Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
18
ISSN:3030-3621
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA SODIR BOʻLGAN BAXTSIZ
HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIGA OID STATISTIK
MA’LUMOTLAR TAHLILI
Turakulova Gulasal Zohidjon qizi
Andijon davlat texnika instituti,
gulasa22@gmail.com
Annotatsiya
. Zamonaviy sanoat tarmoqlarida еkologik xavfsizlik va mеhnat
muhofazasi muammolari jahon miqyosida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
qaralmoqda. O‘zbеkiston sanoati ham izchil rivojlanib, ishlab chiqarish hajmlari ortib
borayotgani sababli, ishchi-xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, zararli
moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan еhtiyoj
ortib bormoqda. Bu tadqiqot nafaqat mеhnat muhofazasi sohasida, balki еkologik
nazorat va sanitariya gigiyеna tadbirlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat
kasb еtadi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan statistik
hisobotga asoslangan soʻnggi yillarda sodir boʻlgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalar monitoringi natijalari tahlil asosida ma'lum bir aniq davr davomida yuz
bergan baxtsiz hodisalarning umumiy sonining ushbu qarab chiqilayotgan davrda
olamdan oʻtish bilan yakunlangan baxtsiz hodisalarning soniga nisbatini ifodalovchi,
alohida ahamiyatga ega kasb kasalliklari koʻrsatkichni xalqaro miqyosdagi qiymatlari
bilan taqqoslash va uni xaqqoniyligini ta'minlash uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqish.
Usullari. Dunyoning yetakchi davlatlari miqyosida baxtsiz hodisalarning holati
va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash maqsadida barcha jarohatlanishlar va
qayd qilish, tekshirish, hisobga olish va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Natijalari. Olib borilgan tadqiqotlar natijalar shuni koʻrsatdiki, Rossiya va
Oʻzbekiston miqiyosida ishlab chiqarishda yuz beruvchi jarohatlanishlar boʻyicha
statistik ma'lumotlarni ishonarli deb hisoblash mumkin emas, chunki bunda kasb
kasalliklari koʻrsatkich qiymati 1 ga intiluvchi tavsifga ega hisoblanadi. Yakuniy
holatda qayd qilib oʻtish kerakki, baxtsiz hodisalarning berkitilishi masalasi ancha
oldindan mavjud hisoblanadi.
Kalit soʻzlar:
mehnat muhofazasi, mehnat muhofazasini boshqarish,
jamoatchilik nazorati, baxtsiz hodisalar, ijtimoiy sugʻurtalash, jarohatlanishlar
Kirish.
Mehnat muhofazasi talablarini barcha korxonalarda bajarilishini
ta'minlash yuzasidan olib boriladigan nazorat turlari uslubiyati ishlab chiqilgan boʻlib,
bunda asosiy e'tibor davlat va ma'muriy jamoatchilik nazorati oʻtkazish uslubiyati va
tartibiga urgʻu berilgan. Ma’lumki, mehnat muhofazasi mehnat jarayonida insonning
xavfsizligi, sogʻligi va hayoti hamda faoliyatini tiklashga qaratilgan tadbirlar (huquqiy,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
19
ISSN:3030-3621
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigienik, davolash profilaktika,
reabilitasiya) tizimi va vositalaridan iborat boʻlib, ularni amalga oshirishda inson uch
qiyofada ishtirok etadi.
Mehnat muhofazasida inson ishtiroki Insonlar himoya ob’ekti, insonlar xavf
manbai va insonlar himoyani tashkil etishni boshqaradi. Ya’ni insonlar jamoasi yoki
har bir insonni oʻzi mehnat muhofazasi jarayonida uch qiyofada ishtirok etadi. Qaysi
qiyofada ishtirok etishidan qat’iy nazar, barchasida insonlar ishtiroki muqarrar
sanaladi. Mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarishda muhim boʻgʻin sanalgan
nazoratda ham jamoatchilikning ishtiroki, nazorat samaradorligini keskin oshishiga
xizmat qiladi. Ma’lumki, mehnat muhofazasini boshqarish elementlar zanjiridan iborat
(2-rasm). Mehnat muhofazasini boshqarishda xavfsizlik talablariga rioya etilishi
yuzasidan himoya ob'ekti nazorati oʻtkaziladi, nazorat natijalari qonunlar, nizomlar,
sanitariya-gigienik talablar, qoidalar, standartlar normalari bilan solishtiriladi,
normalardan chetga chiqishlar, qoidabuzarliklar bartaraf etiladi, ya’ni rostlanadi va
yana ob’ektni xavfsizlik talablari bajarilayotgani nazorat qilinadi. Ushbu zanjir ish joyi,
boʻlim, sex, korxona, tarmoq, vazirlik, soha, davlat tashkilotlarida amalga oshirilishi
mumkin. Mehnat muhofazasini boshqarish zanjirining elementlarini eng muhimi
nazorat sanaladi.
2-rasm. Boshqarish elementlari zanjiri.
Nazorat natijalarini ishonchliligi, birinchidan, ob’ektni xavfsizligi yoki xavflar
maydoni ekanligini aniqlash imkonini yaratadi, ikkinchidan, olingan yoki qayd etilgan
ma’lumotni, ishdan olingan natijani ishonchli ekanligini koʻrsatadi, uchinchidan,
amalga oshirish lozim boʻlgan rostlovchi tadbir qoʻllashini, sifatini, sonini
harakatlarini aniq va rasional qabul qilinishini ta'minlaydi. Shuning uchun ishlab
chiqilgan jamoatchilik nazorati uslubiyati yoki uni takomillashtirish, ular ishlab
Boshqarish
Nazorat
Solishtirish
Rostlash
Obyekt
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
20
ISSN:3030-3621
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar boʻyicha aniq va haqqoniy hamda yuqori darajada
ishonchli ma'lumot olish imkonini ta’minlashga xizmat qilishi kerak.
Usullari. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan soʻnggi
yillarda, statistik hisobotga asoslangan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar
monitoringi natijalari tahlil qilindi. Bunda asosiy e’tibor monitoring natijalari
jamoatchilik nazoratini zamon va rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi holatga
mosligini baholashga qaratildi. Kasaba uyushmalariga a’zo korxona, tashkilot va
muassasalarda 2021 yilda aniqlangan ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar
jami 203 tani tashkil etgan, ulardan 59 tasi oqibati oʻlim bilan tugagan, 113 tasi oqibati
ogʻir hamda 31 tasi oqibati engil baxtsiz hodisalar boʻlib, shulardan 19 tasi guruhiyni
tashkil etgan [3]
Baxtsiz hodisalarni deyarli barchasi ogʻir yoki oʻlim bilan tugagan baxtsiz
hodisalar ekanligi qayd etilgan. Yuz bergan baxtsiz hodisalarni ob'ektiv tahlil qilish
kelajakda bunday xavflarning yuz berishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli chora-
tadbirlarni ishlab chiqish uchun ishonchli axborotlarni olish imkonini beradi.
Dunyoning etakchi davlatlari miqyosida baxtsiz hodisalarning holati va uni keltirib
chiqaruvchi sabablarni aniqlash maqsadida barcha jarohatlanishlar va qayd qilish,
tekshirish, hisobga olish va tahlil qilish sinchiklab amalga oshiriladi. Xatto,
shikastlanishga olib kelmaydigan, ya'ni “deyarli baxtsiz hodisa hisoblanmaydi” deb
nomlash mumkin boʻlgan vaziyatlar ham oʻrganilishi haqida ma'lumotlar mavjud.
Xalqaro amaliyotda ma'lum bir aniq davr davomida yuz bergan baxtsiz hodisalarning
umumiy sonining (BX) ushbu qarab chiqilayotgan davrda olamdan oʻtish bilan
yakunlangan baxtsiz hodisalarning soniga nisbatini ifodalovchi, alohida ahamiyatga
ega koʻrsatkichdan ham foydalaniladi, ya'ni: Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini
koʻrsatishicha, ushbu koʻrsatkich baxtsiz hodisalarning ob'ektiv qayd qilinishi
sharoitlarida barqaror qiymatga ega boʻlishi kuzatiladi.
Muhokamalar. Professor V. M. Minko tomonidan nashr qilingan monografiyada
[1] ayrim davlatlarda ushbu KO koʻrsatkichning qiymatlari keltirilgan: jumladan,
Germaniyada – 1347 (2005 yil ma'lumotlari boʻyicha); Fransiyada –1019 (2003 yil
ma'lumotlari boʻyicha); Finlyandiyada – 1019; AQShda – 933; Ispaniyada – 927 (2004
yil ma'lumotlari boʻyicha). Xalqaro mehnat tashkiloti mutaxassislari tomonidan
amalga oshirilgan baholashlar boʻyicha, Evropa davlatlari uchun ushbu
koʻrsatkichning oʻrtacha qiymati KO=750 ni tashkil qiladi [2]. Ishlab chiqarish bilan
bogʻliq baxtsiz hodisalarning tahlillari koʻplab olimlarning ilmiy izlanishlarida oʻz
aksini topgan.
Jumladan, Rossiya federatsiyasidagi olimlar tadqiqotlari asosida baxtsiz
hodisalarni roʻyxatga olish, tahlil etish, quyida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan
amalga oshirilayotganini koʻrish mumkin [3]:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
21
ISSN:3030-3621
1. Mehnat va bandlik boʻyicha (Rossiya mehnat) Federal xizmat idorasi
tomonidan guruhlar boʻyicha, ogʻirlik darajasi va olamdan oʻtishga olib keluvchi
baxtsiz hodisalar boʻyicha ma'lumotlar toʻplanadi va tahlil qilinadi;
2. Ijtimoiy sugʻurtalash fondi (ISF) tomonidan majburiy ijtimoiy sugʻurtalash
boʻyicha sugʻurtalangan jabrlanuvchilar haqidagi axborotlar toʻplanishi amalga
oshiriladi;
3. Davlat statistika federal xizmati (Rosstat) idorasi tomonidan cheklangan
sondagi tashkilotlar boʻyicha baxtsiz hodisalarni tanlash asosida hisobga olish amalga
oshiriladi;
4. Federal tibbiy-biologik agentlik (FTBA) tomonidan mehnat sharoitlari
alohida darajada xavfli hisoblangan ayrim tashkilotlarda baxtsiz hodisalar hisobga
olinishi amalga oshiriladi;
5. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va odamning farovonligi sohasida
nazorat boʻyicha federal xizmati idorasi tomonidan kasbiy faoliyat bilan bogʻliq
boʻlgan kasalliklar boʻyicha ma'lumotlar toʻplanishi va tahlil qilinishi amalga
oshiriladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra amalga oshirilgan hisoblashlar ma’lumotlari
boʻyicha davlatlar (turli yillarda) uchun baxtsiz hodisalar koʻrsatkichi qiymatlarda
quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Davlat
1990
2000
2010
2020
2024
Rossiya
411
287
302
276
307
AQSH
420
223
266
300
204
Xitoy
376
289
278
265
233
Yaponiya
167
120
89
113
89
O‘zbekiston
560
486
345
512
347
Shunday qilib, davlatlar o‘rtasida koʻrsatgich qiymatlarining ushbu
koʻrinishdagi oʻzgarish tavsifiga egaligi yengil tarzdagi baxtsiz hodisalarning toʻliq
holatda hisobga olinmasligi (berkitilishi) haqida dalolat beradi (6-rasm).
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
22
ISSN:3030-3621
6-rasm. Umumiy baxtsiz hodisalar sonini oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalar soniga
nisbati
Shunday qilib, turli davlatlar miqyosida ishlab chiqarishda yuz beruvchi
jarohatlanishlar boʻyicha statistik ma’lumotlarni ishonarli deb hisoblash mumkin emas,
chunki bunda KO koʻrsatgich qiymati 1 ga intiluvchi tavsifga ega hisoblanadi. Yakuniy
holatda qayd qilib oʻtish kerakki, baxtsiz hodisalarning berkitilishi masalasi ancha
oldindan mavjud hisoblanadi. Professor P. I. Mustel tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotlarda bu haqida ayrim fikrlar bildirib oʻtilgan boʻlib, jumladan, baxtsiz
hodisalarni tekshirish polisiyaga topshirilgan sharoitlardagina baxtsiz hodisalar
haqidagi ma'lumotlar ishonarli hisoblanishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan [5].
Xulosalar.
Baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish ishonchli boʻlishi uchun,
qonunchilik qonun osti hujjatlari tartibiga quyidagi me'yorlar kiritilishi lozim,
jumladan:
1. Davlat, tarmoq, soha, tashkilotlar kesimida ijtimoiy hamkorlikni qonuniy
asoslarini va jamoatchilik nazorati uslubiyatini aniq mexanizmini ishlab chiqish va
takomillashtirish.
2. Ishlab chiqarishda salomatlik, inson hayoti va ish qobiliyatiga salbiy ta'sir
etuvchi har qanday xavfli (shikastlovchi va zararli) omil haqidagi dalillar boʻyicha
jabrlanuvchi sugʻurtalash organlariga belgilangan tartibda mustaqil holatda xabar
berishi.
3. Baxtsiz hodisalarni tekshirish boʻyicha komissiya tarkibiga jabrlanuvchi yoki
uning vakilini kiritish.
4. Baxtsiz hodisalarni tekshirish, rasmiylashtirish va hisobga olishni ichki ishlar
organlari xizmati tomonidan amalga oshirish.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
23
ISSN:3030-3621
5. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklari haqidagi
ma'lumotlarni tibbiyot muassasalari tomonidan alohida qayd etilishi va kasallik
varaqalarida koʻrsatish. Baxtsiz hodisaga uchragan va kasb kasalligiga chalingan
xodimlarni ularni tekshirmasdan, rasmiylashtirmasdan va qayd etmasdan ularni boshqa
lavozim yoki kasbga oʻtkazib yuborishni man etilishi.
Adabiyotlar
1.
Minko V.M. Razvitie upravleniya oxranoy truda v Rossii: monografiya //
Kaliningrad: FGBOU VPO «KGTU», 2015. – 191 s.
2.
KR-09/177.13.02.2023 yildagi Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federasiyasining
mehnat muhofazasiga oid tahliliy axborot xati ma'lumotlari.
3.
Oxrana
truda.
MOT:
Nasionalnie
sistemi
oxrani
truda.
https://www.ilo.org/moscow/areas-of-work/occupational-safety-and
health/WCMS_249273/lang--ru/index.htm
4.
Turakulova G.Z “Ishlab chiqarish korxonalarida havfsiz mehnatni sharoitlarini
o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish” Xalqaro ilmiy-amaliy Anjuman
materilalar to ‘plami.:And 2022. 401-403b/
5.
Turakulova G.Z “ORGANIZING A SYSTEM OF SAFE WORK IN INDUSTRIAL
ENTERPRISES, ORGANIZING A MANAGEMENT SYSTEM” NamTSI Maxsus
son Nam. 2024.285-289b