Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
277
ISSN:3030-3621
STRUCTURE OF COMPLEX SENTENCES IN UZBEK: A CORPUS-BASED
SYNTACTIC ANALYSIS
Iroda Jurayeva
O‘zMU xorijiy til va adabiyoti
kafedrasi dotsenti, f.f.n.
irodajuraeva@gmail.com
Shaxzoda NORMAMATOVA
O‘zMU Xorijiy til va adabiyoti
(ingliz) yo‘nalishi
2-kurs talabasi
shahzodanormamatova0820@gmail.com
Tel: (90) 093 91 40
Abstract:
In this article, the structure of complex sentences in the Uzbek
language is analyzed syntactically based on corpus linguistics. The study examines
structural models, types of complex sentences (compound, complex, and asyndetic),
connective devices, and semantic-logical relations using a corpus compiled from texts
of various stylistic layers of modern Uzbek.
Keywords:
corpus linguistics, syntax, coordinated compound sentence,
subordinate compound sentence
СТРУКТУРА СЛОЖНЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ:
СИНТАКСИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НА ОСНОВЕ КОРПУСА
Аннотация:
В данной статье синтаксическая структура сложных
предложений в узбекском языке анализируется на основе корпусной
лингвистики. В исследовании рассматриваются структурные модели, типы
сложных
предложений
(сложносочинённые,
сложноподчинённые
и
бессоюзные), средства связи и семантико-логические отношения на основе
корпуса, составленного из текстов различных стилевых пластов современного
узбекского языка.
Ключевые слова
: корпусная лингвистика, синтаксис, сложносочинённое
предложение, сложноподчинённое предложение.
OʻZBEK TILIDA MURAKKAB GAPLAR TUZILISHI: KORPUS ASOSIDA
SINTAKTIK TAHLIL
Annotatsiya
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
278
ISSN:3030-3621
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi murakkab gaplar tuzilishi korpus lingvistikasi
asosida sintaktik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy o‘zbek tiliga oid turli
uslubiy qatlamdagi matnlardan tuzilgan korpus asosida murakkab gaplarning struktura
modellari, ularning turlari (qo‘shma, ergash va juft gaplar), bog‘lovchi vositalar va
semantik-mantiqiy munosabatlar o‘rganiladi.
Kalit so’zlar:
korpus lingvistikasi, sintaksis, bog’langan qo’shma gap,
ergashgan qo’shma gap.
Kirish.
Har qanday tabiiy tilning asosiy sintaktik birliklaridan biri bu – gapdir.
Gap, ayniqsa murakkab gap, til tizimidagi fikr ifodalanishining asosiy shakli bo‘lib,
unda bir necha predikativ birliklar o‘zaro grammatik va mantiqiy jihatdan bog‘langan
holda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida murakkab gaplar, ularning turlari va
sintaktik xususiyatlari uzoq yillar davomida o‘rganib kelinmoqda. Ammo hozirgi
kunda tilshunoslikda shakllanayotgan yangi yondashuvlar – ayniqsa korpus
lingvistikasi asosida til hodisalarini tahlil qilish zaruriyati dolzarb masalaga
aylanmoqda.
Korpus lingvistikasi – bu real matnlar asosida tahlil olib boradigan empirik
yondashuv bo‘lib, u til birliklarining real nutqdagi ishlatilish chastotasi, kontekstdagi
o‘rni, turli uslublardagi farqlanishi kabi xususiyatlarini chuqur tahlil qilish imkonini
beradi. O‘zbek tilida ham bunday yondashuvlar yordamida sintaktik tuzilmalarni,
xususan murakkab gaplarni real matnlarda qanday ishlatilishini o‘rganish hali yetarli
darajada chuqur o’rganilmagan.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – o‘zbek tilidagi murakkab gaplarning
zamonaviy korpus lingvistikasi asosida chuqur tahlilini olib borish, ularning amaliy
qo‘llanish xususiyatlarini ochib berish va mavjud grammatik bilimlarni empirik dalillar
bilan boyitishdan iborat. Xususan, bog‘lovchili (qo‘shma gaplar), ergash gaplar
(sababli, shartli, vaqtli, maqsadli, izohlovchi va b.), hamda bog‘lovchisiz (juft)
murakkab gaplarning korpusdagi uchrash holatlari aniqlanadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
O‘zbek tilida murakkab gaplar tuzilishi
va ularning sintaktik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar
an’anaviy tilshunoslikda keng o‘rganilgan. Klassik grammatikalar, xususan,
A.G‘.G‘ulomov (Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. 1965), G‘ani Abdurahmonov
(Qo‘shma gap sintaksisi. 1968), va Shavkat Rahmatullayev (Hozirgi adabiy o’zbek
tili. 2006) kabi olimlar murakkab gaplarning nazariy asoslarini ishlab chiqqan hamda
ularning turlari, bog‘lovchi vositalari va sintaktik tuzilishi haqida batafsil ma’lumotlar
berganlar. Ushbu asarlarda murakkab gaplar odatda qo‘shma, ergash va juft gaplar
ko‘rinishida tahlil qilinib, ularning sintaksisdagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan.
So‘nggi yillarda tilshunoslikda korpus lingvistikasi metodologiyasining keng
yoyilishi natijasida til birliklarini real nutqdagi ishlatilishini tahlil qilishga qaratilgan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
279
ISSN:3030-3621
tadqiqotlar oshmoqda. Ammo aynan murakkab gaplarning korpus asosida sintaktik
tahlili O‘zbek tilida nisbatan yangi yo‘nalish hisoblanadi. Bu esa mavjud grammatik
nazariyalarni real nutq faktlari bilan boyitish hamda yangi yondashuvlarni ishlab
chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Sintaksis grammatikaning bo‘limlaridan biri bo‘lib, so‘zlar va gaplarning o‘zaro
aloqasini, so‘z birikmalari va gaplarni tashkil etgan bo‘laklarning xususiyatlarini
o‘rganadi. Bu jihatdan sintaksis morfologiyadan farq qiladi. Morfologiya so‘zlarning
tuzilishi, yaslishi, turlanishi va tuslanishini tekshiradi, albatta, bu shakliy tekshirish
ma'no asosida bo‘ladi. Sintaksis esa ana shu shakllarning dinamikasini, ularning
funksiyasini, ma'lum fikrni ifodalashdagi rolini o‘rganadi. Sintaktik kategoriyalar
morfologik kategoriyalar bilan teng bo‘lmaydi. Masalan: Bizning kolxoz — to‘q
kolxoz (Folklordan). Bu jumlada morfologik jihatdan to‘rt so‘z, uch xil so‘z turkumi
mavjud (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki bo‘lak — ega va kesim
mavjud, xolos. Demak, sintaksisda so‘zlar kengroq aspektda, ularning ma'nosi va
funksiyasi hisobga olingan holda tekshiriladi.[1.4].
Sintaksis
so’zining ma’nosiga to’xtaladigan bo’lsak, sintaksis (yunoncha
suntaxis
so‘zidan olingan bo‘lib,
"yig‘ishtirmoq", "birlashtirmoq"
degan ma'noni
anglatadi) til tizimining yuqori darajasi bo‘lgan sintaktik qatlam hamda shu qatlam
haqidagi ta'limotdir.
Tilshunoslikda gaplar turli sintaktik birliklarga bo‘linadi va ularning ichida
murakkab gaplar o‘ziga xos o‘ringa ega. Murakkab gap — bu bir nechta mustaqil yoki
bog‘langan gaplardan tashkil topgan, lekin bir butun fikrni ifodalovchi sintaktik
birlikdir. Ularning asosiy xususiyati shundaki, murakkab gaplar tarkibida bir nechta
predikativ asoslar mavjud bo‘lib, ular turli grammatik va semantik munosabatlar orqali
bir-biriga bog‘langan bo‘ladi. Bog'lovchi va bog'lovchi vazifasidagi vositalar
yordamida tuzilib, bir butunlikni tashkil etgan, mazmunan ma'lum bir murakkab fikrni
ifodalovchi gaplar birikmasiga qo‘shma gap deyiladi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro semantik, grammatika-insholik va
intonatsion aloqalari, shuningdek, bog‘lanish texnikalariga ko‘ra, qo‘shma gaplar
uch
guruhga
bo‘linadi [2.11].
