Mualliflar

  • Shaxzoda NORMAMATOVA
  • S.B.Xamdamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112025

Kalit so‘zlar:

Keywords: individual neologism general language neologism lexeme slang jargon borrowed word.

Annotasiya

Abstract: This article analyzes the emergence of neologisms in modern written 
Uzbek, their lexical and semantic characteristics, and their frequency of usage based 
on corpus linguistics. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

109

ISSN:3030-3621

NEOLOGISMS IN THE UZBEK LANGUAGE AND THEIR TRENDS OF

EMERGENCE IN THE CORPUS

Shaxzoda NORMAMATOVA

O‘zMU Xorijiy til va adabiyoti

(ingliz) yo‘nalishi 1-kurs talabasi

shahzodanormamatova0820@gmail.com

Tel: (90) 093 91 40

OʻzMU professori f.f.f.d (PhD).dots.v.b

S.B.Xamdamova

taqrizi asosida


Abstract:

This article analyzes the emergence of neologisms in modern written

Uzbek, their lexical and semantic characteristics, and their frequency of usage based
on corpus linguistics.

Keywords:

individual neologism, general language neologism, lexeme, slang,

jargon, borrowed word.

НЕОЛОГИЗМЫ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ И ТЕНДЕЦИИ ИХ

ПОЯВЛЕНИЕ В КОРПУСЕ

Аннотация:

В данной статье анализируется появление неологизмов в

современном письменном узбекском языке, их лексико-семантические
особенности и частота употребления на основе корпусной лингвистики.

Ключевые слова

: индивидуальный неологизм, неологизм общего языка,

лексема, сленг, жаргон, заимствованное слово.

O‘ZBEK TILIDAGI NEOLOGIZMLAR VA ULARNING KORPUSDAGI

PAYDO BO‘LISH TENDENSIYALARI


Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi neologizmlarning zamonaviy

yozma nutqda paydo bo‘lishi, ularning leksik-semantik xususiyatlari va qo‘llanish
chastotasi korpus lingvistikasi asosida tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

individual

neologizm, umumiy til neologizmi, leksema, sleng,

jargon, o‘zlashma so‘z.

Kirish.

Globalizatsiya, ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi

sharoitida neologizmlar til taraqqiyotining ajralmas qismi sifatida dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Yangi tushuncha, hodisa va ixtirolar uchun mos atamalar yaratish
zarurati nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-madaniy ehtiyojdan ham kelib chiqmoqda.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

110

ISSN:3030-3621

Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng
tarqalayotgan neologizmlar zamonaviy til hodisasi sifatida jamiyat tilshunoslik
tafakkurining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, neologizmlarning faol
qo‘llanilishi orqali tilning ekspressivlik darajasi ortib, uning zamonaviy ehtiyojlarga
moslashuvchanligi namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda o‘zbek tiliga chet tillardan, xususan ingliz, rus, hatto turk tilidan

ko‘plab yangi so‘zlar kirib kelmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, globalizatsiya, texnologik
taraqqiyot va xalqaro madaniy axborot oqimi kuchaygan sharoitda yanada
tezlashmoqda. Yangi kirib kelgan so‘zlar, odatda, texnologiya, axborot-
kommunikatsiya, iqtisodiyot, biznes, siyosat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat
sohalarida faol qo‘llanmoqda. Masalan, “bloger”, “kontent”, “onlayn”, “skanerlash”,
“trening”, “webinar”, “reels” kabi so‘zlar ilgari o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan, biroq
hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim muassasalari va
hatto rasmiy nutqda ham tez-tez uchraydigan leksik birliklarga aylangan.

Neologizmlarning bunday ko‘payishi tilning tabiiy taraqqiyot jarayoni bilan

bog‘liq bo‘lib, ular tilning leksik tarkibini boyitadi, zamonaviy tushuncha va
hodisalarni ifodalashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu holat o‘zbek tili sofligini
saqlash, milliy leksik fondni asrash masalalarini ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ayrim
hollarda yangi so‘zlar o‘zbek tilining fonetik, morfologik va sintaktik tizimiga to‘liq
moslashmagan bo‘lishi mumkin, bu esa ularning ommalashuv darajasiga va
barqarorlik holatiga ta’sir qiladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

Tilshunoslik nuqtai nazaridan olib

qaraganda, bu kabi neologizmlarning tilga kirib kelish jarayoni va ularning ishlatilish
tendensiyalarini chuqur o‘rganish muhim ilmiy vazifadir. Korpus lingvistikasi esa
bunday tahlil uchun zamonaviy, ishonchli va keng qamrovli usul hisoblanadi. Matn
korpuslari orqali yangi so‘zlarning qayerda, qachon, qanday kontekstda paydo
bo‘layotgani, qanchalik tez-tez ishlatilayotgani va ularning semantik xususiyatlarini
aniqlash mumkin.

Tilda hosil bo‘lgan yangi so‘zlar

neologizmlar

(grekcha

neos —

yangi,

logos

— so‘z) deyiladi [1.86]. Lug‘at tarkibi neologizmlar hisobiga boyib boradi.
Neologizmlar quyidagi xususiyatlari bilan lug‘at tarkibida ajralib turadi:

1) yangi tushuncha, narsa yoki hodisaning nomini ataydi;
2) avval mavjud bo‘lgan narsa yoki hodisaning belgilarini farqlaydi;
3) tildagi vositalarni tejaydi;
4) fikmi aniqroq ifodalash uchun xizmat qiladi.

O‘zbek tilshunosligi sohasida taniqli olim, til nazariyasi va grammatikasi

bo‘yicha mutaxassis Shavkat Rahmatullayev o‘zining

“Hozirgi o

zbek adabiy tili”

asarida neologizmning ikki xil talabga (ehtiyojga) ko‘ra paydo bo‘lishi haqida so‘z
yuritadi:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

111

ISSN:3030-3621

1. Yangi voqelikning yangi nomi sifatida. Bunda neologizm o‘zi anglatayotgan

voqelikning yagona nomi bo‘ladi, nominativ vazifani o‘taydi:

konfliktsizlik

(adabiyotshunoslik termini),

kosmodrom-

(har ikki leksema yangilik bo‘yog‘ini tezda

yo‘qotdi),

mahkamachilik-

kabi. 2. Nomlangan voqelikning yangi nomi bo‘ladi.

Haqiqiy neologizm asli shu. Bunda o‘zigacha nomlangan voqelikni yangidan
nomlaydi, natijada sinonimiya tug‘iladi. Masalan,

fotokartochka-

leksemasi avval

neologizm sifatida

suvrat-

leksemasi bilan sinonimik munosabat hosil etdi. Natijada

suv-rat-

va

rasm-

leksemalarining leksik ma’nolarida chegaralanish, xoslanish voqe

bo‘layotir. Bu har ikki leksema kartina ma’nosini ham, fotokartochka ma’nosini
ham anglataverar edi. Hozir esa

suvrat-

leksemasi asosan kartina ma’nosini,

rasm-

leksemasi asosan fotokartochka ma’nosini anglatish uchun ishlatilmoqda [2.94].

Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo‘lishi

mumkin. Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi
deb yuritiladi [2.92]. Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo‘ladi,
bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan;

«Bek akang ko‘rinmay qoldi-ku? dedi kesakpolvon labiga sigaret qistirib.

Humkalla cho‘ntagidan chaqqonlik bilan

yoqqich

olib unga olov tutdi...» (Tohir Malik)

Bu gapda

yoqqich

so‘zi ruscha

zajigalka

so‘zining kalkasi tarzida qo‘llangan,

uni asar muallifi (T.M) o‘zi yasagan va o‘zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi
bo‘lib ishlatgan. Demak, bu so‘z hozircha umumtil neologizmi darajasiga
ko‘tarilmagan, chunki u nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o‘tmagan. O‘zbek tilshunosligi
sohasida taniqli olim, til nazariyasi va grammatikasi bo‘yicha mutaxassis

Hasanxon

Jamolxonoving

fikriga ko‘ra, umumtil neologizmi- til hodisasi, individual neologizm

esa uslubiy hodisa sanaladi [3.209]. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi
o‘rganiladi. Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma’lum bir
bosqichida neologizm bo’lgan so‘z keyinroq neologizmlik «bo‘yog‘i»ni yo‘qotib,
zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Masalan,

telefon, televizor,

trolleybus, radio

so'zlari dastlabki paytlarda neologizm bo‘lgan, hozir esa ularning

birortasida yangilik bo‘yog‘i saqlanmagan, demak, bu so'zlar allaqachon neologizmlik
holatidan chiqib, qo‘llanishi odat tusiga kirgan leksemalarga aylangan. Leksemaning
yangi bo‘lishi boshqa-yu, yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lishi boshqa. Har qanday yangi
leksema neologizm bo‘lavermaydi. Masalan,

kompyuter-, ksereks-, birja-

kabilar –

o‘zbek tiliga yaqin vaqtlarda kirib kelgan leksemalar, lekin bu leksemalarni neologizm
deb bo‘lmaydi, chunki bu leksemalar hozirgi o‘zbek tilida yangilik bo‘yog‘ini
yo‘qotib, odatdagi leksemaga aylangan.

Zamonaviy o‘zbek tilida neologizmlar turli sohalar bilan bog‘liq holda

shakllanmoqda. Ularning paydo bo‘lishi, keng qo‘llanilishi va til tizimiga singib


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

112

ISSN:3030-3621

borishi, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy, texnologik va madaniy o‘zgarishlar bilan
bevosita bog‘liqdir. Quyida neologizmlarning ba’zi sohalar bo‘yicha shakllanishiga
misollar keltiriladi.

Avvalo, texnologiya va axborot-kommunikatsiya sohasida yuz berayotgan

keskin taraqqiyot natijasida tilga ko‘plab yangi atamalar kirib keldi. Bunday
neologizmlarga “onlayn”, “mobilograf”, “streamer”, “webinar”, “hashtag” kabi
so‘zlarni misol keltirish mumkin. Ular, asosan, internet texnologiyalari va raqamli
kommunikatsiya vositalarining hayotimizga kirib kelishi bilan shakllangan bo‘lib,
kundalik va ilmiy nutqda tobora faolroq qo‘llanmoqda.

Ta’lim va ilm-fan sohasida ham zamonaviy metodlar, raqamli vositalar va

interaktiv dars shakllariga oid yangi atamalar yuzaga chiqdi. Jumladan, “onlayn dars”,
“oflayn dars”, “e-learning”, “smart-ta’lim”, “dual ta’lim”, “MOOC”, “akademik
mobillik”, “hersh indeks” kabi so‘zlar yangi pedagogik yondashuvlar va raqamli ta’lim
platformalari bilan bog‘liq.

Madaniyat va san’at sohasidagi neologizmlar, odatda, ijtimoiy tarmoqlar,

ommaviy axborot vositalari va muxlislar faoliyati bilan bog‘liq. Bunga “vlog”, “reels”,
“fan-art”, “cosplay”, “event”, “stream” kabi so‘zlarni keltirish mumkin. Ular ko‘pincha
ingliz tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashgan bo‘lsa-da, o‘zbek nutqida mustahkam
o‘rnashmoqda.

Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida esa so‘nggi yillarda global pandemiyalar,

masofaviy tibbiy xizmatlar va genetik tadqiqotlar bilan bog‘liq yangi atamalar paydo
bo‘ldi. Masalan, “telemeditsina”, “sanitayzer”, “vaktsinatsiya”, “PCR-tahlil”,
“karantin”, “immunitet” kabi so‘zlar keng jamoatchilik nutqida barqaror qo‘llanila
boshladi.

Iqtisodiyot va biznes yo‘nalishida esa moliyaviy erkinlik, innovatsion g‘oyalar

va masofaviy ish shakllarining rivojlanishi tilga yangi leksik birliklarni olib kirdi.
Ulardan ba’zilari — “startap”, “frilans”, “outsorsing”, “investitsiya”, “marketing”,
“kreditlash” kabi atamalardir. Bu neologizmlar korporativ madaniyat va zamonaviy ish
bozoriga oid yangi tushunchalarni ifodalashda xizmat qilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va kundalik so‘zlashuv tilida ham ko‘plab yangi

birliklar paydo bo‘ldi. Bunday neologizmlar orasida “follower”, “unfollow qilmoq”,
“like bosmoq”, “trend”, “meme” kabi so‘zlar mavjud bo‘lib, ular, ayniqsa, yoshlar
nutqida keng qo‘llanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Neologizmlarning boshqa til hodisalaridan farqi:

Til

– jamiyatdagi har qanday o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradigan tirik tizimdir. Har bir
davrda, ayniqsa ilm-fan, texnologiya, madaniyat va ijtimoiy munosabatlar sohalarida
ro‘y berayotgan yangiliklar tilda yangi birliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu
jarayonda neologizmlar,

o‘zlashma so‘zlar, jargon, sleng, kasb tiliga oid terminlar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

113

ISSN:3030-3621

dialektal birliklar

kabi turli til hodisalari shakllanadi. Ularning har biri o‘zining ma’no

doirasi, qo‘llanilish konteksti va til tizimidagi roli bilan ajralib turadi.

O‘zlashma so‘zlar — bu boshqa tillardan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlardir.

Ular yangi bo‘lishi ham, eski bo‘lishi ham mumkin. Masalan, “bank” (italyancha
banca) [4.159], “televizor” (rus tilidan), “kompyuter” (ingliz tilidan), “ariza” (arab
tilidan). Har bir o‘zlashma so‘z neologizm bo‘lmasligi mumkin. Chunki ko‘plab
o‘zlashma so‘zlar allaqachon tilga singib ketgan va yangi tushunchani ifodalayotgani
yo‘q. Neologizm esa yangi tushunchaga bog‘liq bo‘ladi. “Maktab” so‘zini oladigan
bo‘lsak, ushbu so‘z arab tilidan kirib kelgan [4.532] o‘zlashma so‘z hisoblanadi, ammo
bu so‘z qadimdan mavjud va neologizm hisoblanmaydi.

Jargon — bu ayrim ijtimoiy guruhlar (masalan, yoshlar, sportchilar, texnik

mutaxassislar, harbiylar) o‘rtasida ishlatiladigan, umumxalq tilidan farq qiladigan
maxsus nutq birliklaridir. Ular ko‘pincha norasmiy va emotsional rangga ega bo‘ladi.
Masalan, “kassa qilmoq” (pul ishlamoq) “perevot” (xizmat joyini o‘zgartirish – harbiy
jargon). Jargonlar ko‘pincha norasmiy, so‘zlashuv nutqida qo‘llaniladi va til tizimining
rasmiy qatlamiga kirmaydi, ko‘p hollarda ma’lum guruhlar ichida tushuniladi.
Neologizmlar esa rivojlanib, adabiy tilga kirib borishi mumkin.

Bir davr uchun neologizm bo'lgan so‘zlar keyinchalik neologizmlik belgisini

yo‘qotib, faol leksik qatlamga o‘tishi mumkin. Masalan,

muzyorar, traktor

kabi so‘zlar

tilda paydo bo‘lganda neologizm bo’lgan. Lekin bugungi tilimizda bular yangi so‘zlik
belgisini yo‘qotib, xalq tilida keng qo‘llanadigan so‘zlarga aylanib qoldi. Semantik
neologizm yangi ma’noli so‘zdir. Masalan, “yo‘ldosh” so‘zi bugungi tilimizda yangi
ma’noda (yer yo‘ldoshi) qo‘llanyapti. Bu hodisa ham tarixiydir. Bog‘cha dastlab
“детсад” ma’nosida qo‘llanganda semantik neologizm bo’lgan. Hozir esa
neologizmlik belgisini yo‘qotgan. Leksik-grammatik neologizmlar tilning o‘zidagi
so‘z yasash vositalari yordamida hosil qilinadi. Leksik-grammatik neologizmlar ham,
tarixiydir. Traktorchi (traktorist) kabi so‘zlar bugungi tilimizda faol leksik qatlamdan
o‘rin olgan.

Neologizmlar turli yo‘llar orqali yuzaga keladi. Ulardan biri — yangi so‘zlar

yasashdir. Bu jarayonda ikki xil holat mavjud: birinchisi, butunlay yangi so‘z yaratish.
Masalan, o‘zbek adabiyotida G‘afur G‘ulomning “Baxt tongotari” asarida uchraydigan
“almashlab” (ekish ma’nosida), “sho‘xshanlan” yoki “kuzaytir” kabi yangi so‘zlar
bunga misoldir [2.94]. Bular individual nutqdagi yangi so‘zlardir. Ikkinchi holat —
mavjud so‘zga o‘xshash, lekin unga teng keladigan yangi so‘z yaratish. Bu ham asosan
individual nutqda uchraydi. Bunga misolni ham G‘afur G‘ulom asari (Qalblarning
mojarosi) da ko‘rishimiz mumkin, “sezim” so‘zi “sezgi”ga nisbatan, “shaklcha” so‘zi
“shaklan”ga, “mazmuncha” esa “mazmunan” so‘zlariga muqobil sifatida ishlatiladi.

Ikkinchi yo‘l — bu mavjud so‘zlarning ma’nolarining kengayishi yoki o‘zgarishi

orqali neologizmlar hosil bo‘lishidir. Masalan, “bekat” so‘zi dastlab uzoq safarlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

114

ISSN:3030-3621

uchun to‘xtab dam olish joyi ma’nosida bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik “transport
vositalarining to‘xtash joyi” ma’nosini olgan [2.94]..

Uchinchi yo‘l esa so‘zlarning boshqa tillardan o‘zlashtirilishi orqali yangi

ma’nolar hosil bo‘lishidir. Masalan, “detal” so‘zi dastlab “tafsilot”, “mayda-chuyda”
degan ma’noda ishlatilgan, ammo hozirda “qism” degan ma’noga ega bo‘lib, ba’zan
neologizmdan an’anaviy so‘zga aylangan.

Zamonaviy tilshunoslikda til birliklarining shakllanishi, qo‘llanish chastotasi va

semantik o‘zgarishlarini tizimli va ilmiy asosda o‘rganish uchun korpus lingvistikasi
keng qo‘llanilmoqda. Korpus lingvistikasi — bu matnlar to‘plami asosida til
hodisalarini aniqlash, tahlil qilish va baholashga yo‘naltirilgan zamonaviy tadqiqot
metodidir. Neologizmlarning paydo bo‘lishi, tarqalishi va barqarorlashuvi
jarayonlarini kuzatishda korpuslar ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.

Til korpusi — bu elektron shakldagi matnlar majmuasi bo‘lib, u ilmiy tahlil

uchun maxsus tuzilgan va belgilangan tartibda (leksik, morfologik, sintaktik) teglangan
(ya’ni belgilab chiqilgan) bo‘ladi. U adabiy asarlar, ommaviy axborot vositalari,
rasmiy hujjatlar, internetdagi matnlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlar va boshqa
yozma manbalarni o‘z ichiga oladi.

Korpus orqali neologizmlarni aniqlashning bir qator afzalliklari mavjud.

Birinchidan, aniqlik yuzaga keladi, ya’ni korpus ma’lumotlari asosida neologizm
bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlarning aniq kontekstdagi ishlatilishi ko‘riladi.
Ikkinchidan esa, statistik asos vujudga keladi, korpusda so‘zlar chastotasi (qanchalik
ko‘p ishlatilayotgani) o‘lchanadi. Bu esa neologizmning barqarorlik darajasini
baholash imkonini beradi. Uchinchidan, agar korpus vaqt bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa,
neologizmning qaysi yilda yoki davrda paydo bo‘lganini aniqlash mumkin. Bundan
tashqari, soha va uslubiy farqlanish kuzatiladi, aniqroq aytganda, neologizmning
ko‘proq qaysi uslubda (masalan, rasmiy, badiiy, so‘zlashuv) ishlatilayotgani kuzatiladi
va semantik tahlil qilish osonlashadi. Neologizmlar qanday kontekstlarda
ishlatilayotgani orqali ularning ma’nosini, emotsional rangini tahlil qilish mumkin.

Tahlil va natijalar.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zamonaviy o‘zbek tili

doimiy ravishda boyib borayotgan ochiq leksik tizimdir. Unda yuzaga kelayotgan
neologizmlar — ijtimoiy hayot, ilm-fan, texnologiya, madaniyat va boshqa sohalardagi
yangiliklarning bevosita til vositasi sifatida shakllanadi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilidagi neologizmlarni

korpus asosida o‘rganish — ularning hayotga qanday kirib kelayotganini aniqlash,
ijtimoiy va kommunikativ qiymatini baholash hamda ularning normallashtirish
jarayonini ilmiy asoslashda dolzarb va istiqbolli yo‘nalishdir. Kelgusida ushbu soha
bo‘yicha korpuslarni boyitish va avtomatlashtirilgan tahlil metodlarini qo‘llash
orqaligina neologizmlar ustidagi tadqiqotlar yanada samarali bo‘lishi mumkin.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

115

ISSN:3030-3621

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. “Sharq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T., 2010. 86 b.

2.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. “Universitet” nashriyoti. T., 2006.
92 b.

3.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Talqin nashriyoti. T., 2005. 209 b.

4.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy
nashriyoti. T., 2006. 159 b.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Abduazizov A.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. “Sharq” nashriyot-matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T., 2010. 86 b.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. “Universitet” nashriyoti. T., 2006.

b.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Talqin nashriyoti. T., 2005. 209 b.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy

nashriyoti. T., 2006. 159 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари