Авторы

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

Биография автора

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

    IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88262

Ключевые слова:

Kalit so'zlar : Murojaatlar qonun himoyasi jismoniy shaxslar yuridik shaxslar davlat organlari huquqlar erkinliklar qonun hujjatlari

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi, murojaatlarning ko'rib chiqilish tartibi va ularning qonun bilan himoya qilinishi masalalari tahlil qilinadi.  Maqolada murojaatlarning ko'rib chiqilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashda murojaatlarning ahamiyati ko'rsatiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

507

FUQAROLAR MUROJATLARINING KAFOLATLARI

TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani o’qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun

hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat

qilish huquqi, murojaatlarning ko'rib chiqilish tartibi va ularning qonun bilan

himoya qilinishi masalalari tahlil qilinadi. Maqolada murojaatlarning ko'rib

chiqilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari hamda

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashda murojaatlarning ahamiyati

ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar : Murojaatlar, qonun himoyasi, jismoniy shaxslar,yuridik

shaxslar,davlat organlari,huquqlar,erkinliklar,qonun hujjatlari

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun

Prezidentimizning 2013 yil 14 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan «Obod turmush

yili» Davlat dasturini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab

chiqilgan hamda Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 29 oktyabrda qabul

qilinib, Senat tomonidan 2014 yil 13 noyabrda ma'qullangan edi. Yangi qonun

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishning tashkiliy-

huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklari,

yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishining qo'shimcha

kafolatlarini ta'minlab berishga qaratilgan.

Yangi qonun qabul qilinguniga qadar fuqarolarning murojaatlari 2002 yil 13

dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning

yangi tahriri asosida tartibga solinar edi. Lekin bu qonunda yuridik shaxslarning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

508

murojaati borasida qoidalar belgilanmagan edi. Shuningdek, elektron murojaatlar

ham nazarda tutilmagandi. Yangi qonunni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy

maqsad esa, fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada

takomillashtirishdan, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib

chiqish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqni

to'ldirishdan iboratdir.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun 5 bob, 31

moddadan

iborat.

Zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

vositalari

va

texnologiyalaridan foydalanib, murojaatlarni kiritish imkoniyatining huquqiy

jihatdan mustahkamlanishi ushbu qonunning muhim jihatidir. Unda fuqarolarning

huquq va erkinliklarini, shuningdek, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini

himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari mavjud. “Jismoniy va yuridik

shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi davlat organlari

va boshqa tashkilotlarning ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga

ko'tarish imkonini berdi.

Shu o'rinda alohida ta'kidlash kerakki, qonun moddama-modda, puxta

muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.

Deputatlar qonun loyihasini tayyorlash jarayonida murojaatlar sohasidagi chet el

qonunchiligi va huquqni qo'llash amaliyotini o'rganishgan. Jumladan, Yevropa

mamlakatlarining,

Germaniyaning,

Osiyo

mamlakatlarining,

Koreya

Respublikasining qonunchiligi va amaliyoti chuqur o'rganildi. Bu esa, qonunning

demokratik talablarga mos ravishda ishlab chiqilganidan dalolat beradi. Qonunda

belgilangan tartiblarga ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga

murojaat etish huquqiga ega.

Murojaatlar og'zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo'lishi mumkin.

Yuqorida aytilganidek, endilikda elektron murojaatlar ham rasmiy maqomga ega

bo'ldi. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

509

hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga

ega bo'lgan elektron hujjat shaklida bo'lishi kerak. Elektron raqamli imzo bilan

tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Bundan xulosa

qilish mumkinki, har qanday elektron murojaatlar rasmiy maqomga ega emas, faqat

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – My.gov.uz portali orqali yuborilgan

murojaatlar og'zaki va yozma murojaatlarga tenglashtirildi.

Murojaatlar

arizalar,

takliflar

va

shikoyatlar

tarzida

bo'lishi

mumkin.Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va ko'rib chiqilishi

shart. Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning

murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan

mansabdor shaxsi tomonidan ko'rib chiqiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar o'z

murojaatlarini ular ko'rib chiqilguniga qadar va ko'rib chiqilayotgan vaqtda

murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron shaklda

ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

Qo'yilgan masalalarni hal etish o'zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat

organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli

organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda

xabar qilinadi. Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur

ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik

muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi. Ariza yoki

shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan davlat organiga kelib tushgan

kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish,

qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo'lgan

muddatda ko'rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha

materiallar so'rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda,

istisno tariqasida uzog'i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

510

etuvchiga xabar qilinadi. Taklif davlat organiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir

oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi. Quyidagi murojaatlar ko'rib

chiqilmaydi:

· anonim murojaatlar;

· jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar,

ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda;

· qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo'lmagan murojaatlar.

Murojaatni ko'rib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga ko'rib chiqish

natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko'rib chiqilganidan so'ng

yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi shart. Murojaat davlat organlari

tomonidan ko'rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko'rib

chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va

tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko'rib chiqish

natijalari bilan tanishish, qo'shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa

organlardan so'rab olish to'g'risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish

huquqiga ega.

Murojaatni ko'rib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslari

jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy

manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda

davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi

ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga,

erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar

etkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta'minlashi shart.

ADABIYOT, MONOGRAFIYA, TO‘PLAMLAR:

1. O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi

2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to’g’risidagi qonun

3. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi