Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
129
ISSN:3030-3621
SON SOʻZ TURKUMINI OʻQITISH METODI
Kuvatova Nafisa Zayerjonovna
SamDChTI akademik litseyi
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Annotatsiya:
maqolada ona tili darslarida beriladigan bilim, malaka,
koʻnikmalar , ona tili darslarining maqsad va vazifalari, son soʻz turkumining
akademik litseylarda oʻqitish va olgan bilimlarni mustahkamlash usul va
metodlari haqida fikr yuritiladi
Kalit soʻzlar:
soʻz turkumlari, morfologiya, son soʻz turkumi, otlashish ,
ijodiy-amaliy topshiriq, didaktik materiallar
Necha mingyillik tarixga ega boy tillardan biri boʻlgan ona tilimiz
millatimiz uchun milliy oʻzligimiz va bebaho qadriyatimizdir. Ona tilimizning
davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi ta’siri, va dovrugʻini yanada yuksaltirish
zarur.
Akademik litseyda ona tili darslarining maqsadi oʻquvchi yoshlarning
oʻgʻzaki va yozma nutqiy savodxonligini oshirish, ona tilimizning sofligini
saqlagan holda nutq shakllantirish koʻnikmalarini hosil qilishdir.
Shu narsa ma’lumki, ta’lim tizimidagi barcha fanlar, shu jumladan, ona
tili darslarida ham didaktik materiallardan, koʻrgazmali vositalardan, turli xil
qiziqarli o’yin va topshiriqlardan foydalanish yuqori natijalar beradi. Bu haqda
bir qator mutaxassislar, xususan, K. Usmonova, A. Nisanbayeva, R. Ishmihamedov,
kabi tilshunoslar oʻzlarining tadqiqotlarida, shu mavzudagi monografiyalarida fikr
yuritganlar.
Oʻquvchilar soʻz turkumlari, ularni guruhlarga boʻlish, mustaqil va
yordamchi soʻz turkumlari va ularni farqlashni boshlangʻich sinflarda oʻrganishib,
turkumlar haqidagi tushunchalari shakllanib boradi. Yuqori sinflarda
oʻrganilayotgan tushunchalar uning mantiqiy davomidir.
Akademik litseyda morfologiya boʻlimini oʻqitishning ilmiy va amaliy
asoslari bor. Ilmiy tomoni shuki, Sintaksis boʻlimini oʻrganishda morfologiyada
oʻrganilgan yordamchi soʻz turkumlari, kelishik , egalik , shaxs-son shakllari soʻz
birikmasi va gapni shakllantirishda xizmat qiladi(1, 54) Amaliy tomoni esa nutqiy
savodxonlikni oshiradi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga soʻz turkumlari haqida ma’lumot beradi. Mavzu
boʻyicha oʻrganilgan bilimlarni takrorlash uchun xattaxtaga turli turkumlarga
mansub soʻ zlar yozadi.
Xattaxtadagi soʻzlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
130
ISSN:3030-3621
Xushbichim, serjilo, badhazm, xushhavo, badbo’y, tom, tosh, goʻzal, kichik,
saraton, bilimli, shunday, bu, oʻn birlar, uch-toʻrt, sakson, oq, oʻqidi, yozdi,
ishladi, shoshildi, salomlashdi.
1-
Topshiriq: “Pinbord” metodi asosida yozgan soʻzlarni qaysi soʻz
turkumiga mansubligiga koʻra guruhlang
2-
Topshiriq: Soʻzlarni ma’nolarini izohlang.
3-
Topshiriq: Soʻz birikmalari hosil qiling.
Shu tariqa soʻzlarni sharhlash va yozish orqali oʻquvchilarda:
1)tafakkur doirasi kengayadi;
2)yozma savodxonligi oshadi;
3)fikr ifodalash koʻnikmasi rivojlanadi;
4)nutqda soʻz qoʻllash malakasi shakllanadi;
5)soʻz turkumlari yuzasidan olingan bilimlari umumlashtiriladi.
Mustaqil soʻz turkumlaridan biri son soʻz turkumi hisoblanadi. Quyi
sinflarda sonning soʻrogʻi, ma’no turlari, gapdagi vazifasi, otlashishi haqidagi
bilimlar oʻzlashtirilgan. Shu oʻrganilgan ma’lumotlar qaytadan ta’limiy mashqlar
orqali tiklatilib, miqdor va tartib bildiruvchi soʻz turkumi haqida kengroq
tushuncha beriladi.
Dastur talabiga koʻ ra, mazkur soʻz turkumining lugʻaviy ma’nosi,
ma’no turlari(sanoq, dona, jamlovchi, taqsim, chama, tartib sonlar)
morfologik(otlashishi) va sintaktik(qaysi so’z turkumlari bilan birikishi, gapdagi
vazifasi) xususiyatlari haqida bilim va koʻ nikmalar amaliy ishlar orqali
oʻquvchilar ongiga singdiriladi. Bu mustaqil ishlarni bajarish orqali quyidagi
xulosaga keladilar:
“Nechta?” “Qancha?” “Nechanchi?” soʻroqlariga javob boʻlib, predmetning
miqdorini, tartibini bildiruvchi soʻzlar son turkumiga kiradi(2, 101)
Shundan soʻng “Son uslubiyati” mavzusi oʻrganiladi. Oʻquvchilar ikki
tur(miqdor va tartib sonlar)ning bir-biridan farqli tomonlari mavjud ekanligini
tushunib yetadilar.
Miqdor sonning ma’no turlari oʻtilar ekan, sonlarni ifodalagan ma’nosiga
koʻra guruhlashni oʻrganadilar va amaliy mashqlar, ta’limiy oʻyinlar yordamida
mustahkamlaydi. Bu singari ijodiy-amaliy ishlar oʻquvchilarning savodxonligini
oshirishish va lugʻat boyligini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
“Sonlarning otlashishi“ mavzusi orqali sonning otlashishi son tarkibiga egalik
va kelishik shakllarining qoʻshilishi, ularning imlosi bilan tanishadilar. Ijodiy-
amaliy topshiriqlardan foydalanish oʻrganilayotgan ob’yektning puxta
oʻzlashtirilishini ta’minlaydi.
Son soʻz turkumi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan
bogʻlab rivojlantirish uchun har xil mavzudagi matnlardan foydalansa boʻladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
131
ISSN:3030-3621
Matn asosida quyidagi topshiriqlarni bajarish mumkin
1-Topshiriq: sonlarni topib, ma’nosiga koʻra ajrating
2-Topshiriq: otlashgan sonlarni toping
3-Topshiriq: fonetik qoida asosida yozilgan sonlarni ajrating va izohlab
bering.
4-Topshiriq: sonlar qaysi soʻz turkumi bilan bogʻlangan va gapdagi sintaktik
vazifasini toping.
Ona tili mashgʻulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi oʻquv topshiriqlari,
mashqlar va matn tahlilllari yordamida olib boorish tizimli va izchil bilim
olishga zamin hozirlaydi, ta’lim sifatini oshirib, o’quv- biluv faoliyatini
tezlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, morfologiyani puxta oʻzlashtirish
oʻquvchi mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini kengaytirib, soʻzning turli
shakllarini gap tarkibida qoʻllash va bogʻlanishli nutqda oʻrinli ishlatish
koʻnikmalarini hosil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Abdurahmonov Gʻ. Xoʻjayeva D. Hozirgi oʻzbek adbiy tili(akademik litseylar
uchun darslik).-T.:Oʻqituvchi, 2003
2.
Jamolxonov N. . Hozirgi oʻzbek adbiy tili(akademik litseylar uchun darslik).-
T.:Oʻqituvchi, 2005
3.
Nurmonov A. O). Oʻzbek tilshunosligi tarixi.-T.:Oʻqituvchi, 2002