Mualliflar

  • N.A. Do‘simetova
  • M.A.Boltayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.102950

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: qovun nav gibrid quritish texnologiyasi sensorika foiz

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  turli  usullarda  quritilgan  qovunlarni  sensorik 
baholash natijalari keltirilgan. olish uchun nav va duragaylarni ahamiyati keltirilgan va 
tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko’ra oftobda quritilgan navlar ichida eng yuqori 
baho Bosvoldi (85,4), Qoragulobi (84,7), Gulobi (84,4) va Zargulobi (82,9) va sun’iy 
quritish uskunasida quritilgan navlar ichida eng yuqori baho(94,7), Bosvoldi (94,7), 
Qoragulobi (94,0), Gulobi (93,6) va Zargulobi (92,0) foiz ko’rsatkichga ega bo’ldi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_2-to’plam_Iyun -2025

86

ISSN:3030-3621

UO‘K:631.51+635.21

TURLI USULLARDA QURITILGAN QOVUN QOQILARINI

ORGANOLEPTIKC BAHOLASH.

N.A. Do‘simetova

Toshkent davlat agrar universiteti

2-kurs magistranti

M.A.Boltayev

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

E-mail:murodbek.boltaev.78@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turli usullarda quritilgan qovunlarni sensorik

baholash natijalari keltirilgan. olish uchun nav va duragaylarni ahamiyati keltirilgan va
tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko’ra oftobda quritilgan navlar ichida eng yuqori
baho Bosvoldi (85,4), Qoragulobi (84,7), Gulobi (84,4) va Zargulobi (82,9) va sun’iy
quritish uskunasida quritilgan navlar ichida eng yuqori baho(94,7), Bosvoldi (94,7),
Qoragulobi (94,0), Gulobi (93,6) va Zargulobi (92,0) foiz ko’rsatkichga ega bo’ldi

.

Kalit so`zlar:

qovun, nav, gibrid, quritish texnologiyasi, sensorika, foiz

Аннотация.

В данной статье представлены результаты сенсорной оценки

дынь, высушенных различными способами. Представлена и проанализирована
значимость сортов и гибридов для получения. Согласно полученным
результатам, наивысший балл среди сортов, высушенных на солнце, получили
Босволди (85,4), Корагулоби (84,7), Гулоби (84,4) и Заргулоби (82,9), а
наивысший балл среди сортов, высушенных в исушильном оборудовании,
получили Босволди (94,7), Корагулоби (94,0), Гулоби (93,6) и Заргулоби (92,0).

Ключевые слова:

дыня, сорт, гибрид, технология сушки, сенсорный,

процент

Abstract.

This article presents the results of sensory evaluation of melons dried

by various methods. The importance of varieties and hybrids for obtaining is presented
and analyzed. According to the results obtained, the highest score among the varieties
dried in the sun was given to Bosvoldi (85.4), Karagulobi (84.7), Gulobi (84.4) and
Zargulobi (82.9), and the highest score among the varieties dried in artificial drying
equipment was given to Bosvoldi (94.7), Karagulobi (94.0), Gulobi (93.6) and
Zargulobi (92.0).

Keywords:

melon, variety, hybrid, drying technology, sensory, percentage

KIRISH

Mamlakatimizdagi

mavjud

tabiiy-iqlim

sharoiti qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini, xususan, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_2-to’plam_Iyun -2025

87

ISSN:3030-3621

beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sohani bozor
munosabatlariga o‘tish jarayonida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga ustuvor
yo‘nalishlar sifatida katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, meva-sabzavotchilik
mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining
sezilarli qismi shakllanayotganligi ham sohani tubdan isloh qilish va jadal
rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi. Xususan, tahlillar natijasining
ko‘rsatkichiga ko‘ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga
oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog‘idagi bir qator muammo va
kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs
tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga
oshirishni talab etmoqda.

Xususan so‘nggi yillarda bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularga

Prezidentimizning PF-60-sonli “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” va 2019-yil 23-oktabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga
mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5853 sonli farmonlari hamda
2018-yil 17- oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish
samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarini
keltirish mumkin.

Mavjud (gelio) va sun’iy usullarda quritilgan qovun navlarining qoqi sifatini

organoleptik baholashda 100 balli tizimdan foydalanildi. Xuddi qovun mevasiga baho
berganimiz singari quritilgan qovun mahsulotlariga organoleptik baho berish
metodikasi va sifatning 5 ta darajasini ifodalovchi 100 ballik shkalani ishlab chiqdik.
Bunda quyidagicha baholanadi: 5 – a’lo sifat, 4 – yaxshi, 3-o‘rta, 2-yomon va 1 juda
yomon (1-jadval).

