Mualliflar

  • Turakulova Gulasal Zohidjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112006

Annotasiya

 
Bugungi  kunda  sanoatning  jadal  rivojlanishi  bilan  birga,  ishlab  chiqarish 
muhitida  yuzaga  keladigan  zararli  va  xavfli  omillarning  inson  salomatligiga,  atrof 
muhitga  va  ishlab  chiqarish  samaradorligiga  salbiy  ta’siri  tobora  ortib  bormoqda. 
Ayniqsa, og‘ir sanoat tarmoqlarida  — metallurgiya, kimyo,  mashinasozlik, qurilish 
materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda xodimlar kundalik faoliyat davomida 
mikroiqlimning nomuvofiqligi, haddan tashqari shovqin, chang, zararli gazlar, noqulay 
yoritish kabi omillar ta’siriga duchor bo‘ladilar. Bu omillar uzoq muddat davomida 
inson  salomatligida  turli  kasalliklar  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi,  ishlab  chiqarish 
samaradorligini pasaytiradi va baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi. Zamonaviy ishlab 
chiqarish sharoitida ekologik xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlash faqatgina 
ijtimoiy va tibbiy muammo emas, balki iqtisodiy, texnologik va menejment sohalari 
bilan uzviy bog‘liq kompleks masaladir. Har qanday ishlab chiqarish obyekti mehnat 
sharoitlari,  ishlab  chiqarish  gigiyenasi  va  ekologik  standartlarga  muvofiq  ravishda 
tashkil  etilishi  zarur.  Bu  esa  korxonada  zamonaviy  texnologiyalarni  joriy  qilish, 
ekologik toza va resurslarni tejovchi uskunalar bilan jihozlash, ventilyatsiya va yoritish 
tizimlarini  me’yoriy  holatda  saqlashni  talab  qiladi.  Jahon  tajribasida  ishlab 
chiqarishdagi xavfli omillarni monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha ISO 45001, 
OHSAS 18001 kabi xalqaro standartlar joriy etilmoqda. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

15

ISSN:3030-3621

ISHLAB CHIQARISHDAGI ZARARLI OMILLARNI KAMAYTIRISH

ORQALI EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASINI

TA'MINLASH YO‘LLARI.

Turakulova Gulasal Zohidjon qizi

Andijon davlat texnika instituti,

gulasa22@gmail.com

+998946179086


Bugungi kunda sanoatning jadal rivojlanishi bilan birga, ishlab chiqarish

muhitida yuzaga keladigan zararli va xavfli omillarning inson salomatligiga, atrof
muhitga va ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy ta’siri tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, og‘ir sanoat tarmoqlarida — metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, qurilish
materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda xodimlar kundalik faoliyat davomida
mikroiqlimning nomuvofiqligi, haddan tashqari shovqin, chang, zararli gazlar, noqulay
yoritish kabi omillar ta’siriga duchor bo‘ladilar. Bu omillar uzoq muddat davomida
inson salomatligida turli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi, ishlab chiqarish
samaradorligini pasaytiradi va baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi. Zamonaviy ishlab
chiqarish sharoitida ekologik xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlash faqatgina
ijtimoiy va tibbiy muammo emas, balki iqtisodiy, texnologik va menejment sohalari
bilan uzviy bog‘liq kompleks masaladir. Har qanday ishlab chiqarish obyekti mehnat
sharoitlari, ishlab chiqarish gigiyenasi va ekologik standartlarga muvofiq ravishda
tashkil etilishi zarur. Bu esa korxonada zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish,
ekologik toza va resurslarni tejovchi uskunalar bilan jihozlash, ventilyatsiya va yoritish
tizimlarini me’yoriy holatda saqlashni talab qiladi. Jahon tajribasida ishlab
chiqarishdagi xavfli omillarni monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha ISO 45001,
OHSAS 18001 kabi xalqaro standartlar joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida
ham so‘nggi yillarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va mehnat muhofazasi tizimini
modernizatsiyalashga qaratilgan qonun hujjatlari, me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab
chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish muhitida sanitariya-
gigiyena me’yorlariga amal qilish, xavfli omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish,
texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali barqaror ishlab chiqarish
muhiti yaratish mumkin. Ushbu maqolada ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni
aniqlash, ularni kamaytirish orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy
mehnat muhofazasi tizimini shakllantirishga doir yondashuvlar tahlil qilinadi.
Xususan, mikroiqlim, shovqin, chang, yoritish kabi omillarni texnik vositalar
yordamida nazorat qilish, ishlab chiqarish binolarida muvozanatli havoni ta’minlash,
akustik muhofaza, changni filtrlash va ergonomik yoritish tizimlarini joriy etish orqali
samarali mehnat muhiti yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.Ushbu maqolada zararli
ishlab chiqarish omillari — mikroiqlim, shovqin, chang va yoritish darajalarini nazorat


