Mualliflar

  • Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi

Muallif biografiyasi

  • Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi

    Andijon davlat chet tillari institute Roman-german va slavyan tillari fakulteti rus tili nazariyasi va amaliyoti  101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88127

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ot affiksatsiya morfologik sintaktik kompozitsiya qiyosiy tahlil tipologik tahlil semantik usul solishtirma usul Ключевые слова: существительное аффиксация морфологический синтаксический композиция сопоставительный анализ типологический анализ семантический способ сравнительный метод. Keywords: noun affixation morphological syntactic composition comparative analysis typological analysis semantic method contrastive method.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu maqolada o’zbek va rus tilida ot yasalishining lingvistik tahlili  haqida so’z ketgan. Bu jarayon har ikki tilning lug’aviy boylligini kengaytiradi.Har bir til o’zining lug’aviy ,morfologik va sintaktik tahliliga ega. Shuning uchun ham quyida turli usullar orqali yasalgan yangi otlar namunasi keltirib o’tilgan.

Аннотация:В данной статье рассматривается лингвистический анализ словообразования имён существительных в узбекском и русском языках. Этот процесс расширяет лексическое богатство обоих языков. Каждый язык обладает своей лексической, морфологической и синтаксической системой. Поэтому ниже приведены примеры новых существительных, образованных разными способами.

 Annotation: This article discusses the linguistic analysis of noun formation in Uzbek and Russian languages. This process enriches the lexical resources of both languages. Each language has its own lexical, morphological, and syntactic system. Therefore, examples of newly formed nouns created by different methods are provided below.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

21

O’ZBEK VA RUS TILLARIDA OT YASALISH USULLARINING

SOLISHTIRMA TAHLILI

Andijon davlat chet tillari institute Roman-german va slavyan tillari fakulteti

rus tili nazariyasi va amaliyoti 101-guruh talabasi

Hoshimova Gulhayo Zohidjon qizi

Annotatsiya:Ushbu maqolada o’zbek va rus tilida ot yasalishining lingvistik

tahlili haqida so’z ketgan. Bu jarayon har ikki tilning lug’aviy boylligini

kengaytiradi.Har bir til o’zining lug’aviy ,morfologik va sintaktik tahliliga ega.

Shuning uchun ham quyida turli usullar orqali yasalgan yangi otlar namunasi

keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar: ot, affiksatsiya, morfologik, sintaktik, kompozitsiya, qiyosiy

tahlil, tipologik tahlil semantik usul,solishtirma usul

Аннотация:В данной статье рассматривается лингвистический

анализ словообразования имён существительных в узбекском и русском

языках. Этот процесс расширяет лексическое богатство обоих языков.

Каждый язык обладает своей лексической, морфологической и

синтаксической системой. Поэтому ниже приведены примеры новых

существительных, образованных разными способами.

Ключевые слова: существительное, аффиксация, морфологический,

синтаксический, композиция, сопоставительный анализ, типологический

анализ, семантический способ, сравнительный метод.

Annotation: This article discusses the linguistic analysis of noun formation

in Uzbek and Russian languages. This process enriches the lexical resources of

both languages. Each language has its own lexical, morphological, and syntactic


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

22

system. Therefore, examples of newly formed nouns created by different methods

are provided below.

Keywords: noun, affixation, morphological, syntactic, composition,

comparative analysis, typological analysis, semantic method, contrastive method.

So‘z yasalishi har qanday tilning ichki rivojlanishining asosiy

manbalaridan biridir. Bu jarayon tilning lug‘aviy boyligini kengaytirish, yangi

tushunchalarni ifodalash va jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni til vositasida

aks ettirishga xizmat qiladi. Ot yasalishi esa bu jarayonda markaziy o‘rinni

egallaydi. Ot yasalishi — mavjud til birliklaridan morfemik vositalar yordamida

yangi ot hosil qilish jarayonidir. G’afur Jo’rayev ta’kidlashicha morfemalarning 2ta

asosiy turi mavjud.

1

1)asos semantik yuklamaning egasi hisoblanib, leksik baza bilan uzviy

bog’langan.

2)affikslar-mustaqil qo’llana olamaydigan,qo’shimcha semantik yoki

grammatik ma’no anglatuvchi birliklar.O’zbek tilida otlar 3xil usulda yasaladi.

Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar

affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya

yoʻllari bilan yasaladi.

1.Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida

quyidagilar yasaladi:

- shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon,

chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon);

1

G‘afur Jo‘raev – "Hozirgi o‘zbek adabiy tili", 1-kitob. Nashriyot: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi, 2005 Betlar: 126-128


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

23

-narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak,

suyunchi, tuzdon);

-oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq,

Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish,

radioeshittirish, odamgarchilik).

2.Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi:

bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.Bu

usulda turli so'z turkumlari bir-biri bilan birikadi.Misol uchun :

Kunga(ot)+boqar(fe’l)=kungaboqar(ot);

Achchiq(sifat)+tosh(ot)=achchiqtosh(ot)

3.Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi:

BMT, SamDU, OʻzME kabi.

Rus tilida otlarning (существительные) yasalishi so‘z yasalish tizimi

orqali amalga oshadi. Bu jarayonda mavjud asosga qo‘shimchalar qo‘shish, ikki

yoki undan ortiq so‘zlarni birlashtirish yoki boshqa so‘z turkumlaridan ot yasash

orqali yangi otlar hosil qilinadi.Quyida rus tilida ot yasalishining asosiy usullari

keltirilgan:

1. Суффиксальный способ (suffiksal usul)

Bu eng keng tarqalgan usul bo‘lib, asosga suffiks qo‘shiladi

читать → читатель (kitobxon);учить → ученик (o‘quvchi);водить →

водитель (haydovchi);работать → работа (ish)

2. Приставочный способ (prefiksal usul)


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

24

Rus tilida bu usul kamroq uchraydi. Prefikslar(old qo’shimchalar) odatda

otlarning semantik ma’nosini o‘zgartiradi: росток → подросток (o‘smir);бег →

забег (startga yugurish);ход → наход (topilma)

3. Сложение (kompozitsiya)

Bu eng ko’p tarqalgan usullardan biri hisoblanib,ikki yoki undan ortiq so‘z

yoki asosning qo‘shilishi orqali yangi ot hosil bo‘ladi:

пар + ход → пароход (paroxod); самолёт (сам + летать); водоснабжение

(вода + снабжение)

4. Субстантивация(so‘z turkumining o‘zgarishi)

Bu usulda sifat yoki fe’l ot sifatida ishlatiladi (ya’ni, grammatik vazifasi

o‘zgaradi): дежурный (sifat) → дежурный (ot – navbatchi);старший (sifat) →

старший (katta, boshliq sifatida ot).

N. Mahmudov, A. Jo‘raevlar quyidagi fikrlarni keltirib o’tgan:”Rus va

o’zbek tillarida ot so’z turkumining yasalish jarayonida bir qancha farqlar mavjud.

2

Birinchi farq -til tipologiyasi. O’zbek tili agglutinative til bo’lib ,so’z yasalishi

uchun qo’shimchalar aniq va tartibli qo’shiladi .Rus tilida esa flektiv tillar guruhiga

mansub bo’lib,qo’shimchalar ko’p vazifali va umumiy matn mazmuniga bog’liq .

Ikkinchi farq-suffiksal ya’ni affiksal usul .

O’zbek tilida har bir qo’shimcha aniq bir ma’noga ega ,rus tilida esa ayrim

qo’shimchalar bir necha ma’nolarni anglatadi.

2

N. Mahmudov, A. Jo‘raev – "O‘zbek tili", darslik (oliY o‘quv yurtlari uchun)

Nashriyot: O‘qituvchi, 2004 Betlar: 135-140


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

25

Uchinchi farq- Prefiksatsiya (old qo’shimcha)

Rus tilida keng tarqalgan: за-, на-, под- kabi prefikslar(old qo’shimchalar)

bilan yangi otlar hosil qilinadi: забег, наход, подросток.O‘zbek tilida prefiks

mavjud emas, bu usul ishlatilmaydi.

To’rtinchi farq- Kompozitsiya (murakkab otlar yasash)

O‘zbek tilida kompozitsiya asosan so‘z birikmalari orqali bo‘ladi, rus tilida

esa bu murakkab so‘zlar ko‘rinishida birlashadi.

Beshinchi farq-Konversiya (so‘z turkumining o‘zgarishi)

Rus tilida bu holat juda ham faol: sifat yoki fe’l ot sifatida

ishlatiladi:дежурный, старший, ход.O‘zbek tilida cheklangan: ko‘proq affiks

orqali ot hosil qilinadi:kelmoq → kelish, yozmoq → yozuv

Oltinchi farq- Sintaktik usul

O‘zbek tilida faol holatlaridan biri hisoblanib, yangi otlar so‘z birikmasi orqali

hosil qilinadi:kitob do‘koni, o‘rmon xo‘jaligi

Rus tilida kamroq ishlatiladi, odatda bu ma’nolarni bitta murakkab so‘z orqali

ifodalaydi:лесничество, домохозяйка.

G’afur Rahmatullayev o’zining ot yasalishiga oid kitobida quyidagilarni

ta’kidlagan:“O‘zbek tilida ot yasalishi asosan so‘z yasovchi qo‘shimchalar

yordamida amalga oshadi. Bu qo‘shimchalar orqali yangi leksik birliklar vujudga

keladi va ular tilning boyishida muhim rol o‘ynaydi.” O‘zbek va rus tillarida ot

yasalish jarayoni bir qator umumiyliklarga ega bo‘lsa-da, ularning til strukturasi,

grammatik tizimi va yasalish usullaridagi farqlar tahlilni talab qiladi. O‘zbek tilida

affiksatsiya sodda va tartibli, rus tilida esa murakkab va ko‘p qirralidir. O‘zbek va

rus tillarida ot yasalishining tahlili shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilning leksik boyligi,

grammatik imkoniyatlari va morfologik tuzilmalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

26

Ot yasalish jarayoni har ikkala til uchun ham leksik birliklar zaxirasini

kengaytirish, yangi tushunchalarni ifodalash, so‘z boyligini oshirishda muhim

vosita bo‘lib xizmat qiladi.O‘zbek tili, agglutinativ til sifatida, ot yasalishida aniq

va tartibli qo‘shimchalarga tayangan. Har bir qo‘shimcha mustaqil grammatik yoki

leksik ma’no bildiradi, bu esa so‘z yasalish tizimini soddalashtiradi. Affiksatsiya,

ayniqsa suffiksatsiya, eng keng qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Bundan tashqari,

sintaktik usul (so‘z birikmalari orqali ot hosil qilish) ham o‘zbek tilida faol

ishlatiladi. Rus tili esa flektiv til bo‘lgani sababli, ot yasalishida ko‘p funksiyali

qo‘shimchalardan foydalanadi. Har bir affiks ko‘p hollarda bir nechta grammatik

yoki semantik ma’noni bir vaqtning o‘zida ifodalaydi. Rus tilida konversiya,

prefiksatsiya, va murakkab so‘z yasalishi (kompozitsiya) keng rivojlangan bo‘lib,

bu usullar orqali qisqa, lekin mazmunli yangi otlar hosil qilinadi. Ayniqsa, sifat

yoki fe’l asosidan bevosita ot yasalishi rus tiliga xos bo‘lgan o‘ziga

xoslikdir.O‘zbek tilida so‘z yasalishi shaklan aniq va izchil; rus tilida esa ko‘proq

semantik va kontekstga bog‘liq.O‘zbek tilida prefiksatsiya mavjud emas, rus tilida

esa faol.Rus tilida otlar konversiya orqali yasalishi keng tarqalgan, o‘zbek tilida

esa bu usul kam uchraydi. Kompozitsiya usuli rus tilida murakkab so‘z shaklida

ifodalansa, o‘zbek tilida bu odatda so‘z birikmasi ko‘rinishida bo‘ladi.Bu tahlillar

orqali o‘zbek va rus tillarining so‘z yasalish tizimlarini o‘zaro qiyoslash

tilshunoslikda muhim o‘rin tutishini ko‘rish mumkin. Ushbu solishtiruv ayniqsa

tarjima nazariyasi, til o‘qitish metodikasi, ikki tilli lug‘atlar tuzishda va til

o‘rgatuvchi vositalarni ishlab chiqishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

3

3

G‘. Rahmatullayev – "O‘zbek tilining so‘z yasalishi" Nashriyot: Fan, 1977 Betlar:

55–100


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-3_ Май-2025

27

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. G‘afur Jo‘raev – "Hozirgi o‘zbek adabiy tili".

2. N. Mahmudov, A. Jo‘raev – "O‘zbek tili”.

3. G‘. Rahmatullayev – "O‘zbek tilining so‘z yasalishi"

4. Sh. Rahmatullayev – "O‘zbek tili grammatikasi: Morfologiya".

5. Н.Ю. Шведова (ред.) – “Русская грамматика”, Том I

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари