Mualliflar

  • Bobojonova Feruza Shuxrat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112030

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Qandli diabet Insulin Giperglikemiya Gipoglikemiya Glyukoza Glikozillangan gemoglobin Glyukometr Diabetik nefropatiya Diabetik retinopatiya Diabetik nevropatiya Insulin qarshiligi Ketoatsidoz Glikemik indeks Diabetik dieta Pankreatik beta-hujayralar.

Annotasiya

Annotatsiya:  Qandli  diabet,  qand  kasalligi  — organizmda insulin tanqisligi 
va moddalar  almashinuvi buzilishi  natijasida  kelib  chiqadigan kasallik hisoblanadi. 
Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan maʼlum. Bu — kasallik odam 
organizmida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi 
tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda 
qand  moddasi  keskin  koʻpayib,  siydik  bilan  chiqib  turadi  (tarkibida  qand  moddasi 
boʻladi),  tashnalik,  og`iz  qurishi,  ozib  ketish,  quvvatsizlik,  badan  qichishishi  va 
boshqalar alomatlar kuzatiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

207

ISSN:3030-3621

QANDLI DIABET KASALLIGI

Bobojonova Feruza Shuxrat qizi

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat

salomatligi texnikumi o’qituvchisi


Annotatsiya:

Qandli diabet, qand kasalligi —

organizmda

insulin

tanqisligi

va

moddalar almashinuvi

buzilishi natijasida kelib chiqadigan

kasallik

hisoblanadi.

Qand kasalligi

sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan maʼlum. Bu — kasallik odam

organizmida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi
tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda
qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chiqib turadi (tarkibida qand moddasi
boʻladi), tashnalik, og`iz qurishi, ozib ketish, quvvatsizlik, badan qichishishi va
boshqalar alomatlar kuzatiladi.

Kalit so’zlar

:

Qandli diabet, Insulin, Giperglikemiya, Gipoglikemiya,

Glyukoza, Glikozillangan gemoglobin, Glyukometr, Diabetik nefropatiya, Diabetik
retinopatiya, Diabetik nevropatiya, Insulin qarshiligi, Ketoatsidoz, Glikemik indeks,
Diabetik dieta, Pankreatik beta-hujayralar.

Aннотатсия:

Сахарный диабет — это заболевание, возникающее

вследствие дефицита инсулина в организме и нарушения обмена веществ.
Болезнь известна в истории восточной народной медицины с древнейших
времён. Согласно этим представлениям, болезнь возникает из-за перегрева
организма. Согласно историческим медицинским источникам, сахарный диабет
может быть и наследственным. При сахарном диабете резко повышается уровень
сахара в крови, сахар выводится с мочой (в моче обнаруживается сахар),
наблюдаются такие симптомы, как жажда, сухость во рту, похудение, слабость,
зуд кожи и другие признаки.

Ключевые слова:

Сахарный диабет, Инсулин, Гипергликемия,

Гипогликемия,

Глюкоза,

Гликированный

гемоглобин,

Глюкометр,

Диабетическая, нефропатия Диабетическая ретинопатия, Диабетическая
невропатия , Инсулинорезистентность, Кетоацидоз, Гликемический индекс,
Диабетическая диета, Бета-клетки поджелудочной железы

Annotation:

Diabetes mellitus is a disease that develops due to a deficiency of

insulin in the div and a disruption of metabolic processes. This illness has been
known since ancient times in the history of Eastern traditional medicine. It is believed
that the disease can be caused by an excess of internal heat in the div. According to
historical medical sources, diabetes can also be hereditary. In diabetes mellitus, the
level of sugar in the blood increases sharply, and sugar is excreted in the urine (the


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

208

ISSN:3030-3621

urine contains sugar). Common symptoms include excessive thirst, dry mouth, weight
loss, weakness, itching of the skin, and others.

Key words:

Diabetes mellitus, Insulin, Hyperglycemia, Hypoglycemia,

Glucose, Glycated hemoglobin, Glucometer, Diabetic nephropathy, Diabetic
retinopathy, Diabetic neuropathy, Insulin resistance, Ketoacidosis, Glycemic index,
Diabetic diet, Pancreatic beta cells.

Qandli diabet (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi) — tanada

uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da
osti bezi funksiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini
ishlab chiqaradi. Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm
qondagi glyukoza miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib
ketadi. Natijada organizm ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi
kuzatiladi. Kasallikni turlash muhim hisoblanadi, chunki bu kasallikning turlari
boshlang‘ich davrda bir-biridan tubdan farq qiladi va davolash ham shunga qarab
belgilanadi. Kasallik qancha uzoq davom etaversa, uni davolash usullari bir-birga
o‘xshab ketaveradi.

1-TIP DIABET

Shuningdek insulinga bog‘liq diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshlar, 40 yoshgacha
bo‘lgan, ozg‘in odamlar aziyat chekadi. Kasallik og‘ir kechadi, davolash uchun insulin
beriladi. Sababi

:

organizm me’da osti bezi hujayralarini yo‘q qiluvchi antitana ishlab

chiqaradi. Diabetni 1-turidan butunlay davolanib bo‘lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez
faoliyatini me’yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha
bezovta qilmaydi. Doimiy ravishda sun’iy insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin
oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat ineksiya orqali ovqatlanish
vaqtida kiritiladi. Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan yengil hazm bo‘luvchi
uglevodlarni (shakar, shirinliklar, mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash
ko‘rsatiladi.

2-TIP DIABET

Bu insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshi kattalar, to‘laroq,
40 yoshdan o‘tganlar aziyat chekadi. Sababi

:

hujayralarning oziq ko‘pligidan insulinga

ta’sirchanligining yo‘qolishidir. Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak
bo‘lavermaydi. Faqatgina malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi. Avvalo
bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim
ahamiyatga ega. Tana vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3kg tushirib
borish tavsiya etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi
dorilar, eng og‘ir hollarda insulin buyuriladi.

QANDLI DIABET BELGILARI VA ALOMATLARI


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

209

ISSN:3030-3621

Kasallik belgilari bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik bilan namoyon bo‘la
boshlaydi. Asosan qonda glyukoza miqdorining yuqori bo‘lishi kuzatiladi.
Bemorlarda kasallik paydo bo‘la boshlanganida quyidagi alomatlar qayd etiladi:
- Og‘izning doimiy qurishi;
- Qondirib bo‘lmas chanqoqlik;
- Kunlik siydik ajralishining oshishi;
- Tana vaznining kamayishi yoki birdan oshib ketishi;
- Kuchli teri qichishi va quruqlashishi;
- Teri va yumshoq to‘qimalarda yiringli yarachalar paydo bo‘lishi;
- Mushaklarning kuchsizligi va haddan tashqari terlash;
- Har qanday yaralarning qiyin bitib ketishi.
Bu belgilar uchraganda shifokor huzuriga borish tavsiya etiladi. Kasallik jiddiy
asoratlar qoldirishi va koma holatigacha olib borishi mumkin. Kasallik asoratlariga
quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:

-

Ko‘rishning buzilishi;

-

Bosh og‘rig‘i va aqliy faoliyat pasayishi;

-

Yurak og‘rig‘i, jigarning kattalashishi;

-

Oyoqlardagi og‘riq va yurishning buzilishi;

-

Teri, ayniqsa, oyoqlarda sezgirlik kamayishi;

-

Yaralar paydo bo‘lishi;

-

Qon bosimining oshishi;

-

Yuz va oyoq shishishi;

-

Kasaldan aseton hidi kelishi;

-

Bosh aylanishi

.

SABABLARI

Kasallik rivojlanishining asosiy sabablari quyidagilar:

Irsiyat

. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo‘lmaganda rivojlanmaydi, lekin

moyillik yuqori bo‘ladi.

Semizlik

. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.

Kasalliklar

. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar beta hujayralarini

shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar.

Virusli infeksiyalar

(qizamiq, suvchechak,

yuqumli gepatit

va boshqa kasalliklar).

Ushbu infeksiyalari diabet rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ayniqsa, xavf ostida bo‘lgan
odamlar uchun.

Asabiylashish, stress

.

Stress

, asabiylashishdan yiroq bo‘lish tavsiya etiladi.

Yosh

. Yosh ortishi bilan har o‘n yilda diabet rivojlanish xavfi ikki baravar ortadi.

DIABETIK NEYROPATIYA

Bu qo‘l-oyoqlarning og‘rishi, achishi yoki sezuvchanligini pasayib ketishi bilan
namoyon bo‘ladi. Sababi nerv to‘qimalarining oziqlanishi buzilishidir. Nerv faoliyatini


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

210

ISSN:3030-3621

tiklash uchun tiokta kislotasi saqlagan preparatlar yordam beradi. U tanadagi uglevod
va lipid almashinuvini tiklaydi va asab to‘qimalarining fiziologik jarayonlari
normallashtiradi.

KOMA

Koma juda tez rivojlanishi mumkin. Eng keng tarqalgan diabetik koma —

ketoatsidotik komadir. Bu qondagi zaharli moddalarning miqdori yuqoriligi natijasida
kelib chiqadi va bunday hollarda zudlik bilan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilishi
shart.

Adabiyotlar:

1.

“Terapiya” A.G.Gadayev, X.S.Axmedov Toshkent. 2000

2.

“Terapiya” M.F.Ziyayeva

3.

Internet ma’lumotlari


Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

“Terapiya” A.G.Gadayev, X.S.Axmedov Toshkent. 2000

“Terapiya” M.F.Ziyayeva

Internet ma’lumotlari

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари