Mualliflar

  • O’. S. Yoqubov
  • M.A.Boltayev
  • G.Sh.Karimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.102842

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: pastila oziq-ovqat mahsulotlari mevalarni qayta ishlash tabiiy mahsulotlar nutrientlar vitaminlar quritish texnologiyasi inson salomatligi ekologik mahsulotlar olma qulupnay olcha.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  pastila  mahsulotini  ishlab  chiqarish 
texnologiyasi,  xomashyo  tanlash  mezonlari,  tayyorlash  jarayonlari  va  quritish 
sharoitlari  o‘rganildi.  Olma,  qulupnay  va  olcha  mevalari  asosida  tayyorlangan 
pastilalarning nutrient tarkibi, inson salomatligi uchun foydali ta’siri va ularni saqlash 
texnologiyalari  tahlil  qilindi.  Tadqiqot  natijalari  pastila  mahsulotlarini  oziq-ovqat 
sanoatida va eksport yo‘nalishida muhim o‘rin tuta olishini ko‘rsatdi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

330

ISSN:3030-3621

UO‘K: 664.804.5

TABIIY VA EKOLOGIK FOYDALI PASTILA MAHSULOTLARINI ISHLAB

CHIQARISHNING AFZALLIKLARI.

O’. S. Yoqubov

Toshkent davlat agrar universiteti tadqiqotchisi

M.A.Boltayev

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

E-mail:murodbek.boltaev.78@mail.ru

G.Sh.Karimova

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti


Annotatsiya.

Ushbu maqolada pastila mahsulotini ishlab chiqarish

texnologiyasi, xomashyo tanlash mezonlari, tayyorlash jarayonlari va quritish
sharoitlari o‘rganildi. Olma, qulupnay va olcha mevalari asosida tayyorlangan
pastilalarning nutrient tarkibi, inson salomatligi uchun foydali ta’siri va ularni saqlash
texnologiyalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari pastila mahsulotlarini oziq-ovqat
sanoatida va eksport yo‘nalishida muhim o‘rin tuta olishini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar:

pastila, oziq-ovqat mahsulotlari, mevalarni qayta ishlash, tabiiy

mahsulotlar, nutrientlar, vitaminlar, quritish texnologiyasi, inson salomatligi, ekologik
mahsulotlar, olma, qulupnay, olcha.

Аннотация.

В данной статье изучена технология производства пастилы,

критерии выбора сырья, процессы приготовления и условия сушки. Проведен
анализ пищевой ценности пастилы, изготовленной на основе яблок, клубники и
вишни, её положительного влияния на здоровье человека и технологий хранения.
Результаты исследования показали, что продукция из пастилы имеет высокий
потенциал для пищевой промышленности и экспорта.

Ключевые слова.

пастила, пищевые продукты, переработка фруктов,

натуральные продукты, нутриенты, витамины, технология сушки, здоровье
человека, экологические продукты, яблоки, клубника, вишня.

Abstract.

This article studies the technology of pastila production, criteria for

raw material selection, preparation processes, and drying conditions. It analyzes the
nutrient composition of pastila made from apples, strawberries, and sour cherries, its
beneficial effects on human health, and storage technologies. Research results
demonstrate that pastila products have high potential for the food industry and export
markets.

Keywords.

pastila, food products, fruit processing, natural products, nutrients,

vitamins, drying technology, human health, ecological products, apples, strawberries,
sour cherries.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

331

ISSN:3030-3621

KIRISH

Dunyo amaliyotiga nazar tashlasak, Evropa mamlakatlari, AQSH, Yaponiya,

Xitoy kabi davlatlarda meva va rezavor mahsulotlarni qayta ishlash sanoati yuqori
darajada rivojlangan. Xususan AQSHda quritilgan meva va pastila mahsulotlari yiliga
2 milliard dollarlik bozor yaratib bermoqda, Evropa davlatlarida organik pastila va
quritilgan meva mahsulotlari talabining yillik o‘sishi 6–7% atrofida kuzatilmoqda,
Xitoyda meva mahsulotlarini qayta ishlash zavodlari ichki bozorda yuqori sifatli tabiiy
mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Har qanday davlatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda bu sohaning rivoji uchun so‘nggi yillarda keng qamrovli chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5
apreldagi PQ-113-sonli qarori ("2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida "), 2019

yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq

xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmonlari va boshqa qator farmon va qarorlari
sohaning texnik va texnologik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.Ushbu qarorlar
asosida mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va eksport
salohiyatini oshirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur
jarayonlarda pastila kabi qo‘shimcha qiymat yaratiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish
muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekistonda ham meva-sabzavotlarini qayta ishlash sohasi bosqichma-

bosqich rivojlanmoqda. Yangi zamonaviy quritish, konservlash, muzlatish va qayta
ishlash texnologiyalari joriy qilinmoqda. Bu jarayonda mahalliy meva turlaridan,
jumladan, olma, qulupnay va olcha kabi mahsulotlardan tayyorlangan yuqori qiymatli
qo‘shma mahsulotlar – pastilalar ishlab chiqarish yo‘nalishi katta ahamiyat kasb
etmoqda. Pastila mahsuloti nafaqat oziq-ovqat assortimentini boyitish, balki meva-
sabzavot mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytirish va qo‘shimcha qiymat orqali
eksport imkoniyatlarini oshirishga ham xizmat qiladi.

Pastila – tabiiy meva pyuresi asosida tayyorlangan, o‘z tarkibida yuqori qiymatli

ozuqa moddalari saqlaydigan qadimiy mahsulot turidir. Ilmiy manbalarga ko‘ra,
pastilaning kelib chiqishi o‘rta asrlarga borib taqaladi va ilk bor Sharq mamlakatlarida
qulupnay, olma va olcha kabi meva turlarini quritish va saqlash maqsadida yaratilgan.
Bugungi kunda pastila nafaqat an’anaviy oziq-ovqat mahsuloti sifatida, balki sog‘lom
ovqatlanishning ajralmas qismi sifatida e’tirof etilmoqda.

Pastilaning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tsak bo‘ladi.

Jumladan, qand moddalari va qo‘shimcha kimyoviy moddalarsiz tayyorlangan pastila
sog‘liq uchun xavfsizdir, mevadan tayyorlangan pastila tarkibida S vitamini, kaliy,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

332

ISSN:3030-3621

magniy, temir, antioksidantlar, flavonoidlar va tabiiy tolalar saqlanadi, tabiiy shakarlar
hisobidan organizm uchun tez energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi, C vitamini va
antioksidantlar organizmning infeksiya va stresslarga qarshi kurashish qobiliyatini
oshiradi, mavsumiy mevalarni qayta ishlash orqali ularning saqlanish muddati
uzaytiriladi va yo‘qotishlar kamayadi.

Pastilaning ishlab chiqarish maqsadlari asosan oziq-ovqat assortimentini

kengaytirish, mahalliy va eksport bozorlarini yuqori qiymatli mahsulotlar bilan
ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, sog‘lom ovqatlanish
targ‘ibotini kuchaytirishdan iborat. O‘zbekiston sharoitida, xususan, olma, qulupnay
va olcha mevalari asosida pastila tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Bu mevalar tabiiy
shirinlik va kislotalik muvozanatiga ega bo‘lib, pastila mahsulotlariga noyob ta’m va
xushbo‘ylik bag‘ishlaydi. Bunday mahsulotlar nafaqat ichki bozorda talabga ega, balki
eksport uchun ham raqobatbardoshdir.

Pastila tayyorlash texnologiyasi.

Pastila tayyorlash jarayoni bir nechta

bosqichlarni o‘z ichiga oladi va har bir bosqichda mahsulot sifatiga katta e’tibor
qaratiladi. Asosiy maqsad — mevalarning tabiiy nutrient tarkibini saqlagan holda
yuqori sifatli va mazali mahsulot olishdir. Pastila tayyorlashning asosiy texnologik
bosqichlari quyidagilardan iborat. Xomashyoni tanlash va tayyorlash bosqichida
pastilaning sifati, avvalo, ishlatiladigan xomashyoning sifatiga bog‘liq. Tanlangan
mevalarni pishgan, shikastlanmagan, yoqimli ta’m va xushbo‘ylikka ega bo‘lishi
kerak. Biz tadqiqotimizda ishtirok etishi uchun mevalardan olma(tabiiy pektin va
shirinlik manbai), kulupnay(antioksidantlarga boy, yorqin rang va xushbo‘ylik beradi),
olcha(organik kislotalar va vitamin S manbai) tanlab olindi. Mevalar saralab
olingandan so‘ng, yuviladi, poya va donlardan ajratiladi va mayda bo‘laklarga
bo‘linadi.

Keyingi bosqichda meva pyuresi tayyorlanadi.

Saralangan mevalar parchalanadi

va maydalanadi. Bu bosqichda qilinadigan ishlarga asbob us kunalardan blenderlar,
maydalash uskunalari, g‘ildirakli maydalagichlar ishlatiladi. Hosil bo‘lgan meva
massasi tabiiy holda yoki zarurat bo‘lsa, oz miqdorda qand qo‘shgan holda qaynatib,
uning quyuqligini oshirish mumkin.

Bundan keyingi bosqichda agar mahsulot turiga ko‘ra talab qilinsa

qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan, oz miqdorda limon sharbati yoki tabiiy
antioksidantlar qo‘shiladi. Undan tashqari qo‘shimcha ta’mlar (masalan, dolchin,
vaninil) iste’molchi talabiga qarab qo‘shilishi mumkin.

Hosil bo‘lgan massani quyish va quritishga joylash bosqichida asosan silikon

yoki pergament qog‘oz yopilgan moslamalarga quyuladi. Qatlam qalinligi 3–6 mm
atrofida bo‘lishi lozim. Quritish jarayoni elektr quritgichlarda, kam haroratli pechlarda
(40–60°C oralig‘ida) va maxsus sanoat quritkichlarida amalga oshiriladi. Quritish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

333

ISSN:3030-3621

davomiyligi meva turiga va massasining namlik darajasiga qarab 6–10 soatni tashkil
etadi(1-jadval).

1-jadval

Quritish vaqti va harorati

Harorat

Quritish vaqti

Mahsulot xususiyati

1

40°C

8–10 soat

Yuqori nutrient saqlanishi

2

50°C

6–8 soat

Optimal ta’m va struktura

3

60°C

5–6 soat

Kamroq vaqt, lekin ayrim nutrient yo‘qotish
mumkin


Keyingi bosqich tayyor mahsulotni tayyorlash va qadoqlashdan iborat.

Quritilgan pastila yopishmasligi uchun qulupnay yoki olcha pyuresidan tayyorlangan
pastilalar pergament qog‘ozga o‘ralishi mumkin yoki shu shaklda oval, kvadrat yoki
doirasimon qilib kesiladi. Qadoqlashda ekologik materiallar, tabiiy pergament qog‘oz
yoki biologik parchalanuvchi paketlar foydalaniladi.

Pastilaning ozuqaviy moddalar tarkibi va foydali xususiyatlari.

Pastila

mahsuloti tabiiy mevalarning ozuqa moddalari — nutrientlari saqlangan holda
tayyorlanadigan qimmatli oziq-ovqat turlaridan biridir. Uning tarkibida inson
organizmi uchun muhim bo‘lgan ko‘plab moddalar mavjud. Pastilaning asosiy nutrient
tarkibi kletchatka miqdori yuqori bo‘lgan mevalardan tayyorlangan pastila organizmda
hazm jarayonini yaxshilaydi, ichak faoliyatini faollashtiradi va tozalaydi.
Vitaminlardan C vitamini (askorbin kislota) immun tizimini mustahkamlaydi. B guruhi
vitaminlari nerv tizimi faoliyati uchun ahamiyatli. Mineral moddalar kaliy, magniy,
temir, fosfor va kalsiy kabi elementlar yurak-qon tomir va suyak to‘qimalarining
salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Antioksidantlar qulupnay va olcha pastilasi
tarkibida ko‘p miqdorda flavonoidlar va fenol birikmalari bor, bu moddalar organizmni
erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi. Tabiiy qandlar

f

ruktoza va glyukoza shaklida

organizmga tabiiy energiya manbai bo‘ladi.

Pastilaning inson organizmi uchun foydali xususiyatlaridan biri

immunitetni oshiradi.

Uning tarkibidagi C vitamini va antioksidantlar hisobiga virusli

va infeksiyali kasalliklarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Organizmni toksinlardan
tozalaydi: Dietik tolalar organizmdagi chiqindilarni tabiiy yo‘l bilan chiqarib tashlaydi.
Yurak faoliyatini yaxshilaydi: Kaliy va magniy moddalari yurakning muvozanatli
ishlashini ta’minlaydi. Stress va charchoqni kamaytiradi: Tabiiy shakar va B guruhi
vitaminlari stress holatlarini engillashtiradi. Sog‘lom ovqatlanish uchun mos: Sintetik
qo‘shimchalarsiz tayyorlangan pastila sog‘lom turmush tarzi uchun ajoyib tanlovdir.

Tadqiqot natijasida tayyorlanadigan pastilani tarkibi bo‘yicha olma pastilasi

tabiiy pektinga boy, xolesterin darajasini pasaytiradi. Qulupnay pastilasi kuchli


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_1-to’plam_Iyun -2025

334

ISSN:3030-3621

antioksidant ta’sirga ega, teri salomatligini yaxshilaydi. Olcha pastilasi askorbin
kislotasi va organik kislotalar manbai, yallig‘lanishlarga qarshi faol ta’sir ko‘rsatadi.

XULOSA

Meva va rezavor mevalar asosida pastila tayyorlash oziq-ovqat sanoatida muhim

yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida etishtirilayotgan mahsulotlarni
chuqur qayta ishlash orqali, nafaqat mahsulotning saqlash muddati uzaytiriladi, balki
qo‘shimcha qiymat yaratilib, iqtisodiy foyda olish imkoniyati ham oshadi. Olib
borilgan tahlillar va tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalar kelindi:

Pastila tayyorlashda olma, qulupnay va olcha kabi mevalar qo‘llanilganda

mahsulotning ozuqaviy moddalar tarkibi yuqori bo‘lib, uning inson salomatligi uchun
foydali ta’siri sezilarli darajada bo‘ladi.

Quritish jarayonida 50°C haroratda olib borilgan ishlov natijasida

mahsulotda ozuqaviy moddalar yaxshi saqlanadi va mahsulotning organoleptik
ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.

Tabiiy va ximik qo‘shimchalarsiz tayyorlangan pastila mahsulotlari

iste’molchilar orasida sog‘lom ovqatlanish talablariga javob beradi.

Pastila mahsulotlarini ekologik toza qadoqlarga joylash va saqlash

muddati davomida quyosh nuridan himoya qilish talab etiladi.

Raqobatbardoshlikni oshirish uchun tabiiy rang, ta’m va xushbo‘ylikni

saqlagan holda innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi PQ-4239-sonli
qarori.

2.

Mirziyoev Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 fevraldagi PF-

36-son Farmoniga 1-ilovasi

3.

Razrabotka texnologicheskix rekomendatsiy po organizatsii proizvodstva
funksionalnыx piщevыx produktov iz mestnogo fruktovogo i ovoщnogo sыrya /
V.F. Vinnitskaya, E.I. Popova, D.V. Akishin [i dr.] // Vestnik Michurinskogo
gosudarstvennogo agrarnogo universiteta. 2018. № 1. S. 101- 106.

4.

Resursosberegayuщaya texnologiya pererabotki yablok / O.V. Perfilova, V.A.
Babushkin, V.V. Ananskix [i dr.] // Texnologii piщevoy i pererabatыvayuщey
promыshlennosti APK – produktы zdorovogo pitaniya. 2017. № 6 (20). S. 21-28.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi PQ-4239-sonli

qarori.

Mirziyoev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 fevraldagi PF-

-son Farmoniga 1-ilovasi

Razrabotka texnologicheskix rekomendatsiy po organizatsii proizvodstva

funksionalnыx piщevыx produktov iz mestnogo fruktovogo i ovoщnogo sыrya /

V.F. Vinnitskaya, E.I. Popova, D.V. Akishin [i dr.] // Vestnik Michurinskogo

gosudarstvennogo agrarnogo universiteta. 2018. № 1. S. 101- 106.

Resursosberegayuщaya texnologiya pererabotki yablok / O.V. Perfilova, V.A.

Babushkin, V.V. Ananskix [i dr.] // Texnologii piщevoy i pererabatыvayuщey

promыshlennosti APK – produktы zdorovogo pitaniya. 2017. № 6 (20). S. 21-28.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари