlari, login va prollari) o’g’irlash orqali kiber-

jinoyatchilar yiliga 630 million dollar daromad oladilar.

Bitkoin kriptovalyutasi kiber-jinoyatchilarning eng sevimli va ishonchli

valyutasi hisoblanadi. Avstralia universitetlari tadqiqotiga ko’ra, yillik nolegal

daromadlarning 76 milliard AQSh dollari miqdori bitkoinlar orqali olinadi (jami

bitcoin o’tkazmalarining 46 foizi). Bu esa AQSh va Yevropa bozorlaridagi narkotik

savdosining yillik qiymatiga teng.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish kerakki, mamlakat raqamli iqtisodiyotga

o’tishdan avval raqamli xavfsizlik tizimini ishlab chiqishi va jinoyat qonunchiligini

ham ushbu tizimga moslab olishi lozim. Zero, doimo orqada yurgan qonunchilik


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

518

va xavfsizlik bir qadam oldinda yurgan kiber-jinoyatchilarga yeta olmaydi. Kiber-

xavfsizlik tizimini yaratish va kiber-jinoyatlar bo’yicha jinoiy javobgarliklarni

ishlab chiqish uchun davlat, avvalo, bog’cha yoshidan boshlab har bir yoshga

kompyuter savodxonligini o’rgatishi kerak. Bu yoshdagilarga kompyuterni

o’rgatishni kimlardir g’alati deb hisoblashi mumkin, lekin shuni unutmaslik

kerakki, Hindistonda hatto besh yoshli bola ham kuchli dasturchi bo’la olgan.

Raqamli iqtisodiyot raqamlarni va kompyuterlarni tanimaydiganlarni kiber-

jinoyatlarchilar qurboniga aylantiradi. Shunday ekan, hatto jinoyat qonunchiligini

ishlab chiquvchi yurist kadrlar ham yuqori darajadagi kompyuter savodxonlari

bo’lishi lozim. Shundagina, raqamli iqtisodiyot sharoitida kiber-jinoyatlardan oson

himoyalanish mumkin bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., “O’zbekiston”, 2008

2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni. T., 1995.

3. O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi., T., “Adolat”, 2010.

4. Mahmudov N., va b. Davlat tilida ish yuritish (9-nashri). – Toshkent,

2020.