1.
Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2.
Ergash gapli qo‘shma gaplar.
3.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Yeng, yoyiq uyushiq kesimli sodda gaplar bilan qo‘shma gaplar bir-biriga
strukturaviy jihatdan yaqin turadi: Masalan,
“O‘shandan buyon oftob ham bu yurtlarni
chetlab oʻtarmish, shamol yaqiniga bormasmish. U yurt ham, bu yurt ham zimistonga
aylanib qolganmish”
[3.76] . Sodda gaplar bilan qo‘shma gaplar orasidagi o‘xshashlik
ayniqsa ergash gapli qo‘shma gaplar sohasida aniq ko‘rinadi. Ma'lumki, qo‘shma gap
bog‘lovchi va bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordamida tuzilib, bir butunlikni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
280
ISSN:3030-3621
tashkil etadigan, mazmunan ma'lum bir murakkab fikrni ifodalovchi gaplar
birikmasiga aytiladi. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar mustaqil sodda
gaplardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda
gaplar umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi va o‘ziga xos intonatsiyasi bilan
ajralib turadi. Biroq, bu shuni anglatmaydi-ki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar
umuman sodda gap bo‘lishdan chiqib ketadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar
ham sodda gapning xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi. Qo‘shma gapni tashkil etgan
sodda gaplar sodda gapning asosiy belgilarini o‘zida ifodalasa, u qo‘shma gapning
alohida bir komponenti hisoblanadi; agar sodda gapning asosiy belgilarini o‘zida
ifodalamasa, u oddiy so‘z birikmasi bo‘lib qoladi va bunday konstruktsiyali gap sodda
gap sifatida qaraladi.
Bog'langan va bog'lovchisiz qo‘shma gaplarning tarkibida o‘z egasi va mustaqil
forma bilan kesimi bo‘lgan sodda gaplar mavjud bo‘lsa, ularning qo‘shma gap
ekanligida hech qanday shubha yo‘q.
Daraxtlar pakana, mevasi moʻl-koʻl va yirik,
lekin hali deyarli hammasi koʻm-koʻk. (Oybek).
Bogʻlangan qoʻshma gaplar sintaktik tuzilma jihatidan mustaqil gaplardan
tashkil topadi va ular o‘zaro bogʻlovchi so‘zlar yordamida bir butun fikrni ifodalaydi.
Bogʻlovchi vositalar orqali gaplar orasidagi semantik-mantiqiy munosabatlar yaqqol
ifodalanadi:
va, ham
— qo‘shilish, qo‘shimchalik munosabati
lekin, ammo, biroq
— qarama-qarshilik
yoki, yo
— tanlov
shuning uchun, demak
— sabab–natija
Uslubiy jihatdan, bu turdagi gaplar rasmiy, publitsistik va ilmiy matnlarda,
shuningdek yozma nutqda keng qo‘llaniladi. Masalan,
“U bir vaqtlar oʻziga alam
oʻtkazgan baʼzi Hirot shoirlarini har qancha yomon koʻrsa ham, lekin yoniga askar
olib, birovlarning uyini titishni, mol-mulkini musodara qilishni oʻziga munosib
koʻrmas edi”.
[4.352].
Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda mantiqiy bogʻlanish gaplar o‘rtasidagi
intonatsion urg‘u va kontekst orqali ifodalanadi. Bu turdagi gaplarda gaplar orasidagi
munosabatlar (sabab–natija, ketma-ketlik, izohlovchilik, qarama-qarshilik) aniq
bogʻlovchisiz ifodalanadi, bu esa tilning semantik zichligini oshiradi.
Ergash gaplar asosiy gapning tarkibiy bo‘lagi hisoblanadi va unga sintaktik
jihatdan bo‘ysunadi. Ular asosiy gapning ma’nosini to‘ldiradi, aniqlaydi yoki
sabablaydi. Ergash gaplar o‘z funksiyasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi:
Sabab ergash gaplar
: U darsga kelmadi, chunki u kasal edi.
Shart ergash gaplar
: Agar u kelsa, biz boshlaymiz.
Maqsad ergash gaplar
: Men sizni ko‘rish uchun keldim.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
281
ISSN:3030-3621
Tadqiqot metodologiyasi.
Tilshunoslik sohasida so‘nggi o‘n yilliklarda yuz
bergan eng muhim yutuqlardan biri bu — korpus lingvistikasi metodologiyasining
rivojlanishi va keng qo‘llanilishi hisoblanadi. Korpus lingvistikasi — bu tilni
o‘rganishda katta hajmdagi real matn yoki nutq namunalarini (korpus) yig‘ish, ularni
elektron shaklda qayd etish va maxsus kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilish
jarayonidir. Bu metodologiya an’anaviy tilshunoslik yondashuvlariga nisbatan yanada
empirik, ob’ektiv va statistik jihatdan asoslangan yondashuvlarni taqdim etib
kelmoqda. Ayniqsa, sintaktik tadqiqotlarda korpus lingvistikasi til birliklarining real
nutqdagi ishlatilishini aniqlash, ularning kontekstga bog‘liq o‘zgarishlarini o‘rganish
va yangi nazariy kashfiyotlar qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
An’anaviy sintaksis tadqiqotlarida ko‘pincha nazariy asoslar va odatiy
grammatik tasniflar asosida til birliklari tahlil qilinadi. Biroq bunday yondashuvlar,
odatda, til birliklarining real nutqdagi ishlatilish intensivligi, stilistik farqlari yoki
kontekstga bog‘liq o‘zgarishlarini yetarlicha aks ettirmaydi. Shu sababli ko‘plab
mualliflar tilning haqiqiy ishlatilishini kuzatish va o‘rganishda korpus lingvistikasi
metodlarini qo‘llash zarurligini ta’kidlaydilar. Korpus lingvistikasi yordamida
sintaktik birliklar, xususan murakkab gaplar kabi strukturalar, real va turli janrdagi
matnlarda qanday ishlatilishi haqida aniq va ishonchli ma’lumot olish mumkin.
Murakkab gaplarning korpus asosida sintaktik tahlili tilshunoslikda nafaqat
nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy tilshunoslik (masalan, til o‘rgatish,
tilni avtomatik qayta ishlash, til korpuslari yaratishda) uchun ham katta ahamiyatga
ega.
Xulosa.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida murakkab gaplarning
eng ko‘p ishlatiladigan turi — qo‘shma gaplar bo‘lib, ular bog‘lovchi so‘zlar
yordamida bir-biriga bog‘lanadi. Ergash gaplar esa sabab, shart, vaqt kabi semantik-
mantiqiy munosabatlar bilan ifodalanib, tilning yanada boy va murakkab sintaktik
strukturasini tashkil qiladi.
Korpus lingvistikasi metodologiyasi murakkab gaplarni real nutq kontekstida
o‘rganish imkonini berib, nazariy tilshunoslikda mavjud bo‘lgan gipotezalarni empirik
asosda tasdiqlashga yordam berdi. Shuningdek, korpus tahlili turli janr va uslubdagi
matnlardagi murakkab gaplarning farqliliklarini aniqlashga xizmat qiladi. Kelgusida
korpuslar hajmini oshirish va texnologiyalarni takomillashtirish orqali o‘zbek tilining
sintaksisini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatlari kengayadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. O’zbekiston SSR “Fan” nashriyoti. T., 1966.
4 b.
2.
G‘ani Abdurahmonov. Qo‘shma gap sintaksisi. O’zbekiston SSR Fanlar
akademiyasi nashriyoti. T., 1968. 11 b
3.
O‘tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. “Global books” nashriyoti. T., 2021. 76 b
4.
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar. “Adabiyot uchqunlari”. T., 2018. 352 b