Qovun qoqisining sifat darajasini aniqlash uchun ham mavjud metodikaga

ko‘ra baholash uchun 7 kishidan iborat ekspert komissiya tarkibi shakllantirildi. Barcha
ekspertlarning har bir ko‘rsatkich bo‘yicha baholari umumlashtirilib, o‘rtacha qiymati
hisoblandi. Bu ma’lumotlar har bir nav bo‘yicha sifat darajasi (S

d

)ni 100 ballik

tizimdagi ifodasini shakllantirish uchun xizmat qildi.

Sifat darajasi quyidagi formula yordamida aniqlandi:
S

d

=(K

1

*M

k1

+ K

1

*M

k1

+ K

1

*M

k1

+K

n

+M

kn

)

Bunda, S

d

– mahsulotning sifat darajasi, ya’ni organoleptik bahosi;

K

1...n

- ko‘rsatkichning umumiy bahosi

M

1...n

- ko‘rsatkichning muhimlik koeffitsienti

2-jadval

Quritilgan qovunning sifati darajasiga organoleptik baho berish shkalasi

№ Qovunning

sifat

ko‘rsatkichlari

Muhimlik
koef-fitsienti

Ball
ar

Sifat darajasining tavsifi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_2-to’plam_Iyun -2025

88

ISSN:3030-3621

1

2

3

4

5

1.

Qonsistensiyasi

3,5

5

Yumshoq, egiluvchan

4

Elastikligi cheklangan

3

Juda yumshoq yoki qattiqroq, qisman elastik

2

Qattiq, elastikligi past

1

Juda qattiq, elastikligi bilinmaydi

2.

Rangi

3,5

5

Tillarang, bir tekis va izchil

4

Quritishga xos darajadan biroz farq qiladi

3

Quritishga xos darajadan sezilarli darajada
farq qiladi

2

To‘q jigarrang

1

Qorayib ketgan

3.

Butunligi

3,0

5

Kesilgan tilimlar butun

4

Tilimlar butun, ammo sinish yoki yirtilishlar
uchraydi

3

Sinish va bo‘linishlar ko‘p

2

Butun tilimlar soni kam

1

To‘liq sinib yoki titilib ketgan

4.

Ta’mi

6,0

5

Juda shirin, qovunning yoqimli mazasi keladi

4

Shirin

3

Shirinligi kam

2

Shirinmas

1

Mazasi yoqimsiz

5.

Xushbo‘yligi

4,0

5

Yoqimli, qovunga xos, yorqin

4

Yoqimli

3

Kam seziladi

2

Sezilarsiz

1

Yoqimsiz hidli

Muhimlik koeffitsientlarini aniqlashda E.P.Shirokov va V.I.Polegaevlar (2000)

tomonidan meva-sabzavotlar sifatini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikadan
foydalandik. Tadqiqotlar natijasida qovunning har xil tur navlarining organoleptik
xususiyatlari 4-jadvalda keltirilgan.

3-jadval
Mavjud usulda (oftobda) quritilganda o‘rganilgan qovun navlaridan

olingan qoqining sifati (2023 – 2024 yillar)

Nav nomi

Konsisten-
siyasi

Rangi

butunligi

ta’mi

Xush-
bo‘yligi

Umumiy

baho,
ball


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_2-to’plam_Iyun -2025

89

ISSN:3030-3621

Muhimlik koeffitsienti

3,5

3,5

3

6

4

Bosvoldi

4,2±0,4

4,3±0,4

4,2±0,4

4,3±0,4

4,3±0,4

85,4

Gulobi

4,1±0,4

4,2±0,4

4,3±0,4

4,2±0,4

4,3±0,4

84,4

Zargulabi

4,2±0,4

4,1±0,4

4,2±0,4

4,0±0,4

4,3±0,4

82,9

Qoragulobi

4,2±0,4

4,2±0,4

4,3±0,4

4,2±0,4

4,3±0,4

84,7

Ko’k mag’iz

3,4±0,3

3,7±0,4

3,7±0,4

3,2±0,3

3,1±0,3

67,6

Qari qiz

3,6±0,4

3,8±0,4

3,6±0,4

4,1±0,4

3,7±0,4

76,1

Tavsiflashda ekspertlar bahosini jamlashda har bir ko‘rsatkich bo‘yicha

standart og‘ish (S)ni aniqladik. 5 ballik shkalada ekspertlarni standart og‘ishishi
±0,5 balldan oshmadi.

4-jadval
Sun’iy usulda quritilganda o‘rganilgan qovun navlaridan olingan

qoqining sifati (2023 – 2024 yillar)

Na

v nomi

Konsisiten-
siyasi

Rangi

butunligi

ta’mi

Xush-
bo‘yligi

U

mum

iy baho,

ba

ll

Muhimlik koeffitsienti

3,5

3,5

3

6

4

Bosvoldi

4,7±0,

5

4,8±0,

5

4,7±0,

5

4,8±0,

5

4,8±0,

5

94,

7

Gulobi

4,6±0,

5

4,7±0,

5

4,8±0,

5

4,7±0,

5

4,8±0,

5

93,

6

Ko’k
mag’iz

3,8±0,

4

4,1±0,

4

4,1±0,

4

3,6±0,

4

3,4±0,

3

91,

7

Qoragulo
bi

4,7±0,

5

4,7±0,

5

4,8±0,

5

4,7±0,

5

4,8±0,

5

94,

0

Qari qiz

4,0±0,

4

4,2±0,

4

4,0±0,

4

4,6±0,

5

4,1±0,

4

91,

9

Zargulabi

4,7±0,

5

4,6±0,

5

4,7±0,

5

4,4±0,

4

4,8±0,

5

92,

0

Tajribalar davomida qovunni oftobda quritib tayyorlangan qovun qoqilari sifatini
organoleptik baholashni ham amalga oshirdik. Qovun qoqilari sifati amaldagi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

46-son_2-to’plam_Iyun -2025

90

ISSN:3030-3621

metodika bo‘yicha amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari quyidagicha bo‘ldi: oftobda
quritilgan navlar ichida eng yuqori baho Bosvoldi (85,4), Qoragulobi (84,7), Gulobi
(84,4) va Zargulobi (82,9) navlarida kuzatildi. Kechpishar navlar asosan etli navlar
bo‘lganligi uchun ulardan tayyorlangan qoqilar sifati ham boshqa navlarga nisbatan
yuqori bo‘ldi. Shuningdek, eng past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan qoqilar Ko’k mag’iz
(67,6) navlarida kuzatilib, qoniqarsiz (69 balldan past) baholandi va iste’mol uchun
yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.
Qovun mevalarini sun’iy quritish uskunasida quritish yo‘li bilan ham qovun qoqilari
tayyorlanganda organoleptik baholash bo‘yicha natijalari ham oftobda quritilgan
qoqilardan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Sun’iy quritish uskunasida quritilgan navlar
ichida eng yuqori baho(94,7), Bosvoldi (94,7), Qoragulobi (94,0), Gulobi (93,6) va
Zargulobi (92,0) navlarida kuzatilib, baholash mezonlari bo‘yicha “a’lo” bahoga
baholandi. Oftobda quritilganda yaroqsiz deb baholandi

Xulosa

2. Qovunni oftobda quritib tayyorlangan qovun qoqilari sifatini organoleptik

baholashni ham amalga oshirdik. Tadqiqot natijalari ko’ra oftobda quritilgan navlar
ichida eng yuqori baho Bosvoldi (85,4), Qoragulobi (84,7), Gulobi (84,4) va Zargulobi
(82,9) navlarida kuzatildi.

1. Qovun navlarining mevasidan qoqi chiqimi va sifati bo‘yicha sun’iy quritish

uskunasida quritish afzallikka ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Mirziyoev Sh.M PF-60-son. “2022 — 2026 Yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. Prezident Farmoni. –
Toshkent, 2022 yil 28 yanvar.

2.

Mirziyoev Sh.M. PQ-4406-son. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta
ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” – Toshkent, 2019 yil 29 iyul. http:// www.Lex.UZ / 2019 / 1-
2-b.

3.

Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda
tajribalar o‘tkazish metodikasi. - T.: Mexnat, 2002. - B. 160-164; 199-200.

4.

Belik V.F. i dr. Metodika fiziologicheskix issledovaniy v ovoщevodstve i
baxchevodstve. - M.: VASXNIIL, 1970. - 211 s.

5.

Organolepticheskie metodы otsenok piщevыx produktov: Terminologiya. - M.:
Nauka, 1990.-38 s.

6.

Polegaev V.I. Metodi otsenki kachestva plodov i ovoщey (Metodicheskie
razrabotki). M.:- 1978.- 66 s

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Mirziyoev Sh.M PF-60-son. “2022 — 2026 Yillarga mo‘ljallangan yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. Prezident Farmoni. –

Toshkent, 2022 yil 28 yanvar.

Mirziyoev Sh.M. PQ-4406-son. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta

ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida” – Toshkent, 2019 yil 29 iyul. http:// www.Lex.UZ / 2019 / 1-

-b.

Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda

tajribalar o‘tkazish metodikasi. - T.: Mexnat, 2002. - B. 160-164; 199-200.

Belik V.F. i dr. Metodika fiziologicheskix issledovaniy v ovoщevodstve i

baxchevodstve. - M.: VASXNIIL, 1970. - 211 s.

Organolepticheskie metodы otsenok piщevыx produktov: Terminologiya. - M.:

Nauka, 1990.-38 s.

Polegaev V.I. Metodi otsenki kachestva plodov i ovoщey (Metodicheskie

razrabotki). M.:- 1978.- 66 s

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари