Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
123
ISSN:3030-3621
ARUZGA XOS FONETIK HODISALARNING BAYTLARDA QOʻLLASH (
AZL VA VASL HODISALARI MISOLIDA)
Kuvatova Nafisa Zayerjonovna
SamDChTI akademik litseyi ona
tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mumtoz adabiyotimizda keng qoʻllanadigan
aruz vaznida uchraydigan fonetik hodisalarning baytlar tarkibida aks etish mustaqil
yondashuv asosida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
mumtoz adabiyot, aruz ilmi, fonetik hodisalar, azl, chetlatish,
choʻziq hijo, qisqa hijo,
vasl, qator undosh.
Mumtoz adabiyotimizda qoʻllanadigan aruz vaznida aruzni oʻrganish uchun
nihoyatda ahamiyatli boʻlgan ayrim masalalar bor. Ulardan biri aruzga xos fonetik
hodisalar yoki tovush oʻzgarishlari deb ataladi. Bu hodisalarni oʻrganmay,
mashqlarda mustahkamlamay turib aruz vazni goʻzalliklaridan bahramand
boʻlishning imkoni yoʻq. Birgina hodisani payqamay qolib bayt vaznini chiqarolmay
xunob boʻlish hech gap emas. Ushbu mavzu doirasida turkiy aruz uchun muhim
boʻlgan fonetik hodisalarni koʻrib oʻtamiz.
Azl
– arabcha soʻzdan olingan boʻlib, “chetlatish” ma’nosini anglatadi. Aruzda
atama sifatida adabiy tilda choʻziq oʻqiluvchi unlilarning she’riy asarlarda vazn
talabiga koʻra qisqa unli tarzida oʻqilishini ifodalaydi. Masalan, Navoiyning Navoiy,
istama eldin junun ilojinkim,
Bu telbalik aro yoʻq ul paridin oʻzga kishing. baytida aro soʻzi tarkibidagi
“o” unlisi adabiy tilda choʻziq talaffuz qilinadi. Ammo vazn talabi bilan baytda uni
qisqa talaffuz qilamiz. Chunki bayt vazni shuni talab etadi. Bu kabi holatlar, ayniqsa,
oʻynoqi vaznlarga tushadigan baytlarda uchraydi. Bunga Lutfiy, Gadoiy ijodidan
misollar keltirish mumkin:
Gar husnunga koʻnglim nigoron boʻldi, ne boʻldi?
Oshufta-yu rasvoyi jahon boʻldi, ne boʻldi?
Baytdagi nigoron soʻzining ikkinchi boʻgʻinidagi “o” unlisi adabiy tilda choʻzib
aytilsa-da, baytda vazn talabiga koʻra qisqa talaffuz etiladi. Bu nigoron soʻzining bu
hijosi doimo qisqa talaffuz etiladi, degani emas.Fonetik hodisalar faqatgina ma’lum
baytlar tahlili jarayonida yuzaga kelib,faqat shu bayt uchun xos boʻladi. Nigoron
soʻzining mazkur hijosi 100dan 99, 9 % choʻziq talaffuz etiladi va choʻziq hijo boʻlib
keladi.
Vasl
– arabcha, ulanish, birikish, yetishish ma’nolarini beradi. Atama sifatida
aruz tizimi asosida yaratilgan she’riy asarlarni ifodali oʻqish jarayonida vazn talabi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
124
ISSN:3030-3621
bilan ayrim yopiq hijolar oxiridagi undoshni undan keyingi unli bilan boshlangan
hijoga qoʻshib talaffuz etish hodisasi. Baytda vasl hodisasi inobatga olinmasa, ohang
va vaznga jiddiy putur yetadi. Fonetik hodisalar ichida eng koʻp qoʻllaniladigani vasl
hodisasi hisoblanadi.
Zulfin ochqonda zanax chohiga tushgay ming ko‘ngul,
Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub.
bayti vaznga mos, ifodali oʻqilishi uchun “zulfin” soʻzining “fin” hijosi
oxiridagi “n” undoshini undan keyin turgan “ochqonda” soʻzidagi “och” hijosiga ulab,
“noch” tarzida talaffuz etish lozim. Aks holda, qisqa hijo oʻrnida turgan “fin” hijosi
choʻziq hijo hosil qiladi. Bu esa vaznning buzulishiga olib keladi. Vasl hodisasini
misra oʻrtasida kelgan qoʻsh undoshli hijolarda uchrashini ham koʻplab kuzatish
mumkin. Masalan, Navoiyning
Hajr aro sargashtamen andoqki, to tutqum qaror
Ish siqilmoqdur, bori olam boshimga aylanib.
baytida vazn va ohang talabi bilan “hajr” soʻzining oxiridagi “r” undoshini
undan keyin turgan “aro” soʻzidagi “a” hijosiga ulab, “ra” tarzida talaffuz etiladi. Aks
holda, choʻziq hijo oʻrnida turgan “hajr” hijosi oʻta choʻziq hijo hosil qiladi, misra
oʻrtasida kelganligi uchun uni ikki hijoga teng deb hisoblashga toʻgʻri keladi. Bu
esa bayt vaznining buzulishiga sabab boʻladi.
Vasli ho – vaslning bir ko`rinishi bo`lib, aruz tizimida yaratilgan she`riy
misralardagi ayrim yopiq hijolarning oxirgi undoshini vazn taqozosi bilan o`zidan
keying turgan va “h” undoshi bilan boshlanuvchi hijoga qo`shib o`qish hodisasi. Bu
hodisa yuz berganda “h” undoshi tushib qoladi, masalan:
Bo`ldi taajjub qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.
baytidagi “qiziq” so`zi oxiridagi “q” undoshi o`zidan keying “han” hijosiga
qo`shib talaffuz etiladi. Bu jarayonda “han” dagi “h” tushib qoladiva “q” “g`” ga
aylanib “g`an” (qizi-g`angomalar) tarzida talaffuz etiladi. Yoki, Mashrab qalamiga
mansub
Ko`zima ko`rinur mani dilbarim har qayonada,
Ishqini yor ayladim o`zuma bu zamonada.
baytida ham vasli honi uchratishimiz mumkin. “dilbarim” so`zi oxiridagi“m”
undoshi o`zidan keying “har” hijosiga qo`shib talaffuz etiladi. Bujarayonda “har” dagi
“h” tushib qoladi va hijo “mam” tarzidatalaffuzetiladi.Ushbu vasli ho hodisasi kamdan
kam uchrasa-da, o`zbekshe`riyatidamavjud. Xususan, xalq og`zaki ijodi ta`sirida
yaratilgan “turkona” deb ataluvchi sodda uslubda ijod qiluvchi shoirlar she`rlarida
uchraydi.
Alisher Navoiy:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
125
ISSN:3030-3621
Sovug‘
ohimdin
yorug‘liq
oz,
vale
ko‘p
tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.
Baytda “sovugʻ” so’zidagi birinchi va ikkinchi hijolar ham cho’ziq hijo
sanaladi, ammo ikkinchi misradagi “qishda” so’zining ikkinchi hijosi qisqa hijo,
shuning ucnun ham “vugʻ” hijosini “vu” shaklida o’qib, gʻ undoshini ”ohimdan”
so’ziga qo’shib, “g’o-him-dan” tarzida o’qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, baytlarda uchraydigan fonetik hodisalarning
barchasi baytning jozibadorligi, o’quvchiga tushunarli shaklda yetib borishi uchun
xizmat qiladi. Vazndan chetga chiqish holatlari yuz bergan oʻrinlarda vazn
talabidan kelib chiqqan holda bu hodisalarni amalda qoʻllash baytning badiiy
qiymatini yanada oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR
1.
Алишер Навоий. Мезон ул-авзон. МАТ. 16-том. – Т.: Фан, 1998.
2.
Аҳмад Тарозий. Фунун ул-балоға // Ўзбек тили ва адабиёти, 2002й., 1-6
сонлар; 2003 й., 1-6 сонлар.
3.
Аъзамов А. Аруз. – Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2006.
4.
Бобур. Мухтасар (Нашрга тайёрловчи С.Ҳасанов). - Т.: Фан, 1971.
5.
Болтабоев Ҳ. “Рисолаи аруз” ва аруз ҳақида / Мумтоз сўзқадри.– Т.: Адабиёт
ва санъат, 2004.