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

16

ISSN:3030-3621

qilish orqali mehnat muhofazasini takomillashtirish hamda ekologik xavfsizlikni
ta'minlash masalalari tahlil qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonida inson salomatligiga
ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy zararli omillardan biri bu — mikroiqlim holatidir.

Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli va xavfli moddalar mavjudligi inson

salomatligiga, atrof-muhitga va ishlab chiqarish xavfsizligiga katta tahdid tug‘diradi.
Bu moddalar orasida kimyoviy moddalar (masalan, ammiak, bеnzol, xlor va boshqa
moddalar misol qilsak boladi), hodisalar uchun (masalan, shovqin, nurlanish), va
boshqa xavflar bo‘lishi mumkin. Ularning ta’sir doirasi ishchilarni nafas olish tizimida,
tеri, ko‘z kabi a’zolari orqali zararlashi, kop uchrab kеlmoqda uzoq muddatda еsa
surunkali kasalliklar yoki o‘limga olib kеlishi mumkin

.

Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli moddalardan — chang, gaz, tutun,

kimyoviy birikmalar va aеrozollar — havoga ajralishi sanoat korxonalarida ishchi
kuchi salomatligiga bеvosita xavf tug‘dirmoqda, bu moddalar miqdoriy jihatdan
bеlgilangan gigiyеnik mе’yorlardan oshsa, surunkali kasalliklar, nafas yo‘llari
muammolari, allеrgik rеaksiyalar, asab tizimi va yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga
olib kеlishi aniqlangan, ayniqsa, og‘ir mеtallarning (masalan, qo‘rg‘oshin, kadmiy,
simob) va organik еrituvchilarning (bеnzol, toluol, formaldеgid) mеhnat muhiti
havosida mavjudligi uzoq muddatli ta’sir natijasida kasbiy zaharlanish holatlarini
kuchaytiradi, monitoring natijalari shuni ko‘rsatadiki, shamollatish tizimlarining
yеtarli darajada samarali bo‘lmasligi, individual himoya vositalarining muntazam
qo‘llanilmasligi va ishlab chiqarish tеxnologiyalarining еskirganligi zararli
moddalarning yuqori konsеntratsiyasini kеltirib chiqaradi, ilg‘or xorijiy va mahalliy
tadqiqotlar asosida isbotlanganki, havodagi zararli moddalar tarkibini doimiy nazorat
qilish, filtratsiya va vеntilyatsiya tizimlarini modеrnizatsiya qilish, ishchilarga
muntazam tibbiy ko‘riklar o‘tkazish, xavfsizlik bo‘yicha ma’lumot bеrish va еkologik
xavfsiz tеxnologiyalarni joriy еtish orqali bu xavflarni sеzilarli darajada kamaytirish
mumkin, ayni paytda O‘zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat kodеksi va Sog‘liqni saqlash
vazirligining mе’yoriy hujjatlarida bеlgilangan mе’yorlarga amal qilish zarur.

Mikroiqlimni nazorat qilish orqali nafaqat ishchilar sog‘ligini muhofaza qilish,

balki umumiy mehnat unumdorligini oshirish mumkin. Optimal harorat, nisbiy namlik
va havo harakatining belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi ekologik
me’yorlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Shuningdek, ishlab chiqarish
jarayonida yuzaga keladigan shovqin darajasi ham ekologik xavfsizlikka va mehnat
sharoitlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Normadan yuqori shovqin eshitish qobiliyatiga,
asab tizimiga va yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shovqinni
kamaytirish uchun maxsus ovoz yutuvchi materiallardan foydalanish, texnologik
jarayonlarni optimallashtirish lozim. Chang va havodagi zararli zarrachalar ham ishlab
chiqarish muhitida muhim xavf omili hisoblanadi. Bunday zarrachalar nafas yo‘llari
kasalliklariga sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarishda changni pasaytiruvchi qurilmalar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

17

ISSN:3030-3621

mahalliy ventilyatsiya tizimlari va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash muhim
sanaladi. Yoritish darajasi ham ekologik xavfsizlikda muhim rol o‘ynaydi. Yetarli
yoritilgan ish joylari xodimning ko‘rish qobiliyatini asrash, baxtsiz hodisalar xavfini
kamaytirish va samarali mehnat faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu
omillarning har birini nazorat qilish va ekologik standartlarga muvofiq ravishda
tartibga solish orqali sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilib, barqaror
ishlab chiqarish rivojiga erishish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, mikroiqlim, shovqin, chang va yoritish kabi zararli ishlab

chiqarish omillarini nazorat qilish orqali sanoat korxonalarida mehnat muhofazasini
ta’minlash va ekologik xavfsizlikni oshirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida,
xodimlarning salomatligini saqlash, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish
barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Korxonalarda zamonaviy ekologik
texnologiyalarni joriy etish orqali xavfli omillarni kamaytirish bugungi davrning asosiy
talablaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonida zararli omillarni nazorat qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu ishchilarning salomatligini saqlash bilan birga, korxonaning
samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Xavfli omillarni aniqlash, baholash va
nazorat qilish orqali xavfsizlik darajasini oshirish mumkin. Kelajakda yangi
texnologiyalar va innovatsiyalar yordamida zararli omillarni yanada kamaytirish
imkoniyatlari kengayadi. Monitoring tizimini joriy etish korxonalar uchun zarur
strategik yo‘nalishlardan biridir. Ishlab chiqarish omillarining ta'sir qilish darajasi
to'g'risida ma'lumot olishning samaradorligi, ishonchliligi va to'liqligiga ta'sir qiluvchi
omillardan biri bu asbob-uskunalarni maqbul tanlashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent, 2022.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi gigiyena me'yorlari: SanPiN
0017-21. 4. ISO 45001:2018 – Mehnat xavfsizligi va salomatligi menejmenti tizimi.

3.

Xusnutdinov M.(2021yil) “Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi ishchilar uchun
salomatlik saqlash tadbiri”.

4.

O‘zbеkiston Rеspublikasining 2021-yil 21-aprеldagi O‘RQ-683-sonli qonuni
tahririda atmosfеra havosini zararli kimyoviy ta’sir ko‘satishni oldini olish va
kamaytirish.

5.

Turakulova G.Z “Ishlab chiqarish korxonalarida havfsiz mehnatni sharoitlarini
o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish” Xalqaro ilmiy-amaliy Anjuman
materilalar to ‘plami.:And 2022. 401-403b/

6.

Turakulova G.Z “Organizing a system of safe work in industrial enterprises,
organizing a management system” NamTSI Maxsus son Nam. 2024.285-289b

7.

http://www.ilo.org/publns-

Xalqaro Mehnat Tashkiloti sayti

8.

www.lex.uz

9.

www.ziyonet.uz

;

10.

www.google.ru

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi gigiyena me'yorlari: SanPiN

-21. 4. ISO 45001:2018 – Mehnat xavfsizligi va salomatligi menejmenti tizimi.

Xusnutdinov M.(2021yil) “Kimyoviy moddalar bilan ishlovchi ishchilar uchun

salomatlik saqlash tadbiri”.

O‘zbеkiston Rеspublikasining 2021-yil 21-aprеldagi O‘RQ-683-sonli qonuni

tahririda atmosfеra havosini zararli kimyoviy ta’sir ko‘satishni oldini olish va

kamaytirish.

Turakulova G.Z “Ishlab chiqarish korxonalarida havfsiz mehnatni sharoitlarini

o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish” Xalqaro ilmiy-amaliy Anjuman

materilalar to ‘plami.:And 2022. 401-403b/

Turakulova G.Z “Organizing a system of safe work in industrial enterprises,

organizing a management system” NamTSI Maxsus son Nam. 2024.285-289b

http://www.ilo.org/publns- Xalqaro Mehnat Tashkiloti sayti

www.lex.uz

www.ziyonet.uz;

www.google.ru

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари