Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
13
ISSN:3030-3621
AVTOMOBILLAR RUL MEXANIZMI
Komilov Abduvali Alijon o’gli
Andijon Davlat Texnika instituti
4 kurs, 70.21-gurux talabasi
Avtomobillarning boshqaruv tizimida rul mexanizmi alohida o‘rin tutadi. Rul
mexanizmi haydovchining qo‘li bilan boshqariladigan va harakat yo‘nalishini
aniqlovchi tizimdir. U transport vositasining xavfsizligi, qulayligi va manevrlik
xususiyatlarini ta’minlaydi. Shu sababli, ushbu tizimga qo‘yiladigan texnik va
ekspluatatsion talablar yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ–123-sonli
qarorida transport sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan
avtomobil komponentlarini mahalliylashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Rul
tizimi ham ushbu komponentlardan biri sifatida innovatsion yondashuv va sifat
nazoratini talab qiladi.
Rul mexanizmi asosiy 3 qisimga bo‘linadi bular:
1)
Boshqaruv mexanizmi
2)
Rul boshqaruvi
3)
Kuchaytirgichlar
Oxirgi paytda Avtomobil injenerlari Avtomobilsanoatida Avtomobil dizayniga
juda kata sezilarli darajada o‘zgartirishlar kiritishdi va mutlaqo yangi dizayn ko‘plab
yechimlar paydo bo‘la boshladi.
Avtomobillarda harakat yo'nalishi oldingi g'ildiraklarni turli xil boshqaruv turlaridan
foydalangan holda aylantirish orqali o'zgartiriladi.
Mamlakatda qabul qilingan transport vositalarining harakat yo'nalishiga qarab,
chap qo'l (O‘zbekiston, AQSh va boshqalar) yoki o'ng qo'l (Yaponiya, Buyuk
Britaniya) boshqaruvi o'rtasida farqlanadi.
Boshqarishni osonlashtirish uchun turli xil yordamchi kuchaytirgichlardan
boshqaruv tizimlari tobora ko'proq foydalanilmoqda.
Kuchaytirgichsiz rul mexanizmlar odatda eng kichik siniflar va engil yuk
mashinalariga o‘rnatiladi. Biroq, So‘ngi paytlarda qulaylikni oshirish yaxshilash uchun
bunday mashinalargaxam kuchaytirgichlar o‘rnatilmoqda. Shu sababdanxam bu
turdagi avtotranspor vositalaridaxam boshqarish yengillashishi, nazorat qilish
osonlashishi, manyovr qobiliyati yaxshilanadi va xavfsizlikni oshiradi.
Agarda baxtsiz xodisada avtomobil shinalari yorilib ketsa, siz transport
vositasini kerakli xavfsiz yo‘nalishda ushlab turishga harakat qilishingiz mumkun,
kuchaytirgichlar yordamida albatda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
14
ISSN:3030-3621
Rul mexanizmi quyidagi asosiy qismlardan iborat: rul g‘ildiragi, rul ustuni,
reduktor (vintli, tishli yoki sirkulyatsiyali sharli), bog‘lovchi shatilar, navoqlar va
ba'zida gidravlik yoki elektro-gidravlik kuchaytirgich. Har bir detalning ishlash
prinsipi va konstruksiyasi rul tizimining umumiy ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, reduktor orqali rul harakati g‘ildiraklarga uzatiladi. Bu yerda
ishlatiladigan mexanizm turlari har xil bo‘lib, eng ko‘p tarqalgani rack-and-pinion
(reykali) va worm-and-sector (qurtli va sektorli) mexanizmlardir. Ularning har biri
avtomobilning sinfiga, yuklanishiga va harakat tezligiga mos ravishda tanlanadi.
Rul boshqarmasining sxemasi: 1-rul chambaragi, 2-val, 3-chervyak, 4-sektor,
5-soshka, 6-bo‘ylama rul tortqisi, 7-9-12-burish tsapfalarining richaglari, 8-shkvoren,
10-ko‘ndalang rul tortqisi, 11-oldingi o‘q, 13- burish tsapfasi.
Reyka shesternyali rul mexanizmi
ning tuzilishi keltirilgan. Rul chambaragini
aylantirilganda shesternya, reykani harakatga keltiradi, undan kuch rul tortqilariga
uzatiladi. Rul tortqilari, burilish richaglari orqali boshqariluvchi g‘ildiraklarni buradi.
Reyka-shesternyali rul mexanizmi rul vali bilan tayyorlangan qattiq tishli
shesternya va qattiq tishli reykadan tashkil topgan. Val karter ichida joylashgan sharikli
podshipniklar aylanadi. Ular halqa va yuqori qopqoq yordamida tortiladi Tayanch,
prujina orqali reykaga siqib qo‘yilgan bo‘lib, unga ta’sir qilayotgan radial kuchni qabul
qiladi va yon tomondagi qopqoqga uzatadi, shuning hisobiga juft ilashuvining aniqligi
amalga oshiriladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
15
ISSN:3030-3621
Reyka-shesternyali rul boshqarmasini.
1-rul chambaragi; 2-val va aylantiruvchi g‘ildirak; 3-rul mexanizmi reykasi; 4-o‘ng
va chap rul tortqisi; 5-burilish richagi; 6-buriluvchi g‘ildirak.
Avtomobil burilayotganda uning barcha g‘ildiraklari yonga sirpanmasdan
g‘ildirashi uchun bir nuqtada chizilgan aylanalar bo‘yicha harakatlanishi lozim. Bu
nuqtani (o) burilish markazi deb ataladi. G‘ildiraklarning bitta burilish markazi atrofida
harakatlanishi boshqariluvchi g‘ildiraklarni har xil burchakka burib ta‘minlanadi.
Bunda ichki boshqariluvchi g‘ildirakning burilish burchagi (
I) tashqi g‘ildirakniki
(
T) dan katta bo‘ladi. Bu burchaklar orasidagi munosabat quyidagicha:
bu yerda V – burish tsapfalarining o‘qi orasidagi masofa, L – avtomobilь bazasi
Boshqariluvchi g‘ildiraklarni bir vaqtda har xil burchaklarga Rul trapetsiyasi buradi.
Rul trapetsiyasi ko‘ndalang Rul tortqisi 3, burish tsapfalarining richaglari 2 va 4 hamda
oldingi o‘q 1 dan iborat.
Avtomobilning burilish sxemasi va rul trapetsiyasi RI va RT - boshqariluvchi
g‘ildiraklarning burilish radiuslari,
I va
T - boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilish
burchaklari.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
16
ISSN:3030-3621
Avtomobilning burilish radiusi kancha kichik bo‘lsa, uning burila olish
qobiliyati shuncha yaxshi bo‘ladi.
XULOSA
Rul tizimi avtomobil boshqaruvining muhim qismlaridan biri bo‘lib, uning
ishonchliligi transport vositasining umumiy xavfsizligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Ish
davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqildi. Yakuniy xulosa shuki, rul mexanizmini takomillashtirish orqali avtomobil
boshqaruvining ishonchliligi va qulayligini oshirish mumkin.
ADABIYOTLAR
1.
Almataev T., Karimxodjaev N., Qayumov B., Yo’ldashev A. Bakalavr
yo’nalishi talabalari uchun Diplom loyihasini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma
2.
X.Mamatov. Avtomobillar. 1-qism.
3.
X.Mamatov. Avtomobillar. 2-qism.
4.
Вахламов В.К.(Автомобили: конструкция и элементы расчета.)
5.
Fayzullaev E. “Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi. -M.: - 1997.-197s.
6.
Sarimsaqov A. “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo‘nalishi bo‘yicha “Diplom
loyihasining iqtisodiy qismini bajarish uchun” Uslubiy ko‘rsatma Andijon-2018.