Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
242
ISSN:3030-3621
PROFESSIONAL (KASB-HUNAR) TA’ALIMDA DUAL TA’LIMNI
RIVOJLANTIRISH
P.f.f.d. PhD
To‘rayev Ro‘ziboy Norovich
Termiz davlat pedagogika instituti
Informatika fani o‘qituvchisi
O‘roqov Orif Ashirali o‘g‘li
Termiz davlat universiteti akademik litseyi
Informatika fani o‘qituvchisi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada professional ta’lim tizimida dual ta’lim modelini
joriy etishning ahamiyati, uning mazmun-mohiyati, shakllari va amaliy natijalari
yoritib berilgan.
Аннотация
:
В данной статье раскрывается значение внедрения модели
дуального обучения в систему профессионального образования. Описываются её
сущность, формы и практические результаты. Дуальная система образования,
сочетающая теоретические знания с практическими навыками, показана как
эффективный метод в профессиональных училищах, колледжах и техникумах.
Annotation:
This article highlights the importance of introducing the dual
education model into the professional education system. It describes the essence,
forms, and practical outcomes of this model. The dual education system, which
combines theoretical knowledge with practical skills, is shown to be an effective
method in vocational schools, colleges, and technical institutions.
Kalit so‘zlar:
Professional ta’lim, Dual ta’lim, Kasb-hunar maktabi, Kollej va
texnikumlar, Amaliy ko‘nikma, Innovatsion ta’lim, Kadrlar tayyorlash, Ta’lim tizimi
islohotlari, Ishlab chiqarish amaliyoti, Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi.
Ключевые слова:
Профессиональное образование, Дуальное обучение,
Профессиональное училище, Колледжи и техникумы, Практические навыки,
Инновационное обучение, Подготовка кадров, Реформы системы образования,
Производственная практика, Интеграция образования и производства.
Keywords:
Vocational education, Dual education, Vocational school, Colleges
and technical schools, Practical skills, Innovative education, Workforce training,
Education system reforms, Industrial practice, Integration of education and
production.
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga
koʻtarishni talab qilmoqda. Boisi, ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar oʻzlashtiriladi va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
243
ISSN:3030-3621
nazariyalar shakllantiriladi. Boshqacha aytganda, bugun jamiyat oldida turgan
dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin.
Jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda
jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bogʻcha,
maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Xususan, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Finlyandiya, Norvegiya kabi davlatlar islohotni bogʻchadan boshlab, 2-3 oʻn
yillikda oʻziga xos, samarali taʼlim-tarbiya tizimini yaratish evaziga fuqarolari
ijtimoiy himoyalangan, iqtisodiy barqaror mamlakatlarga aylandi.
Respublikaimizda ta’lim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, pedagog
kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash,
innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada
bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Bugun mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori
rivojlanish darajasiga toʻla javob beradi, deb boʻlmaydi. Demak, mamlakatimiz
taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, ayniqsa, taʼlim tizimiga
innovatsiya kiritishni kengaytirish hayotiy zaruratdir.
Xoʻsh, bugun jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va
ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yana-da oshirish uchun nimalar qilish
kerak? Sohada koʻp yillardan buyon toʻplanib qolgan, taʼlim sifatiga salbiy
taʼsir koʻrsatayotgan muammolarni bartaraf etish qanday jihatlarga eʼtibor qaratish
lozim?
Birinchidan, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va gʻoyalar
bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir boʻlgan, intellektual va
maʼnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, taʼlim tashkilotlari
bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari boʻlishlari uchun ularda zarur koʻnikma
va
bilimlarni shakllantirish muhim deb, hisoblayman. Bunda avvalambor
professional ta’limga etibor berish zarurdir.
Professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash kasb-hunar maktablari,
kollejlar va texnikumlarda amalga oshiriladi. Professional ta’lim egallanadigan
kasb va mutaxassislik boʻyicha quyidagi darajalarni oʻz ichiga oladi:
-
boshlang’ich professional ta’lim;
-
oʻrta professional ta’lim;
-
oʻrta maxsus professional ta’lim.
Boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf
bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumta’lim
fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari
asosida amalga oshiriladi.
Oʻrta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki toʻlov-
shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_3-to’plam_Iyun -2025
244
ISSN:3030-3621
chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha boʻlgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim
shakllari boʻyicha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus ta’lim hamda boshlang’ich
professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
Oʻrta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy oʻrta, oʻrta
maxsus, boshlang’ich professional va oʻrta professional ta’lim negizida davlat
buyurtmasi yoki toʻlov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning
murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil boʻlgan kunduzgi,
kechki va sirtqi ta’lim shakllari boʻyicha amalga oshiriladi.
Dual ta’lim tizimi — ixtisoslashgan ta’lim turi boʻlib, talaba nazariy
bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy koʻnikmalarini esa ish joyida, ya’ni
tashkilotda olish imkoniyati yaratiladi.
Professional ta’lim muassasalariga amaliyot jarayonida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni sotishga ruхsat beriladi. 2022 yil 1 maydan boshlab boʻsh boʻlgan
binolarni oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar hamda tadbirkorlik sub’yektlariga oʻqitish
kurslarini tashkil etish yoki mahsulot ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish uchun 5
yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berishga ruхsat beriladi.
2023 yil 1 iyulga qadar professional ta’lim jarayonlarini boshqarish aхborot
tizimi ishlab chiqiladi va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinmoqda. U dual
ta’limni Professional ta’lim muassasalariga oson tadbiq qilinishiga
Endi kasb-hunar maktablari oʻquvchilariga ham stipendiya toʻlanishi
mumkin. Bundan tashqari, professional ta’lim muassasalari rahbarlari va
oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlashning yangi tabaqalashtirilgan tartibini
joriy
etish rejalashtirilmoqda.
Xulosa shuki, har doim har bir mamlakat uchun mutaxassislar tayyorlash,
yetuk kadrlarni voyaga yetkazish muhim vazifalardan biri sifatida qaralgan. Demak,
bugun oʻz avlodi kelajagini oʻylagan har bir yurtdoshimiz Prezidentimiz olib
borayotgan islohotlarga oʻz ulushini qoʻshishi kerak.
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar ayniqsa professional ta’limda
dual ta’limni
rivojlantirish
bu
nafaqat
ta’lim tizimimizning rivojig
balki iqtisodiyotimizning yuksalishiga va yosh kadrlarning salohiyatli boʻlib
vatanimiz rivojiga hissa qoʻshishiga oʻzining samarali hissasini qoʻshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “Ta’lim toʻg’risidagi”
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.09.2019 yildagi PF-5812-
son Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻg’risida
https://xs.uz/uz/post/millatni-buyuk-qiladigan-
3.
https://www.spot.uz/oz/2022/10/18/dual-education/
4.
https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/professional_talim_tizimiga_du
al_talim_shakli_joriy_etiladi