Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
85
ISSN:3030-3621
ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA PEYZAJ TASVIRI
Ravshonbekova Gulmira
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
UrDU 2-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatidagi peyzaj tasvirlari
tahlil etiladi. Tabiat manzaralari shoirning poetik dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari,
milliylik va falsafiy tafakkuri bilan uzviy bog‘liq holda ochib beriladi.
Kalit so‘zlar.
Abdulla Oripov, peyzaj, tabiat tasviri, she’riyat, ruhiyat, milliylik,
falsafa
Kirish.
Adabiyotda peyzaj tasviri shunchaki tabiat manzarasini berish uchun
emas, balki ijodkorning hissiy kechinmalarini, jamiyatga munosabatini ifodalash
vositasi ham hisoblanadi. Ozod Sharafiddinov “Adabiyotda peyzaj tasviri san’atkor
qalbining tabiatga munosabati, Vatanga bo‘lgan muhabbatining ko‘zgusidur. Ayniqsa,
lirik poeziyada bu jihat kuchli bo‘ladi.”, deya fikr bildiradi. Abdulla Oripov – o‘zbek
adabiyotining zabardast vakili sifatida peyzaj vositasidan mahorat bilan foydalangan
shoirlardan biridir. U tabiatni milliy ruh, vatanparvarlik, hayot falsafasi bilan uyg‘un
holda tasvirlaydi. Oripovning peyzajli she’rlari tashqi go‘zallikni emas, balki ichki
kechinmalar, ruhiy holat va tarixiy xotiralarni tasvirlaydi. Shoirning lirikasida tabiat
voqeligi orqali insoniy fazilatlar, jamiyatdagi muammolar va umumbashariy
qadriyatlar aks ettiriladi.
1
Shoir ijodiga nazar tashlasak, tabiatga oshuftalik, tabiat bagʻrida voyaga yetgan
inson ruhiyati va albatta xayoliy mavjlanishlarga guvoh boʻlamiz. Shoirning
she’rlarida tabiat lirikasi shu qadar jonli ifoda etiladiki, oʻquvchi oʻzini shu muhitda
oʻsha manzarada yashayotgandek his qiladi:
Eh, siz togʻlar naqadar koʻrkam,
Sizga berar ilk nurin quyosh.
Par bulutlar marvarid qorlar ,
Yuksak choʻqqi uzra qoʻygan bosh.
2
Yuqoridagi misralarda aks etgan peyzaj (tabiat tasviri) xuddi rassom chizgan
suratdek oʻquvchi koʻz oʻngida namoyon boʻladi. 3-misradagi qorga berilgan
oʻxshatish ya’ni marvarid soʻzi qorning xuddi marvarid kabi tovlanishini sezish
mumkin. Nafaqat oʻxshatish balki tasvirlash mahoratiga e’tibor qaratadigan boʻlsak
togʻlarning yuksakligi tufayli bulutlarning togʻlar yelkasiga bosh qoʻyishi hamda
1
Quronboyeva, M. “Oripov lirikasi va tabiat obrazlari”. // Adabiyot va san’at, 2021, №3.
2
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar, Birinchi jild, 16-bet
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
86
ISSN:3030-3621
quyoshning ilk nuri ham unga talpinishini koʻrish mumkin . Shu she’rning oxirida
shunday tugallanma keladi:
Eh, siz togʻlar, dilrabo togʻlar,
Yosh qalbimni maftun etgansiz.
Yoshlik, baxtni kuylagin, deya,
Ijodimga ilhom tutgansiz.
Ushbu she’rga “1958” deb sana qoʻyilgan. Qolaversa anglash mumkinki,
ijodining boshida shoir tabiat manzaralarini ijtimoiy motivlarsiz – nekbin tarzda
tasvirlagan.
Abdulla Oripovning “Yurtim shamoli” she’ridagi asosiy obraz – bu shamol.
Shamolning esishi shoirning lirik qahramoniga o‘zgacha ruhiy kayfiyat bag‘ishlaydi.
Shamoldan fikr va his-tuyg‘ular oqimi maydonga keladi. Shoir o‘zini turli makon va
holatlarda kuzatadi.
Qancha shamollarga yuzimni burdim,
Ulardan esdilar turfa xil nafas.
Ushbu misralarda shamolni ramz sifatida ijtimoiy talqin qilish o‘rinli bo‘ladi.
Turli holat, vaziyat, ko‘rsatma, o‘zgarish, har xil qayg‘u-g‘am va shodlik – barcha-
barchasi “shamol” metaforasi vositasida ifoda qilinadi.
Shamollar esgandir ushbu dunyoda,
Shamollar goh quyun, gohida dovul.
Ular goh oshkora, goho ro‘yoda
Qancha bo‘stonlarni sovurgan butkul.
Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.
Shamol goh quyun, goh dovuldek shiddatli, ba’zida oshkora, ba’zan yashirin
esadi. Shamol tufayli bog‘lar barbod bo‘lishi, bo‘stonlar zavolga yuz tutishi mumkin.
Hatto inson umr yo‘llarida noo‘rin paydo bo‘lgan “shamol” – tuhmat yo bo‘hton –
uning hayotini izdan chiqaradi. Shoir shamolga har band oxirida: “O, yurtim shamoli,
yurtim shamoli”, – deb xitob qilar ekan, fikr yo‘nalishini “qayg‘ulardan xoli” saodat
va bunyodkorlik yo‘llariga boshlaydi. Ushbu she’rdan shuni anglashimiz mumkinki,
ijodkor tabiat tasviri orqali o‘z ichki-tuyg‘ularini ham bayon etib ketmoqda. G‘afur
G‘ulom ham bu mavzuda shunday fikr bildiradi: “Tabiat tasviri - bu adib qalbining
nidosidir. U tabiatni tasvirlar ekan, asosan o‘z ichki olamini, ruhiy holatini ifoda etadi”.
Ijodkorning “Birinchi muhabbatim” she’ri ham peyzaj tasviri bilan
boshlanadi:Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
87
ISSN:3030-3621
She’rda visolga erishmagan oshiq nolasi, g‘aflatda qolib muhabbat tuyg‘usiga
beparvo bo‘lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o‘z aksini topgan. Bu
kayfiyat xayolga tolish, eslash uslubida ifodalangan. Osmondagi oy, charaqlab chiqqan
yulduz ma’yus tortgan lirik qahramonga birinchi muhabbatini eslatadi.
Shoir ongiga tabiat tasvirining eng serjilo misralari quyilib kelgan desak mubolagʻa
boʻlmaydi .Quyidagi she’rni fikrimiz isboti sifatida keltirsak :
Kapalakning uchishin uzoq,
Kuzatdim ham yurdim ortidan.
Qarshimizda gʻunchalar porloq,
Miltir shudring chaman sathidan.
Allaqayda kezib tinimsiz
Yigʻdik rosa zavq atirlarin.
Soʻngra baham koʻrdik ikkimiz,
Menga tegdi shu satrlarim.
Yuqoridagi “Kapalak va men” she’rida (Birinchi jild, 17-bet) shoir bir she’rning
yozilishidagi holatni ifodalagan deya ayta olamiz. Bunda shoir uchun kapalak ilhom
boʻlsa uning ketida shoir zavq ila goʻzallik izlamoqda va shu asnoda she’r dunyoga
keldi. Naqadar ajoyib tarzda ifodalash uslubi shoirning yana bir bor mahorat ustasi
ekanligidan dalolat
beradi. Sirtdan qaraganda oddiydek tuyulgan she’rdan quyidagi xuloslar
chiqarish mumkin:
1. Kapalak – oʻtkinchi umr ramzi. 2. Kapalak – goʻzal olam – goʻzal
umrni qadrlash ramzi. 3. Shunday manzaralar ta’siridagi hukm – shoirlikni tanlash
Abdulla Oripov ijodida peyzaj tasviri shoirning ruhiy, milliy va falsafiy
kechinmalarini ifoda etuvchi kuchli vositadir. U tabiat obrazlari orqali inson hayoti,
Vatan taqdiri, jamiyatdagi muammolar va umidlarni aks ettiradi. Uning she’rlarida
peyzaj tasviri bir vaqtning o‘zida ham badiiy bezak, ham chuqur mazmun yuklaydigan
unsurdur. Shoir tabiat manzaralari orqali o‘z davrining ruhi, milliy tafakkuri va
ma’naviy kechinmalarini badiiy tarzda yoritadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar, Birinchi jild, 16-bet
2.
Mamarasulov E. O‘zbek poeziyasi va obrazlar dunyosi. — Toshkent: Fan, 2015.
3.
Oripov A. She’rlar. — Toshkent: “Sharq”, 2000.
4.
Quronboyeva, M. “Oripov lirikasi va tabiat obrazlari”. // Adabiyot va san’at, 2021,
№3.
5.
Yo‘ldoshev S. O‘zbek adabiyoti tarixi. — Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.
6.
Raufxon R. Adabiy tahlil nazariyasi. — Toshkent: Yozuvchi, 2020.
7.
https://www.conferencepublication.com/index.php/aoc/article/download/791/855/
2534